Mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti malaka ishi


Abduqayumov Shohruh Shavkatjon o‘g‘li


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/47
Sana05.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#209112
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47
Bog'liq
Shohruxbek Abduqayumov Malaka ishi tayyor 2020

Abduqayumov Shohruh Shavkatjon o‘g‘li 

                                                                                                                                                                                                                                                               

 

Hozirgi  kunda  ta’lim  jarayonida  o‘qitishning  zamonaviy  usullari  keng 



foydalanilmoqda.  O‘qitishning  zamonaviy  usullarini  qo‘llash  o‘qitish  jarayonida 

yuksak  natijalarga  erishishga  olib  keladi.  Bu  usullarni  har  bir  darsning  didaktik 

vazifasidan  kelib  chiqib  tanlash  maqsadga  muvofiqdir.  An’anaviy  dars  shaklini 

saqlab  qolgan  holda  uni  o‘quvchilar  faoliyatini  jadallashtiradigan  turli-xil  usullar 

bilan boyitish o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi o‘sishiga olib keladi. 

Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta’lim-tarbiya jarayonining 

samaradorligini  kafolatlovchi  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarni  qo‘llash 

borasida  katta  tajriba  asoslarini  tashkil  etuvchi  usullar  interfaol  usullar  nomi  bilan 

yuritilmoqda. Interfaol ta’lim usullari hozirda eng ko‘p tarqalgan va barcha turdagi 

ta’lim  muassasalarida,  shuningdek,  maxsus  ta’lim  muassasalarida  ham  keng 

qo‘llanayotgan usullardan hisoblanadi. Shu bilan birga, interfaol ta’lim usullarining 

turlari  ko‘p  bo‘lib,  ta’lim-tarbiya  jarayonining  deyarli  barcha  vazifalarini  amalga 

oshirish  uchun  eng  kerakli  va  mos  turlari  hozirda  mavjud.  Amaliyotda  ulardan 

muayyan maqsadlar uchun eng maqullarini ajratib tegishlicha qo‘llash mumkin. Bu 

holat hozirda interfaol ta’lim usullarini ma’lum maqsadlarni amalga oshirish uchun 

to‘g‘ri tanlash muammosini keltirib chiqargan. 

Buning  uchun  dars  jarayoni  oqilona  tashkil  qilinishi,  o‘qituvchi  tomonidan 

o‘quvchilarning  qiziqishini  orttirib,  ularning  ta’lim  jarayonida  faolligi  muttasil 

rag‘batlantirib turilishi, o‘quv materialini kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lib, ularning 

mazmunini,  mohiyatini  ochib  berishda  aqliy  hujum,  loyiha,  bahs-munozara,    rolli 

o‘yinlar  muammoli  vaziyat,  kichik  guruhlarda  ishlash,  yo‘naltiruvchi  matn  kabi 

usullarni  qo‘llash  va  o‘quvchilarni  amaliy  mashqlarni  mustaqil  bajarishga  undash 

talab etiladi. 

O‘qitishning interfaol usullarini tanlashda ta’lim maqsadi, o‘quvchilarning soni 

va  imkoniyatlari,  o‘quv  muassasasining  o‘quv-moddiy  sharoiti,  ta’limning 

davomiyligi, o‘qituvchining pedagogik mahorati va boshqalar e’tiborga olinadi. 





Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling