Mutaxassislik fani
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suv ta‟minoti. Kanalizatsiya. Oqava suvlar
- REKLAMA VA MAHSULOT TAVSIYANOMASI Tamoillar
- Mahsulotni qaytarib olish
- 7-ma‟ruza. Sanoat miqyosida farmatsevtik ishlab chiqarishda xodimlar taqsimoti. Xodimlarga qo„ygan talablari. Shartnoma bilan ishlash va o„z-o„zini tekshirish.
- Xodimlar. Umumiy qoidalar
57 Yoritish Ishlab chiqarish binolarining elektr ta‘minoti va elektr bilan Yoritish tarmog‗i qurilish me‘yorlari qoidalari va amaldagi bOshqa me‘yoriy hujjatlar asosida loyihalashtiriladi. Barcha ishlab chiqarish maishiy-sanitariya xonalari va saqlash xonalari, ayniqsa ko‗z bilan nazorat qilinadigan xonalari yaxshi mehnat sharoitlari yaratish uchun etarli quvvatga ega bo‗lgan Yoritish tarmog‗iga ega bo‗lishi kerak. «Toza» xonalardagi Yoritish asboblari quyidagi talablarga javob berishi lozim: - tuzilishi chang to‗plamaydigan va yig‗ishtirish uchun- qulay bo‗lishi; - sinib qolganda bo‗laklari atrofga sochilmasligi uchun usti yopiq. bo‗lishi kerak. Suv ta‟minoti. Kanalizatsiya. Oqava suvlar Ishlab chiqarish binolaridagi ichki suv ta‘minoti, kanalizatsiya va ichki oqava suvlarni oqizish tizimi loyihasi qurilish me‘yorlari va qoidalari, amaldagi bOshqa me‘yoriy hujjatlar va Ushbu hujjat asosida bajarilishi lozim. Suv bilan ta‘minlash tizimidagi quvurlarga zarur hollarda filtrlar qo‗yiladi. Turli tizimlar kesishgan joyda suyuqliklarning opqaga oqishini bartaraf etuvchi moslamalardan foydalaniladi. Suv ta‘minoti quvurlari va gaz berish sistemalari: - bug‗ bilan sterilizatsiya qilinishini inobatga olib, zanglamaydigan po‗latdan yoki bOshqa zanglanishga (korroziyaga) chidamli materiallardan tayyorlangan bo‗lishi kerak; - ichidagi narsa va oqim yunalishi ko‗rsatilgan holda aniq tamg‗alangan bo‗lishi kerak; - ayniqsa ayrim gaz va suyuqliklar uchun mustahkam ulangan uskuna (perexodnik, adapter) bo‗lishi kerak; - suyuqliklar to‗la oqib ketishi uchun nishobi bo‗lishi kerak: - suv to‗planishi mumkin bo‗lgan joylari bo‗lmasligi kerak (U- simon joylari, boshi berk joylari, yomon ishlaydigan ventillar). Birlamchi o‗ram materiallari va jihozlarni yuvishda vodoprovod suvidan yoki tuzlardan tozalangan.suvdan foydalaniladi Nosteril dori vositalari tayerlashda birlamchi o‗ram materiallarini, nosteril dori vositalariga tegib turadigan jihozlar hamda sirtlarni oxirgi marta chayishda tozalangan yoki tuzsizlantirilgan suvdan foidalaniladi. Steril dori vositalari tayerlashda birlamchi o‗ram materiallarini, steril dori vositalariga tegib turadigan jihozlar hamda sirtlarini oxirgi marta chayishda in‘eksiya suvlaridan foydalanish zarur. Tozlangan suv va in‘eksiya uchun suv olishda foydalaniladigan jihozlar shunday montaj qilinishi va ishlatilishi kerakki. etarli miqdorda talab qilingan sifatdagi suv etkazib bera olsin. Suvni olish. saqlash va taqsimlash sharoitlari mikroorganizmlar o‗sishiga to‗sqinlik qilishi kerak (80 darajadan past bo‗lmagan harorat ostida doimiy sirkulyasiya qilish yordamida). Suvning sifati va jihozlarni tayyorlash ishlari Yo‗riqnomalarga asosan doimo nazorat qilib turilishi lozim 58 Oqava suyuqliklar chiqib ketadigan tizimlar suyuqliklarni orqaga chiqib ketishini oldini oladigan moslamalar bilan ta‘minlangan bo‗lishi zarur. Ular o‗tadigan joylarga tegishli ventilyasiya qurilmalari o‗pHatilgan bo‗lishi kerak. Oqava suyuqliklar chiqadigan tizimlar iloji boricha «toza» xonalardan tashqariga olib chiqilishi kerak. Bunday tizimlarni tashqariga olib chiqish mumkin bo‗lmagan hollarda, ular dam berib tozalanadigan, chiqindilarni sochilib ketishini oldini oladigan, samarali ishlaydigan moslamalar va dezinfeksiyalovchi qurilmaga ega bo‗lishi darkor. Sanitariya Ishlab chiqarish xonalari sanitariya tartibi qoidalariga mos ravishda toza va tegishli tartibda saqash kerak. Gullar o‗stirishga, ahlat to‗planishiga, hasharotlar paydo bo‗lishiga yo‗l qo‗yilmaydi. Har bir korxona quyidagilarni belgilab beruvchi sanitariya tadbirlari o‗tkazish dasturiga ega bo‗lishi darkor: - yig‗ishtirilishi va ishlov berish lozim bo‗lgan xonalar va jihozlar ro‗yxati, uslubi va ularning davriyligi; - xonalarni yig‗ishtirish va jihozlarga ishlov berishda ishlatiladigan inventar, material, yuvuvchi va dezinfeksiyalovchi vositalar ro‗yxati; - xonalarni yig‗ishtirish, jihozlarga ishlov berishlarni bajarish yuklatilgan xodimlar va rahbar ro‗yxati. Bu yo‗riqnomalardan tegishli xodimlar doimo habardor qilib turiladi hamda xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirish dasturiga kiritiladi. Xonalarni yig‗ishtirish va jihozlarga ishlov berishda qo‗llaniladigan yuvuvchi va dezinfeksiyalovchi vositalar. inventar va materiallarni saqlash uchun xona ajratish zarur. Barqaror shakldagi mikroorganizmlar paydo bo‗lishini oldini olish uchun dezinfeksiyalovchi vositalarni almashtirib turish zarur. Dezinfeksiyalovchi eritmalar steril bo‗lishi lozim. Mikroorganizmlar o‗sishini oldini olish maqsadida tayyorlangan eritmalar oldindan yuvilgan idishlarda qisqa vaqt sarqlanishi kerak. Qisman to‗ldirilgan idishlarga yangi tayyorlangan eritmalardan quyish ta‘qiqlanadi Ishlab chiqarish xonalaridagi havoda mexanik zarrachalar va mikroorganizmlarning miqdori hamda tegishli yo‗riqnomalar bo‗yicha johozlarning mikroblar kontaminatsiya darajasi muntazam nazorat qilib turilishi zarur. Dori vositalari ishlab chiqarishda band bo‗lgan xodimlar Ushbu hujjatning 5- bo‗limiga muvofiq, Shaxsiy va ishlab chiqarish gigienasi qoidalariga amal qilishlari lozim. REKLAMA VA MAHSULOT TAVSIYANOMASI Tamoillar Barcha reklamalar va bOshqa yaroqsiz bo‗lishi mumkin bo‗lgan mahsulot sifatiga mos emasligiga tegishli ma‘lumotlarni standart ishchi uslubiga asosan diqqat bilan tekshirish kerak. Ishlab chiqaruvchi korxona sotilgan mahsulotda sifat kamchiligi bo‗lishi mumkinligini aniqlaganda tez va samarali ravishda qaytarib olish imkoniyatiga ega bo‗lgan tizim tashkil qilingan bo‗lishi kerak Izox. Direktiv 75/319/EES (28 modda) mahsulotni qaytarib olish zarurligini quyidagi xollarda nazarda tutadi: 59 - qo‗llash yo‗riq.nomasida e‘tiborga olingan dorini qabul qilgan bemor cog‗lig‗iga ziyon keltirganda; - davolash samarasi etarli bo‗lmaganda; - dori vositalarining tarkibi sifat va miqdor jizhatdan mos kelmaganda; - tayyor mahsulot va (yoki) dastlabki xom ashyo va oraliq mahsulotni me‘yoriy texnik hujjat talablariga asosan nazorat yo‗qligida Reklamalar Korxona Shtatida, reklamalarni ko‗rib chiqish va tadbir-choralar qabul qilish uchun javobgar Shaxs bo‗lishi kerak. Bu Shaxs qo‗l ostida etarli darajada xodimlar bo‗lishi kerak. Agar korxonada, reklamalarni ko‗rib chiqish va tayyor mahsulotni sotishga ruhsat berish javobgarligi har xil xodimga yuklangan bo‗lsa, unda reklamalar, yaroqsizga chiqarish sabablarini o‗rganish va qaytarib olish haqidagi barcha ma‘lumotlar majburiy ravishda dori vositalarini sotishga ruhsat berish vakolati berilgan Shaxsga etkazilishi kerak, Korxonada yaroqsizga chiqarilgan yoki yaroqsiz bo‗lish ehtimoli bo‗lgan mahsulotni qo‗shib reklama qilganda ko‗riladigan tadbir choralar yozilgan standart ishchi uslubi bo‗lishi kerak. Mahsulotni sifat defekti bilan bog‗liq bo‗lgan har qanday reklama, barcha ma‘lumotlar mukammal bayonn bilan bayonnomaga yozilishi va belgilangan me‘yordan og‗ish sabablarini aniqlash bilan chuqur o‗rganish kerak. Korxonada sifat nazoratiga javob beruvchi rahbar Shaxs, qoida bo‗yicha, ish bajarilishida ishtirok etishi kerak. Agarda dori vositasinpng biror seriyasida me‘yoriy-texnik hujjat talabiga mos emasligi aniqlansa, unda uning bOshqa seriyalarini tekshirish lozim: yaroqsizga chiqarilgan seriya kabi dastlabki xom ashyo, yarim tayyor maxsulot va materiallardan iborat tayyor mahsulot seriyasi nazorati, hamda yaroqsiz deb topilgan sabablarini aniqlash natijasida mos kelmaslik ehtimoli bo‗lgan bOshqa dori vositalarini nazoratiga asosiy e‘tibopHi qaratish kerak. Reklamani baholash va tekshirgandan keyin kerak bo‗lganda, mos kelmaslikni yo‗qotish uchun, mahsulotni qaytarib olishgacha, har xil tuzatish ishlari bajarilishi kerak. Barcha tekshirish natijalari, qabul qilingan qarorlar va qilingan tuzatish ishlari bayonnoma bilan rasmiylashtirilishi va tayyor mahsulot seriyasiga tegishli bayonnomalarga havola qilinishi kerak. Asosiy chora ko‗rishni talab qiladigan o‗ziga xos yoki takroriy defekt aniqlash maqsadida reklamatsiya bayonnomalari muntazam ravishda ko‗rib chiqiladi. Dori vositalarini ishlab chnqarishda sifatsiz mahsulot chiqarishga olib keladigan muhim kamchiliklar aniqlanganda, ishlab chiqaruvchi tashkilot rahbariyati tegishli davlat idorasini sifatsiz mahsulot chiqarishni oldini olish va sifatni yaxshilash chora-tadbirlar ko‗rilayotgani haqida ogohlantirishi kerak. Mahsulotni qaytarib olish Korxona Shtatida mahsulot qaytarib olishni muvofiqlashtirish va amalga oshirish uchun javobgar Shaxs bo‗lishi kerak. Uni qo‗l ostida qaytarib olish bilan bog‗liq. barcha masalalarni tezda hal qilish uchun etarli xodimlar bo‗lishi lozim Bu 60 Shaxs va u rahbarligidagi struktura qismi sotish va marketing bo‗limlariga bog‗liq bo‗lmasligi kerak. Agar korxonada, mahsulotni qaytarib olish va tayyor mahsulotni sotishga ruhsat berish javobgarligi har xil xodimda bhlsa, har bir qaytarib olinadigan mahsulot to‗g‗risidagi barcha ma‘lumot majburiy ravishda dori vositalarini sotishga ruhsat berish vakolati berilgan Shaxsga etkaziladi. Korxonada tartibni belgilaydigan standart ishchi uslubi bo‗lishi zarur. Bu hujjatlar muntazam ravishda tekshirilib, kerak bo‗lganda, takomillashtirilishi lozim. Mahsulot qaytarib olish tartibida darhol, birinchi navbatda, hoxlagan vaqtda, Shifoxona va dorixonalardan qaytarib olish chora-tadbirini nazarda tutish kerak. Dori vositalarini sotish bayonnomasi mahsulotni qaytarib olishga javobgar Shaxs (lar) uchun tushunishi oson bo‗lishi lozim. Bayonnomalarda, qaytarib olishni samarali ta‘minlash uchun buyurtmachilarga to‗g‗ridan-to‗g‗ri va ulgurji etkazib berish to‗g‗risida atroflicha ma‘lumotlar (eksport qilinadigan mahsulot, hamda klinik sinov va tibbiy tekshirish uchun namuna olgan davolash tashkilotlarini qo‗shib) bo‗lishi talab qilinadi. Hamma buyurtmachilarga tegishli bayonnomalarda (ulgurji va bevosita iste‘molchilar), eng kamida, quyidagi ma‘lumotlar ko‗rsatilishi zarur: manzilgox, telefon raqamlari (ish davomida va ishdan tashqari), hamda seriya raqamlari va Ushbu iste‘molchiga sotilgan mahsulot miqdori. Qaytarilgan mahsulotni, uni mavjud holatini ko‗rsatgan xolda markalash va bOshqa dori vositalaridan alohida tegishli sharoitda, uni taqdiri haqida qaror qabul qilingunga qadar saqlash lozim. CHaqirib olingan va qaytarilgan mahsulotni saqlash tartibi mahsus ishlab chiqarish yo‗riqnomasida aks ettirilishi lozim. Qaytarib olish jarayonini olib borilishi yozilgandan keyin sotilgan va qaytarilgan mahsulot miqdori orasidagi balansni o‗z ichiga olgan oxirgi hisobot tuzilishi kerak. Mahsulotni qaytarib olish bo‗yicha ishlar samarasini davriy ravishda tanqidiy baholab turish kerak. 61 7-ma‟ruza. Sanoat miqyosida farmatsevtik ishlab chiqarishda xodimlar taqsimoti. Xodimlarga qo„ygan talablari. Shartnoma bilan ishlash va o„z-o„zini tekshirish. Reja Mavzuning dolzarbligi 1. Xodimlar va ularga qo‗yilgan talablar. 2. Xodimlarni o‗qitish. 3. Kiyim bosh. 4. ―Toza‖ xonalar xodimlarining vazifalari. 5. Shartnoma bilan ishlash. 6. O‗z o‗zini tekshirish. Xulosalar. Xodimlar. Umumiy qoidalar Korxonada tegishli ma‘lumotga ega bo‗lgan, ishlab chiqarish operatsiyalarini yoki yo‗riqnoma asosida nazorat qilish bo‗yicha operatsiyalarni bajarish qobiliyatiga ega bo‗lgan sonda xodimlar bo‗lishi kerak. Barcha xodimlar yuqori sifatli tayyor mahsulot chiqarishdan manfaatdor bo‗lishlari darkor. Korxonadagi lavozim qo‗llanmalarida hamma ishchilar, shu bilan birga rahbar xodimning ishlab chiqarishdagi vazifalari (vazifa va huquqlari) va javobgarlik doirasi aks ettirilishi zarur. Har bir xodim, Ushbu qoidalarga bevosita uning ishlab chiqarish faoliyatiga tegishli, asosiy qoidalar bilan tanishtirilgan bo‗lishi kerak. Har bir ishchi boshida va keyingi ishlar davomida gigiena bo‗yicha ma‘lumotlarni o‗z ichiga olgan qoida asoslarini o‗rganish kursini o‗Tashi zarur. Korxona sxema va unga tegishli Shtat jadvali holatida berilgan tasdiqlangan tashkiliy strukturaga ega bo‗lishi darkor. Rahbar xodim Korxona rahbari dori vositalari ishlab chiqarish bilan bog‗liq bo‗lgan ma‘lumotga va ish tajribasiga ega bo‗lishi lozim. Ishlab chiqarish masalalariga, sifat nazorati, mahsulotni sotishga javobgar bo‗lgan bir-biriga bog‗liq bo‗lmagan mutaxassislar u bilan yaqin aloqada ishlashlari kerak. Qoida bo‗yicha rahbarlik vazifasini egallagan Shaxslar, to‗la ish kunini o‗tashlari kerak. Har xil darajadagi rahbarlar o‗z vazifalarini bajarish uchun zarur vakolatlarga egadirlar. Ish faoliyatida noaniklik yoki bir-birining ishini kaytarmaslik uchun rahbarlar vazifalari tegishli lavozim yo‗riqnomalarida belgilab qo‗yiladi. Yirik korxonalarda rahbar xodimning ayrim vazifalari bOshqa mutaxassisga faqat ishlab chiqarish yoki tayyor mahsulotni sifat nazorati uchun javobgarlik birinchi zimmasida saqlangan holda topShirilishiga ruhsat etiladi. Ishlab chiqarish rahbarining vazifasiga quyidagilar kiradi: - Yaxshi sifatli tayyor mahsulot olish uchun ishlab chiqarishni texnologik hujjatlar va «Qoidalar...» talablariga muvofiq tashkil qilish; 62 - ishlab chiqarish jarayonini boskichma-boskich nazoratini o‗tkazish bo‗yicha qo‗llanmasini o‗z ichiga olgan ishlab chiqarish qo‗llanmasini tasdiqlash va unga kat‘iyan rioya qilishni ta‘minlash; - Joriy ishlab chiqarish hujjatlarini (ishlab chiqarish seriyalari haqida hisobotlar, marShrut haritasi, to‗ldirSh jupHallari va bOshqalar) to‗g‗ri yuritilishini ta‘minlash; - ishlab chiqarish xonalari holatini, jihozlar va ularni texnik hizmati nazoratini amalga oshirish; - texnologik jihozlar, ishlab chiqarish jarayoni va nazorat o‗lchov- asboblarini kalibrlashni, validatsiyasini o‗tkazish, hujjatlarning asl nuShasini va hisobotlarni tushunarli shaklda maxsus joyda saqlashni ta‘minlash; - xodimlarni tasdiqlangan dastur asosida korxonada ish boshlashda va ishlash davomida ham o‗qitilishini nazorat qilish; - xodimlar tomonidan texnika havfsizligi qoidalariga amal qilishni ta‘minlash. Texnik nazorat bo‗limi boshlig‗ining vazifasiga quyidagilar kiradi: - ishlab chiqarishda dastlabki xom ashyoni, yordamchi o‗rov va markalash materiallarni, yarim tayyor mahsulotni ishlab chiqarishda ishlatishga, shuningdek tayyor mahsulotni taqqatishga ruhsat berish yoki man etish; - Namuna olish, xom ashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor mahsulot tahlilini o‗tkazish bo‗yicha uslub yoki yuriqnomalar, ishlab chiqarish jarayonini baholash va nazorati bo‗yicha yo‗riqnomalar va bevosita tayyor mahsulot sifat nazorati bilan bog‗liq bOshqa hujjatlarni tuzish va tasdiqlashni ta‘minlash; - barcha nazorat tekshiruvlari (tahlillarni) olib borishni ta‘minlash; - bo‗lim xonalari, jihozlar, nazorat-o‗lchov asboblarini holati va. ularni texnik hizmati nazoratini amalga oshirish; - zarur validatsiya jarayoni, jumladan analitik uslublar validatsiyasini va nazorat-o‗lchov asboblarining kalibrlanishi o‗tkazilishini ta‘minlash; - korxona xodimlari, jumladan texnik nazorat bo‗limini xodimlarini o‗qitish dasturini tasdiqlash va ish davomida o‗qitish nazoratini olib borish. Bundan tashqari, SNB rahbari dori vositalarini eksport qilishda vakolatlangan Shaxs vazifasini bajarishi mumkin. Ishlab chiqarish rahbari va texnik nazorat bo‗lim boshlig‗i quyidagilarga javobgardirlar: - Ushbu qoidalar talablariga amal qilish; - texnologik reglament va bOshqa ishlab chiqarish reglamentlari, ularga qo‗shimcha va o‗zgartishlarni tuzish va tasdiqlash va bOshqa odatdagi ishlab chiqarish hujjatlarini tuzish va tasdiqlashga; - ishlab chiqarishda tegishli sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilishni nazorat qilish; - o‗z-o‗zini nazorat qilish. Xodimlarni o„qitish. Har bir korxonada Ushbu korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan dasturga asosan bevosita ishlab chiqarishda yoki nazorat laboratoriyalarida ishlayotgan 63 barcha xodimlar, jumladan texnik masalalar, jihozlarga hizmat ko‗rsatish va xonalarni tozalash bilan shug‗ullanuvchi Shaxslar o‗qitiladi va attestatsiyadan o‗tkaziladi . Shuningdek, faolnyati tayyor mahsulot sifatiga ta‘sir ko‗rsatuvchi xodimlar ham, masalan tayyor mahsulot va dastlabki xom ashyo saqlanadigan xonalarda (omborlarda) ishlovchn xodimlar ham o‗qitiladi. Yangi ishga kelganlar Ushbu qoidalarni o‗rgangan xolda, mutaxassisliklari bo‗yicha tayyorgarlikdan o‗tishlari kerak. Xodim vaqt-vaqti bilan qaytadan tayyorgarlikdan o‗tadi. Har bir xodimning o‗qitilganligi haqidagi ma‘lumotlar saqlovchi hujjatlar uning korxonada ishlashi davomida saqlanadi. Xodimlarni o‗qitish dasturiga aniqlik yoki o‗zgartirish kiritish uchun vaqti- vaqti bilan uning samaradorlngiga baho berib turilishi kerak. Yuqori faol, zaharli, uchuvchan, sensibilizatsiyalanuvchi moddalar, shuningdek in‘eksion preparatlari bo‗lgan salomatligi uchun xavfli xonalarda ishlovchi xodimlar maxsus dastur asosida qo‗shimcha tayyorgarlikdan o‗tadi. Maxsus tayyorgarlikdai o‗tmagan xodimlarni ishlab chiqarish xonalariga kiritish man etiladi. Agar bunga zarurat tug‗ilsa, ular oldindan ishlab chiqarishda o‗zlarini qanday to‗tish qoidalari bilan tanishtirilib chiqishlapH kerak. «Toza» xonalarda ishlaydigan xodimlar, shu jumladan jihozlarga hizmat ko‗rsatuvchi va ta‘mirlovchi, xonalapHn ishga tayyorlovchi xodimlar tayyorgarligiga alohida ahamiyat berish kerak. Xodimlar steril dori vositalari ishlab chiqarish uchun zarur bilim va tajribaga, shu jumladan gigiena va mikrobiologiya bo‗yicha bilimlarga eti bo‗lishlari lozim Xodimlarning Shaxsiy gigienasi. Har bir farmatsevtik korxonada xodimni Shaxsiy gigienaga amal qilish mehnat gigienasn, texnologik kiyimlarni kiyish va foydalanish qoidalarini o‗z ichiga olgan gigiena bo‗yicha to‗la dastur mavjud. Bu qoidalar har bir xodim uchun tushunarli va qat‘iy rioya qilishi kerak. O‗'zbekiston Respublikasi sog‗liqni saqlash vazirligining 2002 yil 06.06 oni 300 raqamli Buyrug‗iga asosan xodim ishga kirayotgan vaqtda dastlabki va keyinchalik davriy ravishda tibbiy ko‗rikdan o‗tib turadi. Dori vositalari tayyorlash, nazorat qilish va saqlash bilan bog‗liq, ishlarga patogen mikroflora tashuvchi, allergik va teri kasalliklariga chalingan kishilar qo‗yilmaydi. Vaqtnnchalik sog‗ligi yaxshilangunga qadar infeksion kacalliklap bilan og‗pigan bemorlar yoki terilari turli darajada Shikastlangan xodimlar ishga qo‗yilmaydi. Dori vositalari ishlab chiqarish, qayta ishlash, o‗rash va caqlash jarayonida band bo‗lgan xodimlar salomatliklarini tartibga solish reglamentiga hamda gigiena talablariga kat‘iy rioya qilishlari lozim. Xodimlar dori vositalariga salbiy ta‘sir etish mumkin bo‗lgan har qanday kasallikka chalinsalar (teri kasalliklari, nafas olish yo‗llari kasalliklari) bu haqda u rahbarlarini xabardor etishlari kerak. Xodim ximoyalanmagan qo‗l bnlan dastlabki xom ashyo, yordamchi va dastlabki o‗rash materiallari, yarim tayyor mahsulotga va bundan tashqari, 64 amaldagn texnologik hujjatlarda nazarda tutilmagan jihozlarning ayrim kismlariga tegishi mumkin emas. Ishlab chiqarish xonalarida va tayyor mahsulotlar omborxonasida ovqatlanish, chekish, shuningdek oziq-ovqat, chekish materiallari va Shaxsiy dorilarni saqlash man etiladi. Ishlab chiqarish xonalariga kiradigan barcha kishilar yoki doimiy ishlashlaridan qat‘iy nazar shuningdek keluvchilar va tekshiruvchilar ishlab chiqarish xonalariga kiritilish qoidalariga jumladan himoya kiyim boshini kiyishga qat‘iy rioya qilishlari kerak. Kiyim bosh Ishlab chiqarish xonasiga kiradigan har bnr odam bajarayotgan ishlab chiqarish operatsiyalariga mos maxsus kiyim-bosh kiyishi kerak. Tozalikning turli darajasiga mansub xonalarda ishlaganda shu maqsadlarga mos keladigan texnologik kiyim-boshdan foydalanish kerak. Tozalikning D-darajasiga mansub xonalarda kombinzon, kurtka va Shim yoki xalat, paxta yoki zig‗irpoya tolali matodan qalpoqcha yoki ro‗moldan; poyafzal ustidan kiyiladigan tegishli oyok kiyimi yoki baxillalardan foydalanish tavsiya etiladi. Tozalikning S-darajasiga mansub xonalarda (englari tugmalanadigan, tikka yokali), qalpoqcha yoki durrachadan, zarur xollarda esa maskadan foydalanish tavsiya etiladi. Tozalikning A va V - darajasiga mansub xonalarda A zonada tikka yokali, belbog‗li, manjetlari qo‗l panjalariga yopishib turadigan, to‗pig‗i mahkam yopishib turadigan kombinizonlardan foydalaniladi. Kiyim-boshning milklari hamda choklari berkitilgan bo‗lishi kerak, kombinizonda ortiqcha burmalar. ichki va tashqi cho‗ntaklar bo‗lmasligi darkor. Bosh kiyim, soch, burun, og‗iz va engakni to‗la yopib turadigan Shlem-kapyuShon shaklida bo‗lishi kerak Ishlar rezina yoki elastik polimerdan ishlangan steril qo‗lqop va sterilieatsiyalangan yoki dezinfeksiyalangan poyafzalda olib borilishi zarur. Poyafzal ustidan tovongacha yopib turadigan baxila kiyiladi. SHimning pochasi baxila ichiga, kombinizon englari esa qo‗lqop ichiga tiqiladi. Tananing yoki ich kiyimning biror kismi ochik. kolmasligm kerak. Kiyim bosh etarli darajada keng va ishlash uchun qulay bo‗lishi darkor. Tozalikning A, V, S va D - darajasiga mansub xonalarda ishlash mo‗ljallangan texnologik kiyim-bosh gigienik talablarga javob beradigan va o‗zidan juda kam tuk chikaradigan materialdan tayyorlanishi lozim. Texnologik kiyim bosh bir marta va ko‗p marta foydalanadigan bo‗lishi mumkin. Nosteril dori vositalari ishlab chiqarishda tozalikning S darajasiga mansub xonalarga kirayotgan va shu xonalarga qaytayotgan har bir Shaxsga yangi steril kiyim-bosh yoki yangi yuvilgan ko‗p marta foydalanish mo‗ljallangan steril texnologik kiyim-bosh berilishi zarur. Tozaligi D -darajadagi xonalarga kirish va kaytishda oldingi yangi yuvilgan texnologik kiyim-boshning o‗zidan foydalanishga ruhsat beriladi. 65 Steril dori ishlab chiqarishda tozalikning V, S yoki D darajasidagi xonalarga yangi kirayotgan va tozalikning V darajasidagi xonalarga kaytayotganlarga birbir marta foydalaniladigan steril kiyim -bosh yoki yangi komplekt ko‗p marta foydalaniladigan texnologik kiyib-bosh berilishi kerak. Tozalikning D - darajasidagi xonalarga qaytganda avvalgi texnologik kiyim-boshning o‗zidan foydalanishga ruhsat beriladi. Texnologik kiyim-boshni shunday yuvish yoki tozalash kerakki, u qo‗shimcha tarzda ifloslanmasin. Vaqt-vaqti bilan matoning tuk chiqarishini nazorat qilib turishni nazarda to‗tish kerak, yuvish Shaxobchasi yoki alohida kir yuvish mashinasi bo‗lishi maqsadga muvofiq. Toza yoki steril kiyim-bosh ifloslanishdan muhofazalangan joyda saqlanishi kerak. Texnologik kiyim-bosh xodimlarni tayyorlash xonasiga havo Shlyuzi orqali uzatilishi lozim. Ish paytida qo‗lqop va qo‗llarga muntazam dezinfeksiyalovchi vosita bilan ishlov berib borilishi kerak. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling