Amaliy mashg’ulot. Boshlang‘ich sinf ona tili dasturining tahlili. 5-9 sinf ona tili va adabiyot fani dasturlarining qiyosiy tahlili
Download 17.75 Kb.
|
Amaliy mashg 1 Javoblar
Adabiyot fani o‘quv dasturida - Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida adabiy ta’lim sof ilmiy maqsadlarni emas, balki ma’naviy-axloqiy yo‘nalishlar ustuvorligini ko‘zda tutadi. O‘quvchilar milliy adabiyotning, shuningdek, jahon adabiyotining eng sara namunalarini o‘qish va tahlil qilish asosida ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, go‘zallik va xunuklik haqidagi xilma-xil talqinlarga duch kelishadi, ularga ongli va jonli munosabat bildirishadi, shular asosida o‘zlaridagi axloqiy-ma’naviy fazilatlar majmuining shakllanishi va rivojiga imkon topishadi.
Boshlang‘ich sinflarda adabiy ta’lim adabiy o‘qishlar tarzida o‘rgatiladi. Bola o‘qish texnikasini egallashi uchun, avvalo, uning savodxonlik darajasi shakllantiriladi, og‘zaki va yozma nutqi rivojlantiriladi, tovush va so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz etish o‘rgatiladi. Dastlab tanish, keyin notanish matn ifodali o‘qitilib, o‘quvchidagi ko‘nikma, malaka aniqlanadi. Bunda miqdoriy ko‘rsatkich – o‘qish tezligi, ravon o‘qiy olish, bir daqiqada nechta so‘z o‘qiy olishi belgilanadi. Bolaning matn mazmunini to‘liq uqib olishi qayta hikoya qilish, shuningdek, o‘zgalar nutqini eshitib, tushunib olishi maqsad qilinadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yozuvchi tarjimai holi va adabiy asarni sinfda o‘qish, o‘rganish bilan birga, asarlarni mustaqil o‘rganish va sinfdan tashqari o‘qishga ham alohida e’tibor qaratiladi. Bu yerda mavzuviylikka, syujetlilikka nisbatan ko‘proq ahamiyat beriladi. O‘quvchilarning ijodiy o‘y- xayollarini, individual imkoniyatlarini badiiy asarlardagi yuksak badiiyat va takrorlanmas san’atkorona tasvirlar orqali kengaytirish asosiy o‘rin tutadi. O‘quvchilarda adabiy asarni tahlil qilish, adabiy-nazariy tushunchalarni o‘rganish malakasi shakllantiriladi. Garchi badiiy asarlarning har birini o‘rganishda tarixiy- estetik tamoyillarga to‘la tayanilsa-da, ularni izchil xronologik tartibda emas, balki muayyan mavzular (ruknlar) ko‘lamida o‘rganiladi. Download 17.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling