Mutaxassislikka kirish


Talabalar bilim darajasini oshirishda


Download 290.52 Kb.
bet23/44
Sana21.11.2023
Hajmi290.52 Kb.
#1793353
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   44
Bog'liq
Mutaxassislikka kirish fanidan ma\'ruza matni-fayllar.org

3. Talabalar bilim darajasini oshirishda mustaqil o'qishning zarurligi va
ahamiyati.
Dunyoda ilmdan boshqa najotyo 'q va bo 'Imagay
(Imom al-Buxoriy)
Ha, ulug' bobomiz ta'kidlab o'tganidek, bu dunyoda inson uchun eng zaruri ilmdir. Bilimdonlik insonning oliy va muqaddas fazilatidir. Bilimlilik insonni madaniyat, ma'rifat sari yuksaltiradi va yomon illatlardan saqlaydi. Shuning uchun ham bilim nurga, ziyoga o'xshatiladi.
Наг bir davlat kelajakda ham o'z maqomini saqlash va yanada rivojlanish uchun yosh avlodga chuqurroq bilim berishga intiladi. Shu jumladan, O'zbekiston ham mustaqillikka erishganidan keyin ta'lim-tarbiya sohasida ko'pgina islohotlar o'tkazdi. Ayniqsa, oliy ta'lim sohasida ancha o'zgarishlar yuz berdi. Oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlariga qabul qilishning test tizimi joriy etildi. Oliy mutaxassislik ta'limi bakalavrlik hamda magistraturaga bo'lindi va hakozo. Bu qilingan ishlarning hammasi talabalarni yanada chuqurroq ilm olishiga, o'z kasbining ustasi bo'lib yetishishi uchun qilingan harakatlardir.
Oliy ta'lim o'rta maktab ta'limidan ancha farq qiladi. Oliy dargoh bilan o'rta maktabning asosiy farqi shuki, o'rta maktab ta'limi majburiy bo'lib, maktabda o'quvchilar majburan o'qitiladi. Oliy dargohda esa aksincha. Oliy dargohda talabalar, asosan, mustaqil ta'lim oladilar. Mustaqil ishlash yuqori malakali kadrlar tayyorlashning asosiy usulidir. Hozircha respublikamizda umumiy ta'limning 30 foizigini mustaqil ta'limga ajratilgan. Bu esa, hozirgi davr talabi bo'yicha kam ko'rsatichdir. Chunki, lektsiyani faqat tinglab, 20 foiz o'zlashtirish mumkin. Agar, lektsiyani ham tinglab, ham yozib olinsa, 30 foiz o'zlashtirish mumkin. Agar, talabaning o'zi mustaqil o'qisa, 70-80 foiz o'zlashtirishi mumkin. Shuning uchun ham Yevropa davlatlarida va boshqa rivojlangan davlatlarda mustaqil ta'limga umumiy ta'limning 70 foizi ajratilgan. Xorijda mustaqil o'qishning ahamiyati katta. U yerda lektor asosiy tushunchani beradi. Talabaning o'zi esa mustaqil o'qib, tayyorlanib, o'z ustida ishlaydi. Hozirgi kunda talabalar uchun imkoniyatlar cheksiz. Minglab kitoblar jamlangan kutubxonalar talabalar xizmatida. Internetda xohlagan soha bo'yicha ma'lumot olish mumkin.
Hozirgi bizning talabalarimiz ham asta-sekin chet el ta'lim texnologiyasi bo'yicha bilim olishga o'tishmoqda. Yurtimizda Angliya bilan hamkorlikda «Westminister universitetining tashkil qilinishi bunga yaqqol dalildir. Bu universitetda talabalarning mustaqil ishlari asosiy o'rinda turadi.
Mustaqil o'qishning mohiyati, bunda talabalar bir daqiqa ham tinchimaydi. Tinmay o'qiydi, o'rganadi, o'z ustida ishlaydi. Har bir talaba xuddi shunday tartibda bilim olishi kerak. Aks holda institut yoki universitetni tugatgan mutaxassis hozirgi zamon mutaxassisi oldiga qo'yilgan talablariga javob bera olmaydi.
Hozirgi kunda respublikamizda davr talablariga javob beradigan mutaxassislar tayyorlash yaxshi yo'lga qo'yilmoqda. Bunda xorij universitetlari bilan aloqalar asosiy o'rin tutadi. Prezidentimizning quyidagi so'zlari fikrimizning yaqqol dalilidir. «Oliy o'quv yurtini isloh qilayotganda, ularning boshqa davlatlardagi oliy o'quv
yurtlari bilan aloqasini mustahkamlash zarur. O'z domlalarimiz bilan cheklanib qolmay, chetdan ham domlalar chaqirishni yo'lga qo'yishimiz kerak»1.
Talabalaming bilimini oshirishda nafaqat chetdan domlalar chaqirish, balki domla va talabalarni xorij universitetlarida o'z malakalarini oshirishlari yaxshi samara beradi.
1 «Xalq so'zi» gazetasi 2001 yil avgust.

Download 290.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling