Mutaxassisligi magistranti qo’ziyev to’lqin bahodirovich ning


Download 48.31 Kb.
bet2/7
Sana15.03.2023
Hajmi48.31 Kb.
#1272223
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
QO\'ZIYEV.T.B

Mavzuning dolzarbligi. Zamburug’lar orasidan antagonistik xususiyatga ega bo’lgan shtammlarni ajratib olib, ulardan tayyorlangan biopreparatlarni qishloq xo’jaligi ekinlarining kasalliklariga qarshi qo’llash texnologiyasini ishlab chiqarish hozirgi kunda dolzarb muammolardan biridir
Oʼzbekiston Respublikasi qishloq xoʼjaligining yetakchi tarmoqlaridan biri sabzavotchilik hisoblanadi. Dehqonlar yetishtirgan har xil sabzavotlarni na faqat oʼzimizda, balki yurtimizdan tashqarida ham dovrugʼi olamga ketgan.
Sabzavotlarning asosiy qiymati shundaki, ular vitaminlarga, mineral tuzlarga, organik kislotalarga, xushbuy va mazali moddalarga boy boʼlib, modda almashinuviga yaxshi taʼsir qiladi. Bu ekinlarning hosilini va sifatini oshirish uchun, ularni yetishtirishda zamonaviy biotexnologiya usullarini qoʼllash, mahsuldor va mahalliy sharoitga mos navlarni joriy qilish hamda sabzavotlarni turli xil kasalliklardan samarali himoya qilish oʼziga xos oʼrin tutadi.
Sabzavot kasalliklariga qarshi kurash kasalliklarga chidamli navlar chiqarishdan, agrotexnik chora-tadbirlarni amalga oshirish va kimyoviy kurashdan iborat. Lekin shu narsa maʼlumki, har xil sabablarga koʼra navlarning chidamliligi yoʼqolishi, agrotexnik chora-tadbirlar har doim ham samarali boʼlmasligi mumkin. Kimyoviy usulga kelsak, katta-katta maydonlarda tuproqni fumigatsiyalash tavsiya etilmaydi, chunki fungitsidlar atrof muhitga zararli taʼsir etadi.
Аtrof muhitni ifloslantirishdan saqlash va inson salomatligini muhofaza qilish jahon miqyosidagi dolzarb muammolardan biridir.
Bizning respublikamizda bu muammoni hal qilishga katta ahamiyat berilmoqda. Hukumatimizning bir qator qaror va farmonlarida oʼsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish, tabiatdagi tirik organizmlarga salbiy taʼsir qilmaydigan biotexnologik kurash choralarini ishlab chiqish va uni kengroq joriy qilish masalasiga doimo eʼtibor qaratib kelingan. Bir qator olimlarning va mutaxasislarning faol harakatlari tufayli qishloq xoʼjaligi ekinlarining biologik himoya qilish koʼlami borgan sari kengayib bormoqda.
Biologik kurash choralarining ustunlik tomoni shundan iboratki uning taʼsiri faqat maʼlum zararli obʼektga qaratiladi. Kimyoviy vositalarning taʼsir qilish doirasi keng qamrovli boʼlib, uning zaharli moddalari faqat zararli organizmlarga emas, balki foydali organizmlarga ham salbiy taʼsir qiladi. Biologik vositalar esa faqat bitta yoki bir guruh organizmlarga taʼsir qilgan holda, tabiat tizimidagi boshqa foydali organizmlarga taʼsir qilmaydi. Аyniqsa uning eng muhim tomoni shundaki, bu kurash chorasi inson salomatligiga salbiy taʼsir qilmaydi. Shunday qilib qishloq xoʼjaligi ekinlarini biologik vositalar yordamida zararkunanda, kasallik va begona oʼtlardan himoya qilish bir qator, yaʼni hosildorlikni saqlab qolish, qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini sifatini oshirish va atrof muhitni ifloslantirishdan saqlash muommolarini hal qiladi.
Sabzavot ekinlarini hosildorligini oshirishda va sifatini yaxshilashda ularning zararli organizmlardan himoya qilish muhim ahamiyatga ega. Maʼlumotlarga qaraganda dunyo boʼyicha zararkunanda, kasallik va begona oʼtlar tufayli qishloq xoʼjalik mahsulotlarining 20-30% yoʼqotilar ekan. Boshqacha qilib aytganda, ekin bilan band har bir 5 gektarning 1 gektaridangina hosil mutloqo yoʼqotiladi degani.
Qishloq xoʼjalik ekinlarini himoya qilish turli xil yangi pestitsidlarni yuzaga kelishi, ayniqsa sintez qilingan organik preparat-larni qoʼllash tufayli faqat kimyoviy kurash yordamida juda qisqa muddat ichida oʼsimliklarni himoya qilish muammosini hal qilish mumkin degan fikr paydo boʼldi. Lekin keyingi yillar davomida kimyoviy preparatlarni taʼsirida atrof muhitni ifloslanishi va pestitsidlarga chidamli zararli organizmlar paydo boʼlishi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar bu fikrni notoʼgʼri ekanligini isbotladi va boshqa kurash choralariga boʼlgan eʼtiborni xususan biologik usulga qiziqishni kuchaytirdi.
Qishloq xoʼjalik ekinlarini zararli organizmlardan mikrobiologik usulda himoya qilish biologik kurashning asosiy tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Bu usul oʼsimliklarni kasallik qoʼzgʼatuvchi fitopatogen mikroorganizmlardan himoya qilishda antagonist mikroorganizmlarni qoʼllashga asoslangan.
Ekinlarni mikrobiologik usulda himoya qilish faqat antibiotik va mikrobiologik preparatlarni qoʼllash bilan chegaralanmasdan, balki patogenga qarshi kurashda tuproqdagi mikrooganizmlarni turi va miqdorini boshqarishni ham amalga oshiradi.
Qishloq xoʼjalik ekinlarini himoya qilishda tuproq zambrugʼlari orasida trixoderma turkumining vakillari alohida oʼrin tutadi. Chunki, bu turkum vakillari oʼsimliklarda kasallik qoʼzgʼatuvchi bir qator fitopatogen mikroorganizmlarga qarshi antagonistik xususiyatlarini namoyon qiladi. Bu esa ularning orasidan qishloq xoʼjalik ekinlarining bir qator kasallik-lariga qarshi koʼplab imkoniyat beradigan istiqbolli shtammlarini ajratib olishga zamin yaratadi.

Download 48.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling