Amaliy mashg’ulot. Boshlang‘ich sinf ona tili dasturining tahlili. 5-9 sinf ona tili va adabiyot fani dasturlarining qiyosiy tahlili


Download 17.75 Kb.
bet1/5
Sana05.01.2022
Hajmi17.75 Kb.
#210765
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Amaliy mashg 1 Javoblar


Amaliy mashg’ulot.

Boshlang‘ich sinf ona tili dasturining tahlili. 5-9 sinf ona tili va adabiyot fani dasturlarining qiyosiy tahlili.

Umumiy o'rta ta'limning boshlang’ich ta’limdan davlat ta’lim standarti va o’quv dasturining 18-20 – betlarini o’qish va 5-9 sinf ona tili va adabiyot fani dasturlarining qiyosiy tahlil etish.

Ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘zbek tili fanidan 2-9-sinflari o‘quv dasturi o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standartining A1, A1+, A2, A2+ darajasi talablari asosida tuzilgan. Boshlang‘ich ta’limda o‘zbek tili fanini o‘qitishdan maqsad, avvalo, o‘zbek tilining nutq tovushlari va harflari bilan tanishtirish, so‘ngra o‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirish, o‘zbek tilida muloqotga kirisha olish ko‘nikmalarini hosil qilishdan iboratdir. Shunga ko‘ra 2-4-sinflar o‘quv dasturida avval talaffuz qilish, o‘qish, yozish, so‘ngra lug‘at, nutq namunalari, tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish va yozish bo‘yicha o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqi shakllantiriladi.

Boshlang`ich ta`lim bosqichida o`quvchilarning ona tili ta`lim sohasi bo`yicha tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan minimal talablar quyidagi uch parametrli standart o`lchovi orqali aks ettirildi. O`qish texnikasi, o`zgalar fikri va matn mazmunini anglash hamda fikrini yozma shaklda bayon etish malakasi.

Boshlang`ich ta`lim Davlat standartida o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalari iborasi aynan qo`llanilgan bo`lsada, ko`rsatigan uch parametrli statdart talabini bajarish o`quvchilarda ma`lum darajada mustaqil o`qish ko`nikmalini talab qiladi.

Davlat ta`lim standarti asosida o`quv dasturlari va darsliklar yaratiladi.

Boshlang`ich sinflar ona tili dasturi quyidagi bo`limlarni o`z ichiga oladi.

1.Savod o`rgatish, sinfdan tashqari o`qish va nutq o`stirish.

2.Sinfda va sinfdan tashqari o`qish va nutq o`stirish.

3.Fotenika, grammatika, imlo va nutq o`stirish.

Boshlang’ich ta’lim bosqichida o’quvchilarning ona tili ta’lim sohasi bo’yicha tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan minimal talablar quyidagi uch parametrik standart o’lchovi orqali aks ettiriladi.


  1. O’qish texnikasi.

  2. O’zgalar fikrini va matn mazmunini anglash.

  3. Fikrini yozma shaklda bayon etish malakasi.

Bo’shlang’ich sinflarda o’quvchilar ona tili o’qish bo’yicha quyidagi bilim, ko’nikma va malakalarni egallashi shart.


Download 17.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling