Mutaxassislik fanlaridan o‘quv va malakaviy pedagogik amaliyotni tashkil etish va o‘tkazishning ilmiy-nazariy asoslari


Download 154.61 Kb.
bet36/42
Sana18.02.2023
Hajmi154.61 Kb.
#1210321
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   42
Bog'liq
Mirzayeva Baxtiniso

Dars tavsifi:
2.3-jadval



Kuzatiladigan jarayonlar

Maksimal bal

Tahlilchi ballari

1

Guruh va o‘quvchilarning darsga tayyorligi, o‘qituvchining tashqi qiyofasi, muomalasi

3




2

O‘quvchilar faolligi, uy ishining tayyorlaganligi

2




3

Darsning tashkil etilishi, boshqaruvi

3




4

Vaqtdan unumli foydalanganligi

5




5

O‘quvchilar bilimini baholashi, izohlashi

5




6

Yangi mavzuni bayon etishi

10




7

Darsning ilmiyligi va ta’sirchanligi

3




8

Ko‘rgazmali qurollardan foydalanganligi

3




9

Texnik vositalardan foydalanishi

5




10

Test, reyting, savolnoma va tarqatma materiallardan foydalanishi

5




11

Yangi mavzuni mustahkamlashi

5




12

Yangi mavzuning o‘quvchilar tomonidan o‘rganilganligi

5




13

Mustaqil ish, yozma ish, amaliy ish (5-10-15 daqiqali)larni tashkil etishi

5




14

Ta’lim va tarbiyaning uzviy bog‘lanishi

2




15

O‘quvchilarning nutqi, yozuvi, mustaqil fikrlashiga e’tibor berishi

3




16

Ekologik va iqtisodiy tarbiya berishi

3




17

Ilg‘or uslublardan foydalanishi

5




18

O‘quvchilar bilan individual ishlashi

5




19

Yangi mavzuni o‘rganishda o‘quvchilar ishtiroki

3




20

Muammoli savollar qo‘yishi, javoblar sifati

2




21

Daftar almashtirish yoki o‘quvchining konspekt daftarini yuritishi

3




22

Qo‘shimcha manbalardan foydalanish va o‘quvchilarga tavsiyalar

3




23

Darslik ustida o‘quvchilarning ishlashi

2




24

Mavzuning boshqa fanlar bilan bog‘lanishi

3




25

Uyga berilgan topshiriqning mosligi

2




26

Ish rejaning jurnalga muvofiqligi

5







Jami ballar:

100





3.3-§.

Pedagogik amaliyot jarayonida tarbiyaviy ishlarni o‘rganish, rejalashtirish va tashkil etishga qo‘yiladigan pedagogik talablar

Buyuk ma’rifatparvar Abdulla Avloniy “Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir”,– degan fikri asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda ham shunchalik, balki undan ham ko‘ra muhim va dolzarbdir.
Amaliyotchi talabalar o‘quvchilar bilan sinf yoki guruh rahbari sifatida dars va darsdan tashqari tarbiyaviy ishlar jarayonida quyidagilarga jiddiy e’tibor qaratmog‘i zarur:

  1. Amaliyotchi-talabalarning maktabshunoslik va tarbiya nazariyasi bo‘yicha egallagan bilimlarini mustahkamlash va ularga bu bilimlarni o‘quvchilar bilan olib boriladigan darsdan tashqari tarbiyaviy ishlar amaliyotida tatbiq etishni o‘rgatish.

  2. Amaliyotchi- talabalarda maktab, akademik litsey hamda kollejlarda tarbiyaviy ishlar tizimini har tomonlama o‘rganish, darsdan tashqari turli ko‘rinishdagi tarbiyaviy tadbirlarni kuzatish va tahlil qilish, o‘quv-malakalarini takomillashtirish.

  3. Amaliyotchi-talabalarda o‘quvchilarning yoshi va shaxsiy xususiyatlarini etiborga olgan holda tarbiyaviy vazifalarni aniqlash, ularni hal qilish usullarini to‘g‘ri tanlash va qo‘llay bilish o‘quv-malakalarini tarkib toptirish.

  4. Amaliyotchi-talabalarda darsdan tashqari tarbiyaviy ish turlarini maqsadga muvofiq rejalashtira olish o‘quv malakalarini shakllantirish.

  5. Amaliyotchi-talabalarni sinf rahbari yordamchisi sifatida, sinf rahbari vazifalarini bajarishga, o‘quvchilar bilan alohida – alohida va ommaviy tarzda darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni olib borishga o‘rgatish.

  6. Amaliyotchi -talabalarni tarbiyaviy ishlar sohasidagi ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganishga jalb etish va ularda pedagogik faoliyatga ijodiy, ilmiy va amaliy yondashish munosabatlarni, ijtimoiy pedagogik faollikni tarkib toptirish.

  7. Amaliyotchi-talabalarda o‘quvchilarga nisbatan tarbiyachilik kasbiga bo‘lgan mehr-muhabbatni mustahkamlash, milliy aa umuminsoniy tarbiya muammolarini hal etishga imkon beradigan pedagogik qobiliyatni takomillashtirish, o‘quvchi shaxsi va uning tarbiyasiga bo‘lgan intilishlarini kuchaytirish.

Talabalar amaliyot davomida amaliyot o‘tkazilayotgan ta’lim muassasasi direktori, uning o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha muovini, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi, bolalar va o‘smirlar uyushmasi murabbiysi, sinf rahbarlari va tarbiyachilar bilan suhbatlashadilar; ta’lim muassasasining yillik tarbiyaviy ishlar rejasi, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti rejasi, sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar rejasi kabi hujjatlarni o‘rganadilar va ularga oid hisobotlarni tahlil qiladilar; maktab o‘quv xonalari, kutubxonasi, kasbga yo‘llash xonasi, muzey va shu kabilar bilan tanishadilar va darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarning quyidagi turlarini bajaradilar:

  1. O‘zbekiston Respublikasining xalq ta’limiga oid meyoriy hujjatlari va tarbiyaning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy- nazariy va uslubiy adabiyotlarni o‘rganish.

  2. O‘ziga biriktirilgan sinf o‘quvchilarining shaxsiy hujjatlari, hujjatlar yig‘ma jildini o‘rganish, o‘quvchilar, ularning ota-onalari va o‘qituvchilar bilan suhbatlashish kabi tadqiqiy usullardan foydalanib, o‘quvchilarga ruhiy-pedagogik tavsifnoma tuzish.

  3. Amaliyot davriga mo‘ljallangan tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish.

  4. Sinf rahbari sifatida darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarning quyidagi turlarini bajarish:

  5. Sinf majlisi o‘tkazish;

  6. Odob-axloq mavzusida munozara uyushtirish;

  7. Milliy-ma’naviy va umuminsoniy qadriyatlar mavzusida tadbirlar, (kechalar, anjumanlar) tayyorlash va o‘tkazish;

  8. O‘quvchilar badiiy to‘garagini tashkil etish;

  9. Sport musobaqalari yoki kitobxonlar anjumaniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish;

  10. Olimlar, yozuvchilar, urush yoki mehnat faxriylari bilan uchrashuvlar tashkil qilishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish;

  11. Sinf va maktab devoriy gazetalarini tayyorlashda ko‘maklashish;

  12. Ota-onalar majlisiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish;

  13. Oila, maktab va mahalla birligini ta’minlash maqsadida maktabga yaqin joylashgan mahallalarning ishlarida qatnashish, aholi o‘rtasida pedagogik targ‘ibot ishlarini olib borish.

  14. Pedagogik amaliyot kundaligida tarbiyaviy faoliyat natijalarini muntazam qayd qilib borish.

  15. Amaliyot yuzasidan tarbiyaviy ishlarning hisobotlarini tayyorlash.

  16. Pedagogik amaliyot yakuniga bag‘ishlab maktab, litsey, kollejda o‘tkaziladigan anjumanlarda faol ishtirok etish.


Download 154.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling