Mutaxassislar mehnat sharoiti va ularning jismoniy tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablar


O‘quvchi va ishlovchilarning kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarligini tashkil qilish shakllari


Download 181 Kb.
bet5/13
Sana19.04.2023
Hajmi181 Kb.
#1363007
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Ishlab chiqarishda kasbiy amaliy jinmoniy tayyorgarlik

1.2 O‘quvchi va ishlovchilarning kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarligini tashkil qilish shakllari


O‘quvchi va ishlovchilarning KAJT vazifalarini hal qilish uchun nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi.
Nazariy mashg‘ulotlar suhbatlar, turli mavzuga doir kechalar va adabiy manbalarni mustaqil o‘rganish shaklida o‘tkaziladi. Tegishli kasb mutaxassislarining mehnat sharoiti o‘rganiladi, ularning psixofiziologik tayyorgarligiga ishlab chiqarish jismoniy tarbiyasining roli, shuningdek, ishlovchilarga KAJTning ijobiy ta’siri tushuntiriladi va muayyan talablar qo‘yiladi. Mutaxassis uchun kasbiy muhim bo‘lgan jismoniy sifatlarga alohida e’tibor qaratiladi.
Amaliy mashg‘ulotlar har xil shakllarda o‘tkaziladi: KAJT bo‘yicha maxsus o‘quv mashg‘ulotlari, kasbiy-amaliy maqsad qo‘yilgan ommaviy sport tadbirlari; kasbiy-amaliy jismoniy mashqlar va maxsus-amaliy sport turlari, individual mustaqil mashg‘ulotlar kasb xususiyatlariga moslashtirilgan holda ishlab chiqarish gimnastikasi (badantarbiya pauzalari) tashkil qilinadi.
KAJB bo‘yicha maxsus o‘quv mashg‘ulotlarida o‘quvchilar ko‘nikma va malakalar hosil qiladilar, kasbga doir zarur jismoniy sifatlarni takomillashtiradilar. Masalan, qishloq xo‘jaligi kollejlarida o‘quvchilar otni parvarish qilishga o‘rgatiladi va ularda otda yurish malakasi hosil qilinadi. Bir qator kollejlarda KAJT bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari uchun maxsus maydon yoki shaharchalar, maxsus trenajor qurilmalari bilan jihozlangan zallar qurilgan. Masalan, qurilish kollejlarida, balandlikda ishlaydigan montajchilar tayyorlashda ularga mo‘ljallab muvozanat saqlashni o‘rgatish maqsadida yotqizilgan to‘sinli inshoot o‘rnatiladi. Osma tebranib turadigan sport snaryadlari keng qo‘llanadi. O‘t o‘chirish texnik kollejida maxsus to‘siq chiziqlari chizilib, turli jihozlar o‘rnatiladi. Masalan, tog‘-kon kollejlari o‘quvchilari uchun kontrol mashq turlari ishlab chiqilgan.

  1. Kross (poyga)—1500 m dan 3000 m gacha.

  2. Marsh-brosok—6 km.

  3. Suzish: vaqt hisobga olinmaydi—100 m dan 500 m gacha.

  4. O‘tirib-turish: ikki oyoqda — 100 dan 350 martagacha,bir oyoqda — 15 dan 150 martagacha.

  5. Ko‘krakdan shtangani siltab ko‘tarish. Variantlari: tik turib,tizzada turib, chalqancha yotib 1—2 dan 8—10 martagacha. (Shtanganing og‘irligi gavda vaznining 45—80% ini tashkil etishi kerak.)

  6. Qo‘llarga tayanib yotib, uni bukib-yozish. Oyoqlarnigimnastika skameykasi ustiga qo‘yib,20 dan 40 martagacha bukib yozish.

  7. Chalqancha yotgan holatdan gavdani 30 dan 90 martagachako‘tarib-tushirish.

  8. 16 kg li toshni gimnastika skameykasidan oshirib o‘tkazishva teskarisi, tizzalarda turgan holatda toshni u yoqdan bu yoqqa 1 daqiqa ichida kim tez o‘tkazish.

  9. Yarimbukilgan qo‘llarda yotib tayanish (50 dan 110 soniyagacha).

  10. Oyoqlarni yelka kengligida qo‘yib, yuzni yuqorigaqaratib, qo‘llarni bosh orqasiga qo‘yib 35 dan 85 soniyagacha gavdani yotiq holatda ushlash; yuzni pastga qaratib, 80 dan 130 soniyagacha 5 kg li to‘ldirma to‘pni qo‘llarni to‘g‘ri qilib ushlash.

  11. Gimnastika skameykasi ustida yurish va o‘tirib-turish(10 dan 35 martagacha).

  12. 15–20 m ga o‘tirib yurish; oyoq yordamisiz 10—15 m ga qo‘llarga tayanib yotib siljish — bukilib yurish. 5 –10 m ga tosh ko‘tarib yugurish (22—26 soniyada).

  13. 10 m ga tizzalarga tayanib emaklash: yon tomonga — 10 m; yerbag‘irlab sudralib — 10 m; 5 dan 15 kg gacha yuk bilan yurish (20—24 soniya.)

  14. 30 m ga 7,5—10 soniyada o‘tirib tez yurish.

  15. 20 m ga 10 kg li to‘ldirma to‘p bilan o‘tirib yurish. Qo‘llarga tayanib, 20 m ga oyoq yordamisiz emaklash. Cho‘qqayib o‘tirib, 20 m ga (27—44 soniyada) orqa bilan oldinga siljish.

Ishlab chiqarishda ishlaydiganlar uchun KAJT bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazishga ko‘proq e’tibor qaratilmoqda, ko‘pgina sanoat korxonalarida salomatlik sexlari yaratilgan, salomatlikni tiklash markazlari, reabilitatsiya va faol dam olish hamda apparatli massaj seansini qo‘llash, funksional musiqa eshitish xonalari tashkil qilinmoqda.
Ko‘pchilik o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida KAJT bo‘yicha ommaviy sport tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bu tadbirlarning kasbiy-amaliy yo‘nalishi kollejlararo spartakiadalar maqomini olgan. Musobaqa dasturiga alohida kasbiy-amaliy jismoniy mashqlar, maxsus amaliy sport turlari kiritilgan. Har bir o‘quvchi KAJT bo‘yicha musobaqalarda qatnashib nafaqat yuqori shaxsiy natijaga erishishi, balki o‘z guruhi, kursi, bo‘limi, kolleji sharafini munosib himoya qilishi lozim.
KAJT bo‘yicha musobaqa dasturiga quyidagi mashqlar kiritilgan.

  1. Bir oyoqni yerga tekkizmay oldinga uzatib, boshqasi bilano‘tirib-turish. Chap, o‘ng qo‘llar oldinga („to‘pponcha“ qilib) uzatilgan holda.

  2. Oyoqlar gimnastika skameykasi ustida, gavdani to‘g‘ritutib, yerga tayanib qo‘llarni bukish va yozish.

  3. Toshni gimnastika skameykasidan oshirib, bir gal utomonga, bir gal bu tomonga olib qo‘yish. Tizzalarda turib, toshlarni o‘ng va chapga olib qo‘yish.

Mashq bir daqiqa mobaynida bajariladi. Bunda toshning o‘rindiq orqali necha marta olib o‘tilgani hisobga olinadi.

  1. Estafeta 3½2 m.

  1. o‘tirib 5—8 kg to‘ldirma to‘p bilan siljish, to‘p bukilgan

qo‘llarda, ko‘krak oldida;

  1. qo‘llarga to‘g‘ri tayanib yotib, oyoq yordamisiz siljish;

d) orqaga tayanib yotib, oldinga siljish.
Musobaqa g‘oliblari ko‘pkurash turlari bo‘yicha aniqlanadi. (birinchi o‘ringa — 1 ochko, ikkinchi o‘ringa — 2 va hokazo).
Ishlab chiqarishda ishlovchilar uchun ommaviy sport tadbirlari kasbiy-amaliy maqsad asosida belgilanadi va keng ko‘lamda o‘tkaziladi. Alohida kasbiy-amaliy jismoniy mashqlar sayohat va uchrashuvlar dasturiga, salomatlik va sport kunlari, korxona va tashkilotlarning an’anaviy spartakiadalari, „Alpomish“, „Barchinoy“ maxsus testlari bo‘yicha brigada, sex va uchastkalar musobaqalariga kiritiladi.
O‘quvchilarning KAJT individual dasturida mashg‘ulotning maqsadi aniq ifodalanadi, qulay vositalar belgilanadi. Bunday vositalar maxsus amaliy sport turlarining alohida unsurlari, buyumlarsiz jismoniy mashqlar, buyumlar, espanderlar, trenajor va boshqalar bilan bajarilishi, shuningdek, ularga suv va chiniqish muolajalarini ham kiritish mumkin. Kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik ko‘nikma va malakasini tezroq egallash maqsadida yaqin sport inshootida, istirohat bog‘ida, o‘rmonlarda mustaqil ravishda shug‘ullanish ham yordam beradi.
Demak, mehnatni ilmiy tashkil qilish bo‘lajak xalq xo‘jaligi mutaxassislari oldiga muhim vazifalarni qo‘yadi: kasbiy bilimlarni, ko‘nikma va malakalarni tez va mustahkam o‘zlashtirish; kelajakdagi mehnatga tayyorgarlikni yanada oshirish; kasbiy zarur jismoniy va axloqiy sifatlarni oshirish; barcha a’zolarni chiniqtirish — organizmni issiq va sovuqqa, ayrim mehnat sharoitiga xos bo‘lgan zararli ta’sirlarga qarshiligini oshirish. Bu vazifalar sizning qiziqishingiz va faol qatnashishingiz, jismoniy tarbiyaga, va xususan, KAJTga ongli munosabatda bo‘lganingizdagina muvaffaqiyatli hal etilishi mumkin. Siz o‘qishni tugatib egallagan kasbingiz bo‘yicha ishga kelasiz. Qo‘yilgan vazifalarni hal qilishda sizga jismoniy tarbiya sohasida olgan bilim, ko‘nikma va malakalaringiz yordam beradi.

Download 181 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling