O`quvchilarni bilim darajasini oshirishda noan’anaviy darslarning ahamiyati


Download 92.5 Kb.
bet1/4
Sana23.04.2023
Hajmi92.5 Kb.
#1386051
  1   2   3   4
Bog'liq
Ochilova Rayima Maxmudovna


O`quvchilarni bilim darajasini oshirishda noan’anaviy darslarning ahamiyati

Samarqand viloyati Nurobod tumani 62-umumiy o`rta ta’lim maktabi matematika fani o`qituvchisi
Ochilova Rayima Maxmudovna

Annotatsiya: Ushbu maqolada ta’lim samaradorligini oshirishda noan’anaviy darslarni qo`llash bo`yicha metodik tavsiyalar keltirilgan. Noan’anaviy darslar yordamida dars mashg‘ulotlarini sifatini oshirish taklif qilingan. Hozirgi davr o`qituvchi va o`quvchi oldiga katta talablar qo`ymoqda, bu talablarning eng asosiysi – darsning samaradorligi , uning sifatliligi, o`quvchilarda bilim -ko`nikmalarni shakllantirishda turli qiziqarli o`quv mashg`ulotlarini tashkil qilinishi va u orqali kutilgan natijaga erishishdan iborat.
Kalit so‘zlar: noan’anaviy dars, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, nostandart dars turlari,imkoniyat, paravoz, matematik usul, bo`linadi-bo`linmaydi , sonlar tilsimi, aytmayman, meni aldab ko`ringchi, juftlab yozing kabi usullar.

Matematika fani qadimiy va doimiy navqiron fandir. U kishilik jamiyati paydo bo‘lgandan boshlab rivojlanib,taraqqiy etib kelmoqda. Hozirgi kunda biron bir soha yo‘qki, unga matematika kirib bormagan bo‘lsin.


Matematikaning bu darajada yuksalib borayotganligida, albatta, o‘tmish ajdodlarimizning, shu jumladan Al-Xorazmiy, Beruniy, Al-Farg‘oniy, Ali Qushchi, Al-Koshiy, Ibn Sino, Ulug‘bek va x.k. larning ham xizmatlari buyuk ekanligini e‘tirof etamiz.
Maktabda matematika fanini o'qitishning asosiy vazifasi o'quvchilarning kundalik
hayotda va kasbiy faoliyatda zarur bo'lgan matematik bilim va ko'nikmalar tizimini mustahkam
va ongli ravishda egallashini ta'minlashdan iborat. Ma'lumki, maktab o'quvchilarining ko'p
qismi boshlang'ich sinflarda matematika faniga qiziqishi yuqori bo'lgan holda yuqori sinflarga
o'tgach bu qiziqish tobora kamayib boradi. Bu bir tomondan matematika fani dasturlarining
murakkablashib borishi oqibatida bo'lsa, ikkinchi tomondan o'qituvchilarning o'quvchilar
qiziqishini orttirish uchun dastur doirasida qo'shimcha qiziqarli materiallardan foydalanishdagi
sustkashligi sababdir. Matematika darsida o'qituvchi o'quvchilarga ziyraklik va
topqirlikni rivojlantiradigan topshiriqlar, muammoli savollar bersa, didaktik o'yinlarni tavsiya
qilsa, turli usullarni qo`llasa, kamol toptirish vazifasi yetakchi bo'ladi. Hisoblash malakalarini, matematik operatsiyalarni o'rgatish esa yordamchi vazifaga aylanadi. O'quvchilarni matematika faniga qiziqtirishning bir qancha usullari va dars shakllari mavjud.
O`qituvchi darsni qanday usul yoki shaklda o`tishidan qat’iy nazar , o`quvchini matematika faniga qiziqishini uyg`otishi hamda mavzuni amaliyot bilan bog`lab , mavzuni o`quvchi ongiga singdirishi zarur.
So'nggi paytlarda darslarning noan’anaviy shakllari o'qituvchilar amaliyotida tobora
mustahkam o'rin egallab bormoqda. Bunday darsda o'qiyotgan o'quvchilar yanada
muvaffaqiyatli rivojlanadi. O’quvchi jarayonda faol ishtirok etadi, o'rganishga qiziqish
bildiradi, bu esa o'rganish sifatini oshiradi. Nostandart darslarning samaradorligi shundan iboratki, ular o’quvchilar faoliyatini tashkil etishning turli shakllaridan foydalanishga imkon beradi: guruh, juftlik, individual.
Bu o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Bunday darslarga tayyorgarlik ko'rishda kognitiv faoliyatning yana bir muhim xususiyati
- sezilarli ijobiy his-tuyg'ular, o’quvchi ijodiy sherik bo'lib, o'z ishining natijalaridan
zavqlanadi. Bunday darslardagi faollikni o'quvchilarning o'zlari baholaydilar va ular uchun
bu o'qituvchining bahosidan ko'ra muhimroqdir.
Nostandart dars - bu noan'anaviy (aniqlanmagan) tuzilishga ega bo'lgan dars. O'qituvchilar-ning nostandart darslar haqidagi fikrlari turlicha: ba'zilar ularni pedagogik fikr taraqqiyoti, maktabni demokratlashtirish yo'lidagi to'g'ri qadam desa,boshqalar esa, aksincha, bunday darslarni pedagogik tamoyillarning xavfli buzilishi, jiddiy ishlashni istamaydigan va bilmaydigan dangasa o’quvchilar bosimi ostida o'qituvchilarning majburan chekinishi deb hisoblaydi.

Download 92.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling