Mutaxassislikka kirish


-mavzu. TALABALARNING O'OUV ILMIY-TADQIQOT IShLARI


Download 290.52 Kb.
bet27/44
Sana21.11.2023
Hajmi290.52 Kb.
#1793353
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   44
Bog'liq
Mutaxassislikka kirish fanidan ma\'ruza matni-fayllar.org

5-mavzu. TALABALARNING O'OUV ILMIY-TADQIQOT IShLARI
VA ULARNI TAShKIL QILISh.
1. Ilmiy-tadqiqot ishlari у a ularni turlari.
«Ilm bir chiroqdurkim, seni rohat va farog'atga hech bir zahmatsiz yetkazadi». Abu Lays As-Samarqandiy
Biz ilm haqida fikr yuritar ekanmiz, bobomiz As-Samarqandiyning aytganlaridek, ilm - bu bir yorug'lik, unda faqat rohat va farog'at borligi ma'lum bo'ladi. Ilmni qanchalik chuqur o'rganish orqali shunchalik ma'naviyatli, ma'rifatli bo'lib boramiz. Ilm - bu insonni ezgulikka eltuvchi kuchdir. Har bir inson ilmli bo'lishga intiladi va o'z oldiga maqsadlar qo'yib yashaydi. Maqsadli insondan bir nimalar kutish mumkin, chunki unda maqsad bor, unga etishish uchun ham intiladi, izlanadi va shu qatori ilmga erishadi. Hozirgi kunda yoshlarni ilm olishiga va maqsad bilan yashashiga, intilishiga ko'p yo'llar ochilgan. Ayniqsa, talabalarga ko'pgina imkoniyatlar berilgan. Dunyo fanlarini o'zlashtirish uchun turli xil kutubxonalar tashkil etilgan. Talabalarning o'z ustida ishlashlari uchun bu eng qulay imkoniyat hisoblanadi. Bu o'z navbatida mustaqil o'qish tizimini kuchaytirishga olib keladi.
Bilamizki, mustaqil o'qish tizimi har tomonlama foydali hisoblanadi, chunki talaba bu uchun o'zi ko'p izlanishiga, ko'proq topib o'qishiga to'g'ri keladi. O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o'ziga xos yo'lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo'ydi va qator chora-tadbirlar ko'rishni: « Ta'lim to'g'risida»gi Qonunni joriy etishni; yangi o'quv rejalari, dasturlari, darsliklarni joriy etishni, zamonaviy didaktik ta'minotni ishlab chiqishni; o'quv yurtlarini attestatsiyadan o'tkazishni va akkreditatsiyalashni, yangi tipdagi ta'lim muassasalarini tashkil etishni taqozo etdi.
Shuni tan olish kerakki, o'tgan davr mobaynida amalga oshirilgan tadbirlar bugun hayot talab qilayotgan natijalarni berayotgani yo'q. Barcha amaldagi o'zgarishlar va tadbirlar asosan yuzaki bo'lib, ta'lim-tarbiya va o'quv jarayonlarining tarkibini bosqichlarini bir-biri bilan uzviy bog'lash, ya'ni uzluksiz ta'lim-tarbiya tizimini tashkil qilish muammolarini yechib bergan emas.
Bizning amaldagi ta'lim-tarbiya tizimimiz bugungi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera olmasligi ko'p joylarda yaqqol ko'rinmoqda.
Bugungi kunda mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ta'lim va bilim berish tizimi, hayotimizda, jamiyatimizda bo'layotgan islohot, yangilanish jarayonlari talablari bilan yaqindan bog'lanmaganligi har tomonlama sezilmoqda.
Awalo, jamiyatning har bir sohasi kabi ta'limda ham islohotlar amalga oshirildi. Mustaqillikka erishganimizdan so'ng birinchi yilida Mustaqil O'zbekistonimizning «Ta'lim to'g'risida»gi birinchi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun awalo, O'zbekiston ta'limida ilgari erishilgan muvaffaqiyatlarni saqlab qolishga xizmat qildi. Bu qonun o'sha davr uchun juda zarur edi. Axir jamiyat qonunsiz yashasa, vujudga keladigan bo'shliqni bir tasawur qiling. Ayniqsa, ta'lim
sohasida bunday hoi juda salbiy oqibatlarga olib kelishi tajribalarda ko'p sinalgan. Mazkur qonunning yana bir xususiyati shunda ediki, u eski tuzum sarqitlarini ko'rsatib berishga xizmat qildi. Demak, to'plangan ijobiy jihatlami saqlab qolgan, illatlarni anglab olishimizga xizmat qilgan, aniqrog'i eski tizimdan yangisiga o'tishga ko'prik vazifasini o'tagan qonunning ahamiyati ulkandir.
Shu bilan birga 1992 yilda qabul qilingan « Ta'lim to'g'risida» gi qonun yaratgan imkoniyatlar sabab ta'lim tizimiga qator yangiliklar kirib keldi. Ularning asosiylarini qisqacha izohlab o'tsak arziydi. Oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlariga adolat mezoni hisoblangan test tizimi joriy etildi. Buning oqibatida eski tizimdan sarqit bo'lib qolayotgan tanish-bilishchilik, poraxo'rlikka, qisqasi adolatsizlikka barham berildi.
Bundan tashqari, bundan so'ng har bir maktab, kollej, akademik litsey va oliygohlarda o'quvchilarning va talabalarning bilimlari balli sistemada baholanishi ta'kidlandi. Buning oqibatida, eski tuzumdan sarqit bo'lib qolayotgan adolatsizliklarga barham berildi. Balli baholashga nisbatan, aniqrog'i davlat olib borayotgan siyosatga nisbatan halqning ishonchi ortdi. Bu ishning boshida ham davlatimizning rahbari bosh bo'lib turdi.
Kadrlar tayyorlash tizimining demokratik o'zgarishlar va bozor islohotlari talablariga muvofiq emasligi, O'quv jarayonining moddiy texnika va axborot bazasi yetarli emasligi yuqori malakali pedagog kadrlarning etishmasligi, sifatli o'quv-uslubiy va ilmiy adabiyot hamda didaktik materiallarning kamligi, ta'lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o'rtasida puxta o'zaro hamkorlik va o'zaro foydali integratsiyaning yo'qligi kadrlar tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklar sirasiga kiradi.
Ta'lim-tarbiya va o'quv jarayonlarining tarkibini, bosqichlarini bir-biri bilan uzviy bog'lash, ya'ni uzluksiz ta'lim- tarbiya tizimini tashkil qilish muammolari hal qilingan emas. Amaldagi ta'lim tizimi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera olmayotir.
Referat, mustaqil ish kabilarni yozish uchun ko'proq o'qib o'rganishga to'g'ri keladi. Bular haqiqiy mutaxassis tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ilmiy-tadqiqot ishlari mutaxassislar yetishtirishda yetakchi o'rinda turadi. Yetuk mutaxassis bo'lib yetishishni oldiga maqsad qilib qo'ygan har bir kishi mustaqil o'qishi, o'rganishi, o'z sohasini mukammal tushunib etishi lozim. Lekin faqat bu bilan chegaralanib qolmasdan, shu o'rganganlarini tatbiq qilgan holda, ilmiy ishlar bilan ham shug'ullanishi kerak.
Talabalar qiladigan ishlari, ilmiy-tadqiqot ishlari bir necha turlari bo'lib, ularga referat, mustaqil ish va kurs ishlari kiradi. Referatning tarkibiy tuzilishi: reja, adabiyotlar ro'yxati va albatta, shu mavzu yoritilgan bo'lishi kerak. Referatda kitobdan o'qib foydalanish kerak, ammo ko'chirmasdan, mustaqil fikrlar yozilishi kerak bo'ladi. Referat hamma fandan yozilishi mumkin. Ularning soni har bir fanning ishchi o'quv dasturida berilgan bo'ladi.
Mustaqil ishga keladigan bo'lsak, darsda ma'lum bir mavzularni mustaqil o'zlashtirish uchun yoziladigan ish hisoblanadi. Unda reja, adabiyotlar ro'yxati va mavzu yoritilgan bo'lishi lozim.Talaba mustaqil fikrlarni bildirib, o'zidan yangilik kiritib yozishi zarur. Mustaqil ish orqali talabaning shu mavzuni qanday
o'zlashtirganligi va qanchalik mustaqil izlanganligini bilib olishimiz mumkin. Talabalar ishni yozish bilan o'z bilimini oshirib boradilar va shu fanni yaxshi o'zlashtirib oladilar. Bu mustaqil ta'limning bir ko'rinishi hisoblanadi. Bunday mustaqil o'qishlar orqali biz millatimiz ravnaqiga, rivojlanishiga hissa qo'shgan farzandlar qatorida bo'lamiz. Zero, Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek: Har qanday millatning ravnaqi, umumbashariyat tarixida tutgan o'rni, mavqei va shuhrati bevosita o'z farzandlarining aqliy va jismoniy yetukligiga bog'liqdir. Aqliy barkamollikka erishish bu, albatta, yaxshi o'qishdir.

Download 290.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling