Mutaxassislik fanlaridan o‘quv va malakaviy pedagogik amaliyotni tashkil etish va o‘tkazishning ilmiy-nazariy asoslari
Download 154.61 Kb.
|
Mirzayeva Baxtiniso
- Bu sahifa navigatsiya:
- I-BOB. MUTAXASSISLIK FANLARIDAN O‘QUV VA MALAKAVIY PEDAGOGIK AMALIYOTNI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
Kurs ishining tuzilishi: Mazkur ishimiz 66 sahifadan iborat, kompyuterda terilgan matnga ega bo‘lib, kirish, 3 bob, 9 paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalarni o‘z ichiga oladi.
Pedagogik amaliyotning bosh maqsadlaridan biri talabalarni amaliyot o‘tkazilayotgan o‘quv muassasalaridagi o‘quv jarayoni hamda tarbiyaviy ishlar tizimini har tomonlama o‘rganishga, o‘quvchilar bilan sinf rahbari, guruh murabbiysi sifatida dars va darsdan tashqari faoliyat davrida tarbiyaviy ishlar olib borishga tayyorlashdan iboratdir. Talabalarning pedagogik amaliyot jarayonida kasb-hunar kollejlari, akademik litsey, maktablarda o‘quv-tarbiyaviy ishlarga kasbiy-pedagogik va psixologik tayyorgarlik, ijodiy fikrlash va mahorat, kasbiy qobiliyatlarini rivojlantirishni shakllantirishga asoslangan. Pedagogik amaliyotning vazifalari quyidagilardan iborat: talabalarda kasbiy ishonch va barqaror pedagogik qarashlarni shakllantirish; talabalarning pedagogik-psixologik fanlar hamda maxsus fanlar bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash; bo‘lajak o‘qituvchilarni amaliy ko‘nikma va malakalar bilan, zaruriy holatlarda umumiy psixologik-pedagogik qonuniyatlarni qo‘llash malakalari bilan ta’minlash; talabalarni maktab, litsey va kasb-hunar kollejlaridagi o‘quv- tarbiyaviy ishlarning zamonaviy ahvoli, ilg‘or pedagogik tajribalari bilan tanishtirish; o‘qituvchining muhim kasbiy va shaxsiy xislatlarini rivojlantirish; talabalarda pedagogik kasb va mehnatga hurmat va muhabbat uyg‘otish; talabalarning pedagogik-psixologik faoliyatda bevosita qatnashishlariga erishish; talabalarni maktab, litsey, kasb-hunar kolleji o‘quvchilarini pedagoglik kasbiga yo‘naltirish va tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazishga o‘rgatish; pedagogik faoliyatning sinfdan va maktabdan tashqari ishlarini joriy va istiqbolli rejalashtirishga o‘rgatish. Pedagogik amaliyot o‘tkazish davri 3 bosqichdan iborat bo‘lib, har bir bosqich bajarishi lozim bo‘lgan o‘z vazifasiga ega. Pedagogik amaliyotning birinchi haftasida talabalar maktab ma’muriyati, pedagogik jamoasi bilan tanishadilar va maktab sharoitiga moslashadilar. Sinf (guruh) va sinf (guruh) rahbari, o‘qituvchilarning pedagogik faoliyati, mahoratini kuzatadilar, o‘rganadilar. Maktab, sinf hayoti bilan tanishib chiqadilar va hokazo. Shu bilan bir vaqtda talabalar o‘zlarining pedagogik amaliyotga tayyorliklarini sarhisob qiladilar (bilim va ko‘nikmalar, pedagogik anglash, pedagogik refleks, pedagogik – psixologik tayyorgarlik va boshqalar). Pedagogik amaliyot paytida asosiy kasbiy malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish jarayoni kechadi. Pedagogik amaliyot talabalarning pedagogik faoliyatga ko‘nikishiga imkon tug‘diradi. Shu bilan birga talabalarning nazariy tayyorgarligini boyitish va to‘ldirish, olgan bilimlarini chuqurlashtirish va mustahkamlash, amaliy topshiriqlarni bajarishda o‘rganilayotgan fanning nazariy jihatlaridan foydalanish uchun sharoitlar yaratadi. Pedagogik amaliyot paytida asosiy kasbiy malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish jarayoni kechadi. Pedagogik amaliyot bo‘lajak o‘qituvchining o‘z hayotini kelajak avlod ta’lim va tarbiyasi kabi jiddiy, mas’uliyatli ishga bag‘ishlashiga, talabalarning mehnatga shayligini amalga oshirishga tayyorligini tekshiruvni birinchi jiddiy sinovdir. Download 154.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling