Mutaxassislik fani
Plantaglyusid granulasi (Granulae Plantaglucidi)
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayyor mahsulot sifatini tekshirish.
- Plantoglyusid granulasi (Granulae Plantaglucidi).
- Tayyor mahsulot sifatini baholash.
- Amidopirin granulasi (Granulae Amidopyrini).
- 10-ma‟ruza. Tabletka dori turlarini sanoat miqyosida ishlab chiqarish. Reja
Plantaglyusid granulasi (Granulae Plantaglucidi) Plantaglucidi - 1,0 q Sacchari - 1,0 q Spiritus aethylici 70% - q.s. 5. Furazolidon granulasi (Granulae Furazolidoni pro infantibus) Bu ham qand asosida tayyorlanadi. Sirig‗ yoki ko‗kimtir-sarg‗ish rangli granula, o‗ziga xos hidga ega. Belgisi bor flakonlarda 50,0 g dan chiqariladi, ishlatishdan oldin yangi qaynatilgan suv bilan belgisigacha etkaziladi (100 ml gacha). Bir Shgacha bo‗lgan bolalarga 4 ml dan, 1-2 yoShlilarga 4-5 ml dan, 3-4 yoShlikka 6-7 ml, 5-6 yoShlikka 7,5-8,5 ml dan beriladi. Ishlatishdan oldin suspenziyani yaxshilab chayqatish lozim. 6. Bolalarga mo„ljallangan etazol natriy granulasi (Granulae Aethazoli Natrii pro infantibus) 88 PuShti rangli, o‗ziga xos hidli granula. Flakonlarda 60,0 g dan chiqariladi, ishlatishdan oldin 30-40 50 0 li suvda eritib, 30 daqiqa vaqti-vaqti bilan chayqatiladi. Bir yoshgacha bo‗lgan bolalarga 5 ml, 2 yoshga - 10 ml, 3-4 yoshga 15 ml, 5-6 yoShlikga 20 ml har 4 soatda berish kerak. Antibakterial vosita sifatida ishlatiladi. Pnevmoniyada, dizenteriyada, angina, sistit va h.k. Urodan. (Urodanum). Oldindan tegishli maydalagichlarda alohida-alohida maydalangan, teShigini diametri 50 mkmli elakdan o‗tkazilgan modda zettasimon aralashtirgichlarda yaxshilab aralashtiriladi. So‗ngra 96% spirt qo‗shib mo‗‗tadil nam massa xosil bo‗lguncha aralashtiriladi. Nam massani teShigini diametri 3000 mkm li elak orqali o‗tkazib granula xoliga keltiriladi. Nam massani 40 50 0 haroratda mo‗‗tadil qoldiq namlik (3%) qolguncha quritiladi. So‗ngra quruq granula teShigini diametri 200 mkm li elak yordamida elab, mayda fraksiyadan tozalaydi. Tayyor maxsulot sifat va miqdoriy tahlil uchun laboratoriyaga beriladi. U erdan ijobiy javob olgandan so‗ng, Shisha idishlarga yoki polietilen qoplarga 100 g dan qadoqlanadi. Ishlatilishi: podagra, surunkali poliartrit va buyrak kasalliklarni davolashda 0,5 stakan suvda bir oSh qoShiq granulani eritib, kuniga 3-4 marta beriladi. Tayyor mahsulot sifatini tekshirish. CHinligi. Efir bilan ishlangan mahsulotning eritmasidan efir uchiriladi va temir (III)-xlorid eritmasi qo‗shilganda och sariq rangli cho‗qma hosil bo‗ladi (benzoat ioni). Mahsulot eritmasiga toron eritmasi qo‗shilsa sariq rang hosil bo‗ladi (litiy). Mahsulot eritmasi qizdirilib, geksametilentetraminni parchalanishidan hosil bo‗lgan formaldegid uchiriladi. Qoldiq Dragendorf reaktivi bilan qizil cho‗kma hosil qiladi (pierazin). MiqdopHi aniqlash. . Geksametilentetramin - yod-xlorometrik usulda aniqlanadi. Uning miqdori 7,2-8,8% bo‗lishi kerak. Piperazin. Pikrin kislotasi yordamida cho‗ktirib, og‗irlik usulida aniqlanadi. Uning miqdori 2,25% dan kam va 2,66% dan yuqori bo‗lmasligi kerak. Benzoat kislotasining umumiy miqdori efirli ajratmadan neytrallash usuli bilan aniqlaganda 3,6-4,4% bo‗ladi. Quritilgan ikkilamchi natriy fosfat esa FEK da aniqlanadi. Uning miqdori 9-11% bo‗lishi kerak. Plantoglyusid granulasi (Granulae Plantaglucidi). Zo‗ldirli tegirmonda alohida-alohida maydalangan va teShigini diametri 150 mkm li elakdan o‗tkazilgan qand va plantaglyusid kukunlari ikki kurakchali zettasimon aralashtirgichda yaxshilab aralashtiriladi va mo‗tadil nam massa hosil bo‗lguncha 70% cpirt solinadi. Nam massa teShigining diametri 3000 mkm li granulyator orqali o‗tkazib, pergament qog‗oz yozilgan patnislarga yupqa (2-3 m)m qilib, yoyiladi va 40-60 0 haroratda quritiladi. Quruq massa qaytadan 3000 mkm li elak orqali o‗tkaziladi, so‗ngra 200 mkm li elak orqali elab, mayda fraksiyalardan tozalanadi. Tayyor mahsulot namunasi analitik laboratoriyaga yuboriladi. Ijobiy javob olingandan so‗ng burama qopqoqli qo‗ng‗ir rangli idishlarga 50,0 g dan qadoqlanadi. Saqlanishi yaxshi berkitilgan idishlarda qo‗ruq joyda saqlanadi. 89 Ishlatilishi. YAllig‗lanish va muShaklarning tarangligi susaytiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. 0,5-1 choy qoShiqdan kuniga 2-3 martadan ovqatdan 20-30 daqiqa oldin chorak stakan suvda eritib, beriladi. Tayyor mahsulot sifatini baholash. CHinligi. Mahsulot tarkibidagi polisaharidlar kislota ishtirokida gidroliz qilinib, xromatografiya usulida aniqlanadi. Mahsulot eritmasiga ammoniy oksolat ta‘sir ettirilganida, oq cho‗kma hosil bo‗ladi (kalsiy). Amidopirin granulasi (Granulae Amidopyrini). Amidopirin, limon kislotasi va qand alohida-alohida zo‗ldirli tegirmonda maydalanadi va teShigini diametri 150 mkm li elak orqali o‗tkazib, ST-30 yoki ikki kurakchali zettasimon aralashtirgichda yaxshilab aralashtiriladi va nam massa hosil bo‗lguncha tozalangan suv qo‗shiladi va aralashtirish davom etiladi. Nam massa teShinining diametri 3000 mkm elak orqali o‗tkazilib, granula xoliga keltiriladi. Nam massa 50- 60 50 0 haroratda mo‗‗tadil qoldiq namlik qolguncha quritiladi va yana o‗Sha elakdan o‗tkaziladi. Tayyor mahsulot 200 mkm li elak orqali elanib, changdan tozalanadi va namuna laboratoryaga beriladi, u erda ijobiy natija olinganidan so‗ng burama qopqoqli, qo‗ng‗ir rangli Shisha idishlarga 60,0 g dan qadoqlanadi "B" ro‗yhatida saqlanadi. Saqlanish muddati 2 yil. Og‗riq qoldiruvchi, harorat tushiruvchi, yallig‗lanishga qarshi vosita sifatida bolalar amiliyotida ishlatiladi. Tayyor mahsulot sifatini baholash. CHinligi. Mahsulot eritmasiga temir (III)-xlorid ta‘sir ettirilsa, havo rang eritma hosil bo‗ladi va u kislota ta‘sirida to‗q binafSha rangiga o‗tadi (amidopirin). Mahsulot eritmasi kumuSh nitrat ta‘sirida binafSha-xavo rang hosil qiladi va kul rang cho‗kma beradi (amidopirin). Miqdorini aniqlash. Aniq tortib olingan mahsulot sirka angidridida eritilib, kristall binafSha indikator ishtirokida xlorat kislotasi bilan titrlanadi. Amidopirin miqdori 1,50-1,83% bo‗lishi kerak. 90 10-ma‟ruza. Tabletka dori turlarini sanoat miqyosida ishlab chiqarish. Reja Mavzuning dolzarbligi. 1. Tabletkalarni tayyor dori vositalari orasida tutgan o‗pHi. 2. Tabletkalarning ta‘rifi, tavsifi va tasnifi. 3. Tabletka mashinalari va ularning samaradorligini oshirish. 4. Presslash nazariyalari. 5. To‗g‗ridan-to‗g‗ri presslab va nam donadorlash usullari orqali tabletka tayyorlash. 6. Tabletkalarni qadoqlash, o‗rash, tashish va saqlash Xulosalar. Xulosalar Tayyor dorilar orasida o‗zining keng tarqalganligi jihatidan tabletka dori turlari birinchi o‗rinni egallab kelmoqda. Tabletka dori turlari texnologiyasi murakkab jarayon xisoblanadi. Tabletka texnologiyasi jarayonlari ilmiy jixatdan asoslashga bag‗ishlangan nazariy ishlar xozirgacha tegishli adabiyotlarda etarlicha emas. Bu esa keng ko‗lamda fizik-kimyoviy, mexanika va fanning bOshqa soxasi yutuqlaridan oqilona foydalanishni taqozo etadi. Buni antifriksion va bog‗lovchi moddalarni ishlatish misolida ko‗rish mumkin. yuqoridagi muloxazalarga asoslanib, bu soxani fizik-mexanik ta‘limoti bilan jiddiy asoslash va boyitish lozim bo‗ladi. Ekologiyadagi muvozanatni ma‘lum darajada buzilishi, sintetik dori-darmon va oziq-ovqatlarni ko‗p iste‘mol qilish, aholini immun tizimini zaiflaShishiga olib kelmoqda. Natijada axoli orasida turli xil kasalliklarga osongina chalinish xolatlari kuzatilmoqda. Axolini maxalliy xom ashyolardan foydalanib kam zaharli, allergiya chaqirmaydigan, turg‗un, yuqori biosamarador, arzon dori vositalari bilan ta‘minlash ustuvor yo‗nalishlardan xisoblanadi. Bu muammoni xal qilish yo‗llaridan biri o‗zimizda o‗sadigan dorivor o‗simliklardan oqilona foydalanishdir. Xozirgi vaqtda tibbiyot amaliyotida ishlatilayotgan dori vositalarini 50% dan ko‗prog‗ini o‗simlik xom ashyolaridan olingan preparatlar tashkil etadi. O‗zbekiston Respublikasida o‗sadigan dorivor o‗simliklardan biofaol moddalar va ularning majmuasini ajratib olish, ularni har tomonlama o‗rganish va sanoat miqiyosida ishlab chiqarishga tadbiq qilish bo‗yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar shu kunning ustuvor yo‗nalishlaridan xisoblanadi. Fikrimizning dalili sifatida ko‗p yillardan buyon M.Ulug‗bek nomidagi Milliy Universitet, O‗zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining akademik S.YU.YUnusov nomidagi O‗simlik moddalari kimyosi instituti, akademik O.S.Sodiqov nomidagi bioorganik kimyo institutlari bilan ToShkent Farmatsevtika instituti olimlari xamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borib ijobiy natijalarga erishmoqdalar. Bioorganik kimyo institutidagi tadqiqotlardan gossipol xosilalari, fiziologik faolligi bo‗yicha samarador xisoblanib, virus, yara va Shishlarga qarshi dori vosita va immunosupressiv sifatida ishlatiladi. Gossipol va uning xosilalari bo‗lgan immunosupressiv xususiyatiga ega bo‗lgan batriden tabletka shaklida, megasin esa 91 uchuq va toShmalarni davolash uchun surtma dori shaklida ishlab chiqarilmoqda. Batriden suvda yomon erishi sababli faolligi qisman chegaralangan bo‗lib, uning polivinil pirrolidon bilan xosil qilgan birikmasi – mebavin o‗zining eruvchanligi, so‗rilishi bo‗yicha batridendan afzalligini ko‗rsatdi. ToShkent Farmatsevtika instituti olimlari S.M.Maxkamov, V.A.Kalaydjyan va SH.N.SHodmonovalar tomonidan mebavin, ragosin, gazolidonlardan yaratilgan dori turlari korxona sharoitida ishlab chiqarilib bugun amaliyotda ishlatilmoqda. M.Ulug‗bek nomidagi Milliy Universitetning tabiiy birikmalar kimyosi laboratoriyasida gangituvchi bozulbang guli va bargidan olingan quruq ekstrakt – inebrin bilan olib borilgan dastlabki farmakologik tadqiqotlar uning samarador qon to‗xtatuvchi vosita ekanligini ko‗rsatdi. O‗zimizda o‗sadigan maxalliy xom ashyolardan bunday preparatlar ishlab chiqarilmaganligini inobatga olsak, inebrinni axamiyati o‗z-o‗zidan tushunarli bo‗ladi. Shu laboratoriya xodimlari keng kosachabargli bozulbangning er ustki qismidan plateks (quruq ekstrakt) degan preparatni oldilar. U yuqori samarador gipotenziv vosita ekanligini ko‗rsatdi. Inebrin va plateks substansiyalaridan tabletka dori turi yaratildi, ular amaliyotga tadbiq etish bo‗sag‗asida. Ayustan va flateron substansiyalari O‗zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining S.YU.YUnusov nomidagi o‗simlik moddalari kimyosi institutida maxalliy o‗simlik xom ashyolaridan olingan quruq ekstrakt xisoblanadi. Ayustan Turkiston ayugasi novdalari (Cormus Ajuga Turkestanica Rgl) dan olingan quruq ekstrakt bo‗lib, tarkibida ekdisteroidlar (ekdisten, tukesteron, 22- atsetilasteron, siasteron) iridoidlar (8-0-atsetilgarpagid va garpagid) va bOshqa ekstraktiv moddalar saqlaydi. Ayustan preparati organizmda onalik sutini ko‗paytiruvchi xossaga ega. Flateron – flavonoidlar yig‗indisi xisoblanib, ketma-ket gulli termopsis er ustki qismidan (Thermopsis altepHiflora R Fabaceae) olingan quruq ekstrakt. Tarkibida flavonoidlar formononetin, lyuteolin, xrizoeriomarin saqlaydi. Olib borilgan farmakologik tadqiqotlar flateronni yuqori gipolipidemik va antisklerotik vosita ekanligini ko‗rsatdi. Ayustan va flateronlardan tabletka dori turi yaratildi. Ayustan uchun vaqtinchalik farmakopeya maqolasi tasdiqlangan. Flateron uchun tasdiqlash arafasida turibmiz. Tabiiy xom ashyolardan olingan dori moddalar bilan birga sun‘iy yo‗l bilan olingan preparatlarni xam dori vositasi sifatida foydalanish lozimligini xech kim inkor eta olmaydi. Bu soxada respublikamiz etuk mutaxassislarga ega bo‗lib, ularning ilmiy tadqiqotlari natijalaridan unumli foydalanish lozim. ToShkent Farmatsevtika instituti Markaziy Osiyoda mikroelement saqlagan kompleks brikmalarni sintez qilish, tarkibini o‗rganish va amaliyotga tadbiq qilish bo‗yicha etakchi o‗rinni egallaydi. Institut olimlari tomonidan sintez qilingan va amaliyotga tadbiq etish uchun taklif etgan preparatlardan feramid, kupir, piratsin, sinopir, koamid, kogistin, pirofer va bOshqalarni keltirish mumkin. 92 Bizni mintaqamizda eng ko‗p tarqalgan xastalik kamqonlikdir. yuqorida nomlari zikr etilgan preparatlar asosan temir etishmovchiligi bilan bog‗liq bo‗lgan kamqonlikni davolashga tavsiya qilingan. Olib borilgan ilmiy tadqiqotlar askofer (askorbin kislotasini feramid bilan aralashmasi), mumifer (mumiyoni feramid bilan aralashmasi), feraskafol (feramidni askorbin kislotasi, koamid va fol kislotalari bilan aralashmasi) tabletkalarini antianemik faolligi bu preparatlarning o‗ziga qaraganda biosamaradorligi ancha yuqori bo‗lishini ko‗rsatadi. Ishlab chiqarishni loyihalashtirish nafaqat farmatsevtik ishlab chiqarishda balki, butun ishlab chiqarishga taalluqli bo‗lgan sohalarda, ishlab chiqarishni to‗g‗ri tashkil qilishda, ishlab chiqarilayotgan maxsulotning sifatini oldindan belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ishlab chiqarishni loyihalashtirish bu zamon talabi bo‗lib, uning zamonaviy ko‗rinishlari rivojlangan davlatlarda zamonaviy murakkab texnika va texnologiyalar bilan amalga oshiriladi. Uni amalga oshirishda alohida e‘tibor qaratiladigan jihat bu, ishlab chiqarishga bog‗liq bo‗lgan xom ashyo va asbob- uskunalarning ishlab chiqarish unumdorligi to‗g‗ri belgilash va lozim bo‗lsa ish unumdorligini qolaversa, foydali ish koeffitsientini oshirishdan iborat bo‗ladi. Zamonaviy mashinalarda sifatli tabletka olish uchun eng asosiy omillardan bo‗lib, taxtakachlanayotgan moddaning ma‘lum og‗irlikda (kamida 1,0 g) bo‗lishi yaxshi to‗kiluvchanlik xususiyatiga, tabletka mashinasi imkoniyati darajasidagi bosimda taxtakachlanadigan va ososnlik bilan qolipdan chiqadigan bo‗lishi kerak. Moddalar xossalarining o‗ta xilma xilligi gidrofil, gidrofob nam tortuvchi, qayishqoq, tarang, maydalik darajasi har xil kristall shaklga ega ekanligi va shunga qovushqoq sabablar har doim xam to‗g‗ridan to‗g‗ri taxtakachlash bilan sifatli tabletka olish imkongiyatini bermaydi. Shu sababli ularni sun‘iy ravishda kerakli texnologik xossalar bilan boyitish zarur bo‗ladi. Bunday xossa beruvchi moddalarni yordamchi moddalar deb yuritiladi. Ularning bajaradigan vazifalariga qarab adabiyotlarda to‗ldiruvchi-suyultiruvchilar va o‗ziga xos bo‗lgan yordamchi moddalar-texnologik qo‗shimchalar deb yuritiladi. Aslida ularni qanday maqsadda ishlatilishidan qat‘iy nazar tabletka tayyorlashda ishlatilganligi uchun bir so‗z bilan yordamchi moddalar deb yuritilgani ma‘qul bo‗ladi. Ishlatiladigan yordamchi moddalar miqdori farmakopeyaning oldingi nashrlarida 20% dan ortmasligi ko‗rsatilgan bo‗lib, bunda tabletka massasini shakllantirish uchun qo‗shiladigan (suyultiruvchi-to‗ldiruvchi) yordamchi moddalar inobatga olinmagan edi. Shu sababli kam dozali moddalardan tabletka tayyorlashda ularning massasi aksariyat xollarda 0,1 g dan kam bo‗lmaganligini inobatga olinsa, yordamchi moddalar miqdori bir necha 100% dan oShib ketadi. Bunday chalkashliklar tahlil qilinsa kapillyar tarmoq xosil qilish va bog‗lovchi modda sifatida ishlatiladigan kraxmal bir tomondan 20% ichida bo‗lishi kerak deb qaralsa, uni kam miqdorli moddalardan tabletka tayyorlashda to‗ldiruvchi sifatida qo‗shilganida bir necha 100% dan ortiq bo‗ladi. Xuddi shunday xolni har xi maqsad uchun qand ishlatilganida xam kuzatish mumkin. DF ning 11 nashri talabiga javob beradigan tabletka ishlab chiqish uchun yordamchi moddalar miqdorini maqsadga muvofiq tarzda belgilash, optimal texnologik jarayonni ta‘minlash bilan birga maxsulot tan narxiga bog‗liq bo‗ladi. Xozirgi bozor iqtisodiyoti vaqtida dorilarning narx navosini arzonlashtirish 93 imkoniyatlaridan bir kam miqdorda yordamchi moddalar sarflab, sifatli maxsulot olishdan iboratdir. Bu o‗z yo‗lida qadoqlash, Tashish, saqlash uchun sarflanadigan harajatlarni qisqarishiga olib keladi. Odatda yangi tabletka yaratilishida texnologik jarayonga ilmiy yondashilganligi aytiladi. Lekin aynan qaysi omillar asos qilib olinganligi va shularga binoan ilmiy yondoShilganligi yaxshi Yoritilmaydi. Xaqiqatdan xam, xozirgi vaqtda tabletka texnologiyasini shakllantirishda zarur omillar mavjud bo‗lib, bularga substansiyaning fizik-kimyoviy va texnologik ko‗rsatkichlari xam kiradi. Ma‘lumki, kichik dozadagi tabletkalar asosan to‗ldiruvchi moddalar yordamida tayyorlanadi. Odatda tabletka tarkibiga to‗ldiruvchi modda sifatida katta miqdorda qand upasi kiritilgan bo‗lsa bog‗lovchi modda sifatida suvdan foydalanish tavsiya etiladi. Qandli massa suvga juda sezgir bo‗lib, uning miqdori ozgina kamayganida massadagi granulalarning maydalanib ketishiga olib kelishi va oqibatda massa tarkibida har xil zichlikka ega bo‗lgan moddalarning qabatlanishi yuzaga kelishi mumkin. BOshqa bog‗lovchi moddalardan foydalanilganda esa massadagi granulalar qattiq bo‗lib, maydalanishi qiyin va qayishqoqligi kam bo‗lishi mumkin. Bunda massaning sochiluvchanligi yaxshi bo‗lsada, presslash jarayoni nisbatan katta ishqalanish bilan boradi xamda tabletkaning uqalanishi va suyuqlikda parchalanish muddati nisbatan yuqori bo‗ladi. Bunday xollarda bog‗lovchi modda sifatida etarli bog‗lash xususiyatiga ega bo‗lgan 5% li kraxmal ShilimShig‗idan foydalanish maqsadga muvofiq. Ko‗pincha tabletka tashqi ko‗rinishida bir xillik kuzatilmaydi. Odatda tabletka tashqi ko‗rinishidagi bir xillik tarkibiga rangli yoki rangsiz moddalar mavjudligi bilan bog‗liq bo‗ladi. Ammo aslida esa bir xil rangli moddalardan tashkil topgan tarkibda xam bir xillik kuzatilmaydi. Bir xil rangga eriShishning birdan bir yo‗li yordamchi moddalarni massanin namlashdan oldinqo‗Shish va massa tarkibiy qismida 310 mkm li fraksiyani imkoni boricha yuqori bo‗lishiga eriShishdir. Kalsiy steratning fraksion tarkibi xaqida xam yuqoridagi muloxazani aytish mumkin. Bunda kalsiy stearat zarrachalari kuzatiladigan qarshilikni engishga birmuncha imkon yaratib, tabletkani sifatli bo‗lishini ta‘minlaydi. Tabletka ishlab chiqarishda xozirgi zamon talabiga binoan yuqori unum bilan ishlaydigan RTM larning bir me‘yorda ishlashi ko‗p jixatdan massaning saralanish tarkibiga bog‗liq. Ammo adabiyotlarda bu masala bo‗yicha fikrlar turli tuman bo‗lib, qanday saralanish tarkibga ega bo‗lgan massa maqsadga muvofiq ekanligini anglab bo‗lmaydi. Lekin keyingi yillarda ilmiy izlanish natijalarining barchasida substansiya va tabletka massalarining saralanish tarkibi keltirilayotganligini kuzatish mumkin. Ilgarilari tabletka masasi tarkibidagi mayda qismni miqdoriga e‘tibor berilar edi va bunga qarab tabletka mashinalarining bir me‘yorda ishlashi xamda olingan tabletkalarning og‗irlikdagi chetlanishi qay darajada kechishi mumkinligi baxolanar edi. Endilikda bunga axamiyat berilmay faqat saralanish tarkibini keltirish bilan kifoyalanmoqda. Saralanishni esa uch, to‗rt va undan ortiq tarkibiy qism bo‗yicha amalga oishirish odatga aylandi. Jumaladan. Ayrim tadqiqotchilar saralanishni 3 ta tarkibiy qismni aniqlash bilan ifodalagan bo‗lsalar, bOshqalari 4 ta tarkib bilan, yana bOshqalari esa 5 ta, xatto 6 va 7 ta ko‗rsatkich tarkibi bilan ifodalaganlar. Lekin shunga qaramay xammasi xam ijobiy baxolangan. 94 Bu saxadagi ko‗rsatma birinchi bo‗lib, 70-80 yillarda korxona sharoitidan kelib chiqqan xolda teShigining diametri 3 mm bo‗lgan donadorlagichdan olingan tabletka massalari uchun 3000-2000 mkm – 15-20% va 1000-500 mkm – 80-85% bo‗lishligi, teShigining diametri 2 mm bo‗lganida va tashqi teShikchasi maxrutiysimon donadorlagichdan o‗tgan massada esa 2000-1000 mkm – 5-20% va 1000 mkm li tarkib 95-80% atrofida bo‗lishi mumkinligi ko‗rsatilgan. Keyinchalik RTM larning takomillashuvi va tabletka sifatiga bo‗lgan talablarning birmuncha jiddiylashuvi tabletka massasini teShigining diametri 1 mm bo‗lgan donadorlagichdan o‗tkazishni taqazo etdi. Endilikda aksariyat ilmiy maqolalarda aynan shu o‗zgarishni kuzatish mumkin. Ammo sanoat miqiyosida teShigining diametri 1 mm bo‗lgan donadorlagichdan foydalanilganda olingan massaning tarkibiy qismini asosan 250 mkm li granulalar tashkil qilishini kuzatish mumkin. Bu xolat esa massaning sochiluvchanlik xossasiga ta‘sir ko‗rsatishi aniq. CHunki sanoat miqiyosidagi donadorlagichlarda olingan massa tarkibi laboratoriyada donadorlangandan tubdan farq qiladi. Lekin massada qanday saralanish tarkibi bo‗lishidan qat‘iy nazar u zamonaviy tezyurar tabletka mashinasining bir me‘yorda ishlashini ta‘minlasa va tabletka sifat ko‗rsatkichlariga salbiy ta‘sir ko‗rsatmasa, shuni etarli deb baxolash maqsadga muvofiqdir Masalaga bunday yondoShish esa saralanish tarkibini o‗rganish bilan bog‗liq bo‗lgan keraksiz jarayondan voz kechib, faqat teShigining diametri 1 mm bo‗lgan donadorlagichdan o‗tgan massa miqdorini keltirish bilan kifoyalanish mumkinligini ko‗rsatadi. Zaruriyat tug‗ilganda esa faqat 310 mkm tarkibiy qismni aniqlash bilan kifoyalansa etarli bo‗ladi. Bunda XI DF ning tolqonlarni elaklash qoidasiga binoan 310 mkm qismining 40% dan ko‗p bo‗lmasligiga rioya qilinsa kifoyadir. Lekin ko‗pincha amalda bu ko‗rsatkich yuqori bo‗lganligi sababli, ayniqsa rangli tabletkalarning bir xil tashqi ko‗rinishini ta‘minlashda o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi. Bu o‗rinda yuqoridagi qoidaga binoan bu ko‗rsatkichdan amaliyotda foydalanish maqsadga muvofiq bo‗ladi. Tabletka massasi to‗g‗ri tayyorlangan bo‗lsa, uning kerakli texnologik ko‗rsatkichlari me‘yorida bo‗ladi va undan tayyorlangan tabletkalar xam sifat ko‗rsatkichlari bo‗yicha farmakopeya talabi darajasida bo‗ladi. Lekni qanday tabletka massasi va sozlangan tabletka mashinasi bo‗lmasin, tabletkalar og‗irligidagi qat‘iy bir xildagi chetlanish har doim xam kuzatilavermaydi. Bunga asosiy sabab tabletka mashinasining harakat tezligi va xampadagi massaning ish jarayonida yuzaga keladigan zichlanishdagi farqi xisoblanadi. Taxtakachlash jarayonida xampadagi massa kamaya borgan sari uning satxiga bo‗ladigan bosim xam asta sekin kamayib boradi. Shu sababli xampadagi tabletka massasi satxidagi bosimni keskin kamayib ketishiga yo‗l qo‗ymaslik uchun uni o‗z vaqtida yangi massa bilan to‗ldirib turish kerak. Aksariyat xolda bunga rioya qilinmaydi. Natijada xampada massa kamaygach matritsa kanalini to‗lishida oldingi zichlik bo‗lmaydi va tabletka massa me‘yoridan ancha cheklangan xolda bo‗ladi. Aynan buning teskarisi xampa qayta to‗ldirilganda kuzatiladi. Natijada bu jarayonlar davomida olingan tabletkalar nazorat vaqtida ko‗zga tashlanishi mumkin. Albatta bu xol o‗z navbatida tabletka qattiqlik ko‗rsatkichiga xam ta‘sir ko‗rsatadi. Bu axvoldan chiqish uchun avtomatik tarzda mashinani sozlash bilan amalga oshirib bo‗lmasligini tushunib etish va xampada massa miqdorining keskin o‗zgarishiga yo‗l qo‗ymaslik lozim. 95 Tabletka sifat ko‗rsatkichlarini baxolashda ya‘ni moddiy yo‗qotish bilan bog‗liq bo‗lgan xollarda DF XI Nashri talablariga binoan o‗rtacha og‗irlikdan chetlanish miqdori, ta‘sir qiluvchi moddani miqdor tahlili, moddalarning tabletkada bir xil tarqalishini aniqlash qat‘iy chegara + ko‗rsatkich bilan belgilangan. Sifat ko‗rsatkichlari moddiy yo‗qotish bilan bog‗liq bo‗lmagan xollarda esa qattiqligi, parchalanishi, erishi kabi ko‗rsatkichlar uchun ma‘lum oraliqda bo‗lishligi keltirilgan. Shu sababli keyingi xolatda tajriba natijalarini qayta xisob qilib, keltirish ortiqcha bo‗libgina qolmay balki bunga jiddiyroq yondoShib tajriba natijalarining tabiiyligini ta‘minlashda muxim axamiyatga ega ekanligini unutmaslik lozim. Tabletka mashinasining bir me‘yorda ishlashi massaning etarli sochiluvchanlik xossasiga bog‗liq. Ayniqsa bu zamonaviy tezyurar mashinalar uchun muximdir. Shunday ekan massa sochiluvchanligini belgilashda xaqqoniy miqdoriy ko‗rsatkich bo‗lishi kerak va shunga qarab mashina teznligShini aniqlash mumkin. Adabiyotlarda sochiluvchanlik 2 . 10–3 kg/sdan yuqori bo‗lgani yaxshi deb baxolanadi. Aslida massa sochiluvchanligi zamonaviy tezyurar tabletka mashinalarini qoniqtiradigan darajada bo‗lmog‗i lozim. Misol tariqasida RTM 12 mashinasining ishi tahlil qilingan. RTM 12 mashinasining ishlab chiqarish quvvati daqiqasiga 20 marta tezlik bilan aylanganda soatiga 14 400 dona tabletkaga teng bo‗ladi. Bunda qolipni massa bilan to‗lishi taxtakachlanishi va taxtakachlangan tabletkani qolipdan itarib chiqarish uchun faqat 0,25 soniya vaqt sarf bo‗ladi. Demak qolip teShikchasini to‗ldirish 0,08 soniya ichida bo‗lishi kerak. Bu xolda massa sochiluvchanligi 0,5 g tabletka misolida kamida 6,2 10-3 kg/s bo‗lishi talab etiladi. Ammo RTM 12 ning xampa ostki qismi keng bo‗lib, 3 yoki undan ko‗proq bo‗linmaga ega. Bunda xampa ostida ketma-ket qolip to‗linmalarini massa bilan to‗lishi osonlashadi. Bu esa amalda massa sochiluvchanligi kamroq bo‗lgan xollarda xam talab darajasida tabletka olish imkoniyatini beradi. Odatda ilmiy izlanishlarda tabletka texnologiyasida eng muxim bo‗lgan taxtakachlanish jarayonini kechishi aniq Yoritilmaydi va taxminan 100 tagacha tabletka olish bilan kifoyalanib, shunga asoslanib baxolanadi. Agar bunda tajriba tabletkalar qo‗l taxtakach asbobida olingani inobatga olinsa, bu ishlab chiqarish korxonasi uchun zarur bo‗lgan ko‗rsatkichni chetlab o‗tilganini ko‗rsatadi. Ko‗pincha massani zarb bilan ishlaydigan mashinada tayyorlandi deb kifoyalanadilar. Ko‗rsatilgan barcha xolatlarda etarli aniqlik bo‗lmagani uchun tabletka massasi mashinaga qanchalik mos kelishini baxolab bo‗lmaydi va taklif qilingan texnologiyani qay darajada asosli ekanini anglash ancha muShkul bo‗ladi. Bizga ma‘lum bo‗lgan adabiyotlarda bu soxada biror bir ko‗rsatma yo‗q. Lekin RTM dan foydalanish bo‗yicha berilgan xujjatda baxolash kamida 500,0 g massani taxtakachlash bilan belgilanadi deb ko‗rsatilgan. Lekni bunda qanday og‗irlikdagi tabletkalar uchunligi keltirilmagan. Shu sababli tabletka og‗irligiga qarab olinadigan natijalar xam bir xil bo‗lmaydi. Masalaga oydinlik kiritish va baxolashni xaqqoniylashtirish uchun quyidagi amalga rioya qilish lozim. Shartli ravishda tabletka massasini 0,5 g ga teng deb olsak, 0,5 kg tabletka massasini taxtakachlanish boshlanishidan to oxirigacha (massa tugaguncha) bo‗lgan davpHi 3 ga bo‗lish mumkin. Birinchi davr taxtakachlanish jarayoni mo‗‗tadillashi uchun ketgan vaqt. Bu vaqt tabletka massasining texnologik xossasiga qarab qisqa yoki 96 uzoqroq bo‗lishi mumkin. Bu RTM 12 tabletka mashinasining 10-15 marta aylanishi uchun ketgan vaqtga to‗g‗ri keladi. Ikkinchi davr. Taxtakachlash jarayonini boshlang‗ich va tugallanish davri. Bu taxminan RTM 12 talbletka mashinasining 10 marta aylanishi uchun ketgan vaqt. Boshlang‗ich va tugallanish davrlari uchun sarf bo‗ladigan massa miqdori: 0,5 g li tabletka uchun 10x12x0,5=60 dona tabletka yoki 15x12x0,5=90 ta tabletka bo‗lib, 30-45 g massaga to‗g‗ri keladi. 0,1 g li tabletkalar uchun 15x12x0,1=180 dona tabletka yoki 10x12x0,1=120 dona tabletka. Bu 12-18 g massaga to‗g‗ri keladi. Uchinchi davr. Ish davri. Bu boshlang‗ich va tugallanish davrlaridan qolgan massani, ya‘ni taxtakachlash uchun sarflanadigan va to‗liq sifatli tabletka olishni ta‘minlaydigan davr. Demak, tabletka massasini RTM 12 mashinasida taxtakachlanishini xaqqoniy baxolash uchun har bir matritsa qanday diametrga ega bo‗lishidan qat‘iy nazar taxminan 55-60 marta taxtakachlashga ishtirok etishi kerak bo‗ladi. Bu keltirilgan raqamlar qat‘iy bo‗lmay, massa xossasiga qarab u yoki bu tomonga qisman chetlanishi mumkin. Bunday baxolash ishlab chiqarishda takroriy sinovlar o‗tkazishga o‗rin qoldirmaydi. Hozirgi vaqtda korxona sharoitida tabletkalar asosan ikki xil usulda: substansiyani to‗g‗ridan-to‗g‗ri presslab va nam donadorlash orqali presslab olinadi. To‗g‗ridan-to‗g‗ri presslab tabletka olishda texnologik bosqichlar soddalashadi, energiya tejaladi va tayyor mahsulotning biosamaradorligi, nam donadorlash usuli bilan olingan tabletkalarga nisbatan har doim yuqori bo‗ladi. Lekin yordamchi moddalar qo‗shmasdan to‗g‗ridan-to‗g‗ri presslab tabletka olinadigan substansiyalar 3% ni tashkil etadi xolos. To‗g‗ridan-to‗g‗ri presslab tabletka olish uchun, presslanadigan massa zarrachalarining shakli Sharsimon yoki ko‗p qirrali kubsimon bo‗lishi, suvda yaxshi erishi va dozasi 0,05 g dan kam bo‗lmasligi kerak hamda ular ijobiy texnologik xossalarni namoyon etishi lozim. Bunday moddalar izodiametrik guruhga mansub bo‗lib, ularga NaCl, KBr, KJ va hakozolar kiradi. Bundan tashqari bir qator substansiyalar yuqoridagi talablarga javob beradi, lekin texnologik xossalari talab darajasida bo‗lmaydi. Bunday moddalardan to‗g‗ridan-to‗g‗ri presslab tabletka olish uchun, ularga turli xil yordamchi moddalar qo‗shib, texnologik xosslarini ijobiy tomonga o‗zgartirib, so‗ngra presslab tabletka olinadi. Ularga feramid, anestezin, paxikarpin gidroyodid, geksametilentetramin va natriy kofein benzoatlar kiradi. Korxona sharoitida bugungi kunda tabletkalar asosan nam donadorlash usuli orqali tayyorlanadi. Bunda substansiya va yordamchi moddalar aralashmasiga maqsadga muvofiq bog‗lovchi qo‗shib, mo‗‗tadil nam massa xosil qilinadi va u turli xil donadorlash usullarida granula holiga keltiriladi. Hozirgi vaqtda korxonalarda g‗alvirdan o‗tkazilib, briketlash, strukturali va eritish usullari mavjud. Bulardan eng maqsadga muvofig‗i briketlash orqali va strukturali donadorlash usullari hisoblanadi. Bu usullarda olingan granulalar etarli qattiqlikka ega bo‗lib, sirti tekis bo‗ladi. Bu esa o‗rtacha massasi talab darajasida bo‗lgan sifatli tabletkalar olishga imkon beradi. Briketlash orqali donadorlashda dori modda harorat va namlik ta‘siriga uchramaydi. Bu esa yuqori biosamarador mahsulot olish imkoniyatini beradi. Bu usulni qo‗llash uchun, respublikamizga zamonaviy briket 97 mashinalari keltirilishi lozim. Briketlash usuli tabletka ishlab chiqarishni avtomatizatsiyalash imkoniyatini beradi. Strukturali granulyasiya usullaridan ―yolg‗on qaynoq‖ yuzada donadorlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu maqsadda asosan SG-30 asbobini ishlatish maqsadga muvofiq. Bu usulda olingan granulalar ham etarli mustahkamlikka va tekis sirtga ega bo‗ladi, bu esa o‗z navbatida sifatli mahsulot olishga imkon yaratadi. Texnologik nuqtai nazardan donadorlashdan kuzatiladigan asosiy maqsad presslanadigan massaning sochiluvchanligini yaxshilash va mustahkam tablekta olishdir. Tabletka ishlab chiqarish texnologiyasida presslanadigan massaning qoldiq namligi katta ahamiyatga ega. Agar massadagi qoldiq namlik me‘yoridan ko‗p bo‗lsa, presslanadigan massaning sochiluvchanligi yomonlashadi, qolipga yopishadi va tabletkaning sifati talab darajasida bo‗lmaydi. Agar qoldiq namlik me‘yoridan kam bo‗lsa, presslash uchun yuqori bosim talab etiladi. Bu esa tabletka mashinalarini me‘yoridan oldin emirilishiga olib keladi, tabletkaning chetlari uvalanib ketadi. Undan tashqari yuqori bosim ostida zarrachalarning qaytf taqsimlanishi yuz berib, faollikka ega bo‗lmagan yangi polimorf modifikatsiyalar xosil bo‗lishi mumkin. Har bir presslanadigan massa uchun mo‗‗tadil qoldiq namlik tajriba yo‗li orqali topiladi. Tarkibida kristallizatsion suv saqlagan substansiyalar presslanadigan massalarining qoldik namligi kristallogidratlar miqdoricha bo‗lishi kerak. Mo‗‗tadil qoldiq namlik zarrachalar orasida ―ko‗prikcha‖ vazifasini bajarib, zarrachalarni bir- biriga mo‗‗tadil bosim ostida yaqinlaShishiga yordam beradi va sifatli tabletka olish imkoniyatini yaratadi. Shunday qilib massadagi qoldiq namlik asosiy texnologik ko‗rsatkichlardan biri bo‗lib, sifatli tabletka ishlab chiqarishga yordam beradi. Sanoatda qoldiq namlik asosan quritgich javonlarida doimiy og‗irlikkacha quritish orqali aniqlanib, uzoq vaqtni talab qiladi. Shularni inobatga olib, keyingi yillarda qoldiq namlik miqdorini Germaniyaning Sartorius yoki Yaponiyaning ―Kett‖ firmasi taklif etgan, namlik o‗lchagich asbobida aniqlanmoqda. Bu usulda bir marta tortma olinib, uning tarkibidagi qoldiq namlik foiz hisobida topiladi. Xorijiy davlatlarda qoldiq namlikni ―Fisher‖ reaktivi orqali aniqlash keng tarqalgan. Ampitsillin, amoksitsillin va amoksiklav granulalaridagi qoldiq namlik shu usulda aniqlanadi. Lekin ―Fisher‖ reaktivi o‗ta zaharli bo‗lganligi uchun bizni mamlakatimizda amalda kam qo‗llaniladi. Har qanday tabletka dori turi bosim ostida olinadi. Bu esa bosim ta‘sirida qanday o‗zgarishlar yuz berishini tushuntirishni taqozo etadi. yuqori bosim ostida moddani hajmi keskin kamayadi va natijada uni xossasi keskin o‗zgaradi. Masalan, ularni elektr o‗tkazuvchanligi oShadi, yuqori bosim ostida dielektriklar ham metallik xossasini namoyon etadi. Qattiq jismlarni presslashdagi nazariy masalalar yaxshi o‗rganilmagan. Keyingi vaqtlarda fizik-mexanikani dorilar texnologiyasini rivojlanishi, metallar, silikatlar va plastmassa texnologiyasini rivojlanishiga turtki bo‗ldi. Bu sohani rivoji oziq-ovqat sanoatida o‗z samarasini ko‗rsata boshladi. Bu yutuqlarni farmatsevtika sanoatida ham qo‗llanilishiga hech qanday shubha bo‗lishi mumkin emas. shulardan kelib chiqqan holda tabletka texnologiyasida yuz beradigan o‗zgarishlarni fizik-kimyoviy mexanika hamda fizik va mexanika qonunlari asosida tushuntirishga harakat qildilar, ko‗zga ko‗ringan olimlar. 98 Tabletkani qattiq dozalarga bo‗lingan dori turi bo‗lgani uchun dispers muhitsiz o‗zaro bog‗langan dispers sistema deb qaralsa bo‗ladi. Qattiq jismni har bir zarrachasi o‗ziga xos mexanik xossalari bo‗ladi: qovushqoqlik, qayishqoqlik, elastiklik va qattiqlik. Bu xossalar zarrachalarni deformatsiyaga qarshilik darajasini belgilaydi. Qattiq jismlarni bu xossalari o‗z navbatida moddani tuzilishiga, molekulalar aro kuchning katta-kichikligiga bog‗liq bo‗ladi. Kukunlarda zarrachalarni bir-biriga tortishi mexanik va elektrostatik kuchlar hisobiga amalga oshiriladi. Presslanmagan kukunlar zarrachalari orasidagi masofa katta bo‗lganligi sababli elektrostatik kuchlar kichik bo‗ladi. Zarrachalararo elektrostatik kuch ulardagi atomlar soniga proporsional bo‗ladi. Presslash jarayonida zarrachalar bir- biriga yaqinlaShishi bilan molekulalararo kuch ko‗payadi va zarrachalar o‗zaro birikadi. Kukunlarni presslab tabletka olish jarayoni 3 bosqichdan iborat bo‗ladi: boshlang‗ich, o‗rta va oxirgi. Boshlang‗ich bosqichda g‗ovaklikni kamayishi hisobiga zarrachalarni hajmi jadal suratlar bilan kamayadi. Ikkinchi bosqichda, ma‘lum vaqt oralig‗ida bosim ortishiga qaramasdan zarrachalarning zichlanishi kuzatilmaydi, bu zarrachalarni zichlanishga bo‗lgan qarshiligi bilan tushuntiriladi. Bu bosqichda asosan elastiklik (uprugaya), deformatsiya kuzatiladi. Bu bosqichni davom etish vaqti kukunlarni elastiklik xossasiga bog‗liq bo‗ladi. Bu bosqichda asosan elastik deformatsiya kuzatiladi. Bu bosqichni cho‗zilish vaqti kukunni elastiklik darajasiga bog‗liq bo‗ladi. Elastik kukunlar uchun zichlanish vaqti ko‗p bo‗ladi. Plastik moddalar uchun esa qisqa bo‗ladi. Oxirigi (so‗nggi) presslash bosqichi elastik deformatsiya plastik deformatsiyaga aylanganidan boshlab yuz bera boshlaydi. Zarrachalarni qattiqligi va elastiklik darajasiga hamda zarrachalarni qolipda joylaShishiga qarab 2 xil deformatsiyani kuzatish mumkin. Presslashni so‗nggi bosqichida zarrachalar bir-biriga yaqinlashadi va ular orasidagi kontaktlar ko‗payadi. Bunda zarrachalarni o‗‗zaro tortiShish kuchi ko‗payadi, natijada bir butun buyum xosil bo‗ladi. Presslash natijasida xosil bo‗ladigan mustahkam buyumlarni, mexanizmini tushuntirish uchun I.Poxolok va V.A.Boldirev (1952), Mali (1961) bir nechta nazariyalarni ishlab chiqqan. Shularni ko‗proq amaliy ahamiyatga ega bo‗lganlari: kapillyarlik nazariya, kolloid nazariya, erish nazariyasi va zarrachalarni bir biriga mexanik kirib borish nazariyasidir. Kapillyarlik nazariyasi. Bu nazariyaga binoan taxtakachlanadigan modda bo‗sh strukturali suvga to‗la kapillyarga boy tarmoq deb qaraladi. Taxtakachlanish jarayonida bu kapillyarlar siqilishi natijasida ichidagi suyuqlik siqilib tashqariga chiqadi va uning satxini yupqa suv pardasi bilan qoplaydi. Bu esa zarrachalarning o‗zaro ishqalanishini engillashtirib, siljishini osonlashtiradi, natijada tabletka xosil bo‗ladi. yuqori puanson ko‗tarilganda, bosim yo‗qolib boradi, moddalar kapillyar taranglik qoidasiga binoan oldingi xoliga qaytishga intiladi. Bunda kapillyar qonuniga binoan uning ichiga siqib chiqarilgan suvning bir qismi tortiladi. Bu esa satxdagi pardaning yana xam yupqalanishiga, ta‘sir yuzasining yanada 99 yaqinlashuviga olib keladi. Natijada molekulyar ta‘sir kuchi yuzaga kelib, tabletkaning mustahkamligi ta‘minlanadi. Kolloid nazariyasi. Bu nazariya ham molekulyar kuch ta‘siriga asoslangan bo‗lib, taxtakachlanadigan modda zarralari yupqa kolloid parda bilan qoplangan deb xisoblanadi. Bu xolda zarrachalarning o‗‗zaro yopiShishi, shu kolloid zarrachalarning faol funksional qismlari bilan bog‗liq bo‗lib, molekulyar va elektrostatik kuch ta‘sirida yuzaga keladi, deb tushuntiriladi. Qotishma xosil qilish nazariyasi. Bu nazariya ko‗proq nisbatan past haroratda eriydigan moddalar uchun xosdir. Taxtakachlash jarayonida qolirning silliqlik darajasiga, sirpantiruvchi va moylovchi moddalarning sifati va miqdoriga, taxtakachlash tezligiga qarab ishqalanish xosil bo‗ladi. Bunda harorat 50 dan ham yuqoriga ko‗tarilishi mumkin. Bu esa zarrachalarning qattiqligini kamaytiradi. Natijada taxtakachlanadigan modda osonlik bilan qotishma xosil qiladi. Zarrachalarning o‗zaro bir-birining ichiga kirish nazariyasi. Taxtakachlanayotgan moddalarning yuza shakli katta ahamiyatga ega. Agar zarracha murakkab dentrit, tolasimon kabi ko‗rinishda bo‗lsa, to‗g‗ri shakldagi moddalarga nisbatan ularning o‗zaro bir-biriga kirib borishi birmuncha oson yuz beradi. Natijada tabletka xosil bo‗ladi. Umuman olganda taxtakachlanadigan zarrachalarning tashqi shakli bir xil bo‗lishini ta‘minlash juda kiyin. shuning uchun ham taxtakachlash jarayonida yuqorida keltirilgan xamma nazariyalar ham amal qilishi mumkin. Bizning fikrimizcha, tabletka xosil bo‗lishida zarrachalarning molekulyar kuchlarini o‗zaro ta‘siri, zarrachalarning bir-biriga kirib borishi va qotishma hosil qilish xossalari sodir bo‗ladi. Shu nuqtai nazarga asosan, tabletka tayyorlashda ishlatiladigan yordamchi moddalarning ham ahamiyatini tushuntirish mumkin. Dori moddalarni to‗g‗ridan-to‗g‗ri presslab tabletka olish katta amaliy va nazariy ahamiyatga ega. To‗g‗ridan-to‗g‗ri presslab tabletka olishda texnologik bosqichlar bir muncha qisqaradi, substansiya namlik va harorat ta‘siriga uchramaydi, iloji boricha yordamchi moddalar qo‗shilmaydi yoki oz miqdorda qo‗shiladi. Bu esa energiya tejamkorligiga, texnologik jarayonni soddalashuviga olib keladi. Bu tadbirlar katta iqtisodiy samara beradi va mahsulotni tannarxini arzonlashuviga ko‗maklashadi. Eng muhimi adabiyotlarda keltirilgan ma‘lumotlar, to‗g‗ridan-to‗g‗ri presslab olingan tabletkalarni biosamaradorligi nam donadorlash orqali olinganga qaraganda biologik ta‘siri yuqoriligini ko‗rsatdi. To‗g‗ridan-to‗g‗ri presslab tabletka olish uchun dori modda ijobiy texnologik xossalarni namoyon etishi, dozasi 0,05 g dan kam bo‗lmasligi va suvda yaxshi erishi kerak. Bunday xossalarni natriy xlorid, geksametilentetramin, kaliy bromid, kaliy yodidlar namoyon etadi, shuning uchun ularni yordamchi moddalar qo‗shmasdan presslab sifatli tabletka olish mumkin. Masalan, natriy xloridni to‗g‗ridan-to‗g‗ri presslab tabletka olish uchun uzunchoq shakldagi zarrachalar maqsadga muvofiq bo‗lib, Sharsimon zarrachalarni presslash ancha qiyin bo‗ladi. M: sut qandi, fenil salitsilat, geksametilentetramin, feramid va h.k. shuning uchun bunday moddalarni 100 to‗g‗ridan-to‗g‗ri presslash mumkin bo‗ladi. To‗g‗ridan-to‗g‗ri presslab tabletka olishni keng tarqalgan usullaridan biri massani sochiluvchanligini yaxshilovchi yordamchi moddalar qo‗Shishdir. Bu maqsadda, karboksimetilsellyuloza va uni natriyli tuzi, 30% gacha quruq sut zardobi, amilaza, sorbital, glyukoza, kraxmal va kalsiy stearat, qand bilan ksilit aralashmasi, o‗lchami 1 mm bo‗lgan eritilgan mannit, glyukoza va kraxmal aralashmasi (7+1+2), o‗ta maydalangan kraxmal, luviskol A64 (vinilpirolidin va vinilatsetatlarning sopolimerlari), aerosil, magniy stearat va talk aralashmasi (1+9), kraxmalga 10% kakao moyi qo‗shilgan aralashmalar va h.k. Yuqoridagi yordamchi moddalarni qo‗shib vitaminlar, alkaloidlar, glikozidlar, fenolftalein, sulfadimezin, fenolbarbital, efedrin gidroxlorid, askorbin kislotasi, natriy gidrokarbonat, kalsiy laktat, ftivazidni Na-PASK bilan aralashmasi, streptotsid, fenatsetin, bruneomitsin tabletkalari olingan. Bu tabletkalarni tayyorlash texnologiyasi quyidagicha: dori va yordamchi modda yaxshilab aralashtiriladi va tabletka mashinasida presslanadi. Bu usulni eng asosiy kamchiliklari: massa qavatlanishi, dozasi kichik bo‗lgan tabletkalarda ta‘sir qiluvchi moddani bir xil tarqalmasligi va yuqori bosim kerakligi. Odatda yuqori bosimda ishlagan mashinalar muddatidan ilgari emiriladi. Bu kamchiliklarni ayrimlarini quyidagi tadbirlar orqali yo‗qotish mumkin: massani qolipga majburan uzatish. Bu mashinani ishchi qismiga ayrim o‗zgartirishlar kiritish orqali amalga oshiriladi. Masalan, boshmoqni tebratish, qolipni ma‘lum burchakkacha aylantirish, voronkaga yulduzsimon aralashtirgich o‗pHatish, presslanadigan materialni vakuum hosil qilib qolipga tortish, materialni qolipga majburiy uzatish, vakuum liniyaga ulash va h.k.lar. To‗g‗ridan-to‗g‗ri presslash osongina hal bo‗lar edi, agar presslanadigan modda ijobiy sochiluvchanlik va zarrachalarni o‗zaro birikishi yaxshi bo‗lsa. Ana shunday maqsadga muvofiq zarrachali moddalardan atsetilsalitsil kislota, salitsilamid va bOshqalar. Lekin bunday sintez murakkab va qimmatga tushadi. Maqsadga muvofiq perekristallizatsiya qilish ham shu yo‗nalishni bir usuli. Umuman olganda maqsadga muvofiq sintez kelajagi porloq usullardan hisoblanadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling