Mutaxassislik fani
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 20-ma‟ruza. Dori vositalarining turg„unligi va saqlanish muddatlarini belgilash.
- Qaytadan sinov sanasi
- Tayyorlash jarayonlari
- Jihozlash
- Qarama-qarshi kontaminatsiya
- Saqlash
- Xona va uskunalar Mahsulot saqlash uchun xona
- Saqlash sharoiti nazorati
- Mahsulotni saqlash bo„yicha talablar Hujjatlar: yozma yo„riqnomalar va hisobotlar
- Jihozlash va konteynerlar
- Materiallar va farmatsevtika mahsulotlarini qabul qilish
- Zahiralarni yangilash va ulrani nazorati.
- Yaroqlilik muddati tugagan va qo„llanilishdan chiqqan materiallar va mahsulotlar mavjudligini tekshirish
- Tovarning qaytarilishi 1
- Mahsulotni chaqirib olish
- Me‟yoriy saqlash sharoitlari
- Dori vositalarini saqlash va yaroqlilik muddatlarini o„rganish, usullarini takomillashtirish, hujjatlar to„plami.
210 20-ma‟ruza. Dori vositalarining turg„unligi va saqlanish muddatlarini belgilash. Reja Mavzuning dolzarbligi 1. ―Yaxshi saqlash amaliyoti‖ 2. Asosiy tushunchalar va atamalar. 3. Xona va uskunalar. 4. Saqlash sharoitlari va saqlash sharoiti nazorati. 5. Tovarni qaytarilishi. 6. Tezlashtirilgan usulda yaroqlilik muddatini belgilash. Xulosalar Jahon sog‗liqni saqlash tashkilotining 2003 yil 34-yig‗ilishidagi №908 sonli texnik ma‘ruzasiga asosan, mahalliy farmatsevtika korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni GSP ―Yaxshi saqlash amaliyoti‖ bo‗yicha izlanishlar. Ushbu yuqorida nomi keltirilgan hujjatni farmatsevtika mahsulotlarini saqlashga, Tashishga va tarqatishga aloqador bo‗lgan barcha personallar foydalanishga mo‗ljallangan. Mazkur qo‗llanma JSST ekspert qo‗mitasining tavsiyalariga muvofiq farmatsevtika preparatlarining o‗ziga xosligiga asoslangan quyidagi qo‗llanmalari bilan juda bog‗liqdir: Farmatsevtika birlamchi materiallarining yaxshi savdo va distribyusiya amaliyoti; Dori shakllarida dori vositalarining barchaga ma‘lum substansiyalarini (preparatni ro‗yxatdan o‗tkazish maqsadida taqdim etilgan ma‘lumot) farmatsevtika mahsulotlari turg‗unligi tadqiqoti; yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti (GMP); Vaksina va biologik preparatlar uchun sovuq zanjir; Xalqaro Farmakopeya. Mazkur qo‗llanma yuqorida aytib o‗tilgan hujjatlarga qo‗shimcha bo‗lib, farmatsevtika mahsulotlarini to‗g‗ri saqlash va tashish uchun zarur bo‗lgan alohida choralar tavsiflaridan tarkib topgan. Barcha sifat standartlariga rioya qilingan holda Ushbu choralarni zarurat tug‗ilganida alohida holatlarga moslash mumkin. Mazkur qo‗llanma faqangina tibbiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchiga qo‗llash uchun emas, balki farmatsevtika mahsuloti import qiluvchilar, ta‘minotchilar, ulgurji savdo qiluvchilar, dorixona va kasalxonalarga xam taalluqlidir. Shuningdek farmatsevtika mahsuloti saqlash joyi bo‗lgan korxona faoliyati turini hisobga olgan holda qo‗llanmadan foydalanishi mumkin. Shu bilan birga milliy va hududiy talablarga ham rioya qilish zarur. Glossariy Quyida keltirilgan tushunchalar zamonaviy qonunosti hujjatlari va tavsiyalarga asoslangan holda mazkur qo‗llanmada ishlatiladi: 211 Faol farmatsevtik ingredient – dori preparatlari ishlab chiqarishda qo‗llaniladigan modda yoki moddalar aralashmasi, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida Ushbu preparatning faol moddasiga aylanadigan ingredient. Bunday moddalar farmakologik yoki tashxis, davolash, kasallik belgilarini engillashtirish yoki oldini olishda bevosita ta‘sir ko‗rsatishi, shuningdek organizm tuzilishi yoki funksiyalariga ta‘sir ko‗rsatishi lozim. Yordamchi moddalar dori vositasini ishlab chiqarish jarayonida qayta ishlashni engillashtirish; preparatni turg‗unligi oshirish va biosamaradorligini yaxshilash maqsadida uni qo‗llab-quvvatlash va himoya qilish; mahsulot Chinligini aniqlash; preparatni saqlash yoki qo‗llash jarayonida bezararligi va samaradorligini yaxshilash maqsadida bOshqa ko‗rsatkichlarni ta‘minlovchi, faol moddadan farq qiluvchi, lekin bezararligi tasdiqlangan va dori vositasi tarkibiga kirgan moddadir. Yaroqlilik muddati – dori vositasining o‗ramlarida (odatda, yorliqda) ko‗rsatilgan sana bo‗lib, bu muddatda preparat to‗g‗ri saqlash sharoitida spetsifikatsiyasiga mos kelishi lozim. Ushbu sana har bir partiya tovar uchun saqlash muddati va ishlab chiqarilgan sananing yig‗indisidan aniqlanadi. Qaytadan sinov sanasi – keyinchalik qo‗llash uchun yaroqliligini aniqlash maqsadida materialni qaytadan sinov qilish sanasi. Ifloslanish – birlamchi material yoki oraliq yoki yakuniy mahsulotning ishlab chiqarish, tanlab olish, joylash va qayta joylash, saqlash yoki tashish jarayonlarida kimyoviy aralashma yoki mikrob yoki Yot modda bilan ifloslanishidir. Tayyorlash jarayonlari – farmatsevtika mahsulotini yaratish jarayonidagi material qabul qilib olish, ularni qayta ishlash, joylash va qayta joylash, jihozlash va qayta jihozlash kabi yakuniy mahsulot olingunga qadar barcha bosqichlardir. Jihozlash – tekshirish va Yorliqlashni o‗z ichiga olgan barcha zarur ma‘lumotga ega bo‗lgan to‗g‗ri Yorliq tanlash jarayoni. Material(lar) – birlamchi material (faol farmatsevtik ingredient va yordamchi moddalar), reagentlar, erituvchilar, oraliq mahsulotlar, o‗rov materiallari va yorliqlarni belgilashga mo‗ljallangan umumiy tushuncha. Qarama-qarshi kontaminatsiya – ishlab chiqarish jarayonida birlamchi material, oraliq mahsulot yoki yakuniy mahsulotning bOshqa birlamchi material yoki mahsulot bilan ifloslanishi. Ta‟minotchi – talabga muvofiq farmatsevtika mahsulotni olib kelib, u bilan ta‘minlovchi Shaxs. Agentlar, vositachilar, distribyutorlar, ishlab chiqaruvchilar yoki sotuvchilar ta‘minotchi bo‗lishlari mumkin. Odatda, ta‘minotchilar vakolatli organlar tomonidan mas‘ul etib tayinlanadi. Ishlab chiqarish – materiallar va mahsulotlar sotib olish, yakuniy mahsulot tayyorlash, sifat nazoratini o‗tkazish, chiqarish, saqlash va tarqatish, shuningdek, tekshirish bosqichlari. O„rov materiallari – tashish uchun mo‗ljallangan sirtqi o‗ramlardan tashqari, farmatsevtika mahsulotini joylash uchun qo‗llaniladigan, material. O‗rov 212 materiallari mahsulot bilan to‗g‗ridan-to‗g‗ri aloqadorligiga qarab birlamchi yoki ikkilamchi bo‗lishi mumkin. Farmatsevtika mahsuloti – import qiluvchi yoki eksport qiluvchi davlatidan tashqari, qonun doirasida tekshiriladigan, odam uchun mo‗ljallangan mahsulot bo‗lib, yakuniy dori shaklida yoki mazkur dori shaklini tayyorlashda birlamchi material sifatida qo‗llaniladigan dori vositasidir. Saqlash – farmatsevtika mahsulotini qo‗llanilgunga qadar saqlash muddati. Xodimlar Saqlashning turli joyi (masalan, ishlab chiqaruvchi, distribyutor, ulgurji sotuvchi, dorixona yoki kasalxona)da farmatsevtika mahsuloti sifati saqlashini ta‘minlash uchun etarli miqdorda malakali xodim bo‗lishi Shart. Malakali xodim davlat normalariga mos kelishi kerak. Xodimlar yaxshi saqlash amaliyoti, qonun hujjatlari, xavfsizlik choralari bo‗yicha o‗qitilishi lozim. Xodimlar maxsus o‗quv kurslarida o‗qishlari va shaxsiy gigena va sanitariya standartlariga rioya qilishlari shart. Saqlash zonasida faoliyat ko‗rsatayotgan xodimlar bajarilayotgan ishiga tegishli ravishda himoya va ishchi kiyimlar kiyishi lozim. Xona va uskunalar Mahsulot saqlash uchun xona - Farmatsevtika mahsuloti saqlanadigan xonaga begonalar kirmasligini nazorat qilish kerak. Turli toifadagi materiallar va mahsulotlar, xususan: birlamchi va o‗rov materiallari, oraliq mahsulotlar, tayyor mahsulot, karantindagi mahsulotlar, sifatsiz, qaytarib kelingan yoki chaqirib olingan mahsulotlarni tartibli saqlashni ta‘minlash maqsadida xona etarli darajada keng bo‗lishi Shart. Qoniqarli saqlash sharoitini ta‘minlash maqsadida mahsulot saqlash uchun xona qaytadan loyihalashtirilgan yoki qayta uskunalangan bo‗lishi Shart. Xona toza, quruq, me‘yordagi haroratda bo‗lishi kerak. Agar maxsus saqlash sharoiti (masalan, harorat yoki nisbiy namlik) ga zarurat bo‗lsa, Ushbu sharoitlarni ta‘minlash, bosqichma-bosqich ko‗rsatkichlarni tekshirish, kuzatish va belgilash kerak. Materiallar va farmatsevtika mahsulotlari polda saqlanishi mumkin emas, ular orasida tozalash va kuzatish uchun etarli joy bo‗lishi Shart. Poddonlar toza va yaxshi xolatda bo‗lishi kerak. Mahsulot saqlash uchun xona toza bo‗lishi, axlat to‗planishi va zararkunandalar va kemiruvchilar paydo bo‗lishiga yo‗l qo‗yilmasligi kerak. Xonani tozalash usuli va muddati ko‗rsatilgan sanitar nazorat bo‗yicha chora- tadbirlar rejasini tuzish va yozib borish, dezinseksiya va deratizatsiya dasturini tuzish lozim. Dezinseksiya va deratizatsiya vositalari bezarar bo‗lib, materiallar va farmatsevtika mahsuloti ifloslanishi xavfini tug‗dirmasligi lozim. BOshqa mahsulotlarni ifloslanishini oldini olish maqsadida quyilgan yoki sochiluvchan xom ashyoni birlamchi mahsulotni tozalash uchun maxsus usulni yaratish Shart. Materiallar va mahsulotlarni Tashib kelish va Tashib ketish joylari ob-havo ta‘siridan himoyalangan bo‗lishi Shart. Tovar qabul qilib olish xonasi, saqlash uchun jo‗natishdan oldin preparat va materiallarning konteynerlarini zarurat tug‗ilganda tozalash imkonini beruvchi uskunalar bilan ta‘minlangan bo‗lishi Shart. 213 Preparatlarni karantinda saqlanadigan xona aniq belgilangan bo‗lishi faqat mas‘ul xodim kirishiga ruxsat berilgan bo‗lishi shart. Kirishni chegaralash sharoitini ta‘minlashda kompyuterlashtirilgan tizimni qo‗llash mumkin. Birlamchi materiallar namunalarni tanlab olish uchun tegishli nazorat sharoitlari mavjud bo‗lgan alohida xona ajratilishi kerak. Mahsulot saqlashga mo‗ljallangan xonada namunalar tanlab olish, jaryonida ifloslanish va qarama- qarshi kontaminatsiyani oldini olish shart. Namunalar tanlab olish xonasini tozalash uchun tegishli jaryonlarni yaratish zarur. Sifatsiz, qaytarib olingan, yaroqlilik muddati tugagan mahsulotlar uchun jismoniy izolyasiya qilingan bOshqa ishonchli usul (elektron) bilan izolyasiya qilingan alohida hudud ajratilishi Shart. Bunday mahsulotlar va materialarni, saqlash uchun alohida xonalar bo‗lishi kerak. Yuqori faol va radioaktiv materiallar, giyohvand vositalar va bOshqa xavfli materiallar va farmatsevtika mahsulotlari, shuningdek yong‗indan xavfli va portlovchi moddalar (masalan, tez yonuvchan suyuqliklar va bosim ostidagi gazlar) bezararligi va qo‗riqlanishi ta‘minlangan alohida ajratilgan joyda saqlanishi Shart. Materiallar va farmatsevtika mahsulotlari bilan yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti (GMP) tamoyillariga mos ravishda muomalada bo‗lish kerak. Materiallar va farmatsevtika mahsulotlarini ifloslanishi, aralashib ketishi va qarama-qarshi kontaminatsiyaga yo‗l qo‗ymagan holda saqlash lozim. Materiallar va farmatsevtika mahsulotlari ularning sifati saqlangan holda saqlanishini ta‘minlanishi va ularning zahirasi muntazam ravishda yangilanib turishi lozim. Birinchi navbatda yaroqlilik muddati tugayotgan («first expired/first out» (FEFO tamoyili)) mahsulotlardan qutilish kerak. Sifatsiz materiallar va farmatsevtika mahsulotlari ajratilishi va karantin sharoitida saqlashga jo‗natilishi, ularning taqdiri oxirigacha hal bo‗lmagunga qadar qo‗llanilishiga yo‗l qo‗yilmasligi kerak. Giyohvand vositalar xalqaro konvensiya va giyohvand vositalar muomalasi to‗g‗risidagi milliy qonunosti hujjatlariga mos ravishda saqlanishi Shart. SHikastlangan mahsulotlar ajratib olinishi va alohida xonada saqlanishi kerak. Barcha turdagi ishlarni amalga oshirish maqsadida mahsulotlar saqlanadigan xonaning Yorug‗ligi ta‘minlanishi zarur. Saqlash sharoitlari Farmatsevtika mahsulotlari va materiallarni saqlash sharoiti turg‗unlik tadqiqotlariga asoslangan, Yorliqda ko‗rsatilgan talablarga javob berishi Shart. Saqlash sharoiti nazorati Harorat o‗zgarishini tekshirib turish lozim. Kuzatuv apparatini muntazam ravishda tekshirib turish, natijalari esa yozib, saqlab qo‗yilishi zarur. Barcha natijalar yozuvlari, material yoki mahsulotning yaroqlilik muddati tugagandan so‗ng kamida bir yil yoki milliy qonun hujjatlariga mos ravishda saqlanishi lozim. Harorat kartasi barcha xonalarda bir xil harorat tartibini namoyish qilishi lozim. Harorat o‗zgarishi ko‗p kuzatiladigan joylarga harorat o‗lchagichi (datchik) o‗pHatilishi lozim. Kuzatuv apparaturasini muntazam ravishda kalibrlab turish lozim. 214 Mahsulotni saqlash bo„yicha talablar Hujjatlar: yozma yo„riqnomalar va hisobotlar Mahsulotni saqlash uchun xonalardagi barcha faoliyat, xususan yaroqlilik muddati tugagan mahsulot bo‗yicha olib borilgan ishlarning yozma yo‗riqnomalari, shuningdek hisobotlari saqlanishi lozim. Ushbu yo‗riqnomalar va hisobotlar saqlash bosqichlarini aniq tavsiflashi, farmatsevtika mahsuloti, materiallarning bir joydan ikkinchi joyga ko‗chishi va zarurat tug‗ilganda, mahsulotning qaytarish xolatlarida tashkillashtirish ma‘lumotlarini o‗z ichiga olishi kerak. Har bir saqlanayotgan material yoki mahsulot uchun saqlash sharoiti, ehtiyotkorlik choralari va qayta sinov sanasi ko‗rsatilgan doimiy yozma yoki elektron ma‘lumotga ega bo‗lish Shart. Qonun va Farmakopeya talablariga doimo rioya qilish kerak. Har bir mahsulot qabul qilish vaqtidagi hisobotlar saqlanishi zarur. Ushbu hisobotlarda mahsulotning tashqi ko‗rinishi, sifati, miqdori, ta‘minotchisi, ta‘minotchi tomonidan berilgan partiya raqami, qabul qilingan sanasi, qabul qilingandagi partiya raqami va yaroqlilik muddati tugagan sana to‗g‗risidagi ma‘lumotlar ko‗rsatilishi lozim. Agar qonunlarda Ushbu ma‘lumotlarni alohida davr ichida saqlash belgilangan bo‗lsa, unga roiya qilish zarur. (Ushbu ma‘lumotlarni qabul qilingan materiallar yoki mahsulotlarning yaroqlilik muddati tugaganidan so‗ng yana bir yil saqlashga to‗g‗ri keladi.) Farmatsevtika xom ashyolar va mahsulotlarni qabul qilish yoki jo‗natishni yozma ravishda olib borish lozim; yozuvlar alohida belgilar, masalan partiya raqami orqali olib boriladi. Jihozlash va konteynerlar Materiallar va farmatsevtika mahsulotlari ularning sifatiga ta‘sir ko‗rsatmaydigan va tashqi ta‘sirdan, xususan bakterial ifloslanishdan ishonchli himoyani ta‘minlovchi konteynerlarda saqlanishi lozim. Konteynerlar tartibli jihozlanishi Shart: material nomi, partiya raqami, yaroqlilik muddati yoki qayta sinov sanasi, saqlash sharoiti va (zarurat tug‗ilganda) farmakopeyaga izoh ko‗rsatilish lozim. Umumqabul qilingan qisqartmalar, nomlar yoki kodlar ishlatishi Shart. Materiallar va farmatsevtika mahsulotlarini qabul qilish Tovar qabul qilinganda qabul qilinayotgan partiya buyurtmaga mosligi tekshirilishi, har bir konteynerning partiya raqami, material (farmatsevtika mahsuloti) turi, uning miqdorining Yorliqqa mosligi tekshirilishi Shart. Partiyadagi konteynerlarning bir xilligi va tovarning bir nechta partiyasi taqdim etilganda zarurat tug‗ilsa tovarlarni partiya raqamiga mos ravishda ajratish zarur. Har bir konteyner ehtimoli bo‗lgan ifloslanishlar, buzilishlar yoki Shikastlanishlarga tekshirilishi, agar bunga gumon bo‗lsa va zarurat tug‗ilganda barcha partiya keyinchalik tekshiruvlar uchun karantinga jo‗natilishi kerak. Namunalar tanlab olish zarurat tug‗ilganda malakali va maxsus o‗quv kurslarida o‗qigan xodim tomonidan yozma yo‗riqnomalarga asosan qat‘iy ravishda amalga oshirilishi lozim. Namunalar tanlab olingan konteynerlar tegishli ravishda jihozlanishi Shart. 215 Namunalar tanlab olingandan so‗ng tovar karantinda saqlanadi. Karantinning barcha bosqichida va davomiy saqlash uchun partiya alohida saqlanishi lozim. Materiallar va farmatsevtika mahsulotlari karantindan olish to‗g‗risidagi rasmiy ruxsatnoma yoki sifatsizligi to‗g‗risidagi ma‘lumot olingunga qadar karantinda saqlanadi. Sifatsiz materiallar va farmatsevtika mahsulotlarini qo‗llanishini oldini olish bo‗yicha choralar ko‗rilishi Shart. Ushbu mahsulotlar yo‗q qilingunga yoki ta‘minotchiga qaytarib berilgunga qadar alohida saqlanishi lozim. Zahiralarni yangilash va ulrani nazorati. Mahsulotlar hisob-kitobini amalda mavjud bo‗lgan tovarlarni hujjatdagi bilan taqqoslagan xolda doimiy olib borish zarur. Nomutanosiblik aniqlanganda xatoliklarni aniqlash va/yoki noto‗g‗ri berilganligini aniqlash maqsadida tekshiruv ishlarini amalga oshirish zarur. Ishlab chiqarish korxonalarida qisman ishlatilgan materialalr yoki farmatsevtika mahsulotlari saqlagan konteynerlarni davomiy saqlash sharoitida buzilishi yoki ifloslanishini oldini olish maqsadida yaxshilab yopish maqsadga muvofiqdir. Ochilgan yoki qisman ishlatilgan konteynerlardagi materiallar va farmatsevtika mahsulotlari birinchi navbatda qo‗llanilishi zarur. Shikastlangan o‗ramlardagi mahsulotlar ularning sifatiga zarar etkazilmaganda ishlatilishi mumkin. Zarur hollarda bunday holatlarda sifat nazoratiga javobgar Shaxsga Ushbu ma‘lumot etkazilishi kerak. Barcha ko‗rilgan choralar hujjatlashtirilishi Shart. Yaroqlilik muddati tugagan va qo„llanilishdan chiqqan materiallar va mahsulotlar mavjudligini tekshirish Yaroqlilik muddati tugagan va qo‗llash mumkin bo‗lmagan mahsulotlar zahirasi mavjudligini muntazam ravishda tekshirib turish lozim. Yaroqlilik muddati tugagan materiallar va farmatsevtika mahsulotlarining ishlatishga yo‗l qo‗ymaslik lozim. Tovarning qaytarilishi 1. Qaytarilayotgan tovar, jumladan chaqirilgan mahsulot belgilangan tartibda qaytarilishi, barcha yozuvlar va hisobotlar saqlanishi lozim. 2. Qaytarilayotgan tovarlar karantinga qo‗yilishi kerak. Ularni bOshqa tovarlar bilan saqlash faqat rasmiy Shaxs qaroriga asosan amalga oshiriladi. Bunday qaror qaytadan sifati qoniqarli baholanganda qabul qilinadi. 3. Muomalaga qayta chiqarilgan tovar aniqlanishi va ro‗yxatdan o‗tkazilishi hujjatlashtirilgan bo‗lishi Shart. Mijozlar tomonidan dorixonaga qaytarilgan farmatsevtik preparatlari yo‗q qilinishi Shart. Jo„natish va tashish Materiallar va farmatsevtika mahsulotlarini Tashishda ularning butunligi saqlanishini belgilash va saqlash sharoitlariga rioya qilish zarur. Tibbiy immunobiologik preparatlarni Tashishda ―sovuq zanjir‖ usulidan quruq muz qo‗llanilgan holda, alohida ehtiyotkorlik ko‗rilishi shart. Odatiy ehtiyotkorlik choralaridan tashqari, materiallar yoki mahsulotlarning sifatiga salbiy (masalan, muzlashi) ta‘sir ko‗rsatmasligini oldini olish maqsadida quruq muz bilan aloqada bo‗lmasligini ta‘minlash zarur. 216 Ba‘zi ko‗rsatkichlar, masalan harorat nazorati uchun asboblar ishlatish tavsiya etiladi. Davomiy tekshirish maqsadida asboblar ko‗rsatkichlarini aniqlab borish zarur. Materiallar va farmatsevtika mahsulotlarini jo‗natish va tashish faqat ularga buyurtma bo‗lgandagina amalga oshirilishi zarur. Buyurtmani qabul qilish va tovapHi jo‗natish hujjatlashtirilishi zarur. Buyurtma berilgan materiallar va farmatsevtika mahsulotlari turi e‘tiborga olingan holda hujjatlashtiriladi va alohida ehtiyotkorlik choralari ko‗rilib jo‗natilishi tashkillashtiriladi. O‗ramlar tashqi ta‘sirlardan himoyani ta‘minlashi va o‗chib ketmaydigan marker bilan jihozlanishi Shart. Jo‗natish to‗g‗risidagi hisobotlar quyidagi ma‘lumotlarda o‗z aksini topishi zarur. jo‗natish sanasi; buyurtmachi nomi va manzili; mahsulot tasnifi (nomi, dori shakli va ta‘sir kuchi (zarurat bo‗lganida), partiya raqami va miqdori); tashish va saqlash sharoitlari. Hisobotlar oson tushunarli bo‗lishi va so‗ralganda taqdim etilishi zarur. Mahsulotni chaqirib olish Materiallar va farmatsevtika mahsulotini sifatiga gumon bo‗lsa yoki uning qoniqarsiz sifati to‗g‗risida ishonchli ma‘lumotlarga ega bo‗linsa ularni tez va samarali chaqirib olish chorasini yaratish zarur. Me‟yoriy saqlash sharoitlari Quruq, yaxshi Shamollatiladigan, 15-25 0 haroratda, ob-havo sharoitlaridan kelib chiqqan holda 30 0 gacha haroratda saqlash me‘yoriy saqlash hisoblanadi. Maxsus (alohida) saqlash sharoitlari Maxsus sharoitlarda saqlanadigan dori vositalari saqlash bo‗yicha alohida yo‗riqnomalarni talab etadi. Agar maxsus sharoitlar (masalan, doimiy ravishda sovuqda saqlash) to‗g‗risida alohida aytib o‗tilmagan bo‗lsa, yo‗riqnomadan siljishga juda qisqa muddatga (masalan, mahalliy tashish vaqtida) yo‗l qo‗yiladi. Dori vositalarini saqlash va yaroqlilik muddatlarini o„rganish, usullarini takomillashtirish, hujjatlar to„plami. Yuqori haroratda «tezlashtirilgan eskirtirish» usuli asosida dori vositalari yaroqlilik muddatini aniqlash maqsadida ish olib borish bo‗yicha. I. ASOSIY QOIDALAR 1.1. Ushbu «Yuqori haroratda «tezlashtirilgan eskirtirish» usuli asosida dori vositalari yaroqlilik muddatini aniqlash maqsadida ish olib borish bo‗yicha» vaqtingchalik yo‗riqnoma OST 42-2-72 «Dori vositalari. YAroqlilik muddatini o‗pHatish tartibi» ning 1.2.1 bandini takomillashtirish maqsadida tuzilgan. 1.2. Yo‗riqnoma bajarishda aniq kimyoviy tuzilishga ega bo‗lgan dori moddalari- substansiyalar va ta‘sir etuvchi sifatida ko‗rsatilgan modda saqlagan tayyor dori turlari uchun qo‗llaniladi. Yo‗riqnoma o‗simlik xom ashyosi, polipeptidlar, oqsil, endokrin va bOshqa biologik usul bilan olingan, aniq tarkibga 217 yoki kimyoviy tuzilishga aniq bo‗lmagan moddalar saqlagan dori vositalari uchun qo‗llanilmaydi. 1.3. «Tezlashtirilgan eskirtirish» usuli bilan yaroqlilik muddati berilayotgan dori vositasi, uni saqlash sharoitidagi haroratidan yuqori bo‗lgan haroratda saqlashga asoslangan. Odatda, harorat ko‗tarilganida, dori vositasida kechadigan fizik-kimyoviy jarayonlar tezlashadi, bu esa vaqt o‗tishi bilan dori vositasi sifatini yomonlaShishiga olib keladi. Shunday qilib, harorat ko‗tarilgandagi vaqt oralig‗i dori vositasi sifat nazorati ko‗rsatkichlari saqlanib qolinadigan chegara (tajribaviy yaroqlilik muddati) yaroqlilik muddatidagi saqlash sharoiti harorati bilan solishtirilganda sun‘iy qisqartiriladi. Bu yaroqlilik muddatini o‗pHatishda vaqtni ancha qisqarishiga olib keladi. 1.4. Dori vositasining «tezlashtirilgan eskirtirish» usuli jarayonida olingan natijasi asosida, yaroqlilik muddatini ta‘minlovchi saqlash haroratini belgilash mumkin. 1.5. Dori preparatlarini mal‘lum bir haroratdagi Yaroqlilik muddati yukori haroratda aniklangan tajribaviy Yaroqlilik muddati bilan uzviy boglik. Uni kuydagi formula orkali anikladi. S - yaroqlilik muddati; t xr - saqlash harorati; S e - tajribaviy yaroqlilik muddati; t e – tajribaviy saqlash harorati; S = K э С Koeffitsient K = 10 хр э t t А Ushbu yuriqnomada kiyoviy reaksiya tezligi harorati koeffitsienti A = 2 ga teng qilib belgilangan. 1.6. 1- jadvalda A=2 teng bo‗lganida, kiymat turli harorat farki ko‗rsatkichlarida muvfoiklik koeffitsienti keltirilgan. 1-jadval (t e - t xr ) 0 10 20 30 40 50 60 70 K 2 2 8 16 32 64 128 Eslatma. t xr odatda 20 0 ga teng hisoblanadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling