Abduqayumov Shohruh Shavkatjon o‘g‘li
3. Interfaol usul(metod) turlari
Metodlar bir qancha asosiy guruhlardan iborat bo‘lib, ularning har biri o‘z
navbatida kichik guruhlar va ularga kiruvchi alohida metodlarga bo‘linadi. O‘quv
bilish faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish jarayonini o‘zi uzatish, qabul qilish,
anglash, o‘quv axborotlarini esda saqlashni hamda olinadigan bilim va ko‘nikmalarni
amaliyotda qo‘llay olishni nazarda tutishni hisobga olsak, birinchi guruh metodlariga
so‘z orqali uzatish va axborotni eshitish orqali qabul qilish metodlari, og‘zaki
metodlar, hikoya, maruza, suhbat va boshqalar; o‘quv axborotini ko‘rgazmali uzatish
va ko‘rish orqali qabul qilish metodlari – ko‘rgazmali metodlar; tasviriy, namoyish
qilish va boshqalar; o‘quv axborotini amaliy mehnat harakati orqali berish (amaliy
metodlar, mashqlar, laboratoriya tajribalari, mehnat harakatlari va boshqalar) kiradi.
Interfaol
metodlar: “Keys-stadi” (O‘quv keyslari”), “Blist-so‘rov”,
“Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Muammoli ta’lim” va shu kabilardan iborat.
Interfaol ta’lim strategiyalari: “Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-
zag”, “Zinama-zina”, “Muzyorar”, “Rotastiya”, “Yumaloqlangan qor” va hokazolar.
Interfaol ta’lim metodlari tarkibidan interfaol ta’lim strategiyalarini ajratishda guruh
ishini tashkil qilishga yondashuv ma’lum ma’noda strategik yondashuvga
qiyoslanishiga asoslaniladi. Aslida bu strategiyalar ham ko‘proq jihatdan interfaol
ta’lim metodlariga tegishli bo‘lib, ularning orasida boshqa farqlar yo‘q.
Interfaol grafik organayzerlar: “Baliq skeleti”, “BBB”, “Konseptual jadval”,
“Venn diagrammasi”, “T-jadval”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” va
boshqalar. Quyida ulardan bir nechta turlarini ko‘rib chiqamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |