Mutaxassislik terminlarining uch tilli lug’atini tuzish. 1-mavzu: kirish. Pedagogning kasbiy nutqi kasbiy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida reja


Download 424.31 Kb.
bet26/95
Sana28.03.2023
Hajmi424.31 Kb.
#1302312
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   95
Bog'liq
17.MUTAXASSISLIK TERMINLARINING UCH TILLI LUG’ATINI TUZISH

13-mavzu: Fikr ifodalash yo`llari.
Reja:

  1. Yoshlarga oid muammolar, ularning echimi to`g`risida matn tuzish.

  2. Og`zaki va yozma savodxonlikni tekshirish xatolar ustida ishlash.

Zamonaviy dunyo juda faol va tez o'zgarib turadi. O'zgarishlar odamlar, ayniqsa, yoshlar sodir bo'ladi. Yoshlarning dolzarb muammolari butun jamiyatning kamchiliklari va kamchiliklarini aks ettiradi. Shuning uchun bu qiyinchiliklarni hal qilish butun jamiyatning farovonligiga ta'sir qiladi.

Ijtimoiy muammo sifatida yoshlarning ishsizligi


Bu xarakterdagi muammolar davlatning iqtisodiy barqarorligidan kelib chiqadi, zarur ish o'rinlarini ta'minlay olmaydi, ish beruvchilarning kam malakali va tajribasiz xodimlarni qabul qilishlarini istamaydi. Yoshlarni ishga joylashtirish muammosi, shuningdek, ish beruvchilar tomonidan taqsimlanmagan yosh mutaxassislarning moliyaviy da'volaridan iborat. Shunday qilib, yoshlar ish izlaydilar, lekin ular yashashga qodir emaslar, chunki ular yashash uchun mablag'i yo'q. Bu noqonuniy daromadlarni qidirishga olib keladi, ko'pincha jinoyatchilik, giyohvandlik, qashshoqlikka olib keladi, yoshlarning uy-joy muammolarini rivojlanishiga hissa qo'shadi. Yosh oilalarni o'z uylari bilan ta'minlash bo'yicha davlat dasturlari amalda bajarilmayapti. Ipotek cho'zilib ketadigan bo'yinturuq bo'ladi.
Yoshlarni axloqiy tarbiyalash muammolari
Yashash uchun kurashishga majbur qilingan hayot istiqbollari yo'q, ko'pgina yoshlar va qizlar jinoyat dunyosiga aylanadi. Oilalarning ijtimoiy xavfsizligi, pul izlashni zarurati yoshlarning madaniyati va ta'limiga ta'sir qiladi: ular o'qishdan, ma'naviy g'oyalarni tark etishad Kam yashash sharoitlari, noaniqlik, bajarilishning etishmasligi yoshlarni alkogol va giyohvand moddalarni sinab ko'rishga majbur qiladi. Yoshlar orasida alkogolizm muammosi juda jirkanchdir. Aytishga hojat yo'q: har bir ikkinchi o'rta o'quvchi spirtli ichimliklarni haftasiga ikki marta ichishadi. Yoshlar o'rtasida giyohvandlik muammosi ham dolzarbdir. Aytgancha, bunday qaramlik nafaqat kam ta'minlangan oilalar farzandlari orasida ham paydo bo'ladi: giyohvandlar ko'pchiligi boy ota-onalarning bolalari.

Yoshlar orasida chekish muammosi ham katta. Har uchinchi o'rta maktab o'quvchisi doimiy ravishda sigareta qiladi. Axir, yoshlar orasida chekishning noqonuniy obro'si bor, ular, ularning fikriga ko'ra, "moda" ko'rinishida va ozod bo'lishadi. Zamonaviy yoshlarning madaniyat muammolari


Yoshlarning turmush darajasining pasayishi ham ularning madaniy hayotiga ta'sir ko'rsatdi. Hayotga bo'lgan iste'molchi munosabatlarining G'arb g'oyalari mashhur bo'lib, pul va modaga hurmat ko'rsatish, moddiy farovonlikka erishish va lazzat olishdir.

Bundan tashqari, yoshlar uchun dam olish muammolari ham mavjud. Ko'pgina shahar va qishloqlarda madaniy bo'sh vaqt uchun shartlar mavjud emas: bepul hovuzlar, sport bo'limlari yoki qiziqish doiralari yo'q. Bu yerda bolalar va qizlar televizor yoki kompyuter oldida, sigareta bilan tengdoshlari va qo'llarida bir shisha bilan o'tirishadi.

Ruhiy qashshoqlik zamonaviy yoshlarning nutq madaniyati masalasida o'z aksini topdi. Ta'limning past darajasi, Internetda muloqot qilish, yoshlarning subkulturalarini yaratish odob-axloq me'yorlariga mos kelmaydigan jarlikni rivojlantirishga yordam berdi.
Ona tili darslarida bog’lanishli nutqni o’stirish o’quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. Ularning tafakkurini kengaytiradi. Shuning uchun o’qituvchi “… o’tilgan tema asosida o’quvchilarning nutq ko’nikmasini o’stirishga e’tibor berishi lozim.

Ayrim o’qituvchilar mustaqil ijodiy yetarli e’tibor bermaydilar. Natijada o’quvchilar o’z fikrlarini og’zaki va yozma bayon qilishda qiynaladilar.

Kuzatishlar ko’p hollarda og’zaki nutqi har tomonlama o’sgan o’quvchilarning yozma nutqi ham rivojlangan bo’lishini ko’rsatmoqda.

V-IX sinflarda o’quvchilarning bog’lanishli nutqini o’stirish maqsadida turli ko`rinishdagi mustaqil ishlardan foydalaniladi. Jumladan, ma’lum bir grammatik qoida asosida matn mazmunini qayta hikoya qilish; rasmlar, kinofilmlarda ko’rganlari yoki shaxsiy taassurotlari va eshitganlari asosida turli xarakterdagi insholar yozish, o’qilgan badiiy asar, ko’rilgan film va spektaklllarga taqrizlar yozish, ma’lum bir uslubda berilgan matnni ikkinchi bir uslubdagi matnga erishish mumkin.


O’quvchilarning saviyasi oshgan sari bog’lanishli nutq malakasi ham kengayib boradi. IV sinf o’quvchisi ma’lum bir grammatik talab asosida (og’zaki va yozma) tekst mazmunini qayta hikoya qila oladigan, rasmlarda, diafil`mlarda ko’rganlari asosida og’zaki va yozma tekst tuza oladigan, shaxsiy taassurot va eshitganlarini bayon qilib bea oladigan bo’ladi.

O’quvchilar o’z fikrini erkin bayon qilishi uchun quyidagilarga ega bo’lishlari lozim:

a) yetarli darajadagi so’z boyligi; b) ona tilidan o’rganilgan qoidalarni amalda qo’llay olish malakasi; v) gapda so’zlarni o’rinli ishlatish, gapni grammatik jihatdan to’g’ri tuzish, gaplarning bir-biriga bog’lanishini hisobga olgan holda bog’li tekst tuza olish malakasi; g) o’z nutqida tilning tasviriy vositalaridan o’rinli foydalana olish malakasi; d) to’g’ri yozish ko’nikmasi.
O’quvchilarning bog’lanishli nutqini o’stirishda yoziladigan insholarning ahamiati katta. O’quvchilar o’z taassurotlari asosida mustaqil insho yozishga qiziqadilar. Masalan, “O’lkamizga bahor keldi” temasida insho yozdirish uchun o’qituvchi insho mavzusini uni yozishdan 10-15 kun oldin o’quvchilarga ma’lum qiladi. Ular bu vaqt ichida tabiatda sodir bo’ladigan o’zgarishlarni kuzatadilar va o’zlarini fikr-mulohazalarini, yuqorida qayd qilinganidek, kuzatishlar daftariga yozib boradilar. Vaqt-vaqti bilan o’qituvchi inshoga tayyorgarlik qanday tartibda olib borilayotganini so’rab turadi.

“Ekskursiya” temasida insho yozish uchun ham xuddi shunday tayyorgarlik talab etiladi. O’qituvchi, avvalo, bolalarga uyushtiriladigan ekskursiyaning maqsadini, nimalarga e’tibor berish lozimligini, taassurotlarini yozib boorish kerakligini uqtiradi.


O’quvchilarni mustaqil ravishda bayon va insho yozishga o’rgatish maqsadida o’qituvchi mustaqil ishning quyidagi bosqichlarini o’tashga da’vat etadi: a) tekstni diqqat bilan o’qib chiqish va tushunmagan so’zlarining ma’nosini bilib olish; b) tekst mazmuniga qarab, bayonning tuzish; v) plan asosida tekst mazmunini og’zaki hikoya qilishga tayyorlanish; g) tekst mazmunini izchil bayon qilish so’z, so’z birikmasi, gaplar tanlash; d) yozilgan bayonni diqqat bilan o’qib chiqish; o’z-o’zini control qilish.

O’quvchilarning mustaqil ishlarini o’zlari kontrol qilishda, ta’limiy bayon tekstini darslikdan tanlash yaxshi natija beradi, chunki barcha o’quvchilar tekstni mustaqil o’qib chiqish imkoniga ega bo’ladilar.

Ta’limiy xarakterdagi insholarni yozishda o’quvchi mustaqil ishning quyidagi bosqichlarini bosib o’tadi:
a) inshoning mavzusi haqida to’liq tasavvurga ega bo’lish, material to’plash; b) inshoning planini tuzish; v) inshoning mazmunini ochish uchun so’z, so’z birikmasi va gaplar tanlash; g) planning har bir moddasiga oid fikrlarni to’plash; d) fikrni yozma bayon qilish; ye) yozilgan inshoni diqqat bilan o’qib chiqish hamda har bir so’zning yozilishini, gaplarning tuzilishini ko’zdan kechirib chiqish.

O’qituvchilar bog’lanishli nutqini o’stirishga har bir darsda e’tibor berishlari zarur. Mustaqil ishning bog’lanishli nutqni o’stirishga yordam beradigan quyidagi turlaridan foydalanish tavsiya qilinadi:


1. Biror grammatik, orfografik qoida talabiga muvofiq gap tuzish, misollar topish. O’qituvchi bunday misollarni adabiyot darsliklaridan, shuningdek, gazeta va jurnallardan talashi mumkin. Adabiyot darsida badiiy asar o’rganilar ekan, shu parchadan ona tilining ma’lum bir qoidasiga taalluqli so’zni izohlab o’tish yoki misolni esda saqlab qolish, lozim bo’lsa, bu misolni daftarga ko’chirib olish.

2. tayanch so’zlar yoki so’z birikmalari yordamida bog’lanishli tekst tuzish. Bunday so’zlar va so’z birikmalarini ko’chma doskaga yoki kartinka yozib sinfga olib kirish aqsadga muvofiqdir. Masalan, Buxoro shahar hamza nomli maktab o’qituvchisi M.Qodirova “Sifat-so’z turkumi” temasi yuzasidan o’quvchilar bilimini mustahkamlash maqsadida g’ayratli, tirishqoq, a`lochi; odobli, xushmuomala, saranjom, bilimdon sifatlarini qatnashtirib, “Dildora – a’lochi qiz” temasida tuzishni topshiradi:


O’quvchilar ishidan namuna

Dildora – g’ayratli va tirishqoq qiz. U sinfimizning a`lochi o’quvchilaridan biridir. Dildora o’zining odobliligi va xushmuomalalili bilan ajralib turadi. Uning hamma ishlari saranjom. Dildora doimo toza va ozoda kiyinadi. Biz sinfdoshimizni hurmat qilamiz.

Bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilardan bog’lanishli tekst emas, alohida-alohida gaplar tuzishni talab qilish ham mumkin. Bunday insholar o’quvchilarning tafakkurini kengaytiradi, yozma nutqining rivojlanishiga samarali ta`sir ko’rsatadi.

3. Rasmli kartochkalar va diafil`mlardan foydalanish. Rasmli kartochkalarga qarab gaplar, bog’li tekstlar, kichik hajmdagi hikoyalar tuzishni topshirish bog’lanishli nutqning o’sishiga samarali ta`sir ko’rsatadi.


Rasm bilan o’quvchilarning fikrlash faoliyatini aktivlashtiradi, fikrni mantiqan to’g’ri va keng bayon qilishga ko’maklashadi, o’quvchilarning lug’atini boyitadi hamda nutqining rang-barang bo’lishiga yordamlashadi. Rasm bilan ishlashning yana muhim tomoni shundaki, u tilning qonun-qoidalarini uzoq vaqt xotirada saqlab qolishga aktiv ta`sir ko’’rsatadi. O’quvchi havas bilan rasm mazmunini bayon qilishga intiladi. Fikrni ifodalash uchun soz tanlaydi. Shuning uchun turli xildagi rasmli otkritkalar, jurnallar va boshqa manbalardan olingan rasmlar yordmida grammatik topshiriqli kartochkalar tuzishi va temaning xarakteriga qarab, lardan foydalanishi maqsadga muvofiqdir.

Kartochka uchun tanlanadigan rasmlar mazmuni o’quvchi diqqatini tortishi bilan: birga, eng muhimi, topshieiq shartiga muvofiq bo’lishi, temaning xarakterini ochishga, bilimni ko’nikmaga aylantirishga amaliy yordam ko’rsatishi kerak.

Kartochka namunasi

1). Rasmga sarlavha toping va unga qarab hikoya tuzing. (Shahar yoki rayon markazi tasviri). Hikoyangizda obod, chiroyli binola, qip-qizil, ko’m-ko’k, zilol suv kabi so’z va so’z birikmalaridan foydalaning.

2). Hikoyangizda sifatlarni topib, uning darajasini ustiga yozib qo’ying.

Rasmning pastida alohida (konvertsimon cho’takcha) tayyorlab topshiriq yozilgan kartochkani shu cho’ntakchaga solib qo’yish ham mumkin. Shunda temaning maqsadi va xarakterigaqarab topshiriq shartini o’zgartirish oson bo’ladi.

Grammatik topshiriqli rasmli kartochkalarning yana bir turi berilgan she`r va shu she`r mazmuniga muvofiq keladigan rasm asosida hikoya yoki gaplar tuzishdir. Topshiriq uchun tanlanadigan she`r ham, rasm ham o’quvchilar yoshi va saviyasiga to’la muvofiq kelishi zarur. Bunday kartochkalar o’quvchilarning bog’lanishli nutqini o’stirish bilan birga, she`riy asar mazmunini nasriy yo’l bilan bayon qilishga, uni ona tilining ma’lum qonun-qoidasi bilan bog’lashga o’rgatadi. Natijada o’quvchilar materialni katta qiziqish bilan o’rganadilar.


Download 424.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling