Mutaxassislik fani
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buyrak usti bezi gormon preparatlari.
- Jinsiy bez gormon preparatlari.
- Oshqozon Shilliq qavati ferment preparatlari. Pepsin
- Ikkinchi usul.
Adiurekrin (Adiurecrinum) – yirik qoramollarning gipofiz orqa bo‗lagidan olinadi. Preparat gipofizning orqa bo‗lagida ishlab chiqariladigan barcha gormonlarni saqlaydi ayniqsa antidiuretik gormonni, qaysiki tuz-suv almashinuvida ishtirok etuvchi. Gipofiz faolligini tez yo‗qotishi mumkinligini inobatga olgan xolda u tezlik bilan konservalash uchun atsetonga solinadi. Ishlatishdan oldin esa xom ashyo atsetondan olinib, gipofizning orqa bo‗lagi ajratib olinadi va vakuum quritgich javonida 40 0 dan yuqori bo‗lmagan haroratda quritiladi. Quritilgan massa benzin bilan Skslet apparatida yog‗sizlantiriladi. Ekstragent qoldiqlari vakuum ostida uchiriladi va Sharli tegirmonda maydalanib, standartlanadi. Preparatning to‗liq nomi faqat yog‗sizlantirish orqali quritilgan, kukun xoliga keltirilgan bez – Pulvis posterioris glandulae pituitariae. Bu mayda, amorf jigar rangli, suvda va bOshqa erituvchilarda erimaydigan kukun, 1 mg tarkibida 1TB saqlaydi. Quruq va salqin joylarda og‗zi mahkam yopiladigan idishlarda saqlanadi. Qandsiz siydik qo‗yib yuborishda, siydik tutaolmaslikda ishlatiladi. Pituitrin (Pituitrinum) – adiurekrindan, uni ikki marta 0,25% sirka kislotasining eritmasida, 40 0 dan yuqori bo‗lmagan haroratda vaqti-vaqti bilan aralashtirib turgan xolda qoldirish bilan olinadi. Aralashma filtrlanib, filtrat tarkibidagi oqsillar temir oksi xlorid bilan dializlash orqali yo‗q qilinadi. cho‗kma filtrlash orqali yo‗qotiladi va filtrat tarkibidagi temir qoldiqlarini yo‗qotish uchun eritmaga natriy gidrokarbonatda kuchsiz ishqoriy muhitgacha qo‗shiladi. Eritma filtrlanib, pH muiti 3,0-4,0 bo‗lguncha sirka kislotasi qo‗shiladi va 0,3% fenol bilan turg‗unlashtirilib, aseptik sharoitda 1 ml dan ampulalarga quyiladi. Preparat tiniq, rangsiz suyuqlik bo‗lib, 1 ml preparat 5 yoki 10 TB saqlaydi. Tug‗uSh jarayonini tezlashtirish va tug‗ruqdan keyingi qon ketishda ishlatiladi. Preparatning ta‘siri uning tarkibidagi bir qator gormonlar: oksitotsin – bachdon silliq muskullarining qisqaruvchanligini oshiradi, vazopressin qon tomirlarini torayishiga sabab bo‗ladi. Preparat shuningdek, qandsiz siydik ajratish va siydikni tutaolmaslikda ishlatiladi. Teri orasiga yoki muskil ichiga 5-10 TB dan yuboriladi. Buyrak usti bezi gormon preparatlari. Yirik Shoxli qoramollarning buyrak usti bezlari adrenalin va noradrenalin olish uchun asosiy xom ashyo bo‗lib xizmat qiladi. yangi so‗yilgan yirik Shoxli qoramollarning buyrak usti bezlari tezlik bilan muzlatiladi yoki konservalanadi. Sababi adrenalin pirokatexin xosilasi bo‗lganligi uchun suvli eritmada tez oksidlanadi. Buyrak usti bezini kompleks tarzda qayta ishlash usuli undan turli xil tuzilishga ega bo‗lgan biologik faol moddalarni sintez qilishga imkon beradi. Buyrak usti bezi go‗Sht maydalagichda maydalanib, ichki qismi emal bilan qoplangan po‗lat idishga solinadi va quruq muz bilan aralashtirilib, -2 0 haroratda 36 soatga qolddiriladi. Bu bilan ekstraksiya jarayonini intensifikatsiyalashga erishiladi. Ekstraksiyalash oksidlangan spirt bilan 3 marta amalga oshiriladi. Ajratmalar birlashtirilib, spirt vakuum ostida xaydab olinadi. Suvli qismi boshlang‗ich hajmiga nisbatan 1/15 qism qolguncha 40 0 haroratdan yuqori bo‗lmagan haroratda 167 uchiriladi. Qolgan qismi 1:3 nisbatda sovutilgan atseton bilan aralashtirilib, 0-5 0 haroratda 20 soatga qoldiriladi. Xosil bo‗lgan cho‗kma ajratib olinib, tashlab yuboriladi. Suyuqlikda qolgan atseton vakuum ostida xaydaladi, suvli qismi esa yana bir marta 5-10 0 haroratda 20 soatga qoldiriladi. Xosil bo‗lgan ajratma (1- ajratma) tarkibidagi cho‗kma ajratib olinib, 50% spirt bilan yuviladi. Spirtli ajratmadan spirt vakuum ostida xaydab olinib, suvli qism filtrlanib, filtrat sovuq atseton bilan qayta ishlanadi. Xosil bo‗lgan cho‗kma ajratib olinib, tashlab yuboriladi. Suvli qismining konsentratsiyasi vakuum ostida ko‗tariladi va 1-ajratma bilan birlashtiriladi. Ajratma sovutiladi va 3-4 marta dixloretan (1 l dixloretanga 10 l ajratma) bilan ekstraksiyalanadi. Natijada dixloretan tarkibiga kortikosteroidlar o‗tib, suvli fazada esa adrenalinning asosiy massasi qoladi. Dixloretanli ajratma kam miqdordagi suv bilan chayqatilib, -10-15 0 haroratda, sovutgichda, 10-12 soatga qoldiriladi. Kam miqdorda adrenalin saqlagan suvli qismi dixloretanli qismidan oson ajralishi uchun muzlagan xolda bo‗lsa maqsadga muvofiqdir. Dixloretanli ajratmadan vakuum ostida dixloretan to‗liq uchiriladi. Qolgan qoldiq 70% spirtda eritilib, 0 0 haroratda 10-12 soatga qoldiriladi. Spirtli suyuqlik filtr qog‗oz orqali filtrlanib, filtr 3-4 marta petroleyin efiri bilan qayta ishlanadi. Tozalangan spirtli eritma tarkibidagi spirt vakuum ostida xaydab olinadi. cho‗kma esa (asalsimon massa) natriy xloridning izotonik eritmasida eritilib, 10% etil spirti bilan konservalanadi. Bu eritma 1 l bo‗lguncha xisoblangan miqdorda suyultiriladi (har 25 kg cho‗chqaning, 40 kg yirik Shoxli qoramolning buyrak usti bezidan 1 l eritma xosil bo‗lguncha) Eritmaning pH ko‗rsatkichi 4,2-4,5 ga keltiriladi va 2-5 0 haroratda uShlagan xolda standartlanadi va qadoqlanadi. Standartlangandan so‗ng bakterial filtr orqali filtrlanib, aseptik qoidalariga rioya qilingan xolda ampulalarga quyiladi. Suvli fazada qolgan adrenalin eritmasi dixloretandan ajratish uchun muzlatilgan eritma bilan birlashtirilib, ishqorlash uchun 25% ammiak eritmasi bilan pH ko‗rsatkichi 9,2 bo‗lguncha qayta ishlanadi. Natijada adrenalin asos ko‗rinishida cho‗kmaga tushadi. Adrenalinni to‗liq cho‗kmaga tushirishi uchun eritma bir kun davomida 10-12 0 haroratda qoldiriladi. Eritma Byuxner voronkasi orqali filtrlanib, adrenalin kristallari yig‗ib olinadi. Ular kuchli spirt bilan keyin esa efir bilan yuviladi. Olingan adrenalin tozalash uchun suv va oksidlangan xlorid kislotasida eritiladi, erimay qolgan qoldiq adrenalin kristallari yig‗ib olinadi va suv, spirt va efir bilan yuviladi. Preparat adrenalin gidroxlorid va adrenalin gidrotartarat ko‗rinishida chiqariladi. Adrenalin gidroxlorid (Adrenalini hydrochloridum) – oq yoki sal puShti rangli kristal kukun. Toza va quritilgan adrenalin 0,01 n xlorid kislotasi eritmasida 1:1000 nisbatda eritiladi, xlorbutanol va natriy bisulfit bilan konservalanadi, pH ko‗rsatkichi 3,0-3,5. Aseptik sharoitda filtrlab sterillanadi. Inert gaz oqimida ampulalarga yoki qo‗ng‗ir rangli Shisha idishlarga quyiladi. Adrenalin gidrotartarat (Adrenalini hydrotartaras) – oq yoki oq kulrang tusli kristall kukun. Yorug‗lik va xavo kislorodi ta‘sirida oson o‗zgaruvchan. Suv va spirtda yaxshi eriydi. Suvli eritmalari (pH 3,0-4,0) adrenalin gidroxloridning eritmasiga nisbatan turg‗un. 100 0 haroratda 15 daqiqa davomida sterillanadi. 168 Ta‘siri bo‗yicha adrenalin gidrotartarat adrenalin gidroxloriddan umuman farq qilmaydi. Glaukomaning oddiy ochiq formalarida maxalliy tomirtoraytiruvchi sifatida ishlatiladi. Adrenalin gidroxloridning 0,1% eritmalari flakonlarda 10 ml dan, in‘eksiya uchun 0,1% eritmalari ampulalarda 1 ml dan chiqariladi.Adrenalin gidrotartaratning in‘eksiya uchun 0,18% eritmalari 1 ml dan ampulalarda, tashqi maqsadlar uchun esa flakonlarda 10 ml dan chiqariladi. Sovuq va Yorug‗likdan ximoya qilingan xolda saqlanadi. Buyrak usti bezining po‗stloq qismidan katta miqdorda steroid gormonlar ishlab chiqarilib, ular kortikosteroidlar deyiladi. Ular pregnan xosilalari xisoblanib, kimyoviy jihatdan 11-dezoksisteroidlar, 11-oksiteroidlar va 11-17 oksisteroidlarga bo‗linadi. Birinchi guruhga aldosteron va kortikosteron atsetatlar mansub bo‗lib, bu gormonlar organizmda suv va elektrolitlar almashinuviga ta‘sir qiladi. Ikkinchi guruh (tabiiy) gormonlari glyukokortikosteroidlar xisoblanib, kortizol (gidrokortizon) va kortizon shular jumlasidandir. Bu gormonlar organizmda bevosita uglevodlar va oqsillar almashinuviga ta‘sir ko‗rsatadi. Shuningdek ular jigarda glikogenni to‗planishiga, qonda qand miqdorining ortishiga, siydik bilan azotni ajralib chiqishini ko‗payishiga sabab bo‗ladi. Glyukokortikosteroidlar yallig‗lanishga qarshi, desensibilizatsiyalovchi va antiallergik ta‘sir ko‗rsatadi. Buyrak usti bezining po‗stloq qismi maydalanadi va efir bilan ekstraksiyalanadi. So‗ng gormonlar avval spirtga keyin esa natriy xloridning izotonik eritmasiga o‗tkaziladi. Natijada kortin xosil bo‗ladi. Kortin (Cortinum) – buyrak usti bezining po‗stloq qismidan olingan tozalangan ekstraktning suvli eritmasi. Preparat bOshqa buyrak usti bezi gormonlariga o‗xShab ta‘sir ko‗rsatadi, ya‘ni organizmda mineral moddalar, oqsil va uglevodlar almashinuvini bOshqarishda qatnashadi. Addison kasalligida ishlatiladi. Ampulalarda 1 ml dan 10 TB chiqariladi. Kortizon atsetat (Cortisoni acetas) – amalda suvda erimaydigan, spirtda kam eriydigan oq rangli kukun. Glyukokortikosteroidlarga o‗xShab ta‘sir ko‗rsatadi. Ichish uchun yoki muskul orasiga (suspenziya ko‗rinishida) buyuriladi. Ichish uchun odatda davolashning birinchi kuni 0,1-0,2 g dan kuniga 3-4 maxal, so‗ng sekin astalik bilan doza kamaytirib boriladi, toki doimiy terapevtik samaradorlik saqlanib qolguncha. Revmatizmda davo kursi 3-4 g, muskul orasiga 0,025-0,05 g dan kuniga bir marta yoki ikki marta har 8-12 soatda buyuriladi. Gidrokortizon (Hydrocortisonum) – organizmga ta‘siri bo‗yicha kortizonga yaqin biroq unga nisbatan ancha faol. Muskul orasiga yuborishda kortizonni 2/3 qismini tashkil qiladi. Tibbiyot amaliyotida gidrokortizon, gidrokortizon atsetat, gidrokortizon suksinat ishlatiladi. Gidrokortizon (erkin spirt) – asosan dori shakllarini tayyorlashda ishlatiladi: gidrokortizon atsetat (Hydrocortisoni acetas) tashqi maqsadlar uchun 1% surtma shaklida terining allergik kasalliklarida ishlatiladi. Gidrokortizonning mikrokristallik suspenziyasi 5-25 mg dan sinapslar ichiga kiritish uchun ishlatiladi. In‘eksiya uchun gidrokortizon atsetatning 2,5% li suspenziyasi (Suspensio Hydrocortisoni acetati 2,5% pro injectionibus) ampulalarda 2 ml dan chiqariladi. 0,5% li gidrokortizon atsetatni ko‗z uchun surtmasi (Unguentum hydrocortisoni 169 acetates 0,5%). 1% gidrokortizon surtmasi ((Unguentum hydrocortisoni 1%). ―Kortikomitsetin‖ surtmasi ((Unguentum ―Corticomycetinum‖). yuqoridagi surtmalar terining yallig‗lanish, allergik kasalliklarida ishlatiladi. Gidrokortizon gemisuksinat (Hydrocortisonum hemisuccinas) - in‘eksiya uchun liofilizatsiyalangan natriyli tuz ko‗rinishida chiqariladi. O‗tkir buyrak usti bezi etishmovchiligida, bronxoastmatik statusda, miokard infarkti va tireotoksikkrizisni davolashda ishlatiladi. Ampulalarda 5 ml 0,025 g dan yoki 10 ml 0,1 g dan chiqariladi. Prednizon (Prednison) – prednizon atsetat (Prednisoni acetatis) ko‗rinishida chiqariladi. Ta‘siri va qo‗llanilishi bo‗yicha kortizonga yaqin, biroq unga nisbatan 3-5 marta faolroq va unga nisbatan organizmdagi minerallar almashinuvchiga kam ta‘sir qiladi. Tabletka ko‗rinishida 0,0011 va 0,0056 g dan chiqariladi. Prednizolon (Prednisolonum) – gidrokortizonni digidratlangan analogi xisoblanib, ta‘siri va faolligi bo‗yicha prednizonga yaqin turadi. Revmatizim, poliartritning nospetsefik infeksiyalarida, bronxial astmada, o‗tkir limfatik va mieloid leykomiyada, shuningdek bOshqa glyukokortikosteroidlar bilan birgalikda ishlatiladi. Tabletka shaklida 0,0001 va 0,005 g dan chiqariladi. Prednizolon gemisuksinat (Prednisolonum hemisuccinas) – liofilizatsiyalangan xolda ampulalarda 0,025 g dan chiqariladi. Ta‘siri va qo‗llanilishi bo‗yicha prednizolonga qovushqoq. Ichish uchun yoki muskul orasiga yuborish uchun buyuriladi. Ampulaning ichidagi oldindan 35-37 0 haroratgacha isitilgan 5 ml in‘eksion suvda eritilib, so‗ng in‘eksiya qilinadi. Teri kasalliklarida maxalliy ishlatish uchun uning 0,5% surtmasi (25 mg prednizolon saqlagan 5 g surtma tyubiklarda chiqariladi), terining nomikrob etiologiyali yallig‗lanish va allergik kasalliklarida ishlatiladi. Qabul qilinishi va nojo‗ya ta‘sirlari gidrokortizon surtmasi bilan qovushqoq. Metilprednizolon (Methylprednisolonum) – prednizolon anologi bo‗lib, ta‘sir faolligi bilan prednizolon va prednizonga yaqin, biroq mineralokortikoid faollikka ega emas. U yaxshi so‗riladi. 0,004 g dan tabletka shaklida, suvda eruvchan natriy suksinat tuzi ko‗rinishida chiqariladi. Ampulalarda 0,002 va 0,04 g dan kattalar uchun, bolalar uchun esa 0,008 g dan erituvchi in‘eksion suv bilan birgalikda chiqariladi. Deksametazon (Dexamethasonum). Uning kimyoviy nuqtai nazaridan o‗ziga xosligi molekulasida ftor atomini saqlashidadir. Organizmga ta‘siri bo‗yicha bOshqa glyukokortikosteroidlarga yaqin, biroq ulardan faolroq. Kuchli yallig‗lanishga qarshi va atiallergik ta‘sirga ega. Samaradorligi bo‗yicha 0,5 mg deksametazon 3,5 mg prednizolonga yoki 17,5 mg kortizonga to‗g‗ri keladi. Shunday ekan, deksametazon prednizolonga nisbatan 7 marta, kortizonga nisbatan esa 35 marta faolroq. Revmatoid artrit, dermatoz, limfogranulematoz va nefrotik sindromda ishlatiladi. Kattalar uchun sutkalik dozasi 0,002-0,003 g. Tabletka shaklida 0,0005 g dan chiqariladi. Quruq va Yorug‗likdan ximoya qilingan joyda saqlanadi. Xorijiy davlatlarda oftalmologik amaliyotda ishlatish uchun deksametazonni 10 ml dan 0,1% li ko‗z tomchilari ishlab chiqilgan. Oftan-deksametazon - 1 ml eritmada 1 mg (0,1%) deksametazon 21 fosfat saqlovchi ko‗z tomchisi. Bu ko‗z tomchilari keratit, irit kasalliklarida shuningdek, 170 jarohatlar va ko‗z jarrohligidan so‗ng yallig‗lanish jarayonni oldini olish uchun ishlatiladi. “Deksona” (―Dexona‖) - ko‗z va quloq tomchisi, tarkibida 0,1% deksametazon natriy fosfat va 0,5% neomitsin sulfat eritmasini saqlaydi. 5 ml dan tomchili flakonlarda chiqariladi. Keratit, blefarit kasalliklarida va o‗rta quloq yallig‗lanishida ishlatiladi. Sinaflan (Synaflanum) – oq rangli, qaymoqsimon tusli kristall kukun. Amalda suvda va spirtda erimaydi. Tuzilishi bo‗yicha prednizolon va deksametazonga yaqin. Biroq molekulasida ikkita ftor atomini saqlaydi, uglerod zanjirining S 6 va S 9 xolatlarida. Sinaflanning 0,025% surtmasi (Unguentum Synaflani 0,025%) – Yorqin sariq rangli, teri, silliq qavatlar, ekzema va chegaralangan psoriazdamaxalliy yallig‗lanishga qarshi vosita sifatida ishlatiladi. Alyumin tyubalarda 10 yoki 15 g dan chiqariladi.Quruq va sovuq joylarda saqlanadi. Jinsiy bez gormon preparatlari. Tuxumdonda ishlab chiqariladigan ayol jinsiy bez gormonlari estran uglevodorodi xosilalari bo‗ib, estron (follikulin) va estradiol ularning tipik vakillaridir. Urug‗donda ishlab chiqariladigan erkak jinsiy bez gormonlari androstan uglevodorodi bo‗lib, testosteron ularning tipik vakili xisoblanadi. Kimyoviy jihatdan ayol va erkak jinsiy bez gormonlari bir-biriga yaqin bo‗lgan steroid gormon xisoblanadi. Bu gormon preparatlarini tabiiy usulda olish bir qator qiyinchiliklarni keltirib chiqargani uchun, bugungi kunda ularni sintetik usullar bilan sintez qilish yo‗lga qo‗yilgan. Shuningdek ularning bir qator analoglari ham ishlab chiqarishda mavjud. Ular etinil-estradiol, sineestrol, dietilstilbestrol, metiltestosteron va bOshqalar.Bilogik xom ashyodan rasman sintez qilinayotgan jinsiy bez gormonlari bular ayol jinsiy bez gormonlaridir. Estron (Oestronum) – qoramolning tuxumdonidan olinadigan gormon preparati bo‗lib, tuxumdon ko‗p miqdorda follikulyar gormon saqlaydi. Bu maqsadda ko‗proq siydikdan foydalaniladi (asosan xomilador ayollar yoki xomilador xayvonlar siydigidan). Siydik xlorid kislotasi bilan oksidlanib, benzol yoki efir bilan ekstraksiya qilinadi. Bu jarayon uzluksiz ishlaydigan emalli yopiq ekstraktorda olib boriladi. Ajratmaning efirli yoki benzolli qismi suvli qismidan ajratib olinib, uchiriladi. Qoldiq spirtda eritilib, spirtli eritma filtrlanadi va filtrat bug‗latiladi. Qolgan qoldiq efir bilan aralashtirilib, efir xaydaladi va qoldiq maxsus tozalash usuli bo‗yicha tozalanadi. Natijada oq kristal kukun xosil bo‗ladi. Estron barcha ayol jinsiy bez gormonlari uchun standart xisoblanadi. Uning o‗simlik moydiga eritmasi (Solutio Oestronum oleosa) 1 ml dan ampulalarda chiqariladi. 17-ma‟ruza. Sanoat miqyosida ishlab chiqariladigan ferment preparatlari va biogen stimulyatorlar. 171 Reja Mavzuning dolzarbligi 1. Ferment preparatlari va biogen stimulyatorlarni tayyor dori vositalari orasida tutgan o‗pHi. 2. Ferment preparatlari va biogen stimulyatorlarni ta‘rifi, tarixi, tavsifi va tasnifi. 3. Ferment preparatlari va biogen stimulyatorlarni tayyorlashda ishlatiladigan yordamchi moddalar va ularga qo‗yilgan talablar. 4. Ferment preparatlari va biogen stimulyatorlarni tayyorlash texnologiyalari. 5. Ferment preparatlari va biogen stimulyatorlarni qadoqlash, o‗rash, tashish va saqlash. Xulosalar Fermentlar - tirik organizmlarning xujayra va to‗qimalari tarkibiga kiruvchi va biologik katalizator rolini o‗ynovchi maxsus oqsillardir. Ularning aossiy xossalari reaksiya muhitining o‗zgarishiga va haroratga juda sezuvchan bo‗lib, o‗zining aniq va maxsus ta‘sirga egaligidadir. Haroratning 50 0 dan ko‗tarilishi fermentlarning faolligini keskin kamayishiga olib keladi. 80 0 haroratda esa butunlay katalitik ta‘sirining yo‗qotilishi kuzatiladi. Shuningdek harorat ta‘sirining davomiyligi ham fermentlarning faolligiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Ko‗pgina fermentlarning xujayra va to‗qima tarkibidan ajratib olishda 37-40 0 harorat optimal xisoblanadi. Muhit pH ning o‗zgarishi ham fermentlarning faolligiga keskin ta‘sir ko‗rsatadi. Har bitta ferment uchun o‗ziga xos pH ko‗rsatkichi mavjud. Oshqozon Shilliq qavati ferment preparatlari. Pepsin – o‗zida proteolitik ferment saqlovchi preparat bo‗lib, asosan cho‗chqaning Oshqozon Shilliq qavatidan olinadi. U erda pepsin proferment – pepsinogen ko‗rinishida to‗planadi. Pepsinogen (m.m. 40 000) xlorid kislotasi yordamida faollashadi, natijada autokatalitik pepsin molekulasi xosil bo‗ladi. So‗ng polipeptid qoldig‗i va pepsin ingibitori xosil bo‗lib u faollashga ko‗rinishga o‗tadi (m.m. 34 000). Pepsin faol markazida dikarbon aminokislota qoldig‗ini saqlovchi karboproteinaza guruhiga mansubdir (pH 1,5-2,5). Bugungi kunga kelib pepsinni 3 xil olish usuli mavjud. Birinchi usul. CHo‗chqalarning Oshqozon Shilliq qavati yog‗ va bOshqa muskul va to‗qimalardan ajratilib, tozalangan issiq suv (40 0 haroratdan yuqori bo‗lmagan haroratda) bilan yuviladi. Go‗Sht maydalagichda maydalanib, 0,5% li xlorid kislotasi eritmasi bilan pH muhiti 1,9-2,3 ga keltiriladi. Xom ashyo va ekstragent nisbati 1:4. Aralashma 40 0 haroratda 18 soatga qoldiriladi. So‗ng suyuqlik qismi quyib olinib, yana 1:6 nisbatda ekstraksiya qilinadi. Bu 24 soat davom etadi. Suyuqliklar birlashtirilib, doimiy aralashtirib turgan xolda, suyuqlikka nisbatan 20-25% natriy xloridning izotonik eritmasi qo‗shiladi. Eritmada cho‗kma xosil bo‗lib, pepsin suyuqlik qismida qoladi. Suvli qism ajratib olinib, vakuum quritgich javonida, 35-40 0 haroratda quritiladi, maydalanadi va elanadi. 172 Ikkinchi usul. Bu usul L.S.KazapHovskiy, V.N.Solonko va L.A.Shinyanskiylar tomonidan taklif qilingan bo‗lib, ultratovuSh usulida pepsin olish deyiladi. Buning uchun maydalangan xom ashyo 0,5% li xlorid kislotasi bilan (1:4 nisbatda) idishga (nay) jaylashtirilib, transformator moyi bilan to‗ldirilgan obzanga tushiriladi. Obzanga 500 kGs chastotali,9 Vt/sm 2 intensivlikda, 5 daqiqa davomida ultratovuSh yuboriladi. So‗ng idishdan suyuqlik qismi quyib olinib, qoldiqqa yana 0,5% li xlorid kislotasi (1:2 nisbatda) solinadi va 3 daqiqa davomida ultratovuSh yuboriladi. Ajratmalar birlashtirilib, vakuum quritgich javonida quyuq massagacha quyultirilib, sut qandi bilan aralashtiriladi va quritilib, maydalanadi. Ba‘zi xollarda ajratmaga 0,1 mol/l li ammiak eritmasi solinib, kuchsiz ishqoriy muhit xosil qilinadi va fosfatli aralashma bilan kuchsiz ishqoriy muhit turg‗unligi oshiriladi. Fosfatli aralashma 10% li kalsiy xloridni teng miqdordagi 5,5% li ikki almashilgan natriy fosfat bilan aralashtrib tayyorlanadi. Fosfatli aralashma qo‗shilgandan so‗ng aralashma yaxshilab aralashtirilib, 5-6 soatga qoldiriladi.Natijada eritmaga ammiak yordamida ajralib chiqqan pepsin kalsiy fosfat aralashmasining yuzasiga adsorsiyalanadi va cho‗kmaga tushadi. Pepsinni eritmaning tarkibiga qaytadan o‗tkazish uchun yana ammiak eritmasi bilan qayta ishlanadi. Aralashmaning suyuqlik qismi quyib olinib, nutch filtri orqali filtrlanadi. cho‗kma 4% li Shavel kislotasi bilan qayta ishlanadi. Natijada kalsiy fosfat suvda erimaydigan kalsiy oksalat ko‗rinishiga o‗tadi, pepsin esa suvda erib eritma tarkibiga o‗tadi. Eritma filtrlanib, cho‗kam suv bilan yuviladi. Eritmaning pH ko‗rsatkichi 1 n ammiak eritmasi bilan 2,4-2,6 ga keltiriladi. So‗ng eritmaga teng miqdordagi spirt-efir aralashmasidan eritmaning hajmiga nisbatan 5 marta ko‗p miqdorda qo‗shiladi. Natijada oq rangli cho‗kma tushadi, cho‗kma o‗z navbatida avval kam miqdordagi spirt-efir aralashmasida so‗ngra esa efir bilan yuviladi. cho‗kma issiq xavo oqimida quritiladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling