Mutaxassislik fanlaridan o‘quv va malakaviy pedagogik amaliyotni tashkil etish va o‘tkazishning ilmiy-nazariy asoslari


Download 154.61 Kb.
bet33/42
Sana18.02.2023
Hajmi154.61 Kb.
#1210321
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   42
Bog'liq
Mirzayeva Baxtiniso

Uslubiy tahlil. Darsda o‘qituvchi tomonidan qo‘llanilgan usullarning maqsadga muvofiqligi ta’limning turiga qarab belgilanadi. O‘quv materialini o‘quvchilarga tushuntirish jarayonida qo‘llanilgan usullarning shu materialga mosligi yoki mos emasligi uslubiy tahlil davomida aniqlanadi. Dars usullarini tahlil qilishda quyidagilar hisobga olinishi kerak:

  1. Dars jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining tashkiliy shakllariga ko‘ra:

  2. O‘quvchilarning o‘zlashtirishi darajasiga ko‘ra:

a) o‘qituvchining so‘zlash usuli;
b) darslik bilan ishlash usuli;
v) ko‘rgazmali qurollardan foydalanish usuli.
U yoki bu fanning o‘qitilishi uslubiy jihatdan tahlil etilganda, bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi masalalar e’tiborda bo‘lishi lozim:
a) ta’limning maqsadi;
b) ta’limning mazmuni;
v) ta’limni tashkil etish shakllari;
g) ta’lim manbalari;
d) ta’lim usullari.
Darsni tahlil etish jarayonida metodist quyidagi uslubiy amallarga e’tibor berishi kerak:

  1. Tushuntirishning sodda va ommaviyligi.

  2. O‘quvchilar tushuntirishlarining qulay, oson bo‘lishi uchun barcha imkoniyatlardan foydalanish.

  3. Darslik materialini boyituvchi qo‘shimcha materiallarni o‘quvchi yoshiga moslab taqdim etish.

  4. Mustaqil ishlarning o‘quvchi yoshi va qobiliyatiga mos bo‘lishiga erishish va boshqalar.

Didaktik (ta’limiy) tahlil. Didaktik tahlil – ta’lim turlari samaradorligi va uni belgilovchi qonunlarning darsda qanchalik to‘g‘ri va mukammal bajarilganligini tahlil qilish demakdir.
Didaktik tahlil dars jarayonida o‘qituvchining ta’lim tamoyillarini qay darajada tatbiq etayotganligiga va quyidagi pedagogik talablarga qaratilishi lozim:
a) o‘qituvchi bayonining sinf jamoasiga to‘la tushunarli bo‘lishi;
b) bildirilayotgan fikrning g‘oyaviy jihatdan milliy tarbiya talablariga mos tushishi;
v) o‘quv materialining barcha o‘quvchilar tomonidan ongli ravishda o‘zlashtirilishi;
g) ko‘rsatmali qurollardan, texnika vositalaridan to‘g‘ri foydalanish darajasi;
d) tajriba, laboratoriya ishlarining ko‘zlangan maqsadga yo‘naltirilgan holda o‘tishiga erishish;
ye) darslik bilan ishlashning to‘g‘ri bo‘lishi;
j) keltirilayotgan misollarda, dalillarda ta’limiy-tarbiyaviy maqsadlarning birligi va boshqalar.

Download 154.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling