Mutaxassislik fanlarini o’rni va ahamiyati Naima Sobirjon qizi Rahimova Toshkent davlat pedagogika universiteti Annotatsiya


Download 245.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana11.02.2023
Hajmi245.88 Kb.
#1189006
  1   2   3
Bog'liq
mutaxassislik-fanlarini-o-rni-va-ahamiyati



Mutaxassislik fanlarini o’rni va ahamiyati 
 
Naima Sobirjon qizi Rahimova 
Toshkent davlat pedagogika universiteti 
 
Annotatsiya: Мazkur maqоlаdа texnologik ta’limda mutaxassislik fanlarini 
o’qitishda talabalarning texnik ijodkorlik tafakkurini, qobiliyatini rivojlantirish 
texnologiyalari haqida fikr-mulohazalar yurutilgan. Shuningdek texnologik ta’lim 
dars jarayonlarini tashkil etish bo’yicha nazariy va amaliy ko’rsatma, ko’nikmalar 
bayon qilingan. 
Kalit so’zlar: Texnologiya, tafakkur, kasbiy, qobiliyat, g’oya, muammo, 
eksperiment. 
The role and importance of special disciplines 
Naima Sobirjon qizi Rahimova 
Tashkent State Pedagogical University 
Abstract: This article discusses the technologies of developing students' 
technical thinking and abilities in the teaching of special subjects in technological 
education. There are also theoretical and practical guidelines and skills for the 
organization of technological education courses. 
Keywords: Technology, thinking, professional, ability, idea, problem, 
experiment. 
O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy 
rivojlanishning o’ziga xos yo’lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini 
qayta tashkil etishni zarur qilib qo’ydi. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning joriy etilishi 
yangi o’quv rejalari, dasturlari, darsliklarni hamda zamonaviy didaktik ta’minotni 
ishlab chiqishni va tadbik etishni takozo qildi. Shu nuqtai nazardan “Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi”da ta’lim jarayoni, mazmunini isloh qilish asosan, me’yoriy 
xujjatlar majmuasi asosida, kadrlarga ta’lim va tarbiya berish milliy istiqlol 
g’oyalariga muvofiq amalga oshirilishi alohida ta’kidlab o’tilgan Uzluksiz ta’lim 
kadrlar tayyorlash tizimining asosi hamda O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy 
taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-
texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustivor sohadir. Ta’limning 
uzluksizligi shunday ma’no beradiki, inson tug’ilgandan boshlab to umrining 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
658


oxirigacha ta’lim olish imkoniyatiga ega bo’lsin. Bunday tizim O’zbekiston 
Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunida o’z aksini topgan. 
Zamonaviy texnologik ta’lim nazariyasining bir qator olimlarining pedagogik 
faoliyat to‘g‘risidagi ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini texnologik ta’lim 
o‘qituvchisining faoliyatini o‘rganishda ham foydalanish mumkin bo‘ladi, biroq bu 
yerda uning xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator muammolar kelib chiqadi. 
Texnologik ta’lim yo’nalishida mutahassislik fanlari o’qitilishining o’rni va 
ahamiyati juda beqiyosdir. Bu xususiyatlar ko‘p qirrali bo‘lib, faoliyatning turli 
tomonlariga xos bo‘ladi, ammo ularni shartli ravishda uchta katta guruhga bo‘lish 
mumkin bo‘lib, har biri alohida bir tomonining o‘ziga xoslikligini nomoyon etadi. 
Texnologik ta’lim o‘qituvchisi o‘zining tuzilishi, strukturasi va taqdim etish shakliga 
ko‘ra umumkasbiy va soha texnik-texnologik bilim va ko‘nikmalari majmuasi bilan 
biror bir predmet fan o‘qituvchisining maxsus bilimlaridan tubdan farq qiladi Faqat 
texnologik ta’lim o‘qituvchilarigina shunday insonlarning yetishib chiqishini 
ta’minlaydilarki, bunday insonlar kasbiy faoliyatda shaxsiy va ijtimoiy hayotdagi o‘z 
o‘rinlarini topishda ijodan izlanadilar. Ba’zi tadqiqotlarda texnologik ta’lim 
o‘qituvchisining tipik faoliyat turlari va ularga mos funksiyalari sifatida quyidagi: 
ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi, uslubiy, ishlab chiqarish-texnik, tashkiliy
diagnostik kabi tashkil etuvchilari, boshqalarida esa: ta’limiy, tarbiyaviy, tashkiliy-
boshqaruv, ishlab chiqarish-texnologik, tadqiqotchilik kabi tashkil etuvchilari ajratib 
berilgan. Texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy fikrlash xususiyatlari orasida 
o‘ziga xos jihatlar kuzatiladi va hozirgi paytda sohaning va ijtimoiy-pedagogik 
fikrlashning samarodorligini oxirigacha o‘rganilmaganligi bilan belgilanadi.
Ta’lim muassasalarida texnologik ta’limning asosiy maqsadi o’quvchilarda 
texnologik operatsiyalarni bajarish ko’nikma va malakalarini shakllantiradigan, ularni 
kelajakda ishlab chiqarish sohalarida mehnat qilishga tayyorlaydigan, shuningdek, 
texnik dunyoqarashni shakllantiradigan, shaxsning har tomonlama uyg’un 
rivojlanishiga yordam beradigan samarali, natijaviy ta’lim berishga qaratilgan. 
Shuningdek, texnologik ta’limning mazmuni o’quvchilarga ishlab chiqarish sohalari 
to’g’risida bilimlar tizimini berishdan va shu bilan birga, amaliy mashg’ulotlarda, 
mehnat faoliyatida eng ko’p uchraydigan asbob uskunalar, texnik vositalardan 
foydalanishni o’rgatish ko’nikma va malakasini shakllantirish orqali o’quvchilarni 
kasb tanlashga ham tayyorlashga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Umumiy o’rta ta’lim 
maktablarida texnologik ta’lim mazmunining samaradorligi yuqori darajada bo’lishi, 
kasb tanlashdagi muammolar yechimi shunchalik kamayadi. Chunki, texnologik 
ta’lim o’quvchilarni kasbga tayyorlashning asosi bo’lib xizmat qilishi kerak. 
Texnologik talim jarayonlarida o’quvchilarni kasbga yo’llash ishlari bilim berish, 
ko’nikma va malakalar asoslarini shakllantirishda, ilmiy texnik to’garaklarda, ijodiy 
ishlarga jalb qilish orqali amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. O’quvchilarni 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
659



Download 245.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling