Mutaxassislik fani


Download 5.01 Kb.
Pdf просмотр
bet20/25
Sana12.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25

Uchinchi usul. Bu usul A.YA.Danilevskiy tomonidan taklif qilingan bo‗lib, 
usul pepsinni dializ usulida metallarning neytral asosli tuzlari yordamida tozalashga 
asoslangan.  
Standartlash.  Pepsin  proteolitik  faolligi  bo‗yicha  standartlanadi.  Buning 
uchun  tovuq  tuxumining  oqsilidan  foydalaniladi.  10  g  oqsil  0,1  g  pepsin  bilan, 
standart  sharoitda,  3-4  soat  davomida  erib  ketishi  kerak.  Biologik  faolligi 
tekshirilgandan so‗ng qand upasi bilan (1:100) aralashtiriladi.  
Tavsifi.  Pepsin  oq  yoki  sarg‗ishsimon,  nordon-Shirin  ta‘mli,  kuchsiz  o‗ziga 
xos xidli kukun. Suvda to‗liq eriydi (kolloid eritma), eritmaning rangi tiniq yoki sal 
loyqa, lekin cho‗kma tushmaydi. Eritmaning 2% li fenolftalein bilan muhiti kuchsiz 
kislotali.  Preparatning  namligi  1%  dan  ortmasligi  kerak.  Tarkibidagi  patogen 
mikrofloralar, saprofitlar koloniyasi 1 g preparatda 2000 dan ortmasligi lozim.  
Ishlatilishi.  Ovqat  xazm  qilish  buzilganda,  gipo  va  anatsidli  gastritda, 
dispepsiyada  ishlatiladi.  Uning  atsidin  bilan  xosil  qilgan  kombinatsiyasi  –betain 
gidroxlorid  eritma  ko‗rinishida  ichish  uchun  beriladi.  U  erkin  xoldagi  xlorid 
kislotasini oson gidrolizlaydi. 
Saqlanishi. Og‗zi yaxshi yopiladigan idishlarda 2-15
0
 dan yuqori bo‗lmagan 
haroratda, Yorug‗lik tushmaydigan joyda saqlanadi.             

 
173 
Atsidin-pepsin  –  tarkibida  1  qism  pepsin  va  4  qism  betain  gidroxlorid 
saqlaydi. Tabletka ko‗rinishida 0,5 va 0,25 g dan chiqariladi.  
Abomin  –  tarkibida  proteolitik  fermentlar  yig‗indisini  saqlaydi.  Buzoq  va 
qo‗zichoqlarning  sut  emish  davrida  Oshqozon  Shilliq  qavatida  olinadi.  U  amorf 
ko‗rinishli, o‗ziga xos xid va Sho‗r ta‘mli (natriy xlorid aralashmasini saqlaganligi 
uchun) kukun. 0,2 g dan tabletka ko‗rinishida chiqariladi. Bitta tabletka 50 000 TB 
saqlaydi.  
Oshqozon  Shirasi.  Tabiiy  Oshqozon  Shirasi  I.P.Pavlov  usuli  bo‗yicha 
sog‗lom  itlardan  ezofagotom  fistulasini  o‗pHatish  bilan  olinadi.  Buning  uchun 
itlarning  Oshqozoniga  emak  tushirmasdan  toza  xoldagi  Oshqozon  Shirasi  ajratib 
olinadi.  Uning  turg‗unligini  ta‘minlash  uchun  0,03-0,04%  salitsil  kislotasi 
qo‗shiladi. 
Tayyor maxsulot tavsifi. Rangsiz, tiniq eritma bo‗lib, nordon ta‘mli, o‗ziga 
xos  xidli.  Tarkibida  nukleoproteid  oqsillarini,  fermentlardan  pepsin,  ximozin  va 
lipazani  (0,45-0,51%),  shuningdek  0,5%  miqdorida  xlorid  kislotasini  saqlaydi.  pH 
0,8-1,0.  Qolaversa  tarkibida  yana  noorganik  moddalardan  natriy  xlorid,  kaliy 
xlorid,  ammoniy  xlorid,  fosfatlar,  sulfatlar  va  kam  miqdorda  vodorod  rodanidini 
saqlaydi.  
Qadoqlash. 100-150 ml dan Shisha idishlarga qadoqlanadi.  
Saqlanishi.  2-10
0
  haroratda,  Yorug‗lik  tushmaydigan  joylarda  saqlanadi. 
Saqlanish  muddati  6  oy.  Muzlatilgan  tabiiy  Oshqozon  Shirasida  cho‗kma  xosil 
bo‗ladi. Lekin xona haroratigacha isitish davomida cho‗kma erib ketadi. 
Ishlatilishi. Oshqozon osti bezining fuksiyasi buzilganda ishlatiladi. 
Sun‘iy  Oshqozon  Shirasi  cho‗chqalarning  Oshqozon  Shilliq  qavatini  xlorid 
kislotasi bilan oksidlangan suvli ekstrakti xisoblanadi.    
Oshqozon osti bezi ferment preparatlari. 
Pankreatin  –  tarkibida  asosan  tripsin  va  amilaza,  qisman  lipaza  saqlaydi. 
Oshqozon  osti  bezining  proteolitik  fermentlari  tripsinogen  va  ximotripsinogenlar 
proferment ko‗rinishida xosil bo‗ladi.    
Texnologiyasi.  yangi  yoki  muzlatilgan  Shoxli  qoramolning  Oshqozon  osti 
bezi go‗Sht maydalagichda maydalanib, Sharbat qismi ajratib olinadi va spirt bilan 
cho‗ktiriladi.  cho‗kma  spirt  va  efir  bilan  yuvilib,  quritiladi  va  maydalanadi. 
Tripsinni  faolligi  tekshirilib,  sut  qandi  bilan  preparatning  faolligi  25  TB  ga 
etguncha suyultiriladi.    
Aminokislota preparatlari. 
 
Aminopeptid (Aminopeptidum) 
 
Gidrolizin L-103 (Hydrolysinum L-103) 
 
Gidrolizat kazein (Hydrolysatum caseini) 
Vitamin preparatlari 
Sianokobalamin  –  vitamin  V
12
,  hayvon  organlaridan  olinadigan  vitamin 
preparatlarining  tipik  vakili.  Kimyoviy  nuqtai  nazaridan  sianokobalamin  peptid 
tabiatli vitamin preparati xisoblanadi. V
12
 vitamini antianemik, shu bilan birga jigar 
va asab tizimiga ijobiy ta‘sir etuvchi preparat.   
Kampolon (Campolonum). 
Fosfor saqlovchi organopreparatlar. 

 
174 
MAP  (MAP)–  muskul  –  adenili  preparati.  Tarkibida  0,2%  adenil  kislota 
saqlovchi  (adenozilmonofosfor  kislotasi  -  AMF)  MAP  biologik  usulda  piva 
xamirturuShidan olinadi. Suyuq piva xamirturuShi  
Nospetsifik ta’sirga ega bo‘lgan organopreparatlar. 
Splenin  (Spleninum)  –  oqsilsiz  gormonal  biologik  faol  modda  bo‗lib, 
V.P.Komissarenko usuli bo‗yicha yirik Shoxli qoramolning talog‗idan olinadi. Bitta 
seriyada  205  kg  qora  taloq  5-6
0
  haroratda  sovutgichda  120-144  soat  davomida 
saqlanadi  va  go‗Sht  maydalagichda  (204,2  kg)  maydalanadi.  Reaktorga  400  kg 
dixloretan solib,  maydalangan qiyma (200 kg) 30-40 kg dan porsiyalarga ajratilib, 
birinchi  porsiya  4  soat,  qolganlari  bir  kunda  6  soatdan  ko‗p  bo‗lmagan  vaqt 
oralig‗ida  ekstratsiyalanadi.  Ajratma  1  kunga  qoldirilib,  vakuum  bug‗latgich 
appratida dixloretan haydab olinadi. Harorat 45
0
, bosim 650 mm. s. u., vaqt 22 soat. 
Olingan  ekstraktning  suvli  qismiga  (5  l)  1  l  70%  li  spirt  qo‗shib,  40
0
  gacha 
qizdiriladi. Qizdirilgan massa ikkita 5 litrli tubusli idishga o‗tkaziladi va ularga 0,5 
l  dan  70%  li  etil  spirti  va  1  kg  petrolein  efiri  qo‗shiladi.  Aralashmalar  10  daqiqa 
davomida  chayqatilib,  fraksiyalarga  ajratish  uchun  qoldiriladi.  Tarkibida  splenin 
saqlovchi spirtli qismi idishga quyib olinib, bu jarayon yana 2-3 marta takrorlanadi. 
Spirtli  ajratmalar  birlashtirilib,  vakuum  bug‗latgich  apparatiga  o‗tkaziladi  va  spirt 
haydab  olinadi.  Suvli  qismi  15  g  toza  xoldagi  natriy  xlorid  bilan  aralashtirilib, 
eritma filtrlanadi. Filtrlangan spleninni suvli eritmasi (1,4 l) 3,1 l natriy xloridning 
izotonik  eritmasida  eritilib,  ustiga  konservant  sifatida  0,5  l  spirt  qo‗shiladi. 
Aralashma  filtrlanadi  va  simob  kvarsli  lampa  ostida  15  daqiqa  davomida 
sterillanadi.  So‗ng  splenin  eritmasi  Zeys  filtri  orqali  o‗tkazilib,  steril  ballonlarga 
o‗tkaziladi  va  ampulalarga  quyish  ampula  sexiga  o‗tkaziladi.  Tayyor  maxsulot 
tarkibidagi  spirt  miqdori  9,5-10,5%  tashkil  qilishi  kerak.  Splenin  1  ml  dan 
ampulalarga quyiladi. Toksikozni davolashda va nur kasalliklarida ishlatiladi.      
Pantokrin (Pantocrinum).  
Biogen stimulyatorlar. 
Biogen  stimulyatorlarning  ma‘lum  bir  kasallikni  davolash  maqsadida 
ishlatilishi  qadim  zamonlardan  ma‘lum.  Xalq  tabobatida  ari  zahari,  ma‘lum  bir 
baliq  turlari  va  dengiz  muShugidan  bigen  stimulyator  sifatida  bir  qator 
mamlakatlarda  foydalanilgan.  Terapiyada  birinchi  bo‗lib  ari  zahridan  bigen 
stimulyator sifatida Paratsels (XYI asr) foydalangan.  
50 yildan avvalroq akademik N.Sitsin asal bilan gul changlari aralashmasini 
(pergi)  doimiy  ravishda  iste‘mol  qilib  yurish  organizmning  himoya  kuchini 
oshirishini  va  bir  qator  kasalliklarga  qarshi  kuraShishini  kuchaytirishi  xaqida 
ta‘kidlab  o‗tgan.  Bu  borada  xalq  tabobatida  qadim  zamonlardan  beri  ishlatilib 
kelinayotgan  propolis  muhim  ahamiyatga  egadir.      shuningdek,  organizmning 
ummiy  tonusini  oshiruvchi,  modda  almashinuvini  va  qon  aylanishini  yaxshilovchi 
―Apilak‖ preparati ham.  
XX  asr  tibbiyotning  qo‗lga  kiritgan  eng  katta  yutuqlaridan  biri  bu  to‗qima 
terapiyasidir, qaysiki oftalmolog – akademik V.P.Filatov tomonidan birinchi marta 
amaliyotga tadbiq etgan. 
Biogen stimulyatorlarning kimyoviy xossalari. 

 
175 
Biogen  stimulyatorlarning  kimyoviy  xossalari  xozirgacha  to‗laligicha 
o‗rganilgan  emas.  Ularning  kimyoviy  xossalari  va  tabiati  turlichadir.  Biogen 
stimulyatorlarning  paydo  bo‗lishida  juda  murakkab  biokimyoviy  jarayonlar  sodir 
bo‗ladi.Natijada  xujayra  va  to‗qimalardagi  modda  almashinuv  jarayoniga  mos 
ravishda  xayvon  yoki  o‗simlik  xom  ashyolaridan  oligan  ekstraktlarning  fizik-
kimyoviy  xossalari  o‗zgarib  ketadi.  Bu  o‗zgarishlarning  natijasida  asosiy  ko‗zga 
ko‗rinuvchi  belgi  bu  suvda  eriydigan  moddalarning  avtoliz  jarayoni  xisobiga 
ko‗payishidir.  Shuningdek,  kislotali  muhitga  ega  bo‗lgan  moddalar  miqdorining 
ko‗payishi muhit pH o‗zgarishiga sabab bo‗ladi. Ayniqsa aminli azot, glyutamin va 
asparginat  kislotalarining  turli  xil  brikmalarini  to‗planishi  oksidlanish  darajsining 
ortishi va yodga bo‗lgan talabning ko‗payishiga olib keladi. 
Past  haroratda  to‗qimalarda  biogen  situmlyatorlarning  paydo  bo‗lishi  va 
to‗planishini  birinchi  bo‗lib,  A.V.BlagoveShenskiy  o‗rgandi.  Uning  izohlashicha, 
bunday  xolatda  to‗qimalardagi  oksidlanish  va  gidrolizlanish  jarayonlari  buziladi, 
natijada  aminokislota  va  ularning  dezaminlangan  maxsultlarining  to‗planishi 
yuzaga  keladi.  To‗qimalardagi  dezaminlanish  va  oksidlanish  jarayonlarining 
xisobiga  aspargin  kislotasidan  olma,  fumar  va  qahrabo  kislotalari  xosil  bo‗ladi. 
Fenilalanindan  korichnaya,  tirozindan  esa  paraoksikumarin  va  bOshqa  bir  qator 
kislotalar xosil bo‗ladi. Bu moddalar normash sharoitda xujayralaning yashashi va 
rivojlanishi  uchun  zarur  bo‗lgan  inert  oqsillar  bilan  birikadi  va  ularning  faolligini 
oshiradi.  Biogen  stimulyatorlar  tarkibiga  kiruvchi  dikarbon  kislotalari  o‗zlarining 
karboksil  guruhlari  bilan  erkin  xolatdagi  oqsil  molekulalarining  aminoguruhlari 
bilan birikib, yangi yuqori energiya manbaiga ega bo‗lgan birikmalarni xosil qiladi. 
Natijada  fermentlarning  energiyani  tashish  faolligi  ortadi.  Fermentlar  faolligini 
ortishini  A.V.BlagoveShenskiy  organizmning  yoSharishiga  olib  keladi  deb 
xisoblaydi.  Organik  kislotalar  (to‗qima  atsidozi  xisobiga)  olma  va  qahrabo 
kislotalarining  to‗planishi  natijasida  aspargin  kislotasining  dezaminlanishiga  olib 
keladi. Olma kislotasining xosil bo‗lishi,  
O‘simliklardan olinadigan biogen stimulyatorlar. 
Suyuq  aloy  ekstrakti (Extractum  Aloes  fluidum).  V.P.Filatov  usuli bo‗yicha 
biostimullangan  aloy  barglaridan  (Aloe  arborescens  Mill)  Zakavkazya  yoki 
Markaziy  Osiyo  issiqxonalarida  etishtirilgan  aloy  barglaridan  olinadi.  O‗simlik  2 
yoShdan katta bo‗lishi lozim. Pastki barglari yig‗ib olinib, 4-8
0
 haroratda, qorong‗u 
joyda,  10-12  kunga  qoldiriladi.  So‗ng  yuvilib,  quritiladi  va  qo‗shimchalardan 
tozalanib, maydalanadi. Olingan massa unga nisbatan 3 marta ko‗p miqdordagi suv 
bilan  aralashtirilib,  2  soatga  xona  haroratida  qoldiriladi.  So‗ng  massa  2  daqiqa 
davomida  qaynatilib,  filtrlanadi  va  sovutiladi.  Eritmaning  hajmi  o‗lchanib,  uning 
oksidlanish  darajasi  aniqlaniladi.  Eritmadan  olingan  proba  0,01  n  kaliy 
permanganat  eritmasi  bilan  sulfat  kislota  ishtirokida  titrlanadi.  Olingan  natijaga 
ko‗ra  eritma  suv  bilan  suyultiriladi.  Suyultirilish  miqdori  1  l  eritmaga  1500  mg 
kislorod to‗g‗ri kelguncha davo ettiriladi. So‗ng eritmaning har 1 litriga 7 qismdan 
natriy xlorid qo‗shilib, yana 2 daqiqa davomida qaynatiladi va filtrlanadi. Aloyning 
suvli  suyuq  ekstrakti  tiniq,  rangi  Yorqin  sariq  rangdan  qizil  sariq  ranggacha. 
Oshqozon  va  o‗nikki  barmoqli  ichak  yara  kasalliklarida,  bronxit  va  bOshqa 
kasalliklarda 1 choy qoShiqdan kuniga 3 maxal beriladi. Davo kursi 30-45 kun. Yil 

 
176 
davomida  yana  3-4  marta  takrorlanadi.  100  ml  dan  flakonlarda  chiqariladi,  odatiy 
xolatlarda saqlanadi.    
In‘eksiya  uchun  suyuq  aloy  ekstrakti  (Extractum  Aloes  fluidum  pro 
injectionibus). V.P.Filatov usuli bo‗yicha yangi yoki quritilgan aloy barglaridan suv 
yordamida  ekstraksiyalash orqali olinadi. Texnologiyasi  suyuq  aloy  ekstrakti  olish 
bilan bir xil. Faqat olingan ekstrakt (pH 5,0-6,8) 1 ml dan ampulalarga quyiladi va 
120
0
 haroratda 1 soat davomida sterillanadi. Kimyoviy tarkibi moy qatori dikarbon 
kislotalari va oksikislotalari, yuqori molekulyar massali chegarasiz aminokislotalar. 
Kon‘yunktivitlar,  iritlar,  Shaffof  jismning  loyqalanishida  ishlatiladi.  Teri  ostiga  1 
ml  dan  har  kuni  kiritiladi.  Kurs  davosi  30-50  in‘eksiya.  1  ml  dan  ampulalarda 
chiqariladi va Yorug‗likdan ximoya qilingan xolda saqlanadi.  
Qobiq  bilan  qoplangan  aloy  tabletkalari  (Tabulettae  Aloes  obductae).  Sariq 
rangli 0,05 g maydalangan va konservalangan aloy barglarini saqlaydigan tabletka. 
Miotik xorioretinit kasalliklarida kompleks terapiyada ishlatiladi.Bir tabletkadan 3-
4 maxal, 30 daqiqa ovqatdan oldin, 1 oy mobaynida ichiladi. 20 tadan 
Qadoqlanadi,  quruq  va  salqin  joyda  saqlanadi.Aloy  linimenti  (Linimentum 
Aloes).  Tarkibi  konservalangan  va  biostimullangan  aloy  Sharbati  78  qism, 
kanakunjut  moyi  10,1  qism,  emulgator  10,1  qism,  evkalipt  moyi  0,1  qism,  sorbin 
kislotasi 0,2 qism, natriy karboksimetilsellyuloza 1,5 qism. Bir jinsli quyuq massa, 
oq  yoki  tiniq  qaymoq  rangli  o‗ziga  xos  xidli.  Tashqi  maqsadlar  uchun  yaralar  va 
terining nur bilan davolashda zararlangan qismlarini davolashda ishlatiladi.Qo‗ng‗ir 
rangli Shisha idishlarda 30-50 g dan chiqariladi.+10
0
 haroratdan yuqori bo‗lmagan 
haroratda, Yorug‗likdan ximoya qilingan xolda saqlanadi.   
Aloy Sharbati (Succus Aloes). yangi yig‗ilgan aloy barglaridan tayyorlanadi. 
Tarkibi 80 ml aloy Sharbati, 95% li etil spirtidan 20 ml, xlorbutanolgidrat 0,5%. Sal 
loyqa,  tiniq  zarg‗aldoq  rangliachchiq  ta‘mli  suyuqlik.  Xavo  va  Yorug‗lik  ta‘sirida 
rangi  to‗qlashadi.  Tashqi  maqsadlar  uchun  primochka  sifatida,  yiringli  yaralar  va 
kuyganda,  terining  yallig‗lanish  jarayonlarida  ishlatiladi.  Gastrit,  enterokolit, 
qabziyatlarda 1 choy qoShiqdan 2-3 martadan, 20-30 daqiqa ovqatdan oldin tavsiya 
qilinadi.  Flakonlarda  100  ml  dan  chiqariladi.  Sovuq  va  Yorug‗likdan  ximoya 
qilingan joyda saqlanadi.       
Biosed  (Biosedum).  V.P.Filatov  usuli  bo‗yicha  katta  ochitka  (Sedum 
maximum  Sutes)  o‗simligidan  olingan  ekstrakt  bo‗lib,  belgilangan  miqdordagi 
o‗simlik xom ashyosipasta xosil qiluvchi ―Voltar-5‖ asbobida maydalanadi. Sharbat 
qismi VPRD-5 markali pressda siqib olinadi. Ajratib olingan Sharbat 1:10 nisbatda 
suv bilan 95-98
0
 haroratda, 15 daqiqa davomida ekstratsiyalanadi. Bu jarayon yana 
4 marta takrorlanadi. Olingan Sharbatlar birlashtirilib, tindirish uchun qoldiriladi va 
filtrlanadi.  Tayyor  maxsulot  tiniq,  Yorqin  sariq  rangli,  o‗ziga  xos  xidli  suyuqlik 
bo‗lib,  pH  5,0-6,5.  1  ml  dan  ampulalarga  quyiladi  va  110
0
  haroratda  30  daqiqa 
davomida  sterillanadi.  Agar  preparatni  Sharbati  olinishi  kerak  bo‗lsa  RSL-10 
quritgichida quritiladi. Kimyoviy tarkibi 17 ta atrofida flavonoid tabiatli moddalar, 
fenolkarbon kislotalari va kumarinlar bor. Oftolmologik, stomatologik, jarrohlik va 
terapevtik  amaliyotda  (Oshqozon  va  o‗nikki  barmoqli  ichak  yara  kasalliklari) 
yordamchi  vosita  sifatida  va  modda  almashinuvi  va  regeneratsiya  jarayonlarini 
tezlashtiruvchi  vosita  sifatida  ishlatiladi.  Teri  ostiga  va  muskul  orasiga  kattalarga 

 
177 
har  kuni  1-2  ml  dan  yuboriladi.  Stomatologik  amaliyotida  (parodontozda) 
applikatsiya  ko‗rinishida,  shuningdek,  elektroforezda  mulk  to‗qimasiga  in‘eksiya 
qilinadi.  Ampulalarda  1  ml  dan  10  donadan  qadoqlangan  xolda  chiqariladi.  Xona 
haroratida, Yorug‗likdan ximoya qilingan xolda saqlanadi.  
Hayvonlardan  olinadigan biogenstimulyatorlar. 
Shishasimon tana (Corpus vitreum). V.P. usuli bo‗yicha yirik Shoxli qoramol 
va  cho‗chqalarning  ko‗zidan  olinadi.  Ko‗z  soqqasi  ortiqcha  to‗qimalardan 
tozalanib,  vodoprovod  suvi  bilan  yuviladi,  2-3  marta  %%  li  karbol  kislotasi  bilan 
dezinfeksiyalanib,  5  daqiqaga  boksda  qoldiriladi.  U  erda  steril  fiziologik  eritma 
bilan  qayta  ishlanadi.  Keyin  ehtiyotkorlik  bilan  ko‗z  gavhari  ajratib  olinib,  eziladi 
va  vakuum  pistolet  yordamida  Shaffof  jism  ajratib  olnib  zudlik  bilan  muzlatiladi. 
125 qism Shishasimon tana tortib olinib, defrostatsiya (yog‗sizlantirish) jarayonini 
o‗taydi. Buning uchun u reaktorga solinib, avval qaynoq suv, keyin esa bug‗ bilan 
aralashtiriladi. So‗ng  vakuum ostida termo qayta ishlash reaktoriga o‗tkaziladi. Bu 
jarayonni  samarali  o‗tishi  uchun  reaktorga  520  qism  faollashtirilgan  ko‗mir 
solinadi.  Reaktor  1  soatdan  1,5  soatgacha,  115+5
0
  haroratda  ishlaydi.  Belgilangan 
vaqt  o‗tgandan  so‗ng  reaktorga  sovuq  suv  yuborilib,  massa  85+5
0
  haroratgacha 
sovutiladi. Aralashma ―Orion‖ qat-qat filtri orqali filtrlanadi. Bu filtr etti qavat EKS 
tipli  plastikadan,  sakkizta  KO-5  markali  plastinka  va  qo‗shimcha  membranali 
filtrdan  iborat.  Ish  boshlashdan  oldin  filtr  70  l  in‘eksion  suv bilan  yuviladi.  So‗ng 
quruq  xavo  yuborilib,  filtr  to‗liq  quritiladi.  Steril  filtratsiyadan  so‗ng  Shishasimon 
tananing  chiqishi  80,75%  ni  tashkil  qiladi.    Tayyor  maxsulot  steril,  rangsiz,  tiniq, 
sal tovlanuvchi suyuqlik bo‗lib, 2 ml dan ampulalarga quyiladi va 120
0
 haroratda 30 
daqiqa davomida bug‗li avtoklavda sterillanadi. So‗ng termostatda 37
0
 haroratda 8 
kun  mobaynida  saqlanadi.  Qadoq  to‗qimalarni  yumShatish  va  qayta  so‗rilishi 
uchun,  shuningdek  nevralgiyalarda  og‗riq  qoldiruvchi  vosita  sifatida  ishlatiladi. 
Xona haroratida saqlanadi.     
In‘eksiya  uchun  platsenta  aralashmasi  (Suspensio  Placentae  pro 
inectionibus). Aralashma ayollar platsentasidan olinadi. Tug‗ruqxonalarda sog‗lom 
ayollardan  olinadi.  Platsenta  yig‗ib  olingandan  so‗ng  birdaniga  steril  idishlarga 
solinib,  og‗zi  yopiladi  va  korxonaga  jo‗natiladi.  U  erda  muzlatiladi  va  2-4
0
 
haroratda  5-7  kun  mobaynida  platsenta  to‗qimalarida  biologik  faol  moddalarni 
jamlash  uchun  saqlanadi.  Konservalangan  xom  ashyo  boksga  o‗tkazilib,  har  xil 
qo‗shimchalardan  tozalanadi  va  tozalangan  suv  bilan  yuvilib,  maydalanadi. 
Massaga  nisbatan  2  baravar  ko‗p  miqdorda  natriy  xloridning  izotonik  eritmasidan 
qo‗shilib, Shishi idishlarga solinadi va og‗zi yopilib (paxta tomponi va pergament 
qog‗ozi  bilan),  119-121
0
  haroratda  bir  soat  mobaynida  sterillanadi    bir  kunga 
sovutgichda  qoldiriladi.  Idishdagi  massa  oldindan  ultrbinafSha  nurlari  bilan 
ishlangan  kolloid  tegirmondan  toki  0,3  mm  kattalikdagi  zarrachalar  xosil 
bo‗lguncha  maydalanadi  va  eritma  2-3  soat  sovutilib,  ampulalash  bo‗limiga 
o‗tkaziladi.  Tayyor  maxsulot  gomogen  tipdagi  aralashma  bo‗lib,  qizil-qo‗ng‗ir 
rangli,  o‗ziga  xos  xidli.  pH  5,8-6,9.  Turli  xildagi  ko‗z  kasalliklarida  biogen 
stimulyator sifatida ishlatiladi.    
In‘eksiya  uchun  platsenta  ekstrakti  (Extractum  Placentae  pro  inectionibus). 
Odam  plansentasini  sovuqda  konservalangan  suvli  ekstrakti  bo‗lib,  sterilYU 

 
178 
rangsiz, tiniq yoki tovlanuvchi cho‗kmasiz suyuqlik. pH 6,7-7,5. 120
0
 haroratda bir 
soat  mobaynida  sterillanadi.  Ko‗z  kasalliklarida,  malyariya,  artrit,  radikulit  va 
ayollar jinsiy sferalari yallig‗lanishida ishlatiladi. 1 ml dan 10 donadan qadoqlangan 
xolda chiqariladi. Yorug‗likdan ximoya qilingan xolda saqlanadi.  
Amniotsen 
(Amniocenum). 
Odam 
plansenta 
qobig‗ini 
amniotik 
denoturatsiyasi. Natriy xloridning izotonik eritmasida juda maydalangan suspenziya 
ko‗rinishida chiqariladi. 
In‘eksiya uchun amniotsen (Amniocenum pro inectionibus). O‗ziga xos xidli, 
oq yoki sarg‗ish-oq tusli suspenziya. YAllig‗lanishga qarshi so‗rib oluvchi ta‘sirga 
ega. Urologik amaliyotda surunkali prostatit va I va II darajali bez adenomalarida, 
shuningdek  ginekologik  amaliyotda  operativnoe  vmeShatelstvo  protivopokazano 
ishlatiladi. Teri orasiga YII va YIII qobirg‗a oralig‗iga ingichka va uzun igna bilan 
5  ml  dan,  5-7  kun  davomida  in‘eksiya  qilinadi.  5  ml  suspenziya  flakonlarda  10 
donadan  qadoqlanib  chiqariladi,  6-10
0
  haroratda  Yorug‗likdan  ximoya  qilingan 
xoldi saqlanadi.     
Polibiolin  (Polybiolinum).  Odamning  donor  qonining  platsentar  zardobidan 
olinadi.  Oq  rangli,  sal  sariq  tusli,  xidsiz  kukun.  Gigroskopik.  Suvda,  natriy 
xloridning  izotonik  eritmasida  va  0,25-0,5%  li  novokain  eritmasida    oson  eriydi. 
Muskul  orasiga  5  ml  dan  8-10  kun  mobaynida  yuboriladi.  Adneksit,  parametrit, 
jarrohlikdan keyingi spaykalarda poyasnichno-krestsovix radikulilarda, pleksitda va 
nevralgiyalarda  ishlatiladi.  0,5  g  dan  flakonlarda  chiqariladi.  Quruq  va 
Yorug‗likdan ximoya qilingan joylarda, 10-25
0
 haroratda saqlanadi.  
Xonsurid  (Chonsuridum).  Yirik  Shoxli  qoramollarning  gialinovix  xryashey 
traxeyasidan  olinadi.  Oq  yoki  sal  sarg‗ish  tusli  g‗ovak  massa,  suvda  va  natriy 
xloridning  izotonik  eritmasida  yaxshi  eriydi.  Xonsuridning  asosiy  ta‘sir  qiluvchi 
moddasi  yuqori  molukulyar  massali  polisaharidlar  guruhiga  kiruvchi  xondrosulfat 
kislotasi.  U  gialuron  kislotasi  bilan  biriktiruvchi  to‗qimaning  asosiy  moddasini 
tashkil  qiladi.  Reperativ  jarayonlarni  tezlashtirish  uchun  uzoq  vaqtda  bitadigan, 
suvli  fralarni  davolashda  ishlatiladi.  Og‗zi  yaxshi  berkitiladigan  flakonlarda  0,05-
0,1 g dan steril xonsurid kukuni ko‗rinishida chiqariladi.  
Rumalon  (Rumalonum).  YOSh  xayvonlarning  (xryashey)  ekstrakti  va 
kostnogo  mozga  ekstraktidan  tashkil  topgan.Bo‗g‗im  kasalliklarida  (artroz, 
spandilozlarda) ishlatiladi. 1 ml dan ampulalarda chiqariladi. 
Plazmol  (Plasmolum).  Odam  qonidan  olinadi.  Rangsiz,  sal  sariq  tusli  tiniq 
yoki  sal  tovlanuvchan,  o‗ziga  xos  xidli  suyuqlik.  Nevralgiya,  nevrit,  radikulit  va 
bOshqa  periferik  nerv  sistemasi  kasalliklarida  nospetsifik,  desensibilizatsiyalovchi 
va og‗riq qoldiruvchi vosita sifatida, shuningdek og‗riq bilan kechadigan Oshqozon 
va  o‗nikki  barmoqli  ichak  kasalliklari,  bronxial  astma,  artritlarda  ishlatiladi.  1  ml 
dan  10  donadan  qadoqlangan  xolda  chiqariladi.  Yorug‗likdan  ximoya  qilingan 
xolda +15
0
 dan yuqori bo‗lmagan haroratda saqlanadi.    
Splenin  (Spleninum)  –  oqsilsiz  gormonal  biologik  faol  modda  bo‗lib, 
V.P.Komissarenko usuli bo‗yicha yirik Shoxli qoramolning talog‗idan olinadi. Bitta 
seriyada  205  kg  qora  taloq  5-6
0
  haroratda  sovutgichda  120-144  soat  davomida 
saqlanadi  va  go‗Sht  maydalagichda  (204,2  kg)  maydalanadi.  Reaktorga  400  kg 
dixloretan solib,  maydalangan qiyma (200 kg) 30-40 kg dan porsiyalarga ajratilib, 

 
179 
birinchi  porsiya  4  soat,  qolganlari  bir  kunda  6  soatdan  ko‗p  bo‗lmagan  vaqt 
oralig‗ida  ekstratsiyalanadi.  Ajratma  1  kunga  qoldirilib,  vakuum  bug‗latgich 
appratida dixloretan haydab olinadi. Harorat 45
0
, bosim 650 mm. s. u., vaqt 22 soat. 
Olingan  ekstraktning  suvli  qismiga  (5  l)  1  l  70%  li  spirt  qo‗shib,  40
0
  gacha 
qizdiriladi. Qizdirilgan massa ikkita 5 litrli tubusli idishga o‗tkaziladi va ularga 0,5 
l  dan  70%  li  etil  spirti  va  1  kg  petrolein  efiri  qo‗shiladi.  Aralashmalar  10  daqiqa 
davomida  chayqatilib,  fraksiyalarga  ajratish  uchun  qoldiriladi.  Tarkibida  splenin 
saqlovchi spirtli qismi idishga quyib olinib, bu jarayon yana 2-3 marta takrorlanadi. 
Spirtli  ajratmalar  birlashtirilib,  vakuum  bug‗latgich  apparatiga  o‗tkaziladi  va  spirt 
haydab  olinadi.  Suvli  qismi  15  g  toza  xoldagi  natriy  xlorid  bilan  aralashtirilib, 
eritma filtrlanadi. Filtrlangan spleninni suvli eritmasi (1,4 l) 3,1 l natriy xloridning 
izotonik  eritmasida  eritilib,  ustiga  konservant  sifatida  0,5  l  spirt  qo‗shiladi. 
Aralashma  filtrlanadi  va  simob  kvarsli  lampa  ostida  15  daqiqa  davomida 
sterillanadi.  So‗ng  splenin  eritmasi  Zeys  filtri  orqali  o‗tkazilib,  steril  ballonlarga 
o‗tkaziladi  va  ampulalarga  quyish  ampula  sexiga  o‗tkaziladi.  Tayyor  maxsulot 
tarkibidagi  spirt  miqdori  9,5-10,5%  tashkil  qilishi  kerak.  Splenin  1  ml  dan 
ampulalarga  quyiladi.  Toksikozni  davolashda  va  nur  kasalliklarida,  shuningdek 
jigapHi zararsizlantirish xossasini kuchaytirishda  ishlatiladi.      
Solkoseril (Solcoseryl). Yirik Shoxli qoramolning qonidan olinadi. Umuman 
antigenlik  xossasi  yo‗q,  shuningdek  oqsillardan  to‗laligicha  tozalangan.  Trofik 
yaralarda  to‗qimalarning  regeneratsiyasini  tezlashtiradi,  modda  almashinuvini 
kuchaytiradi,  terini  ko‗chirib  o‗tishda,  kuyganda,  gangrenada,  nur  ta‘sirida  xosil 
bo‗lgan  yaralarda  ishlatiladi.  Uning  20%  li  surtmasi  20  g  dan  tyubiklarda 
chiqariladi, ko‗z kasalligida ishlatiladi. 2,5 ml dan ampulalarda chiqariladi.  
Aktovegin  (Actovegin)  Qo‗zichoqlarning  oqsillardan  tozalangan  qonidan 
olingan  ekstrakt  bo‗lib,  1  ml  eritmada  40  mg  quruq  modda  saqlaydi.  Trofik 
yaralarni  so‗rilishi,  kuyganda  va  terini  nurlar  bilan  zararlanishida,  markaziy  va 
periferik  qon  aylanishini  metabolik  jarayonlarni  tezlashtirishda,  ishlatiladi.Ko‗z 
kasalliklarida 20% li jelesi ishlatiladi. Ampulalarda 2, 5 va 10 ml dan 10 yoki 20% 
dan chiqariladi. Shuningdek, krem, gel va surtma xolida xam chiqariladi.   
Apilak  (Apilacum).  Arining  onalik  sutidan  olingan  liofilizatsiyalangan 
kukunsimon  modda  bo‗lib,  sarg‗ish  rangli  o‗ziga  xos  xidli.  Undan  bugungi  kunda 
tibbiyotda quyidagi preparatlar tayyorlanadi: 
-
 
apilak  kukuni  (Oulvis  Apilaci)  7  qism  liofilizatsiyalangan  apilak,  93 
qism sut qandi. 
-
 
sublimatsiyalangan  apilak  tabletkasi  (Tabulettae  Apilaci)  tarkibida 
0,01 g (10 mg) apilak saqlaydi. 
-
 
apilak  shamchasi  (Suppositoria  ―Apilacum‖)  0,005  yoki  0,01  g 
liofilizatsiyalangan apilak saqlaydi, 5 donadan bitta qadoqda chiqariladi. 
-
 
3%  li  apilak  surtmasi  (Unguentum  Apilaci)  50  g  dan  tubiklarda 
chiqariladi. 
-
 
0,6% li apilak kremi yuz terisini (seboree) ishlatiladi. 
Propolis  (Propolis)  ari  elimi.  YAshil  qo‗ng‗ir  yoki  qo‗zng‗ir  rangli,  kulrang 
tusli,  achchiq  buruShtiruvchi  ta‘mli,  o‗ziga  xos  xidli.  Suvda  deyarli  erimaydi, 
spirtda eriydi. Uning tarkibiga mum, efir moylari, ShilimShiq va bOshqa bir qator 

 
180 
flavonoidlar (flavonlar, flavononlar, flavonolllar, korichnoy kislotasining xosilalari, 
yopishqoq  moddalar)  kiradi.  Uning  surtma  ko‗rinishidagi  dori  vositalari  yaralarni 
va  kuygan  joylarni  davolashda,  eritmalari  og‗iz  bo‗shlig‗i  va  tomoqni  chayishda, 
teri  va  zamburug‗  kasalliklarida  yuvishda  ishlatiladi.  Tibbiyotda  propolisning 
quyidagi  dori  turlariga  ishlatish  uchun  ruxsat  berilgan:  ―Proposol‖,  ―Propotseum‖ 
surtmasi, propolis nastoykasi, ―Propolin‖ tabletkalari.  
Propoli nastoykasi (Tinctura Propolis) 10% li propolisni 80% li etil spirtidagi 
eritmasi.  Tiniq  qizil-qo‗ng‗ir  rangli  propolisga  xos  xidli  eritma.  Stomatologiya  va 
dermatologiyada  maxalliy  maqsadlar  uchun  yallig‗lanishga  qarshi  va  yaralarni  tez 
bitirishda ishlatiladi. 25 ml dan flakonlarda chiqariladi. Sovuq joyda Yorug‗likdan 
ximoya qilingan xolda saqlanadi.   
―Proposol‖  aerozol  preparati  (Proposolum).  6  qism  propolis,  14  qism 
glitserin,  80  qism  95%  li  etil  spirti  va  propellentdlan  tashkil  topgan. 
YAllig‗lanishga  qarshi,  dezinfeksiyalovchi  va  og‗riq  qoldiruvchi  vosita  sifatida 
stomatologiyada ishlatiladi. Aerozol ballonlarida 50 g dan chiqariladi.  
―Propotseum‖  surtmasi  (Unguentum  ―Proposeum‖)  10%  li  propolis 
ekstraktini  saqlaydi.  Surunkali  ekzema,  neyrodermit,  dermatoz,  trofik  va  uzoq 
vaqtda bitadigan yaralarda qo‗shimcha davo sifatida ishlatiladi.  
Svetochnaya  pilsa.  Tarkibida  barcha  aminokislotalar,  vitaminlar  va  25  dan 
ortiq  mineral  moddalarni  saqlaydi.  Gul  changini  sistematik  tarzda  qabul  qilish 
oragnizmninng  kasallikka  bo‗lgan  qarshiligini  oshiradi.  Shuningdek,  bir  qator 
Oshqozon ichka kasalliklarini vaa anemiyani davolashga yordam beradi.   Ma‘lum 
bir belgilangan o‗simliklarning gul changlaridan mikrobiologik fermentatsiya usuli 
bo‗yicha  olingan  ekstraktning  kalsiy  fosfat,  kalsiy  glyukonatva  bOshqa  moddalar 
bilan  xosil  qilgan  komples  birikmasi  ―SepHilton‖  (―CepHilton‖)  tabletkasining 
asosiy  ta‘sir  etuvchi  moddasi  xisoblanadi.  Bu  preparat  aminokislotalar, 
fermentlarva  bOshqa  moddalardan  tashkil  tpogan  bo‗lib,  yallig‗lanishga  qarshi  va 
organizmdagi  modda  almashinuvini  kuchaytiradi.  Preparatni  qabul  qilishni 
uzaytirish  natijasida  esa  yoShi  katta  kishilarda  umumiy  xolsizlik,  prostatit, 
prostovezikulit,  nospetsifik  uretritda  samarali  ta‘sir  ko‗rsatadi.  Tabletka  shaklida 
(yashil  rangli  o‗ziga  xos  xidli)  0,4  g  dan  100  donadan  chiqariladi.  Namlik  va 
Yorug‗likdan ximoya qilingan xolda saqlanadi. 
Past tabaqali o‘simliklardan olinadigan biogen stimulyatorlar. 
Peloidin  (Peloidinum).  Odessa  viloyatidagi  Kuyalnitskiy  dorivor  liman 
balchig‗ining ekstrakti. 280 kg dorivor balchig‗ keramik bakka solinib, unga 720 l 
tozalangan  suv  solinadi.  1000  l  aralashmaga  6,68  kg  natriy  xlorid  qo‗shilib, 
izotonik  xolga  keltiriladi.  Aralashma  doimiy  aralashtirib  turilgan  xolda,  xona 
haroratida, 3 kundan 6 kungacha qoldiriladi, toki balchig‗ ustidagi suyuq qismining 
zichligi  1,008-1,010,  xloridlarning  miqdori  11,5-14,5  g/l,  quruq  qoldiq  16g/l,  pH 
ko‗rsatkichi  8,2-9,5  bo‗lguncha.  Keyin  suyuqlik  sifoniruyut  va  mexanik 
aralashmalar  va  mikroorganizmlardan  tozalash  uchun  ikki  marta  qa‘rili  filtr  orqali 
filtrlanadi (g‗ovaklarining diametri 0,3 mkm dan katta bo‗lmagan membranali filtr). 
Filtrat 1,5 soat davomida 60-70
0
 haroratda qizdiriladi. Sovutilgandan so‗ng aseptik 
sharoitda  flakonlarga  0,5  l  dan  quyiladi.  Sovuq  joyda  Yorug‗lik  tushmaydigan 
joyda  saqlanadi.  Tashqi  maqsadlar  uchun,  yiringli  yaralarni  yuvish,  boylamlarni 

 
181 
namlash va ayollar jinsiy organlari surunkali yallig‗lanishlarni elektroforez usulida 
davolashda ishlatiladi.    
Gumizol  (Humisolum).  Natriy  xloridning  izotonik  eritmasida  erigan 
xaapsalusk  dorivor  dengiz  balchig‗ining  gumin  kislotalari  fraksiyasini  saqlagan 
0,01% li eritmasi. Preparat tarkibida oligodinamik harakterga ega bo‗lgan biologik 
faol  moddalar  va  40%  gacha  gumin  kislotasi  mavjud.  Gumizol  tiniq  yoki  sal 
tovlanuvchi,  biroz  qovushqoq  va  sariq  rangda  tovlanuvchi,  xidsiz,  Sho‗r  ta‘mli  va 
neytral  reaksiyali  suyuqlik.  O‗tkir  va  surunkali  radikulit,  pleksit,  nevralgiya, 
revmatoid  artrit,  artroz,  o‗rta  quloqning  surunkali  kasalliklarida  burun 
kasalliklarida,  faringit,  rinit  muskul  orasiga  yoki  elektroforez  orqali  organizmga 
kiritiladi.   
In‘eksiya  uchun  FiBS  (FiBS  pro  injectionibus).  Kuyalnitskiy  liman 
balchig‗ini  suv  bug‗i  yordamida  xaydab  olinadi.  Olingan  ajratma  ko‗p  miqdorda 
oltingugut  va  vodorod  sulfid  saqlaydi.  Olingan  ajratmaga  natriy  xlorid  (1  l 
ajratmaga  7,5  g  xisobida)  qo‗shilib,  matoli  filtr  orqali  filtrlanadi.  So‗ng  likopchali 
separator (ish unumdorligi soatiga 55 l) orqali eritma qismi ajratib olinadi.  Olingan 
eritma  rangsiz,  tiniq.  Vodorod  sulfid  qizdirish,  natriy  xlorid  esa  xaydash  orqali 
yo‗qotiladi. Xosil bo‗lgan eritmaga (peloid) korichnuyu kislotasi (1 l eritmaga 0,3-
0,4 g miqdorida) va kumarin (1 l eritmaga 0,1 g) qo‗shiladi va filtrlanadi. 
FiBS  rangsiz,  tiniq  suyuqlik  bo‗lib,  kumarin  xidi  keladi.  pH  4,6-5,4.  120
0
 
haroratda  1  soat  davomida  sterillanadi.  Keratit,  blefarit,  Shishasimon  tananing 
loyqalanishida,  artrit,  radikulit  va  bOshqa  kasalliklarda  ishlatiladi.1  ml  dan 
ampulalarda chiqariladi.   
Torfot  (Torfotum).  Torfni  xaydab  olinadi.  Tiniq,  rangsiz,  steril  suyuqlik 
bo‗lib,  suyuqlikdan  torfni  xidi  keladi.  pH  ko‗rsatkichi  6,0-8,8.  1  ml  dan 
ampulalarda chiqariladi. FiBS ga o‗xShab ta‘sir qiladi.  
Vulnuzan  (Vulnusan).  Dori  shakli  surtma.  Tarkibida  Bolgariya  ko‗llaridan 
olingan  matochnik  ekstrakti  –  12  g,  kastorovoe  maslo  –  35  g,  lanolin  15  g, 
tozalangan suv 100 ml gacha. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling