Asosiy qism. 15 daqiqa
1.―Mening oilam‖ mavzusi bo‗yicha suratni ko‗rib chiqish.
2.Surat bo‗yicha savol-javob o‗tkazish.
3.Har bir bolaning oilaviy tushgan rasmlari bo‗yicha hikoyalarini tinglash.
4.Quvnoq daqiqa.
5.―Mening oilam‖ mavzusida she'rlar aytish.
6.Yakuniy qism. 5 daqiqa. Bolalar tuzgan hikoyalar, aytilgan she'rlarni
muhokama qilish va rag‗batlantirish.
Qo„shimcha qism: "Bizning oila" mavzusida vidiorolik ko‗rsatish. 5 daqiqa
Alohida e'tibor qaratiladi: Bolalar so‗zlayotganlarida so‗zlarni grammatik
jihatdan to‗g‗ri tuzish ko‗nikmalari shakllanganligiga e'tibor berish.
Oy:Sentyabr.
Mavzu:O„zbekiston – mening Vatanim
4-xafta. Mavzu: Men va mening do„stlarim
Mavzu:Men va mening do„stlarim mavzusida suhbat
Maqsad:
“Nutq va til”:
bolalarga o‗rtoqlari bilan qanday munosabatda bo‗lish, o‗rtoq bo‗lish odobiga doir
savollar berish bilan muloqatga kirishishlariga imkoniyat berish. Bolalarni do‗stlik
haqidagi surat bo‗yicha mazmunli hikoya tuzishga, suhbat paytida faol ishtirok etishga
undash. Surat bo‗yicha guruh muhokamasida muloqotga kirishish, mustaqil mazmunli
hikoya tuzishga o‗rgatish. «Do‗stlar» mavzusida lug‗atni faollashtirish. Bog‗lanishli
nutq—hikoya tuzish ko‗nikmalarini shakllantirish. Nutqning ifodaliligini tarbiyalash.
Lug„at ishi
Bolalarga nutqlarida ma'nosi bir xil, ammo aytilishi xilma-xil bo‗lgan so‗zlarni
(ko‘rkam, chiroyli, go‘zal) tushunib, o‗z o‗rnida to‗g‗ri qo‗llashga o‗rgatish.
Nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish
Bolalarda gapirganda so‗zlarni bir-biriga bog‗lab, ma'noli jumlalar tuzish malakasini
shakllantirish
Ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot
Bolada tengdoshlari bilan o‗zaro samimiy, do‗stona muloqotga kirishish, bir-birini
hikoyasini diqqat bilan, qiziqish bilan tinglash,o‗rtoqlariga nisbatan mehrli
munosabatda bo‗lishni tarbiyalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |