Mutaxassislikka kirish
Institut jamoasi va boshqaruv tizimi, institut taraqqiyotining yo'nalishlari
Download 290.52 Kb.
|
Mutaxassislikka kirish fanidan ma\'ruza matni-fayllar.org
3. Institut jamoasi va boshqaruv tizimi, institut taraqqiyotining yo'nalishlari
Institut bugungi kun talablariga javob bera oladigan o'quv va moddiy texnika bazasiga, tashkilotlararo zaminiga ega. Institutda 200 ga yaqin zamonaviy kompyuterlar ishlab turibdi. Institut kutubxonasida yetarli darajada o'quv, uslubiy va ilmiy adabiyotlar to'plangan. Xorijdan keltirilgan adabiyotlar ham anchagina. Toshkent Moliya Instituti jahon iqtisodiyoti fanining yutuqlaridan hamda moliya-kredit yo'nalishi bo'yicha kadrlar tayyorlash sohasidagi tajribalardan bahramand bo'lish va unga o'z xissasini qo'shish maqsadida AQSh, Germaniya, Angliya, Frantsiya, Turkiya va boshqa ko'plab xorijiy, shuningdek MDH mamlakatlarining universitet va institutlari bilan uzviy aloqa o'rnatgan va hamkorlik qilmoqda. 1995 yildan boshlab institutda iqtisodchilarni tayyorlashning ikki bosqichli tizimiga o'tildi. Birinchi bosqichda to'rt yil davomida bakalavrlar tayyorlanadi. Ikkinchi bosqichda bakalavr diplomini olgan iqtidorli yoshlar ikki yillik magistraturada o'qiydilar. Qolaversa bakalavriatda kunduzgi va sirtqi bo'limlari mavjud. Kunduzgi bo'limda Kredit-iqtisod, Moliya-iqtisod, Hisob-iqtisod va Boshqaruv fakultetlari mavjud. Sirtqi bo'limda esa 5 yil davomida tahsil olinadi. Institut kadrlar tayyorlashda uch yo'nalishdagi moliyaviy manbalardan foydalanmoqda: Davlat byudjeti hisobidan Korxona va tashkilotlar mablag'lari hisobidan (shartnoma asosida ) Fuqarolarning shaxsiy mablag'lari hisobidan (shartnoma asosida ). Toshkent Moliya institutining boshqaruv tarkibi 1-sxemada keltirilgan. Toshkent Moliya Instituti bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatimizning moliya tashkilotlari, Markaziy bank va uning joylardagi -bo'limlari, tijorat banklari, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki va uning joylardagi shahobchalari buxgalteriya va audit xizmatlari, sug'urta, soliq va soliqqa tortish inspektsiyalari, birjalar, turli mulk shaklidagi korxonalar va muassasalar ehtiyojlarini qondirishga mo'jallangan malakali bakalavr-iqtisodchi, magistr-iqtisodchilarni tayyorlaydi. Download 290.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling