Mutaxassis nutqining kommunikativ sifatlari
Download 9.62 Kb.
|
Mutaxassis nutqining kommunikativ sifatlari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fikriy noaniqliklar quyidagi hollarda uchraydi
O`qituvchi nutqiy madaniyatining muhim belgilaridan biri o`z fikrini to`g’ri, mazmunli bayon qila olishidir. Adabiy tilning fonetik, orfoepik, leksiksemantik va grammatik me`yorlari talablariga to`la mos keladigan nutq to`g’ri nutqdir. Nutqning to`g’riligini belgilovchi omillar quyidagilardan iborat:1. Nutqda adabiy til me`yorlariga to`la rioya qilish. 2. So`z va iboralarni to`g’ri talaffuz qilish. 3. So`z urg’usi va mantiqiy urg’uga e`tibor berish. 4. Intonatsiya (ohang) va pauza (to`xtam)ga diqqat qilish. 5. So`zlarning aytilishidagi tafovutlar (samimiy, kinoyali, norozi, o`ksinish, masxaralash, quvonch) anglay olish. 6. Sinonim va terminlarni to`g’ri qo`llay olish. 7. Sintaktik me`yor-gapni mantiqiy bog’lash va ega, kesim mosligiga e`tibor qaratish. 8. Frazeologizm (ibora) lardan oqilona foydalanish. 9. Grammatik me`yor gap tuzish qoidalariga rioya qilish, o`zak va qo`shimchalarni qo`shishda xatoga yo`l qo`ymaslik, kelishik qo`shimchalarini o`z o`rnida qo`llash. Aniq nutq ham so`zlovchini maqsadga erishtiruvchi muhim vosita sanaladi. Aniq nutq tuza olish uchun quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur:Aniq nutq ham so`zlovchini maqsadga erishtiruvchi muhim vosita sanaladi. Aniq nutq tuza olish uchun quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur:1. So`z ma`nosiga e`tibor berish. 2. Omonim, ko`p ma`noli so`zlarni qo’llay bilish. 3. Mantiqiy jihatdan voqelikka zid tushadigan so`zlarni aytmaslik. 4. So`zlar tartibiga rioya qilish (so`zlarni o`z o`rnida qo`llash) 5. So`zni to`g’ri tanlash. 6. Ixcham aniq, lo`nda jumlalar tuzish (sarlavha, rejalar). Fikriy noaniqliklar quyidagi hollarda uchraydi:Fikriy noaniqliklar quyidagi hollarda uchraydi:So`z ma`nosiga yetarli e`tibor bermaslik natijasida. Paronimlar ma`nosini bilmaslik natijasida. Mantiqiy jihatdan voqelikka zid bo`lgan tushuncha ifodalovchi so`zlarni yonma-yon ishlatish natijasida. Download 9.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling