Umumiy psixologiya - umumiy psixologik qonuniyatlar, mexanizmlar, murakkab ichki bog’lanishlar, nazariy va metodologik printsiplar, ilmiy tadqiqot metodlar, psixikaning filo va ontogenetik o’zgarishlarini, ilmiy tushunchalar va kategoriyalar, bilish jarayonlarini amaliy va nazariy jihatdan tadqiqot qiladigan soha.
Umumiy pedagogika – ta’lim va tarbiyaning asosiy qonuniyatlarini tadqiq qiladi.
Maktabgacha ta'limning me'yoriy asoslari - O‘zbekistonda maktabgacha ta’limni tashkil etishning asosiy bosqichlari va me’yoriy-huquqiy asoslari, maktabgacha ta’lim bo‘yicha yuqori malakali rahbar, metodist-nazoratchi va tarbiyachilarni tayyorlash vazifalarini o’rganadi.
Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi - psixologiya fanining alohida tarmog’i bo’lib, u turli yosh davrlarida bola psixik taraqqiyotining qommiyatlarini, shuningdek, bir yosh bosqichidan boshqasiga o’tish qonuniyatlarini hamda psixodiagnostik uslublarini o’rganadi.
Ona tili va bolalar adabiyoti –ona tilining fonetik xususiyatlari, talaffuz me’yorlari, lug‘at (leksik) boyligi, imlo qoidalari va grammatik qurilishi yuzasidan nazariy bilim berish, bolalar adabiyoti va bolalar folklori, o‘zbek va jahon bolalar adabiyoti haqida ma’lumot berish, talabalaming og'zaki va yozma nutqini o‘stirish va savodxonligini oshirish, takomillashtirish yuzasidan amaliy malaka hosil qilish to’g’risidag fan.
Bolalarni nutqini o‘stirish- maktabgacha yoshdagi bolalarda og‘zaki nutqni rivojlantirish tamoyillari, unga qo‘yilgan talablar, usullari, shakllari, nutqni rivojlantirish muammolari, barkamol avlod tarbiyasida nutqni to’g’ri shkllantirih yo‘llarini tadqiq etadi.
Matematik tasavvurlarni shakllantirish - maktabgacha ta’lim muassalarida matematika elementlariga o‘rgatishning nazariy asoslari,bolalarning matematik rivojlanishining psixologik xususiyatlari, matematika elementlariga o‘rgatish jarayonini tashkil qilish, mashg‘ulotlarni rejalashtirish, mashg‘ulot ishlanmalarini tuzish va tahlil qilish,metodik usullari va ta’limiy o‘yinlar tanlash, ular bilan ishlash mazmuni va metodlarini tahlil qilishning kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishni o’rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |