Mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti malaka ishi


Abduqayumov Shohruh Shavkatjon o‘g‘li


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/47
Sana05.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#209112
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   47
Bog'liq
Shohruxbek Abduqayumov Malaka ishi tayyor 2020

Abduqayumov Shohruh Shavkatjon o‘g‘li 

                                                                                                                                                                                                                                                               

 

3. Interfaol usul(metod) turlari 

Metodlar  bir  qancha  asosiy  guruhlardan  iborat  bo‘lib,  ularning  har  biri  o‘z 

navbatida  kichik  guruhlar  va  ularga  kiruvchi  alohida  metodlarga  bo‘linadi.  O‘quv 

bilish faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish jarayonini o‘zi uzatish, qabul qilish, 

anglash, o‘quv axborotlarini esda saqlashni hamda olinadigan bilim va ko‘nikmalarni 

amaliyotda qo‘llay olishni nazarda tutishni hisobga olsak, birinchi guruh metodlariga 

so‘z  orqali  uzatish  va  axborotni  eshitish  orqali  qabul  qilish  metodlari,  og‘zaki 

metodlar, hikoya, maruza, suhbat va boshqalar; o‘quv axborotini ko‘rgazmali uzatish 

va ko‘rish orqali qabul qilish metodlari – ko‘rgazmali metodlar; tasviriy, namoyish 

qilish  va  boshqalar; o‘quv  axborotini  amaliy  mehnat  harakati  orqali  berish  (amaliy 

metodlar, mashqlar, laboratoriya tajribalari, mehnat harakatlari va boshqalar) kiradi. 

Interfaol 

metodlar:  “Keys-stadi”  (O‘quv  keyslari”),  “Blist-so‘rov”, 

“Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Muammoli ta’lim” va shu kabilardan iborat. 

Interfaol ta’lim strategiyalari: “Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-

zag”, “Zinama-zina”, “Muzyorar”, “Rotastiya”, “Yumaloqlangan qor” va hokazolar. 

Interfaol ta’lim metodlari tarkibidan interfaol ta’lim strategiyalarini ajratishda guruh 

ishini  tashkil  qilishga  yondashuv  ma’lum  ma’noda  strategik  yondashuvga 

qiyoslanishiga  asoslaniladi.  Aslida  bu  strategiyalar  ham  ko‘proq  jihatdan  interfaol 

ta’lim metodlariga tegishli bo‘lib, ularning orasida boshqa farqlar yo‘q. 

Interfaol  grafik  organayzerlar:  “Baliq  skeleti”,  “BBB”,  “Konseptual  jadval”, 

“Venn diagrammasi”, “T-jadval”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” va 

boshqalar. Quyida ulardan bir nechta turlarini ko‘rib chiqamiz: 


Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling