Mutaxassislik fani
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Atsidin-pepsin
- Tayyor maxsulot tavsifi.
- Qadoqlash.
- Oshqozon osti bezi ferment preparatlari. Pankreatin
- Aminokislota preparatlari. Aminopeptid
- Kampolon
- Nospetsifik ta’sirga ega bo‘lgan organopreparatlar. Splenin
- Pantokrin
- O‘simliklardan olinadigan biogen stimulyatorlar.
- Hayvonlardan olinadigan biogenstimulyatorlar.
- Past tabaqali o‘simliklardan olinadigan biogen stimulyatorlar.
Uchinchi usul. Bu usul A.YA.Danilevskiy tomonidan taklif qilingan bo‗lib, usul pepsinni dializ usulida metallarning neytral asosli tuzlari yordamida tozalashga asoslangan. Standartlash. Pepsin proteolitik faolligi bo‗yicha standartlanadi. Buning uchun tovuq tuxumining oqsilidan foydalaniladi. 10 g oqsil 0,1 g pepsin bilan, standart sharoitda, 3-4 soat davomida erib ketishi kerak. Biologik faolligi tekshirilgandan so‗ng qand upasi bilan (1:100) aralashtiriladi. Tavsifi. Pepsin oq yoki sarg‗ishsimon, nordon-Shirin ta‘mli, kuchsiz o‗ziga xos xidli kukun. Suvda to‗liq eriydi (kolloid eritma), eritmaning rangi tiniq yoki sal loyqa, lekin cho‗kma tushmaydi. Eritmaning 2% li fenolftalein bilan muhiti kuchsiz kislotali. Preparatning namligi 1% dan ortmasligi kerak. Tarkibidagi patogen mikrofloralar, saprofitlar koloniyasi 1 g preparatda 2000 dan ortmasligi lozim. Ishlatilishi. Ovqat xazm qilish buzilganda, gipo va anatsidli gastritda, dispepsiyada ishlatiladi. Uning atsidin bilan xosil qilgan kombinatsiyasi –betain gidroxlorid eritma ko‗rinishida ichish uchun beriladi. U erkin xoldagi xlorid kislotasini oson gidrolizlaydi. Saqlanishi. Og‗zi yaxshi yopiladigan idishlarda 2-15 0 dan yuqori bo‗lmagan haroratda, Yorug‗lik tushmaydigan joyda saqlanadi. 173 Atsidin-pepsin – tarkibida 1 qism pepsin va 4 qism betain gidroxlorid saqlaydi. Tabletka ko‗rinishida 0,5 va 0,25 g dan chiqariladi. Abomin – tarkibida proteolitik fermentlar yig‗indisini saqlaydi. Buzoq va qo‗zichoqlarning sut emish davrida Oshqozon Shilliq qavatida olinadi. U amorf ko‗rinishli, o‗ziga xos xid va Sho‗r ta‘mli (natriy xlorid aralashmasini saqlaganligi uchun) kukun. 0,2 g dan tabletka ko‗rinishida chiqariladi. Bitta tabletka 50 000 TB saqlaydi. Oshqozon Shirasi. Tabiiy Oshqozon Shirasi I.P.Pavlov usuli bo‗yicha sog‗lom itlardan ezofagotom fistulasini o‗pHatish bilan olinadi. Buning uchun itlarning Oshqozoniga emak tushirmasdan toza xoldagi Oshqozon Shirasi ajratib olinadi. Uning turg‗unligini ta‘minlash uchun 0,03-0,04% salitsil kislotasi qo‗shiladi. Tayyor maxsulot tavsifi. Rangsiz, tiniq eritma bo‗lib, nordon ta‘mli, o‗ziga xos xidli. Tarkibida nukleoproteid oqsillarini, fermentlardan pepsin, ximozin va lipazani (0,45-0,51%), shuningdek 0,5% miqdorida xlorid kislotasini saqlaydi. pH 0,8-1,0. Qolaversa tarkibida yana noorganik moddalardan natriy xlorid, kaliy xlorid, ammoniy xlorid, fosfatlar, sulfatlar va kam miqdorda vodorod rodanidini saqlaydi. Qadoqlash. 100-150 ml dan Shisha idishlarga qadoqlanadi. Saqlanishi. 2-10 0 haroratda, Yorug‗lik tushmaydigan joylarda saqlanadi. Saqlanish muddati 6 oy. Muzlatilgan tabiiy Oshqozon Shirasida cho‗kma xosil bo‗ladi. Lekin xona haroratigacha isitish davomida cho‗kma erib ketadi. Ishlatilishi. Oshqozon osti bezining fuksiyasi buzilganda ishlatiladi. Sun‘iy Oshqozon Shirasi cho‗chqalarning Oshqozon Shilliq qavatini xlorid kislotasi bilan oksidlangan suvli ekstrakti xisoblanadi. Oshqozon osti bezi ferment preparatlari. Pankreatin – tarkibida asosan tripsin va amilaza, qisman lipaza saqlaydi. Oshqozon osti bezining proteolitik fermentlari tripsinogen va ximotripsinogenlar proferment ko‗rinishida xosil bo‗ladi. Texnologiyasi. yangi yoki muzlatilgan Shoxli qoramolning Oshqozon osti bezi go‗Sht maydalagichda maydalanib, Sharbat qismi ajratib olinadi va spirt bilan cho‗ktiriladi. cho‗kma spirt va efir bilan yuvilib, quritiladi va maydalanadi. Tripsinni faolligi tekshirilib, sut qandi bilan preparatning faolligi 25 TB ga etguncha suyultiriladi. Aminokislota preparatlari. Aminopeptid (Aminopeptidum) Gidrolizin L-103 (Hydrolysinum L-103) Gidrolizat kazein (Hydrolysatum caseini) Vitamin preparatlari Sianokobalamin – vitamin V 12 , hayvon organlaridan olinadigan vitamin preparatlarining tipik vakili. Kimyoviy nuqtai nazaridan sianokobalamin peptid tabiatli vitamin preparati xisoblanadi. V 12 vitamini antianemik, shu bilan birga jigar va asab tizimiga ijobiy ta‘sir etuvchi preparat. Kampolon (Campolonum). Fosfor saqlovchi organopreparatlar. 174 MAP (MAP)– muskul – adenili preparati. Tarkibida 0,2% adenil kislota saqlovchi (adenozilmonofosfor kislotasi - AMF) MAP biologik usulda piva xamirturuShidan olinadi. Suyuq piva xamirturuShi Nospetsifik ta’sirga ega bo‘lgan organopreparatlar. Splenin (Spleninum) – oqsilsiz gormonal biologik faol modda bo‗lib, V.P.Komissarenko usuli bo‗yicha yirik Shoxli qoramolning talog‗idan olinadi. Bitta seriyada 205 kg qora taloq 5-6 0 haroratda sovutgichda 120-144 soat davomida saqlanadi va go‗Sht maydalagichda (204,2 kg) maydalanadi. Reaktorga 400 kg dixloretan solib, maydalangan qiyma (200 kg) 30-40 kg dan porsiyalarga ajratilib, birinchi porsiya 4 soat, qolganlari bir kunda 6 soatdan ko‗p bo‗lmagan vaqt oralig‗ida ekstratsiyalanadi. Ajratma 1 kunga qoldirilib, vakuum bug‗latgich appratida dixloretan haydab olinadi. Harorat 45 0 , bosim 650 mm. s. u., vaqt 22 soat. Olingan ekstraktning suvli qismiga (5 l) 1 l 70% li spirt qo‗shib, 40 0 gacha qizdiriladi. Qizdirilgan massa ikkita 5 litrli tubusli idishga o‗tkaziladi va ularga 0,5 l dan 70% li etil spirti va 1 kg petrolein efiri qo‗shiladi. Aralashmalar 10 daqiqa davomida chayqatilib, fraksiyalarga ajratish uchun qoldiriladi. Tarkibida splenin saqlovchi spirtli qismi idishga quyib olinib, bu jarayon yana 2-3 marta takrorlanadi. Spirtli ajratmalar birlashtirilib, vakuum bug‗latgich apparatiga o‗tkaziladi va spirt haydab olinadi. Suvli qismi 15 g toza xoldagi natriy xlorid bilan aralashtirilib, eritma filtrlanadi. Filtrlangan spleninni suvli eritmasi (1,4 l) 3,1 l natriy xloridning izotonik eritmasida eritilib, ustiga konservant sifatida 0,5 l spirt qo‗shiladi. Aralashma filtrlanadi va simob kvarsli lampa ostida 15 daqiqa davomida sterillanadi. So‗ng splenin eritmasi Zeys filtri orqali o‗tkazilib, steril ballonlarga o‗tkaziladi va ampulalarga quyish ampula sexiga o‗tkaziladi. Tayyor maxsulot tarkibidagi spirt miqdori 9,5-10,5% tashkil qilishi kerak. Splenin 1 ml dan ampulalarga quyiladi. Toksikozni davolashda va nur kasalliklarida ishlatiladi. Pantokrin (Pantocrinum). Biogen stimulyatorlar. Biogen stimulyatorlarning ma‘lum bir kasallikni davolash maqsadida ishlatilishi qadim zamonlardan ma‘lum. Xalq tabobatida ari zahari, ma‘lum bir baliq turlari va dengiz muShugidan bigen stimulyator sifatida bir qator mamlakatlarda foydalanilgan. Terapiyada birinchi bo‗lib ari zahridan bigen stimulyator sifatida Paratsels (XYI asr) foydalangan. 50 yildan avvalroq akademik N.Sitsin asal bilan gul changlari aralashmasini (pergi) doimiy ravishda iste‘mol qilib yurish organizmning himoya kuchini oshirishini va bir qator kasalliklarga qarshi kuraShishini kuchaytirishi xaqida ta‘kidlab o‗tgan. Bu borada xalq tabobatida qadim zamonlardan beri ishlatilib kelinayotgan propolis muhim ahamiyatga egadir. shuningdek, organizmning ummiy tonusini oshiruvchi, modda almashinuvini va qon aylanishini yaxshilovchi ―Apilak‖ preparati ham. XX asr tibbiyotning qo‗lga kiritgan eng katta yutuqlaridan biri bu to‗qima terapiyasidir, qaysiki oftalmolog – akademik V.P.Filatov tomonidan birinchi marta amaliyotga tadbiq etgan. Biogen stimulyatorlarning kimyoviy xossalari. 175 Biogen stimulyatorlarning kimyoviy xossalari xozirgacha to‗laligicha o‗rganilgan emas. Ularning kimyoviy xossalari va tabiati turlichadir. Biogen stimulyatorlarning paydo bo‗lishida juda murakkab biokimyoviy jarayonlar sodir bo‗ladi.Natijada xujayra va to‗qimalardagi modda almashinuv jarayoniga mos ravishda xayvon yoki o‗simlik xom ashyolaridan oligan ekstraktlarning fizik- kimyoviy xossalari o‗zgarib ketadi. Bu o‗zgarishlarning natijasida asosiy ko‗zga ko‗rinuvchi belgi bu suvda eriydigan moddalarning avtoliz jarayoni xisobiga ko‗payishidir. Shuningdek, kislotali muhitga ega bo‗lgan moddalar miqdorining ko‗payishi muhit pH o‗zgarishiga sabab bo‗ladi. Ayniqsa aminli azot, glyutamin va asparginat kislotalarining turli xil brikmalarini to‗planishi oksidlanish darajsining ortishi va yodga bo‗lgan talabning ko‗payishiga olib keladi. Past haroratda to‗qimalarda biogen situmlyatorlarning paydo bo‗lishi va to‗planishini birinchi bo‗lib, A.V.BlagoveShenskiy o‗rgandi. Uning izohlashicha, bunday xolatda to‗qimalardagi oksidlanish va gidrolizlanish jarayonlari buziladi, natijada aminokislota va ularning dezaminlangan maxsultlarining to‗planishi yuzaga keladi. To‗qimalardagi dezaminlanish va oksidlanish jarayonlarining xisobiga aspargin kislotasidan olma, fumar va qahrabo kislotalari xosil bo‗ladi. Fenilalanindan korichnaya, tirozindan esa paraoksikumarin va bOshqa bir qator kislotalar xosil bo‗ladi. Bu moddalar normash sharoitda xujayralaning yashashi va rivojlanishi uchun zarur bo‗lgan inert oqsillar bilan birikadi va ularning faolligini oshiradi. Biogen stimulyatorlar tarkibiga kiruvchi dikarbon kislotalari o‗zlarining karboksil guruhlari bilan erkin xolatdagi oqsil molekulalarining aminoguruhlari bilan birikib, yangi yuqori energiya manbaiga ega bo‗lgan birikmalarni xosil qiladi. Natijada fermentlarning energiyani tashish faolligi ortadi. Fermentlar faolligini ortishini A.V.BlagoveShenskiy organizmning yoSharishiga olib keladi deb xisoblaydi. Organik kislotalar (to‗qima atsidozi xisobiga) olma va qahrabo kislotalarining to‗planishi natijasida aspargin kislotasining dezaminlanishiga olib keladi. Olma kislotasining xosil bo‗lishi, O‘simliklardan olinadigan biogen stimulyatorlar. Suyuq aloy ekstrakti (Extractum Aloes fluidum). V.P.Filatov usuli bo‗yicha biostimullangan aloy barglaridan (Aloe arborescens Mill) Zakavkazya yoki Markaziy Osiyo issiqxonalarida etishtirilgan aloy barglaridan olinadi. O‗simlik 2 yoShdan katta bo‗lishi lozim. Pastki barglari yig‗ib olinib, 4-8 0 haroratda, qorong‗u joyda, 10-12 kunga qoldiriladi. So‗ng yuvilib, quritiladi va qo‗shimchalardan tozalanib, maydalanadi. Olingan massa unga nisbatan 3 marta ko‗p miqdordagi suv bilan aralashtirilib, 2 soatga xona haroratida qoldiriladi. So‗ng massa 2 daqiqa davomida qaynatilib, filtrlanadi va sovutiladi. Eritmaning hajmi o‗lchanib, uning oksidlanish darajasi aniqlaniladi. Eritmadan olingan proba 0,01 n kaliy permanganat eritmasi bilan sulfat kislota ishtirokida titrlanadi. Olingan natijaga ko‗ra eritma suv bilan suyultiriladi. Suyultirilish miqdori 1 l eritmaga 1500 mg kislorod to‗g‗ri kelguncha davo ettiriladi. So‗ng eritmaning har 1 litriga 7 qismdan natriy xlorid qo‗shilib, yana 2 daqiqa davomida qaynatiladi va filtrlanadi. Aloyning suvli suyuq ekstrakti tiniq, rangi Yorqin sariq rangdan qizil sariq ranggacha. Oshqozon va o‗nikki barmoqli ichak yara kasalliklarida, bronxit va bOshqa kasalliklarda 1 choy qoShiqdan kuniga 3 maxal beriladi. Davo kursi 30-45 kun. Yil 176 davomida yana 3-4 marta takrorlanadi. 100 ml dan flakonlarda chiqariladi, odatiy xolatlarda saqlanadi. In‘eksiya uchun suyuq aloy ekstrakti (Extractum Aloes fluidum pro injectionibus). V.P.Filatov usuli bo‗yicha yangi yoki quritilgan aloy barglaridan suv yordamida ekstraksiyalash orqali olinadi. Texnologiyasi suyuq aloy ekstrakti olish bilan bir xil. Faqat olingan ekstrakt (pH 5,0-6,8) 1 ml dan ampulalarga quyiladi va 120 0 haroratda 1 soat davomida sterillanadi. Kimyoviy tarkibi moy qatori dikarbon kislotalari va oksikislotalari, yuqori molekulyar massali chegarasiz aminokislotalar. Kon‘yunktivitlar, iritlar, Shaffof jismning loyqalanishida ishlatiladi. Teri ostiga 1 ml dan har kuni kiritiladi. Kurs davosi 30-50 in‘eksiya. 1 ml dan ampulalarda chiqariladi va Yorug‗likdan ximoya qilingan xolda saqlanadi. Qobiq bilan qoplangan aloy tabletkalari (Tabulettae Aloes obductae). Sariq rangli 0,05 g maydalangan va konservalangan aloy barglarini saqlaydigan tabletka. Miotik xorioretinit kasalliklarida kompleks terapiyada ishlatiladi.Bir tabletkadan 3- 4 maxal, 30 daqiqa ovqatdan oldin, 1 oy mobaynida ichiladi. 20 tadan Qadoqlanadi, quruq va salqin joyda saqlanadi.Aloy linimenti (Linimentum Aloes). Tarkibi konservalangan va biostimullangan aloy Sharbati 78 qism, kanakunjut moyi 10,1 qism, emulgator 10,1 qism, evkalipt moyi 0,1 qism, sorbin kislotasi 0,2 qism, natriy karboksimetilsellyuloza 1,5 qism. Bir jinsli quyuq massa, oq yoki tiniq qaymoq rangli o‗ziga xos xidli. Tashqi maqsadlar uchun yaralar va terining nur bilan davolashda zararlangan qismlarini davolashda ishlatiladi.Qo‗ng‗ir rangli Shisha idishlarda 30-50 g dan chiqariladi.+10 0 haroratdan yuqori bo‗lmagan haroratda, Yorug‗likdan ximoya qilingan xolda saqlanadi. Aloy Sharbati (Succus Aloes). yangi yig‗ilgan aloy barglaridan tayyorlanadi. Tarkibi 80 ml aloy Sharbati, 95% li etil spirtidan 20 ml, xlorbutanolgidrat 0,5%. Sal loyqa, tiniq zarg‗aldoq rangliachchiq ta‘mli suyuqlik. Xavo va Yorug‗lik ta‘sirida rangi to‗qlashadi. Tashqi maqsadlar uchun primochka sifatida, yiringli yaralar va kuyganda, terining yallig‗lanish jarayonlarida ishlatiladi. Gastrit, enterokolit, qabziyatlarda 1 choy qoShiqdan 2-3 martadan, 20-30 daqiqa ovqatdan oldin tavsiya qilinadi. Flakonlarda 100 ml dan chiqariladi. Sovuq va Yorug‗likdan ximoya qilingan joyda saqlanadi. Biosed (Biosedum). V.P.Filatov usuli bo‗yicha katta ochitka (Sedum maximum Sutes) o‗simligidan olingan ekstrakt bo‗lib, belgilangan miqdordagi o‗simlik xom ashyosipasta xosil qiluvchi ―Voltar-5‖ asbobida maydalanadi. Sharbat qismi VPRD-5 markali pressda siqib olinadi. Ajratib olingan Sharbat 1:10 nisbatda suv bilan 95-98 0 haroratda, 15 daqiqa davomida ekstratsiyalanadi. Bu jarayon yana 4 marta takrorlanadi. Olingan Sharbatlar birlashtirilib, tindirish uchun qoldiriladi va filtrlanadi. Tayyor maxsulot tiniq, Yorqin sariq rangli, o‗ziga xos xidli suyuqlik bo‗lib, pH 5,0-6,5. 1 ml dan ampulalarga quyiladi va 110 0 haroratda 30 daqiqa davomida sterillanadi. Agar preparatni Sharbati olinishi kerak bo‗lsa RSL-10 quritgichida quritiladi. Kimyoviy tarkibi 17 ta atrofida flavonoid tabiatli moddalar, fenolkarbon kislotalari va kumarinlar bor. Oftolmologik, stomatologik, jarrohlik va terapevtik amaliyotda (Oshqozon va o‗nikki barmoqli ichak yara kasalliklari) yordamchi vosita sifatida va modda almashinuvi va regeneratsiya jarayonlarini tezlashtiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. Teri ostiga va muskul orasiga kattalarga 177 har kuni 1-2 ml dan yuboriladi. Stomatologik amaliyotida (parodontozda) applikatsiya ko‗rinishida, shuningdek, elektroforezda mulk to‗qimasiga in‘eksiya qilinadi. Ampulalarda 1 ml dan 10 donadan qadoqlangan xolda chiqariladi. Xona haroratida, Yorug‗likdan ximoya qilingan xolda saqlanadi. Hayvonlardan olinadigan biogenstimulyatorlar. Shishasimon tana (Corpus vitreum). V.P. usuli bo‗yicha yirik Shoxli qoramol va cho‗chqalarning ko‗zidan olinadi. Ko‗z soqqasi ortiqcha to‗qimalardan tozalanib, vodoprovod suvi bilan yuviladi, 2-3 marta %% li karbol kislotasi bilan dezinfeksiyalanib, 5 daqiqaga boksda qoldiriladi. U erda steril fiziologik eritma bilan qayta ishlanadi. Keyin ehtiyotkorlik bilan ko‗z gavhari ajratib olinib, eziladi va vakuum pistolet yordamida Shaffof jism ajratib olnib zudlik bilan muzlatiladi. 125 qism Shishasimon tana tortib olinib, defrostatsiya (yog‗sizlantirish) jarayonini o‗taydi. Buning uchun u reaktorga solinib, avval qaynoq suv, keyin esa bug‗ bilan aralashtiriladi. So‗ng vakuum ostida termo qayta ishlash reaktoriga o‗tkaziladi. Bu jarayonni samarali o‗tishi uchun reaktorga 520 qism faollashtirilgan ko‗mir solinadi. Reaktor 1 soatdan 1,5 soatgacha, 115+5 0 haroratda ishlaydi. Belgilangan vaqt o‗tgandan so‗ng reaktorga sovuq suv yuborilib, massa 85+5 0 haroratgacha sovutiladi. Aralashma ―Orion‖ qat-qat filtri orqali filtrlanadi. Bu filtr etti qavat EKS tipli plastikadan, sakkizta KO-5 markali plastinka va qo‗shimcha membranali filtrdan iborat. Ish boshlashdan oldin filtr 70 l in‘eksion suv bilan yuviladi. So‗ng quruq xavo yuborilib, filtr to‗liq quritiladi. Steril filtratsiyadan so‗ng Shishasimon tananing chiqishi 80,75% ni tashkil qiladi. Tayyor maxsulot steril, rangsiz, tiniq, sal tovlanuvchi suyuqlik bo‗lib, 2 ml dan ampulalarga quyiladi va 120 0 haroratda 30 daqiqa davomida bug‗li avtoklavda sterillanadi. So‗ng termostatda 37 0 haroratda 8 kun mobaynida saqlanadi. Qadoq to‗qimalarni yumShatish va qayta so‗rilishi uchun, shuningdek nevralgiyalarda og‗riq qoldiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. Xona haroratida saqlanadi. In‘eksiya uchun platsenta aralashmasi (Suspensio Placentae pro inectionibus). Aralashma ayollar platsentasidan olinadi. Tug‗ruqxonalarda sog‗lom ayollardan olinadi. Platsenta yig‗ib olingandan so‗ng birdaniga steril idishlarga solinib, og‗zi yopiladi va korxonaga jo‗natiladi. U erda muzlatiladi va 2-4 0 haroratda 5-7 kun mobaynida platsenta to‗qimalarida biologik faol moddalarni jamlash uchun saqlanadi. Konservalangan xom ashyo boksga o‗tkazilib, har xil qo‗shimchalardan tozalanadi va tozalangan suv bilan yuvilib, maydalanadi. Massaga nisbatan 2 baravar ko‗p miqdorda natriy xloridning izotonik eritmasidan qo‗shilib, Shishi idishlarga solinadi va og‗zi yopilib (paxta tomponi va pergament qog‗ozi bilan), 119-121 0 haroratda bir soat mobaynida sterillanadi bir kunga sovutgichda qoldiriladi. Idishdagi massa oldindan ultrbinafSha nurlari bilan ishlangan kolloid tegirmondan toki 0,3 mm kattalikdagi zarrachalar xosil bo‗lguncha maydalanadi va eritma 2-3 soat sovutilib, ampulalash bo‗limiga o‗tkaziladi. Tayyor maxsulot gomogen tipdagi aralashma bo‗lib, qizil-qo‗ng‗ir rangli, o‗ziga xos xidli. pH 5,8-6,9. Turli xildagi ko‗z kasalliklarida biogen stimulyator sifatida ishlatiladi. In‘eksiya uchun platsenta ekstrakti (Extractum Placentae pro inectionibus). Odam plansentasini sovuqda konservalangan suvli ekstrakti bo‗lib, sterilYU 178 rangsiz, tiniq yoki tovlanuvchi cho‗kmasiz suyuqlik. pH 6,7-7,5. 120 0 haroratda bir soat mobaynida sterillanadi. Ko‗z kasalliklarida, malyariya, artrit, radikulit va ayollar jinsiy sferalari yallig‗lanishida ishlatiladi. 1 ml dan 10 donadan qadoqlangan xolda chiqariladi. Yorug‗likdan ximoya qilingan xolda saqlanadi. Amniotsen (Amniocenum). Odam plansenta qobig‗ini amniotik denoturatsiyasi. Natriy xloridning izotonik eritmasida juda maydalangan suspenziya ko‗rinishida chiqariladi. In‘eksiya uchun amniotsen (Amniocenum pro inectionibus). O‗ziga xos xidli, oq yoki sarg‗ish-oq tusli suspenziya. YAllig‗lanishga qarshi so‗rib oluvchi ta‘sirga ega. Urologik amaliyotda surunkali prostatit va I va II darajali bez adenomalarida, shuningdek ginekologik amaliyotda operativnoe vmeShatelstvo protivopokazano ishlatiladi. Teri orasiga YII va YIII qobirg‗a oralig‗iga ingichka va uzun igna bilan 5 ml dan, 5-7 kun davomida in‘eksiya qilinadi. 5 ml suspenziya flakonlarda 10 donadan qadoqlanib chiqariladi, 6-10 0 haroratda Yorug‗likdan ximoya qilingan xoldi saqlanadi. Polibiolin (Polybiolinum). Odamning donor qonining platsentar zardobidan olinadi. Oq rangli, sal sariq tusli, xidsiz kukun. Gigroskopik. Suvda, natriy xloridning izotonik eritmasida va 0,25-0,5% li novokain eritmasida oson eriydi. Muskul orasiga 5 ml dan 8-10 kun mobaynida yuboriladi. Adneksit, parametrit, jarrohlikdan keyingi spaykalarda poyasnichno-krestsovix radikulilarda, pleksitda va nevralgiyalarda ishlatiladi. 0,5 g dan flakonlarda chiqariladi. Quruq va Yorug‗likdan ximoya qilingan joylarda, 10-25 0 haroratda saqlanadi. Xonsurid (Chonsuridum). Yirik Shoxli qoramollarning gialinovix xryashey traxeyasidan olinadi. Oq yoki sal sarg‗ish tusli g‗ovak massa, suvda va natriy xloridning izotonik eritmasida yaxshi eriydi. Xonsuridning asosiy ta‘sir qiluvchi moddasi yuqori molukulyar massali polisaharidlar guruhiga kiruvchi xondrosulfat kislotasi. U gialuron kislotasi bilan biriktiruvchi to‗qimaning asosiy moddasini tashkil qiladi. Reperativ jarayonlarni tezlashtirish uchun uzoq vaqtda bitadigan, suvli fralarni davolashda ishlatiladi. Og‗zi yaxshi berkitiladigan flakonlarda 0,05- 0,1 g dan steril xonsurid kukuni ko‗rinishida chiqariladi. Rumalon (Rumalonum). YOSh xayvonlarning (xryashey) ekstrakti va kostnogo mozga ekstraktidan tashkil topgan.Bo‗g‗im kasalliklarida (artroz, spandilozlarda) ishlatiladi. 1 ml dan ampulalarda chiqariladi. Plazmol (Plasmolum). Odam qonidan olinadi. Rangsiz, sal sariq tusli tiniq yoki sal tovlanuvchan, o‗ziga xos xidli suyuqlik. Nevralgiya, nevrit, radikulit va bOshqa periferik nerv sistemasi kasalliklarida nospetsifik, desensibilizatsiyalovchi va og‗riq qoldiruvchi vosita sifatida, shuningdek og‗riq bilan kechadigan Oshqozon va o‗nikki barmoqli ichak kasalliklari, bronxial astma, artritlarda ishlatiladi. 1 ml dan 10 donadan qadoqlangan xolda chiqariladi. Yorug‗likdan ximoya qilingan xolda +15 0 dan yuqori bo‗lmagan haroratda saqlanadi. Splenin (Spleninum) – oqsilsiz gormonal biologik faol modda bo‗lib, V.P.Komissarenko usuli bo‗yicha yirik Shoxli qoramolning talog‗idan olinadi. Bitta seriyada 205 kg qora taloq 5-6 0 haroratda sovutgichda 120-144 soat davomida saqlanadi va go‗Sht maydalagichda (204,2 kg) maydalanadi. Reaktorga 400 kg dixloretan solib, maydalangan qiyma (200 kg) 30-40 kg dan porsiyalarga ajratilib, 179 birinchi porsiya 4 soat, qolganlari bir kunda 6 soatdan ko‗p bo‗lmagan vaqt oralig‗ida ekstratsiyalanadi. Ajratma 1 kunga qoldirilib, vakuum bug‗latgich appratida dixloretan haydab olinadi. Harorat 45 0 , bosim 650 mm. s. u., vaqt 22 soat. Olingan ekstraktning suvli qismiga (5 l) 1 l 70% li spirt qo‗shib, 40 0 gacha qizdiriladi. Qizdirilgan massa ikkita 5 litrli tubusli idishga o‗tkaziladi va ularga 0,5 l dan 70% li etil spirti va 1 kg petrolein efiri qo‗shiladi. Aralashmalar 10 daqiqa davomida chayqatilib, fraksiyalarga ajratish uchun qoldiriladi. Tarkibida splenin saqlovchi spirtli qismi idishga quyib olinib, bu jarayon yana 2-3 marta takrorlanadi. Spirtli ajratmalar birlashtirilib, vakuum bug‗latgich apparatiga o‗tkaziladi va spirt haydab olinadi. Suvli qismi 15 g toza xoldagi natriy xlorid bilan aralashtirilib, eritma filtrlanadi. Filtrlangan spleninni suvli eritmasi (1,4 l) 3,1 l natriy xloridning izotonik eritmasida eritilib, ustiga konservant sifatida 0,5 l spirt qo‗shiladi. Aralashma filtrlanadi va simob kvarsli lampa ostida 15 daqiqa davomida sterillanadi. So‗ng splenin eritmasi Zeys filtri orqali o‗tkazilib, steril ballonlarga o‗tkaziladi va ampulalarga quyish ampula sexiga o‗tkaziladi. Tayyor maxsulot tarkibidagi spirt miqdori 9,5-10,5% tashkil qilishi kerak. Splenin 1 ml dan ampulalarga quyiladi. Toksikozni davolashda va nur kasalliklarida, shuningdek jigapHi zararsizlantirish xossasini kuchaytirishda ishlatiladi. Solkoseril (Solcoseryl). Yirik Shoxli qoramolning qonidan olinadi. Umuman antigenlik xossasi yo‗q, shuningdek oqsillardan to‗laligicha tozalangan. Trofik yaralarda to‗qimalarning regeneratsiyasini tezlashtiradi, modda almashinuvini kuchaytiradi, terini ko‗chirib o‗tishda, kuyganda, gangrenada, nur ta‘sirida xosil bo‗lgan yaralarda ishlatiladi. Uning 20% li surtmasi 20 g dan tyubiklarda chiqariladi, ko‗z kasalligida ishlatiladi. 2,5 ml dan ampulalarda chiqariladi. Aktovegin (Actovegin) Qo‗zichoqlarning oqsillardan tozalangan qonidan olingan ekstrakt bo‗lib, 1 ml eritmada 40 mg quruq modda saqlaydi. Trofik yaralarni so‗rilishi, kuyganda va terini nurlar bilan zararlanishida, markaziy va periferik qon aylanishini metabolik jarayonlarni tezlashtirishda, ishlatiladi.Ko‗z kasalliklarida 20% li jelesi ishlatiladi. Ampulalarda 2, 5 va 10 ml dan 10 yoki 20% dan chiqariladi. Shuningdek, krem, gel va surtma xolida xam chiqariladi. Apilak (Apilacum). Arining onalik sutidan olingan liofilizatsiyalangan kukunsimon modda bo‗lib, sarg‗ish rangli o‗ziga xos xidli. Undan bugungi kunda tibbiyotda quyidagi preparatlar tayyorlanadi: - apilak kukuni (Oulvis Apilaci) 7 qism liofilizatsiyalangan apilak, 93 qism sut qandi. - sublimatsiyalangan apilak tabletkasi (Tabulettae Apilaci) tarkibida 0,01 g (10 mg) apilak saqlaydi. - apilak shamchasi (Suppositoria ―Apilacum‖) 0,005 yoki 0,01 g liofilizatsiyalangan apilak saqlaydi, 5 donadan bitta qadoqda chiqariladi. - 3% li apilak surtmasi (Unguentum Apilaci) 50 g dan tubiklarda chiqariladi. - 0,6% li apilak kremi yuz terisini (seboree) ishlatiladi. Propolis (Propolis) ari elimi. YAshil qo‗ng‗ir yoki qo‗zng‗ir rangli, kulrang tusli, achchiq buruShtiruvchi ta‘mli, o‗ziga xos xidli. Suvda deyarli erimaydi, spirtda eriydi. Uning tarkibiga mum, efir moylari, ShilimShiq va bOshqa bir qator 180 flavonoidlar (flavonlar, flavononlar, flavonolllar, korichnoy kislotasining xosilalari, yopishqoq moddalar) kiradi. Uning surtma ko‗rinishidagi dori vositalari yaralarni va kuygan joylarni davolashda, eritmalari og‗iz bo‗shlig‗i va tomoqni chayishda, teri va zamburug‗ kasalliklarida yuvishda ishlatiladi. Tibbiyotda propolisning quyidagi dori turlariga ishlatish uchun ruxsat berilgan: ―Proposol‖, ―Propotseum‖ surtmasi, propolis nastoykasi, ―Propolin‖ tabletkalari. Propoli nastoykasi (Tinctura Propolis) 10% li propolisni 80% li etil spirtidagi eritmasi. Tiniq qizil-qo‗ng‗ir rangli propolisga xos xidli eritma. Stomatologiya va dermatologiyada maxalliy maqsadlar uchun yallig‗lanishga qarshi va yaralarni tez bitirishda ishlatiladi. 25 ml dan flakonlarda chiqariladi. Sovuq joyda Yorug‗likdan ximoya qilingan xolda saqlanadi. ―Proposol‖ aerozol preparati (Proposolum). 6 qism propolis, 14 qism glitserin, 80 qism 95% li etil spirti va propellentdlan tashkil topgan. YAllig‗lanishga qarshi, dezinfeksiyalovchi va og‗riq qoldiruvchi vosita sifatida stomatologiyada ishlatiladi. Aerozol ballonlarida 50 g dan chiqariladi. ―Propotseum‖ surtmasi (Unguentum ―Proposeum‖) 10% li propolis ekstraktini saqlaydi. Surunkali ekzema, neyrodermit, dermatoz, trofik va uzoq vaqtda bitadigan yaralarda qo‗shimcha davo sifatida ishlatiladi. Svetochnaya pilsa. Tarkibida barcha aminokislotalar, vitaminlar va 25 dan ortiq mineral moddalarni saqlaydi. Gul changini sistematik tarzda qabul qilish oragnizmninng kasallikka bo‗lgan qarshiligini oshiradi. Shuningdek, bir qator Oshqozon ichka kasalliklarini vaa anemiyani davolashga yordam beradi. Ma‘lum bir belgilangan o‗simliklarning gul changlaridan mikrobiologik fermentatsiya usuli bo‗yicha olingan ekstraktning kalsiy fosfat, kalsiy glyukonatva bOshqa moddalar bilan xosil qilgan komples birikmasi ―SepHilton‖ (―CepHilton‖) tabletkasining asosiy ta‘sir etuvchi moddasi xisoblanadi. Bu preparat aminokislotalar, fermentlarva bOshqa moddalardan tashkil tpogan bo‗lib, yallig‗lanishga qarshi va organizmdagi modda almashinuvini kuchaytiradi. Preparatni qabul qilishni uzaytirish natijasida esa yoShi katta kishilarda umumiy xolsizlik, prostatit, prostovezikulit, nospetsifik uretritda samarali ta‘sir ko‗rsatadi. Tabletka shaklida (yashil rangli o‗ziga xos xidli) 0,4 g dan 100 donadan chiqariladi. Namlik va Yorug‗likdan ximoya qilingan xolda saqlanadi. Past tabaqali o‘simliklardan olinadigan biogen stimulyatorlar. Peloidin (Peloidinum). Odessa viloyatidagi Kuyalnitskiy dorivor liman balchig‗ining ekstrakti. 280 kg dorivor balchig‗ keramik bakka solinib, unga 720 l tozalangan suv solinadi. 1000 l aralashmaga 6,68 kg natriy xlorid qo‗shilib, izotonik xolga keltiriladi. Aralashma doimiy aralashtirib turilgan xolda, xona haroratida, 3 kundan 6 kungacha qoldiriladi, toki balchig‗ ustidagi suyuq qismining zichligi 1,008-1,010, xloridlarning miqdori 11,5-14,5 g/l, quruq qoldiq 16g/l, pH ko‗rsatkichi 8,2-9,5 bo‗lguncha. Keyin suyuqlik sifoniruyut va mexanik aralashmalar va mikroorganizmlardan tozalash uchun ikki marta qa‘rili filtr orqali filtrlanadi (g‗ovaklarining diametri 0,3 mkm dan katta bo‗lmagan membranali filtr). Filtrat 1,5 soat davomida 60-70 0 haroratda qizdiriladi. Sovutilgandan so‗ng aseptik sharoitda flakonlarga 0,5 l dan quyiladi. Sovuq joyda Yorug‗lik tushmaydigan joyda saqlanadi. Tashqi maqsadlar uchun, yiringli yaralarni yuvish, boylamlarni 181 namlash va ayollar jinsiy organlari surunkali yallig‗lanishlarni elektroforez usulida davolashda ishlatiladi. Gumizol (Humisolum). Natriy xloridning izotonik eritmasida erigan xaapsalusk dorivor dengiz balchig‗ining gumin kislotalari fraksiyasini saqlagan 0,01% li eritmasi. Preparat tarkibida oligodinamik harakterga ega bo‗lgan biologik faol moddalar va 40% gacha gumin kislotasi mavjud. Gumizol tiniq yoki sal tovlanuvchi, biroz qovushqoq va sariq rangda tovlanuvchi, xidsiz, Sho‗r ta‘mli va neytral reaksiyali suyuqlik. O‗tkir va surunkali radikulit, pleksit, nevralgiya, revmatoid artrit, artroz, o‗rta quloqning surunkali kasalliklarida burun kasalliklarida, faringit, rinit muskul orasiga yoki elektroforez orqali organizmga kiritiladi. In‘eksiya uchun FiBS (FiBS pro injectionibus). Kuyalnitskiy liman balchig‗ini suv bug‗i yordamida xaydab olinadi. Olingan ajratma ko‗p miqdorda oltingugut va vodorod sulfid saqlaydi. Olingan ajratmaga natriy xlorid (1 l ajratmaga 7,5 g xisobida) qo‗shilib, matoli filtr orqali filtrlanadi. So‗ng likopchali separator (ish unumdorligi soatiga 55 l) orqali eritma qismi ajratib olinadi. Olingan eritma rangsiz, tiniq. Vodorod sulfid qizdirish, natriy xlorid esa xaydash orqali yo‗qotiladi. Xosil bo‗lgan eritmaga (peloid) korichnuyu kislotasi (1 l eritmaga 0,3- 0,4 g miqdorida) va kumarin (1 l eritmaga 0,1 g) qo‗shiladi va filtrlanadi. FiBS rangsiz, tiniq suyuqlik bo‗lib, kumarin xidi keladi. pH 4,6-5,4. 120 0 haroratda 1 soat davomida sterillanadi. Keratit, blefarit, Shishasimon tananing loyqalanishida, artrit, radikulit va bOshqa kasalliklarda ishlatiladi.1 ml dan ampulalarda chiqariladi. Torfot (Torfotum). Torfni xaydab olinadi. Tiniq, rangsiz, steril suyuqlik bo‗lib, suyuqlikdan torfni xidi keladi. pH ko‗rsatkichi 6,0-8,8. 1 ml dan ampulalarda chiqariladi. FiBS ga o‗xShab ta‘sir qiladi. Vulnuzan (Vulnusan). Dori shakli surtma. Tarkibida Bolgariya ko‗llaridan olingan matochnik ekstrakti – 12 g, kastorovoe maslo – 35 g, lanolin 15 g, tozalangan suv 100 ml gacha. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling