Mutaxassislik fanlaridan o‘quv va malakaviy pedagogik amaliyotni tashkil etish va o‘tkazishning ilmiy-nazariy asoslari
-§. Amaliyotchi – talaba tomonidan sinov darslarini rejalashtirish va o‘tkazish
Mirzayeva Baxtiniso
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sinov darsning uslubiy ta’minoti
3.2-§.
|
Amaliyotchi – talaba tomonidan sinov darslarini rejalashtirish va o‘tkazish |
1. Amaliyotchi-talaba darsga tayyorlanishda quyidagilarga e’tibor berishi kerak:
dars vaqtini unumli rejalashtirish;
manbalarni chuqur o‘rganish;
shu darsdagi guruh o‘quvchilarining o‘zlariga xos imkoniyatlarini hisobga olish (dars mavzusini tushuntirish uchun avval olgan bilimlarning ko‘nikma darajasini belgilash);
dars berishning uslub va vositalarini to‘g‘ri tanlash;
iqtidorli yoshlarga maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejida chuqur ta’lim berish talablariga javob berish.
Dars mavzusini shunday tanlash kerakki, u ta’lim beruvchining pedagogik mahoratini, uslubini, bilimini va dars o‘tish vositalarini aniq ko‘rsatsin.
Darsga tayyorlanish davrida ilmiy-uslubiy izlanishi, ko‘rgazmali qurollar va texnik vositalarning zamonaviy manbalaridan foydalanishi kerak. Bu o‘quvchilarda tahsil olishga qiziqish uyg‘otib, zamonaviy yutuqlardan boxabar bo‘lish imkoniyatini yaratadi.
Dars loyihasida, belgilangan vaqt davomida o‘qituvchi va o‘quvchini nima qilishi kerakligi aniq ko‘rsatilishi lozim.
Darsning moddiy-texnikaviy ta’minotini ilgaridan tayyorlash, barcha ko‘rgazma va namoyish vositalaridan foydalanish ketma-ketligini avvaldan rejalashtirish kerak.
Sinov darsning uslubiy ta’minoti
Darsning uslubiy majmuasi quyidagilardan iborat:
fanning taqvim-mavzu rejasi;
ma’ruza matni yoki mashg‘ulot (laboratoriya, amaliyot, mustaqil ish)ning rejasi;
dars loyihasi;
dars loyihasida ko‘rsatilgan didaktik, ko‘rgazma materiallar va boshqa texnikaviy vositalar;
nazorat ishi uchun savollar to‘plami;
uy vazifasi savollari yoki masalalari to‘plamlari;
o‘z-o‘zini nazorat qilish savollari;
uslubiy majmuaning tarkibi dars turi bilan bog‘liq holda tanlanadi.
Darsning uslubiy maqsadi quyidagicha ta’riflanishi mumkin:
darslarda axborot texnologiyasidan foydalanish;
ta’limiy-tarbiyaviy jarayondagi muammoli tahsilning o‘rni;
fanlararo bog‘liqlik;
o‘quvchining mustaqil ishlashini tashkil etish;
o‘quvchilarning o‘zlashtirish jarayonini jadallashtirish;
o‘quvchining ko‘rsatma va didaktik manbalar bilan ishlashini optimallashtirish va hokazo.
Download 154.61 Kb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling