Mutaxassisligi: 70112201 Jismoniy tarbiya va sport mashgulotlari nazariyasi va metodikasi II bosqich magistranti Anarbayev Davranbek Kuvvatbekovich


Download 15.77 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi15.77 Kb.
#1600915

Mutaxassisligi: 70112201 Jismoniy tarbiya va sport mashgulotlari nazariyasi va metodikasi
II bosqich magistranti Anarbayev Davranbek Kuvvatbekovich
Pedagogik ta’lim klasteri yondashuvida yosh futbolchilarning umumiy chidamliligini tarbiyalash texnologiyasi”mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga


TAQRIZ

Dunyoda futbol o‘yinining sur’ati jadal oshib bormoqda. Zero bu futbolchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini doimiy o‘sib borishi bilan bog‘liq bo‘lib shu orqali maydondagi harakatlar ko‘lami kengayib bormoqda. Ushbu omil yosh futbolchilarning jismoniy tayyorgarligiga ham yuqori talablarni qo‘yadi, bu esa yosh futbolchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish va ularning o‘quv mashg‘ulotlari sifatini yaxshilash talabini keltirib chiqaradi. Yosh futbolchilarni o‘yin epizodlarida to‘g‘ri joy tanlashi va vaziyatlarni ketma-ketligida yuzaga keltiradigan jarayonlarni odilona baholay olishi, o‘yinda yuzaga keladigan vaziyatlarni tezkorlik bilan taxlil qilishi kerak. Ushbu holatlardagi yosh futbolchilarning harakat samardorligi ularning tezkorlik sifatining ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi. Zamonaviy futbolda umumiy chidamlilik sifati darajasini muntazam nazorat qilish yosh futbolchilarda umumiy chidamlilik sifatini yuqori darajada rivojlagan bo‘lishi uchun ham xizmat qilishi zarur va bunda ularning zamon talablariga mos testlardan foydalanish asosiy omillardan hisoblanadi.


MagistrantD.K.Anarbaev tomonidan olib borilgan tadqiqot ishi Pedagogik ta’lim klasteri yondashuvida yosh futbolchilarning umumiy chidamliligini tarbiyalash texnologiyasini tadqiq etishga qaratilgan dolzarb mavzudir.
Respublikamizda malakali futbolchilarni tayyorlash, tayyorgarlik sifatini yaxshilashga oid qator ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur sohani yanada takomilashtirish bo‘yicha, jumladan futbolchilarning maydondagi harakat samaradorligini ta’minlash maqsadida ichki birinchilik uchrashuvlarida sog‘lom raqobatni kuchaytirish va respublikamizda yosh istiqbolli futbolchilarni izlab topish hamda sifatli saralash tizimini yanada takomillashtirish, ya’ni zamonaviy talablar asosida yo‘lga qo‘yish orqali amalga oshirish. Ushbu zaruriyat asosida yosh futbolchilarning jismoniy sifatlarini yuqori saviyada rivojlantirgan holda amalga oshirilishi muhim omil sanaladi. Yurtimizda futbolchilarni tayyorlash va sport bilan muntazam shug‘ullantirishning zamonaviy usullarini tatbiq qilish jarayoni tashkil etilgan.
Dissertatsiya kirish, uchta bob, xulosa, adabiyotlar ro’yhati kabi qismlardan iborat bo’lib, birinchi bobda yosh futbolchilarning umumiy chidamliligini oshirishga qaratilgan nazariy asoslari atroflicha tahlil qilingan va o’rganilgan.
Dissertatsiyaning ikkinchi bobida tadqiqot ishining vazifalari, o’tkazish uslubiyati va tashkil qilinishi berilgan.
Dissertatsiyaning uchinchi bobida tajribadan olingan ma’lumotlar tahlili,pedagogik ta’lim klasteri yondashuvida yosh futbolchilarning umumiy chidamliligini tarbiyalash texnologiyasini bo’yicha o’tkazilgan tajriba-sinov mazmuni va uning dinamikasi masalalari yoritilgan.
Ishning yakunida muallif tomonidan bajarilgan tadqiqot ishi yuzasidan yakun yasalgan. Umumiy xulosalar yoritib berilgan.
Bildirilgan fikr-mulohazalarga tayangan holda quyidagi xulosaga kelish mumkin:
Magistrant Anarbaev Davranbek Kuvvatbekovich“Pedagogik ta’lim klasteri yondashuvida yosh futbolchilarning umumiy chidamliligini tarbiyalash texnologiyasi” mavzusidagi tadqiqot ishi mustaqil bajarilgan va ishni asosiy ximoyaga tavsiya etaman.


Boshlang’ich ta’lim fakulteti
Jismoniy tarbiya va sport
kafedrasi mudiri Prof: U.R.Radjapov
Download 15.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling