Mutaxassislik fanlari o‘qitish jarayoni talabalarning bilim malaka ko’nikmalarini baholashning reyting tizimi


Download 60.77 Kb.
bet1/6
Sana28.12.2022
Hajmi60.77 Kb.
#1021749
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MUTAXASSISLIK FANLARI O‘QITISH JARAYONI TALABALARNING BILIM MALAKA KO’NIKMALARINI BAHOLASHNING REYTING TIZIMI


MUTAXASSISLIK FANLARI O‘QITISH JARAYONI TALABALARNING BILIM MALAKA KO’NIKMALARINI BAHOLASHNING REYTING TIZIMI
REJA:

  1. Maktabgacha ta'limda mutaxassislik fanlari tizimi.

  2. Mutaxassislik fanlarni o’qitishda pedagogik jarayon, o’quv jarayoni, tizimli yondashuv tushunchalari

3. Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi fanining predmeti, maqsadi, vazifalari


Tayanch iboralar: mutaxassislik fanlari, o‘qitish metodikasi, yaxlit jarayon, ta’lim tizimi, tizimli yondashuv, mutaxassislik fanlarni o‘qitish jarayoni, o‘qitish qonuniyatlari va tamoyillari.
1. Maktabgacha ta'limda mutaxassislik fanlari tizimi.
Bugungi kunda raqobatga kirisha oladigan, o‘z sohasini zamon talablari asosida biladigan mutaxassislarni tayyorlash davr talabi hisoblanadi. Zamonaviy mutaxassis o‘z kasbining bilimdoni, uni kelajakda yuksaltira oladigan va bu bilan o‘zi ham ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni rivojlantira oladigan shaxs bo‘lishi lozim.
Ta'lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifalardan biri har tomonlama yetuk mutaxassislarni tayyorlash, ularda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan keng foydalanish malakalarini shakllantirish hisoblanadi. Ta'lim muassasalarida malakali mutaxassislar tayyorlash sifati ko‘p jihatdan mutaxassislik fanlarini samarali o‘qitish bilan belgilanadi.
Mutaxassislik fanlari mazmuni muayyan yo‘nalish yoki ixtisoslikning tavsifiga mos tushishi, ya'ni ta'lim oluvchining egallaydigan kasbi bo‘yicha bajariladigan faoliyat usullarini o‘zida qamrab olishi kerak.
Mutaxassislik fanlari muayyan mutaxassislik bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni, o‘quv va ko‘nikmalarni shakllantirishi; mutaxassislik bo‘yicha bilimlar bazasini yaratish, jamlash va ulardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishi; mutaxassisligi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, kasb faoliyatining ko‘zlangan natijalariga erishishda jarayonlarni modellashtirish va tizimli yondashish borasidagi ilmiy bilimlar, amaliy o‘quv va ko‘nikmalarni ta'minlashi kerak.
5111800-maktabgacha ta'lim bakalavr yo‘nalishida umumiy psixologiya, umumiy pedagogika, maktabgacha ta'limning me'yoriy asoslari, bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi, ona tili va bolalar adabiyoti, bolalarni nutqini o‘stirish, matematik tasavvurlarni shakllantirish, bolalar jismoniy tarbiyasi, tabiat bilan tanishtirish, tasviriy faoliyatga o‘rgatish, bolalarning musiqiy ta'limi, maktabgacha ta'limda boshqaruv va menejment, bolalarning ijtimoiy moslashuvi, metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi, maktabgacha pedagogika, bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish kabi fanlar umumkasbiy va ixtisoslik fanlari sifatida belgilangan.
Maktabgacha ta’lim
Umumkasbiy fanlar Ixtisoslik fanlari


  1. Umumiy psixologiya 1. Maktabgacha ta'limda

  2. Umumiy pedagogika boshqaruv va menejment,

  3. Maktabgacha ta'limning 2. Bolalarning ijtimoiy


me'yoriy asoslari moslashuvi,

  1. Bolalar psixologiyasi va 3. Metodika fanlarini o‘qitish

psixodiagnostikasi texnologiyasi,

  1. Ona tili va bolalar adabiyoti 4. Maktabgacha pedagogika,

6.7. Bolalarni nutqini o‘stirishMatematik tasavvurlarni 5. Bolalarni sahnalashtirish va
shakllantirish ijodiy faoliyatga o‘rgatish

  1. Bolalar jismoniy tarbiyasi

  2. Tabiat bilan tanishtirish

  3. Tasviriy faoliyatga o‘rgatish

  4. Bolalarning musiqiy ta'limi



      1. Download 60.77 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling