Mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti malaka ishi


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/47
Sana05.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#209112
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   47
Bog'liq
Shohruxbek Abduqayumov Malaka ishi tayyor 2020

Interfaol 

ta’lim

Kreativ 

metod

Ta’limda AKT

Rolli o’yinga 

asoslangan 

metod

Muammoli 

metod

Evristik 

metod

Loyihali 

metod


Abduqayumov Shohruh Shavkatjon o‘g‘li 

                                                                                                                                                                                                                                                               

 

Interfaol usul texnologiyasining mohiyati o‘quvchilarning ijodkorligiga tayanish 



va  darsda  erkin  bahs-munozara  sharoitini  to‘ldirishdan  iboratdir.  Bu  usulga  ko‘ra 

darslar bir necha bosqichga bo‘linadi: 

1.  Chaqiriq  bosqichi.  Bu  bosqichda  o‘quvchilarni  faollashtirish,  mavzuning 

mazmun-mohiyatiga  kirib  borish,  uni  anglab  yetish  jarayoniga  tayyorlash  nazarda 

tutiladi. 

2.  Fikriy  hujum.  Bu  usul  darsning  boshlanishida  yoki  istalgan  vaqtida 

qo‘llanilishi mumkin. Bu bosqichda muammo o‘quvchilarga fikriy hujum yo‘li bilan 

beriladi va ularning fikrlari orqali olinadi. 

3.  Anglash  bosqichi.  Mavzuga  oid  xulosaviy  fikrlar  eshitiladi  va  o‘qituvchi 

tomonidan yangi fikrlar bilan to‘ldiriladi. 

4.  Fikrlash bosqichi. Mavzu  yuzasidan  o‘zlashtirilgan bilim  va  tushunchalarni 

qisqa  jumlalarda  yozma  ravishda  bayon  qilish  topshiriladi.  Bu  topshiriqni  bajarish 

uchun sinf guruhlarga bo‘linadi. Har bir guruh topshiriq bo‘yicha o‘z fikrini yozadi 

va har bir guruh vakili bajarilgan topshiriqni boshqalarga ma’lum qiladi. 

Guruhlar bilan ishlash faqat fikrlash bosqichida emas, balki birinchi bosqichdan 

boshlab  yo‘lga  qo‘yilishi  mumkin.  O‘quvchilarni  guruhlarga  bo‘lib  ishlash  uchun 

quyidagi talablarga amal qilish zarur: 

1.  Guruhlarga ajratish o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. 

2.  Har bir guruhga rahbar tayinlanadi.  

3.  Har  bir  guruhdagi  o‘quvchilar  bilim  darajasining  teng  bo‘lishiga  erishish 

kerak.  

4.  Odatda, guruhning doira shaklida o‘tirishini ta'minlash lozim.  

5.  Ish  jarayonida  har  bir  guruhning  faoliyatiga,  g‘oyalariga  e'tibor  beriladi. 

Bulardan  tashqari  guruhlarga  aniq  yo‘l-yo‘riq  ko‘rsatish,  topshiriqlarni 

bajarish uchun yetarli vaqt ajratish, kuchli guruhlarni rag‘batlantirib borish, 




Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling