Mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti malaka ishi


Abduqayumov Shohruh Shavkatjon o‘g‘li


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/47
Sana05.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#209112
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   47
Bog'liq
Shohruxbek Abduqayumov Malaka ishi tayyor 2020

Abduqayumov Shohruh Shavkatjon o‘g‘li 

                                                                                                                                                                                                                                                               

 

Interfaol usullar deganda – o‘quvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga 



undovchi,  ta’lim  jarayonining  markazida  o‘quvchi  bo‘lgan  usullar  tushuniladi.  Bu 

usullar qo‘llanilganda o‘qituvchi o‘quvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. O‘quvchi 

butun jarayon davomida ishtirok etadi.  O‘quvchi markazda bo‘lgan yondashuvning 

foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 

  ta’lim samarasi yuqoriroq bo‘lgan o‘qish-o‘rganish; 

  o‘quvchining yuqori darajada rag‘batlantirilishi; 

  ilgari orttirilgan bilimlarning ham e’tiborga olinishi; 

  ta’lim jarayoni o‘quvchining maqsad va extiyojlariga muvofiqlashtirilishi; 

  o‘quvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo‘llab-quvvatlanishi; 

  amalda bajarish orqali o‘rganilishi; 

  ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi. 

 Shunday  qilib,  fanlarni  o‘qitish  jarayonida  interfaol  usullardan  foydalanish 

o‘ziga xos xususiyatga ega. Ta’lim amaliyotida foydalanilayotgan har bir interfaol 

usulni  sinchiklab  o‘rganish  va  amalda  qo‘llash  o‘quvchi-talabalarning  fikrlashini 

kengaytiradi  hamda  muammoning  to‘g‘ri  echimini  topishlariga  ijobiy  ta’sir 

ko‘rsatadi.  O‘quvchi-talabalarning  ijodkorligini  va  faolligini  oshiradi.  Turli  xil 

nazariy  va  amaliy  muammolar  interfaol  usullar  orqali  tahlil  etilganda  o‘quvchi-

talabalarning bilim, ko‘nikma, malakalari kengayishi va chuqurlashishiga erishiladi. 

Ta’lim metodlari oldiga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi: 

1. O‘quv materialini o‘rganish yo‘li fikr yuritishning didaktik usullarini, milliy 

istiqlol  g‘oyasiga  hamda  milliy  qadriyatlarga  asoslangan  axloq,  xulq-atvorning 

irodaviy  sifatlarini  shakllantirishga  olib  kelishi  kerak.  Shu  talab  nuqtai  nazaridan 

qaraganda,  interfaol  usullar  tarbiyalovchi  xarakterda  bo‘lishi,  ya’ni  bilimlarni 

o‘zlarshtirishgagina  emas,  balki  ta’limning  tarbiyalovchilik  imkoniyatlarini  ishga 

solishga ham yordam berishi kerak. 




Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling