Kurs ishning predmeti va ob’ekti: Pedagogik amaliyot tizimi va mezonlari, amaliyot jarayonida amaliyotchilarda shakllantirilishi zarur bo‘lgan malakalar, pedagogik faoliyatni nazorat qilish va baholash tizimining hozirgi ahvoli tahlili, uni takomillashtirish metodikasi.
Umumiy o‘rta va o‘rta-maxsus ta’lim tizimida pedagogik amaliyotni tashkil etish va boshqarishning nazariy va pedagogik asoslariga yo‘naltirilgan ta’lim jarayoni.
Kurs ishning maqsad va vazifalari:
Hozirgi zamon o‘qitish nazariyasi va amaliyotining uzviyligini ta’minlashning asosiy omili - Pedagogik amaliyot tizimi va mezonlarini tavsiflash, pedagogik amaliyot jarayonida amaliyotchilarda shakllantirilishi zarur bo‘lgan malakalar, talabalar pedagogik faoliyatini nazorat qilish va baholash tizimi haqida ilmiy-metodik tavsiyalar tayyorlash;
Kurs ishi mavzusiga doir ilmiy-metodik, pedagogik, didaktik manbalarni o‘rganish, tahlil qilish;
Pedagogik amaliyotning vazifalari, bo‘lajak o‘qituvchilarda amaliy ko‘nikmalar, psixologik-pedagogik qonuniyatlarni qo‘llash malakalarini va barqaror pedagogik qarashlarni shakllantirish tamoyillarini asoslash;
Pedagogik amaliyot jarayonida talabalar pedagogik faoliyatini nazorat qilish va baholash tizimi haqida ma’lumot berish;
Pedagogik amaliyot davrida o‘quv jarayonini tashkil etish, Dars va unga qo‘yiladigan talablar (didaktik talablar, psixologik talablar, axloqiy-etik talablar, gigienik talablar, texnik talablar) va darsga tayyorgarlik ko‘rishining asosiy bosqichlari haqida ilmiy-metodik tavsiyalar tayyorlash;
Darslarni kuzatish, tahlil qilish turlari (Ilmiy tahlil, Uslubiy tahlil, Didaktik (ta’limiy) tahlil, Umumiy pedagogik tahlil va O‘z darsini o‘zi tahlil qilish ya’ni Audio tahlil) hamda Dars tahlilining tiplari (To‘la tahlil – Qisqa tahlil – Kompleks tahlil – Aspektli tahlil)ning qisqacha tavsifnomasini tavsiya etish.
Taklif qilinayotgan metodika ilmiy-metodik tadqiqotlarga asoslangan, bo‘lg‘usi mutaxassislik fani o‘qituvchilari uchun ham zarur ilmiy-metodik tavsiya vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |