Mutaxassislik fanlarini o’rni va ahamiyati Naima Sobirjon qizi Rahimova Toshkent davlat pedagogika universiteti Annotatsiya


Download 245.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana11.02.2023
Hajmi245.88 Kb.
#1189006
1   2   3
Bog'liq
mutaxassislik-fanlarini-o-rni-va-ahamiyati

kasb tanlashga yo’llashda texnologik ta’limning mazmuni quyidagilardan iborat 
bo’ladi: 
Texnologiya fanining ilmiy asoslarini bilish va ularni amalda qo’llash, 
shuningdek ma’lumotni amaliyotga baholash usullarini o’zlashtirish, bilimlardan 
foydalanishni izlash, samarali mehnatni takomillashtirish jarayonida bilimlardan 
foydalanish, ishlab chiqarish hodisalarini tahlil qilishda fanlararo bilimlarga 
tayanishni, kompyuter savodxonligini oshirish; 
O’quvchilarni kasb tanlashga yo’llashda texnologiya darslarining mazmuni 
o’quvchilarning iste’dod va qobiliyatlari, ayniqsa texnik, dizayn va tadqiqot ishlarini 
ochish omili sifatida qaralishi kerak; 
Texnologik ta’lim didaktik (o’qitish) va tarbiyaviy (shakllantiruvchi) 
funktsiyalarini bajaradi.
Didaktik funktsiya asosiy vazifalardan hisoblanib, ya’ni o’quvchilarni 
zamonaviy ishlab chiqarishning turli sohalarida fan yutuqlaridan maksimal darajada 
foydalanishga tayyorlaydi. Bunga: 
1) zamonaviy ishlab chiqarish asoslari bo’yicha texnik dunyo qarashni 
shakllantirish; 
2) ilmiy texnika taraqqiyoti bilan fandunyosi fsoslariga yo’llash; 
3) o’quvchilarniumuminsoniyamaliyotida zarur bo’ladigan ilmiy bilim asoslari 
bilan qurollantirish; 
4) tarmoqlararomunosabatlarni qo’llash uchun muhim bo’lgan zamonaviy 
ishlab chiqarishning umumiy iqtisodiy tamoyillarini o’rgatish; 
5) yoshlarning professional harakatchanligi uchun zarur bo’lgan bozor 
iqtisodiyotigayo’naltirish; 
6) keyinchalik ishning ijodiy xususiyatini va kasb tanlashni belgilaydigan 
o’quvchining kuchi va qobiliyatlarini rivojlantirish; 
7) o’quvchilarnimurakkab avtomatik jarayonlarni boshqarish uchun psixologik 
va amaliy jihatdan tayyorlash. 
Texnologik ta’lim mazmuni barcha shakllarining umumiy maqsadi o’quvchilar 
nihayotga tayyorlash, ishlab chiqarish, fan va madaniyatning rivojlanish darajasi 
bilan bog’lashga qaratilgan. Biroq, bu masalada texnologik ta’lim mazmunini ishlab 
chiqarishning rivojlanish istiqbollarini ham hisobga olishi kerak.
Texnologik ta’lim kasbni to’g’ri tanlashni ta’minlashda, amalga oshirilayotgan 
ilmiy-texnik o’zgarishlarda va texnologik jarayonlarga doimiy tadbiq etilayotgan 
yangiliklarda tezkor harakat qilish qobiliyatini shakllantirishda muhim rol o’ynaydi. 
Texnologik ta’limda mutahassislik fanlari ham juda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda maqsadli ustaxonalarni tashkil etish, 
ta’lim muassasalarida mavjud ishlab chiqarish o’quv-moddiy bazasidan foydalanish 
ishlab chiqarish korxonalaridagi mehnat jarayonlarining nazariy asoslarini 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
660


o’rganishni kuchaytirish, amaliy bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish orqali kasbga 
tanlash ishlarini yaxshilash mumkin. Hozirgi vaqtda texnologik ta’lim va mehnat 
ta’lim muammolarini hal qilishning eng samarali usullarini topishdan iborat. 
Bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarini o‘z kasbining bilimdoni qilib 
tayyorlashda oliy o‘quv yurtlaridagi talabalar ilmiy tadqiqot ishlari metodologiyasini 
yaxshi yo‘lga qo‘yish katta rol o‘ynaydi. Bunday ilmiy tadqiqot metodologiyasi 
bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarini kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlashning 
asosi ikki jihatga ega. 
Birinchi jihati - o‘quv materialidagi malakaviy tavsifga ega bo‘lgan nazariy va 
amaliy muammoli masalalarni aniqlashni, keyin tabiiy (fizika, ximiya, biologiya va 
boshqa), umumtexnika hamda texnologik ta’limqonuniyatlarining texnika va 
texnologiyalariga tatbig‘ini o‘qituvchi tomonidan yoritilishi va talabalar tomonidan 
o‘zlashtirilishini nazarda tutadi. 
Ikkinchi jihati - umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning ishlab 
chiqarish masalalarini hal qilishga oid bilimlardan unumli foydalanadigan 
tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishdir. Jumladan, texnologik 
ta’lim bo‘yicha bakalavriyat yo‘nalishidagi o‘quv dasturini tahlil qilish uning hozirgi 
zamon ishlab chiqarishi bilan texnik-texnologik va tashkiliy-iqtisodiy tavsifdagi 
tadqiqotchilik ishlari bo‘yicha aloqa bog‘lash uchun ko‘plab imkoniyatlar mavjudligi 
aniqlandi. Ammo bu aloqalarni amalga oshirish esa uni ilmiy asosda, didaktik 
jihatdan puxta o‘ylab yondoshishni taqozo etadi. Talabalar tabiiy, umumtexnika va 
texnologik ta’limlarni, uning amaliy masalalarini tadqiqotchilik orqali o‘zlashtirish 
asosidagina kasbiga oid bilimlarni kelajakdagi pedagogik faoliyati bilan chuqur 
bog‘lay olishi mumkin. Chunki texnologik jarayonlar va texnikalar ishlash 
tamoyillari asosida ana shu fanlarning qonuniyatlari yotadi. Shu boisdan o‘quv 
jarayonida tadqiqotchilik ko‘nikmalarini hosil qila borish, bo‘lajak texnologiya fani 
o‘qituvchilariga texnologik jarayonlarning va texnika ishi tamoyillarini ilmiy asosda 
tushunib olishda muhim vosita hisoblanadi. Bu esa politexnik bilimlarning 
predmetlararo xarakterini ifodalaydi. Shu holdagina ilmiy tadqiqot ishlari o‘zining 
haqiqiy vazifasini bajaradi, bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilariga ishlab 
chiqarishning umumiy ilmiy asoslarini o‘zlashtirishlarida yordam beradi. 
Bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda 
tadqiqotchilik ko‘nikmalarining o‘rni muhim. Bularga nazariy o‘rganish, kuzatish, 
muammoni qo‘ya bilish, faraz qilish, farazdan kelib chiqib reja tuzish, tajriba 
o‘tkazish, tajriba natijalarini olish, farazga nisbatan tajriba natijasini taqqoslash, 
nazariy tahlil qilish va umumlashtirish, amalda qo‘llab ko‘rish kabilar bilan bog‘liq 
ko‘nikmalar kiradi. Aytilganlarning ba’zilari fan asoslarini o‘rganishda, ba’zilari 
amaliyot jarayonida, yana boshqalari izlanish ishlari orqali shakllanadi. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
661


Bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining faoliyatida, muammoni qo‘yish 
uchun tadqiqot vazifasi birinchi o‘ringa o‘tishi maqsadga muvofiq, chunki unda 
bajariladigan ishning maqsadi va unga bo‘lgan ehtiyoj o‘z aksini topadi. Texnik 
ijodkorlikda tadqiqot vazifasi talabalarni izlanish faoliyatiga jalb qilishning asosi 
hisoblangani uchun u tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirishning va ijodkorlik 
faoliyatini jadallashtirishning zaruriy vositasi bo‘lib hisoblanadi. Yuqorida qayd 
etilganlar ijodkorlik masalalarini yechishda tadqiqotchilik ko‘nikmalarini 
shakllantirishning mohiyati va strukturasi to‘laroq tavsiflashni taqoza etadi. 
Tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirish deganda talabalarning ilmiy-texnikaviy 
ijodkorlik masalalarini yechishda tadqiqot vazifalarini bajarish bilan bog‘liq ilmiy 
metodlardan oqilona foydalanishga o‘rgatish tushuniladi. 

Download 245.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling