Oy:Fevral
Mavzu: G„aroyib dunyo
1-hafta. Qo„shni mamlakatlar
Mavzu: «Do„stlik ulug„ baxt» qirg„iz xalq ertagini qayta hikoya qilish
Maqsad:
“Nutq va til”:
Bolalarda badiiy asarni ifodali hikoya qilish, gapirganda so‗zlarni bir-biriga
bog‗lab, ma'noli jumlalar tuzish malakasini shakllantirish.
So‗zlayotganda so‗zlarni grammatik jihatdan to‗g‗ri tuzish, badiiy asarni qayta
hikoya qilish, asarni mazmunli, mantiqiy izchillikda, aniq va tasviriy ifodalardan
foydalangan holda hikoya qilish ko‗nikmalarini shakllantirish.
Bolalar ―Do‗stlik” haqidagi suhbatda tarbiyachining savollari bo‘yicha yoki
suratlarga qarab mazmunan so‗zlab beradi.
Ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot
O‗z oila a'zolariga samimiy munosabat bildiradi va uyida ma'lum bir qoidalarga
rioya qiladi: Bolalar ota-ona chaqirganda «Labbay‖, ―Xo‗p bo‗ladi‖deb javob
berish, nasihatlariga quloq solish, qilayotgan ishlariga ko‗maklashish, ota-ona
ruxsatisiz uzoq joylarga ketmaslik, ularga yolg‗on gapirmaslik lozimligini
tushunadi.
Kerakli jihozlar: Mavzu bo‗yicha rasmlar.
Ta'limiy-tarbiyaviy faoliyatning borishi:
Tarbiyachi ta'limiy faoliyatning kirish qismida bolalarga oilada aka-ukalarning
ahilligi haqida gapirib suhbatni boshlaydi.
1.―Oilada aka-ukalar‖ mavzusidagi suratni ko‗rib chiqish.
2. «Do‗stlik ulug‗ baxt» qirg‗iz xalq ertagini qayta hikoya qilish
3.Ertak asosida savol- javob o‗tkazish
4.Ertakni qayta hikoya qilish.
5.Jismoniy daqiqa
6.Bolalarning ertakni qayta hikoya qilishlarini muhokama qilish va
rag‗batlantirish
Qo„shimcha qism: ―Oilada ahil yashash‖ mavzusida she'rlar aytish.
Alohida e'tibor qaratiladi: Bolalarni hikoya voqyealarini so‗zlab berayotganida
ovoz ohangining xilma-xil (so‗roq, his-hayajon, xayratlanish, iltimos) turini
qo‗llay bilishga e'tibor qaratish.
35
Do'stlaringiz bilan baham: |