Mutaxassisligi magistranti qo’ziyev to’lqin bahodirovich ning
Zamburug‘larning giperparazitligi
Download 48.31 Kb.
|
QO\'ZIYEV.T.B
1.3. Zamburug‘larning giperparazitligi
Boshqa zamburug‘lar hisobiga yashovchi zamburug‘larni mikofil, mikoparazit, ikkinchi tartibdagi parazitlar, o‘ta parazit yoki giperparazit-lar deyiladi. Tadqiqotchilar giperparazitizmni ko‘pincha, mikrob antagonizmining yana bir ko‘rinishi deb qaraydilar. Bu keng ekologik guruhga barcha sinflar vakillari hisoblangan ko‘p miqdordagi turlar kiradi. Oziqlanish xususiyatiga ko‘ra giperparazitlar biotrof va nekrotrof mikoparazitlarga bo‘linadi. Biotrof zamburug‘lar faqat tirik hujayralar hisobiga yashaydi. Ular qisqa ixtisoslashgan bo‘lib, xo‘jayinni tez halokatga olib kelmay, faqat uni rivojlanishini sekinlashtiradi. Ko‘pchilik biotrof zamburug‘lar xo‘jayin bo‘lmaganda oddiy oziqa muhitida o‘smaydi. Keng tarqalgan zamburug‘ tipidan alternariya avlodi zamburug‘ida parazitlik qiluvchi gonatobotris (Conatobotrys simplex) ma’lum. Nekrotrof parazit zamburug‘lar dastlab antibiotik yoki ferment ajratib xo‘jayin hujayrasini o‘ldiradi va keyin murda hujayra tarkibi bilan oziqlanadi. Bu guruh zararlangan strukturani tezda halok qiladi, keskin sekinlashtiradi yoki xo‘jayin rivojini to‘xtatadi. Spora hosil qiluvchi zamburug‘lar organlarida rivojlanib, ular ko‘pincha spora hosil qilishni chegaralaydi, hayotchanligini pasaytiradi, yoki hosil bo‘layotgan sporalarni nobud qiladi. Bu guruh zamburug‘lari odatda laboratoriya sharoitida sun’iy oziqa muhitida yaxshi o‘sadi. SHuning uchun ham nekrotrofparazit zamburug‘lari va aralashma tipdagi parazitlar o‘simliklar biologik himoyasida qiziqish uyg‘otadi. Giperparazit zamburug‘larni biologik himoyada qo‘llash yuzasidan tadqiqotlar o‘tgan asrning 30-yillarida boshlangan bo‘lib, keyingi yillarda izlanishlar ampelomitses, ipsimon darlyuka va boshqalar ustida olib borilmokda. Ampelomitses (Ampelomyces Cicinnobolus) turkumi. Zamburug‘ning bu turkumi un-shudringli, qisman peronosporali va takomillashmagan ayrim zamburug‘ turlarida parazitlik qiladi. Takomillashmagan zamburug‘lar sin-fining sferopsidal tartibiga xosdir. Xo‘jayin spora hosil qiluvchi koni-diyalari va kleystotetsiyalarini zararlaydi. Un-shudringli zamburug‘lar ko-nidial qatlamida dastlab xira – oqish dog‘ hosil qilib, ko‘pgina hollarda bora-bora qatlab uchi batamom bekiladi. Giperparazit piknidiyalarni xo‘jayin mitseliylarida konidiyalar va kleystotetsiyalarida hosil bo‘ladi. Odatda ular noto‘g‘ri shaklli, aniq to‘rsimon ko‘rinishdagi och-jigarrang yoki jigarrangda bo‘ladi. Ulardan chiqayotgan konidiyalar piknidiyalar atrofida spora massasini hosil qilib, yomg‘ir tomchilari yordamida bu sporalar un-shudring yangi qoplamalarini zararlaydi. Ampelomitses kuchli rivojlan-ganda konidiyalar va alkosporalar hosil bo‘lishini to‘liq to‘xtatadi. Giperparazitni yozning boshidan, kuzga qadar un-shudringli zambu-rug‘larda kuzatish mumkin. U ayniqsa yomg‘irdan keyin kuchli rivojlanadi. Kleystotetsiyalarda ayrim o‘simliklar barg va kurtaklarida qishlaydi. Avlodning 40 ga yaqin turlari ta’riflangan, giperparazitni tabiatda osongina izlash va sun’iy oziqa muhitida ko‘paytirish, bu avlodni o‘simliklar biologik himoyasida istiqbolli ekanligidan darak beradi. Koniotrium (Coniothyrium minitans Camp). Bu oilaga oid S.piricolum Pot. kaliforniya qalqondori paraziti sifatida ma’lum. S.minitans sklerotsiyalar hosil qiluvchi ko‘pgina zamburug‘larda parazitlik qiladi. Bu zamburug‘larga kungaboqar, sabzi, bodringda oq chirish, beda raki, piyoz, tamaki, maxorkada oq chirish va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Giperparazit yuqorida nomlari keltirilgan kasallik qo‘zg‘atuvchilarning qishki skelerotsiyalarini zararlab emiradi. Kanada, Buyuk Britaniya, AQSH va boshqa mamlakatlarda kungaboqar, piyoz va boshqa ekinlarning oq chirish kasalligiga qarshi bu zamburug‘ni biologik himoyada qo‘llash ustida tadqiqotlar o‘tkazilgan (Xuang, 1977, 1979 va boshq). Jumla- dan, piyoz nihollarini oq chirishdan himoya qilish maqsadida ekin urug‘i piknidlardan tayyorlangan giperparazit kukun va suspenziya sporalari bilan ishlanganda yaxshi natija olingan (Axmed, Trayb, 1977). Ipsimon darlyuka (Darluca filum Cast.) zang zamburug‘larining o‘ta para-zitlari bo‘lib, takomillashmagan zamburug‘lar sinfining sferospidial tartibiga mansubdir. Darlyuka zang zamburug‘larini asosan uredostadiya dav-rida zararlaydi, ammo ularni esidiya va teleytopustulalarda ham topish mumkin. Darlyuka tabiiy populyasiyalari ko‘p sonli shtammlardan iborat bo‘lib, ular turli xo‘jayinlarga virulentligi jihatidan farqlanadi. Darlyuka zang zamburug‘lari pustulalarida rivojlanib, odatda bili-nar-bilinmas, oq mitseliylar hosil qiladi, ularda kichik diametri 50-200 mkm., sharsimon piknidiyalar bo‘lib, mikroskop ostida mayda qora sharik-chalar holida ajralib turadi. Pustulalarda ular G-3 dan bir necha o‘ntagacha bo‘ladi. Har bir piknidada 6-8 ming dugsimon, bir devorchali va oxirida ipsimon o‘simtali rangsiz sporalar hosil bo‘ladi. Ular shilimshiq bilan elimlangan bo‘lib, piknidalardan uzun oqish yoki kulrangsimon ip sifatida ajralib chiqadi. O‘simlikka tushgan sporalar tomchi suvida o‘sadi. Mabodo o‘simlik zang zamburug‘lari bilan zararlanmagan bo‘lsa sporalar o‘ladi, agarda ular zang zamburug‘i pustulasida yoki uredospora yaqinida o‘ssa xo‘jayin gifa va sporalarini o‘rab, ular bilan oziqlanuvchi parazit mitseliylari rivojlanadi. Zamburug‘ning intensiv rivojlanishi yuqori havo nisbiy namligi va 12-20°C haroratda kuzatiladi. Zang zamburug‘i pustulasi zararlangandan keyin piknidiyalarning shakllanish jarayoni 5-7 kun davom etadi va vegetatsiya davrida giperparazit bir necha avlod berib rivojlanadi. Zamburug‘ning piknidiyasi yoki askomitsetlar sinfi, lokuloaskomitset-lar kenja sinfiga oid bo‘lgan uning xaltali qorabosh eudarlyuka (Eudarluka caricis) stadiyasi o‘simlik qoldiklarida qishlab chiqadi. Havo namligi yuqori bo‘lgan xududlarda giperparazit tabiiy tarqalgan o‘choqlarida o‘simliklarni zang bilan zararlanish darajasini bir muncha kamaytirib turadi. Trixotetsium rozeum (Trichothecium roseum Lk) takomillashmagan zam-burug‘lar sinfi gifomitsetlar tartibiga mansubdir. Tabiatda faqat xo‘jayinlar to‘qimasida uchraydigan yuqorida eslatilgan nekrotrof parazit-lardan farqlanib, trixotetsium ko‘pincha saprofit sifatida o‘simlik qoldiqlarida yashab, ayrim xollarda epidermisi shikastlangan yoki fitopatogen zamburug‘lar zarari tufayli shikastlanib qurigan hujayralari orqali holsizlangan o‘simliklarni ham zararlaydi. SHuning bilan bir qatorda, ular nekrotroflar singari sun’iy oziqa muhitida yaxshi o‘sib, turli zamburug‘lar sklerotsiyalarida, olma va nok kalmarazi, zang, boshoq va bir qancha boshqa zamburug‘ turlarida rivojlanadi. Zararlangan zamburug‘ rivojlanishi to‘xtaydi, yoki ular nobud bo‘ladi va ularda o‘ta parazit konidial spora hosil qiluvchilarining tiniq-pushti kukun qoplami hosil bo‘ladi. Trixotetsium zamburug‘larda parazitlik qilishining sababi, u ajratgan zamburug‘ga qarshi antibiotik trixotetsin bilan bog‘likdir. Antibiotik, zamburug‘lar gifalarini o‘ldiradi va o‘ta parazit ular tarkibi bilan oziklanadi. Zamburug‘ning antibiotik hosil qilmaydigan shtammlari xo‘jayin zamburug‘larda parazitlik qila olmaydilar. Download 48.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling