Mutaxassislik terminlarining uch tilli lug’atini tuzish. 1-mavzu: kirish. Pedagogning kasbiy nutqi kasbiy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida reja
-mavzu: Nutqimiz ko`rki. Iboralar va ularning turlari
Download 424.31 Kb.
|
17.MUTAXASSISLIK TERMINLARINING UCH TILLI LUG’ATINI TUZISH
11-mavzu: Nutqimiz ko`rki. Iboralar va ularning turlari.
Reja: 1.Iboralarning uslubiy xususiyatlari. 2. Iboralarning matnda qo`llanilishi. 3. Ijobiy va salbiy bo`yoqli iboralar ishtirokida tasviriy matn yaratish. Frazeologik iboralar tuzilishi va ma’no xususiyatiga ko’ra uch guruhga bo’linadi: Frazeologik qo’shimchalar. Frazeologik qo’shimchalarning ma’nosi uning tarkibidagi so’zlarning o’z va ko’chma ma’nolaridan kelib chiqadi. Masalan, gap tashlamoq, gap otmoq (gap – o’z ma’nosida, tashlamoq, otmoq-ko’chma ma’noda), mehri tushdi (mehr-o’z ma’nosida, tushdi – ko’chma ma’noda), oyog’i tortmadi (oyoq o’z ma’nosida, tortmadi- ko’chma ma’noda). Frazeologik qo’shilma tarkibidagi so’zlar grammatik birikish usuli jihatidan odatdagi so’z birikmalaridan farq qilmaydi. SHuning uchun xam kuli ko’kka sovurildi iborasi tarkibidagi gap bo’laklarini (egaQo’rin holiQkesim) ajratish mumkindek ko’rinsa-da, ammo ibora tarkibidagi so’zlar orasidagi sintaktik aloqa doimiy (o’zgarmas)dir, shu sababli u «butunlay emirildi», «yo’q qilindi» ma’nosini ifodalaydi. Frazeologik qo’shimchalarda voqelik bevosita aks ettiriladi, shuning uchun uning tarkibidagi ayrim ko’zlar ko’chma ma’noda ishlatilgan bo’lsa xa, ibora butun holda ko’chma ma’noda bo’lmaydi.
Bunday iboralarda mubolag’a, o’xshatish kabi tasviriy vositalarning qo’llanishi uning obrazliligini, ta’sirchanligini oshiradi. Masalan, xamma ish xamirdan qil sug’urgandan imim-jimida hal bo’ldi. (SH.R) Bu turdagi iboralarda so’zlar orasidagi grammatik aloqa sezilib tursa-da, ular gap bo’laklariga ajralmaydi, balki butun xolda bitta sintaktik vazifa bajaradi. Masalan. YUlduzni benarvon uradigan yigitlar – o’shalar (O.) gapidagi yulduzni benarvon uradigan iborasi to’ldiruvchi, hol va kesimga ajralmaydi, balki butun holda bitta birikmali aniqlovchi vazifasini bajaradi. Frazeologik birlashmalar tarkibidagi so’zlar orasiga, ba’zan so’z kiritish, tarkibidagi so’zlar o’rnini o’zgartirish, so’zlardan birini boshqa ma’nodagi so’z bilan almashtirish mumkin. Masalan, YUragida kiri yo’q q ko’nglida kiri yo’q, qildan qiyiq axtarmoq - qildan qiyiq qidirmoq. 4. Frazeologik chatishmalar. Frazeologizmlarning bu turida ham ibora butun xolda ko’chma ma’noda qo’llaniladi, ammo uning ma’no tarkibidagi so’zlarning ma’nosi bilan o’zaro bog’lanmaydi. Masalan, o’takasi yorildi iborasi butun holda ko’chma ma’noni - qattiq qo’rqdi ma’nosini ifodalaydi, ammo bu ma’no ibora tarkibidagi o’taka(si), yorildi so’zlarning na real, na ko’chma ma’nolari bilan bog’liq emas. Xuddi shu singari, yuzi shuvut bo’ldi iborasi butun holda «uyaldi» ma’nosini ifodalaydi, ammo bu ma’no ham iboralar tarkibidagi yuzi shuvut so’zlarining ma’nolari bilan xech qanday umumiylikka ega emas. Frazeologik chatishma tarkibidagi ba’zi so’zlarning ma’nosi eskirgan (yoki unutilgan) bo’lishi mumkin. Masalan, Gulnor doqiyunusdan qolgan kavushini kiyib, chirik paranjiga o’ralib, Yo’lchi bilan jo’nadi. (O.). ushbu misolda qo’llangan frazeologik ibora tarkibidagi doqiyunus so’zining ma’nosi eskirgan bo’lib, u qanday ma’noda ishlatilishi iboraning umumiy ma’nosidan anglashiladi. Adi-badi aytishdi, obro’sini bir pul qildi, bo’ynidan soqit qildi, dong qotmoq so’zlari ham shunday so’zlardandir. Download 424.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling