Mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti malaka ishi


Abduqayumov Shohruh Shavkatjon o‘g‘li


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/47
Sana05.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#209112
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   47
Bog'liq
Shohruxbek Abduqayumov Malaka ishi tayyor 2020

Abduqayumov Shohruh Shavkatjon o‘g‘li 

                                                                                                                                                                                                                                                               

 

2. Interfaol usullar ilmiy dalillar bilan ravshan va aniq asoslangan bo‘lishi lozim. 



Ana shunda o‘qituvchi, bu metod bilan ishlashda qanday vazifalarni qo‘yib, hal qilish 

mumkinligini  va  qanday  vazifalarni  amalga  oshirib  bo‘lmasligini  ko‘ra  oladi. 

Metodning  ilmiyligi  o‘quvchilarning  ravshan  va  aniq  fikr  yuritishini,  materiallarni 

o‘zlashtirish  jarayonidagi  dalil-isbot  va  muhokamalarning  maqsadi,  vositalari, 

usullari, asosiy va ikkinchi darajali natijalarni ham bildiradi. 

3.  Ta’lim  metodlarning  tizimliligi  ularning  samaradorlik  darajasini  belgilaydi. 

O‘quv materialini o‘rganishning har qanday alohida olingan usuli, garchi, shu darsda 

qo‘llanish  uchun  juda  qulay  bo‘lsa  ham,  o‘qitishning  boshqa  metodlari  bilan  birga 

qo‘llanilmaganda o‘quvchilar aqlining o‘sishiga uncha tasir ko‘rsatmasligi mumkin. 

4.  Ta’lim  metodlari  oldiga  muqarrar  suratda  qo‘yiladigan  yana  bir  talab  –

ularning  tushunarli  bo‘lishidir.  O‘qitish  yo‘li  o‘quvchiga  tushunarli  va  maqbul 

bo‘lishi,  o‘quv  materialini  o‘rganish  usullari  esa  uning  bilimlarni  o‘zlashtirishdagi 

yosh imkoniyatlariga muvofiq kelishi lozim. 

5.  Bolani  sezgi  organlari  orqali  bilishga  o‘rgatish  va  o‘quv  jarayonida 

ko‘rsatmali qurollardan iloji boricha ko‘proq foydalanish zarurligi  ta’lim  metodlari 

oldiga qo‘yiladigan muhim talabdir. Ta’lim metodlarini ta’limni ongli va faol shaklda 

olib  borish  tamoyili  nuqtai  nazaridan  asoslash  zarurligi  ham  muhim  talablardan 

biridir. Bolaning o‘quv mashg‘ulotlariga ongli munosabatda bo‘lishi, o‘quv materiali 

mazmunini ongli ravishda tushunishi, undagi bilish faolligi va qiziqishining darajasi 

o‘qituvchining  tushuntirish  metodlariga  va  bolalarning  bilimlarni  o‘zlashtirish 

usullariga bog‘liq.  

6. Ta’lim metodlari oldiga qo‘yiladigan talablardan yana biri bilimlarning asosli 

va  puxta  bo‘lishidir.  Ta’lim  metodlari  yaxshi  natija  beradigan  bo‘lishi  lozim. 

O‘qituvchining  tushuntirish  va  o‘quvchilarning  o‘zlashtirish  usuli  re’jalashtirilgan 

yoki mo‘ljallangan natijani berishi kerak. 

 




Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling