Mutaxassislikka kirish
Mustaqil ish talabalarning ta'lim olishdagi asosiy jarayon sifatida
Download 290.52 Kb.
|
Mutaxassislikka kirish fanidan ma\'ruza matni-fayllar.org
4.Mustaqil ish talabalarning ta'lim olishdagi asosiy jarayon sifatida.
Mustaqillikka erishgan mamlakatimizda yoshlar ta'limi va tarbiyasiga nihoyatda katta e'tibor berilmoqda. O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi qonunida ta'lim respublika ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb aytilgan. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-avgustdagi «Oliy ta'limning davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risida»gi 343-sonli qaroriga muvofiq va O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2005-yil 21-fevraldagi 34-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan «Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi to'g'risda»gi nizomga asosan ishlab chiqilgan va kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilishda talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibini belgilaydi. Talabaning mustaqil ishi o'quv rejasida muayyan fanni o'zlashtirish uchun belgilangan o'quv ishlarining tarkibiy qismi bo'lib, u uslubiy va axborot resurslari jihatidan ta'minlanadi hamda bajarilishi reyting tizimi talablari asosida nazorat qilinadi. O'quv semestri yakunida talabaning mustaqil ishi bo'yicha to'plangan reyting ballari har bir fan bo'yicha guruh reyting qaydnomasida joriy baholash, oraliq baholash, yakuniy baholash qatorida mustaqil baholash (MB) shaklida qayd etiladi. Umumiy ball hisoblanib, mustaqil ish uchun ajratilgan soatlar hajmida aniqlanadi va talabaning reyting daftarchasida hamda o'qish yakunida birituvchiga taqdim etiladigan diplom ilovasida qayd etiladi. O'qitiladigan fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, talaba mustaqil ishini tashkil etishda boshqa shakllardan ham foydalanishi mumkin. O'quv fanlari bo'yicha namunaviy va ishchi dasturlarda talaba mustaqil ishini shakli, mazmuni va hajmi ifoda etiladi. Talaba mustaqil ishi uchun ajratilgan vaqt byudjetiga mos ravishda har bir fan uchun tegishli kafedralarda mustaqil ishning tashkiliy shakllari, topshiriqlar, variantlar ishlab chiqiladi va fakultet ilmiy-usulbiy kengashida tasdiqlanadi. O'z navbatida, mustaqil ishni bajarish uchun fanlar bo'yicha talabalarga zaruriy metodik qo'llanma, ko'rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Institut rektorati tomonidan talabalarga mustaqil ishlarni o'z vaqtida bajarishi uchun kompyuter texnikasi va internet tarmog'idan samarali foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratib beriladi. Shuningdek, talabalarning mustaqil ishlari kafedra yig'ilishlarida va fakultet Ilmiy kengashlarida muhokama etib boriladi hamda, institut rahbariyati tomonidan yuqori darajada baholangan mustaqil ish ma'naviy va-moddiy jihatdan rag'batlantiriladi. O'z navbatida, mustaqil ishlarni yozishda talaba turli-tuman axborot vositalaridan foydalanadi. Shu o'rinda, respublika aholisining yarmini yoshlar tashkil etishi, tariximiz, milliy an'analarimiz, qadriyatlarimizning tiklanishi, yoshlarda o'zligini bilishga bo'lgan hissiyotning kuchayishi, xilma-xil axborotlarga bo'lgan ehtiyojning kuchliligi, jamiyatning, davrning tezkor rivojlanishiga munosib, hozirjavob bo'lishda kutubxona va undagi axborot vositalarining o'rni beqiyos. Chunki, dunyoda bo'layotgan barcha voqea va hodisalar, yangiliklar, kashfiyotlar, yangi texnologiyalar awalo, kitobda o'z aksini topadi. Kutubxonada kitobxonlaming talab va ehtiyojiga, qiziqishiga moslashgan kitob fondi jamlanib, kerakli va zarur manba hamda axborotlarni tez, oson yetkazib berish yo'llari usul va vositalari ishlab chiqilgan. Kitob ta'lim va tarbiya berishda juda katta o'rin egallaydi. Busiz haqiqiy insonni tarbiyalash mumkin emas. Talabalarga bilim beruvchi asosiy manbalardan biridir. Kitob o'qish va o'qitish jarayoni bilan uzviy bog'liq. Kutubxona mustaqil ravishda kitob tanlash va kitobdan o'ziga kerakli bilimni olish yo'llarini, o'qilgan narsalari ustida fikr yuritishni va unga tanqidiy qarashni, shu bilan birga kitoblarni tartibli ravishda o'qishni o'rgatadi. Kitob tavsiya etilganda uning badiiy qiymati, mazmuni g'oyasi, ta'sir kuchini albatta bilish lozim. Buning uchun u adabiyot, san'at, kitobshunoslik kabi fanlarning asosini o'zlashtirgan bo'lishi kerak. Kitobni shunchaki o'qish va o'qiganni so'zlab berishgagina emas, o'qilgan material kitobxonni fikrlash, chuqur his etish, uni o'rganish va baholay olishiga o'rganish zarur. Shundagina o'qilgan material kitobxonning esida qoladi, uni tarbiyalaydi, kitobni sevishga o'rgatadi, shakllanishiga yordam beradi. Shuning uchun ham kitobxonlaming bilimini oshirishda ular o'qiydigan kitoblarni tushunarli va ko'rgazmali bo'lishiga harakat qilinadi. Kitob tanlashda quyidagi qoidalarga amal qilinadi: Tanlangan kitob mavzuni to'liq yoritib berishi va alohida savollarga javob berishi, mavzu g'oyasini ochib berishi, badiiy yuksak bo'lib, kitobxonning bilim olishiga yordamlashishi, uni qiziqtirishi va unga yangiliklar haqida to'liq xabar berishi lozim. Kitobni tanlashda xilma-xil vositalardan foydalanish lozim. Adabiyotlarni tanlash manbalari katologlar, kartotekalar, maxsus bibliografik qo'llanmalarni qo'llash mumkin. Kitob kishilarning hayoti va turmushida muhim o'rin olgan. U halq madaniyatining eng muhim manbalaridan biri, yosh avlodni tarbiyalashning qudratli vositasi. Kitob jahon madaniyati xazinalaridan, fan-texnika yutuqlaridan bahramand qiladi. Kitob dunyoni bilishga eng yaqin yordamchi. Kitob bilim manbai insonni estetik-ahloqiy tarbiyalash vositasi. Mashhur kishilarning hayoti va faoliyatida kitoblarning o'rni yuksak. 5. Kitob ustida ishlash va uning bosqichlari. Kutubxona - bosma va ayrim qo'lyozma asarlardan ommaviy foydalanishni ta'minlovchi madaniy-ma'rifiy va ilmiy muassasa: muntazam ravishda bosma asarlar to'plash, saqlash, targ'ib qilish va kitobxonlarga yetkazish, shuningdek, axborot-bibliografiya ishlari bilan shug'ullanish, ommaning madaniy saviyasini oshirishda faollik ko'rsatadi. Kitobxonlarga xizmat ko'rsatish kutubxonaning asosiy faoliyati bo'lib, qolgan barcha faoliyatlar asosiy faoliyat uchun xizmat qiladi. Kitobxonlarga xizmat ko'rsatishning asosiy maqsadi ularni axborot va adabiyotga bo'lgan talablarini imkon boricha to'liq qondirish va adabiyot tanlashlariga yordam berishdan iborat. Наг bir kutubxona o'z turiga ko'ra kitobxonlarni tabaqalarga bo'lib, alohida kitobxonlar guruhlariga ajratgan holda xizmat ko'rsatishni tashkil qiladi. Adabiyotlar targ'ibotining barcha shakl va usullari kitobxonlar talablarini imkon qadar to'liq va tezkorlik bilan qondirishga qaratiladi. Yozuvning paydo bo'lishi va hujjatli manbalarni, ayniqsa, qo'lyozma va keyinchalik bosma kitoblarning ko'payishi kutubxonalarning rivojlanishi va yuzaga kelishiga sharoit yaratdi. Kutubxonalar yozma yodgorliklarni saqlovchi xazina sifatida juda qadimda paydo bo'lgan. Miloddan awalgi 2-ming yillikda sopol bitiklari saqlangan kutubxonalar bo'lgan. Miloddan awalgi 7 asr o'rtalarida Sharqdagi ko'p saroylarda, qadimgi Misr va Rim ibodatxonalari qoshida kutubxonalar bo'lgan. Qadimgi davrdagi kutubxonalardan eng mashhuri Aleksandriya (Iskandariya) kutubxonasidir. G'arbiy Yevropada ilk o'rta asrlarda monastir va ibodatxonalar qoshida kutubxonalar tashkil etilgan. Kitob bosishning ixtiro qilinishi kutubxonalar rivojlanishida yangi davrni boshlab berdi. Sarbonna, Geydelberg universiteti qoshida, shuningdek, Vatikan kutubxonasi, Parijdagi Qirollik kutubxonasi kabi kutubxonalar paydo bo'la boshladi. O'zbekiston hududida Miloddan awalgi 1-ming yillikning so'nggi asrlarida dastlabki kutubxonalar paydo bo'lgan. Dastlabki kutubxonalar hukmdorlar saroylarida va ibodatxonalarda tashkil etila boshlangan. Turon halqlari Misr, Eron, Yunon va ularga qo'shni bo'lgan halqlar bilan yaqin aloqalar o'rnatgan, o'sha davrdagi mavdud qo'lyozmalar bilan ham tanish bo'lgan. O'zbekiston halqlarining qadimgi yozma yodgorliklari saqlanmagan. Beruniyning xabar berishicha, kitob xazinalari va ularni saqlovchilar turli istilolar davri (7-9 asrlar)da yo'q qilib yuborilgan. 9-10 asrlarda O'rta Osiyo fan va madaniyat rivojlandi. Buxoro, Samarqand, Marv, Urganch, va boshqa yirik shaharlar hukmdorlari saroylarida kutubxonalar mavjud bo'lganligi haqida ma'lumotlar bor. 13-asrda Samarqand, Buxoro, Farg'ona, Balx va boshqa shaharlar madaniyat markazlari, olimlar to'planadigan joy bo'lib, ularda yirik kutubxonalar bo'lgan. Hozirgi kunda zamonaviy texnika kutubxonachini qo'l mehnatidan ozod etib, uni asosiy vazifasi - kitobxonlar bilan madaniy tarbiyaviy ishlar olib borishga ko'proq vaqt ajratishga imkon yaratmoqda. Dunyodagi eng yirik kutubxonalar: AQShning KONGRESS kutubxonasi (Vashington); Britaniya kutubxonasi (London); Frantsiya, Avstriya, Shvetsiya, Yaponiya va boshqa mamlakatlarning milliy kutubxonalari, Rossiyadagi ROSSI davlat kutubxonasi (Moskva); Rossiya milliy kutubxonasi (Sankt-Peterburg) va boshqalar. O'zbekistonda O'zbekiston milliy kutubxonasi, O'zbekiston Fanlar Akademiyasining asosiy kutubxonasi, O'zbekiston Milliy Universitetining asosiy kutubxonasi, «Turon» kutubxonasi va boshqalar. Elektron kutubxona - intemetning ajoyib imkoniyatlaridan biridir. Bu kutubxonaning elektron shaklidir. Kutubxona deganda, odatda ko'z oldimizda kitoblar turgan uzundan uzoq kitob javonli katta xonalar keladi. Elektron kutubxonada javonlar vazifasini jildlar, kitoblar vazifasini Internet sahifalari bajaradi. Bu kutubxona ma'lumotlari elektron ko'rinishda bo'ladi va kompyuterda joylashadi. Bu kutubxonadan foydalanish juda qulay. Bir necha yil awal bir maqolini topishga bir necha oy vaqt sarflash zarur edi. Bugun buning uchun boshqa shaharga borish va vaqt sarflash zarurati yo'qoldi. Elektron kutubxonalar yordamga keldi. Bundan xulosa chiqarishimiz mumkinki, bugungi kunda o'qish uchun qo'llanma dasturlar yetarli. Elektron kutubxona odatdagi kutubxonadan bir qancha qulayliklarga ega : Joyning tejalishi, ya'ni kitoblarni saqlash uchun maxsus joyning zarurati yo'qligi; Nodir asar va ma'lumotlarni saqlash va ulardan foydalana olish imkoniyatining mavjudligi; Foydalanishning qulayligi va yengilligi; Qidiruv tizimlarining mavjudligi; Ma'lumotlar hajmining cheklanmaganligi; Vaqtning tejalishi va cheklanmaganligi, ya'ni undan 24 soat mobaynida foydalanishingiz mumkin; Qo'shimcha xizmatlarning mavjudligi; Ma'lumotning audio, video va kompyuter grafikasi yordamida sifatli va yaxshiroq aks ettirish mumkinligi. Download 290.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling