Mutaxassislikka kirish
Ilmiy ish, uning mazmuni, maqsadi va vazifalari. Ilmiy ishlarni bajarish tartibi. Ilmiy ma'ruza. Ilmiy amaliy konferentsiyaning o'quv
Download 290.52 Kb.
|
Mutaxassislikka kirish fanidan ma\'ruza matni-fayllar.org
2. Ilmiy ish, uning mazmuni, maqsadi va vazifalari. Ilmiy ishlarni bajarish tartibi. Ilmiy ma'ruza. Ilmiy amaliy konferentsiyaning o'quv
jarayonida tutgan o'rni. Ilmiy-tadqiqot ishining turlaridan yana biri kurs ishi hisoblanib, u o'z mutaxassislik fanidan yoziladi. Kurs ishini yozish tartibi bo'lib, oldin kurs ishi mavzusi bo'yicha berilgan adabiyotlar bilan tanishib chiqiladi va ulardan yoziladigan tsitatalar belgilab chiqiladi, shular asosida ma'lumotlar to'planib boriladi. Keyin shularga asoslanib reja tuziladi. Reja 3 qismdan iborat: kirish, asosiy qism va xulosa. Kirishda mavzu nima maqsadda yozilayotganligi, nima uchun aynan shu mavzu tanlangani haqida bayon etilishi lozim. Keyin asosiy qismga o'tilib, unda mavzuga tegishli asosiy fikrlar bayon qilinadi. Mavzu ma'lum rejalar asosida, har bir reja alohida yoritiladi. Har bir reja yoritilishiga alohida e'tibor beriladi. Keyin xulosa qismiga o'tilib, unda talaba o'z fikrini to'liq bayon etishi kerak bo'ladi. Talabaning albatta xulosalovchi fikri bo'lishi talab etiladi. Birinchi kursda talabalar shu kabi ilmiy-tadqiqot ishlarini yozadilar. Bu bilan talabalar o'z bilimini oshiradilar. Ilmiy-amaliy konferentsiyalarning o'tkazilishi talabalarning, umuman, ta'lim oluvchining hayotida juda katta rol o'ynaydi. Ilmiy-amaliy konferentsiyalar talabalarning o'z ustida ko'proq ishlashga, izlanishga undaydi. Awalo talabalarning olgan bilimi har xil yig'ilishlarda, konferentsiyalarda mustahkamlanadi. Talabalarning o'zlari biror mavzu yuzasidan ilmiy ish yoki ma'ruza qilishi talabaning shu mavzu bo'yicha ko'pgina ma'lumotga ega bo'lishiga turtki bo'ladi. Oliy ta'lim olish tizimining zaif tomonlaridan biri oliy o'quv yurtlarida tayyorlanayotgan talabalarni oldindan aniqlangan fan va texnika: iqtisodiyot, ishlab chiqarish va boshqa sohalarning ehtiyojiga, bir so'z bilan aytganda, talablariga qarab tashkil qilinmaganidir. O'quv yurtlarini bitirib, ta'lim-tarbiya olib chiqayotgan yoshlarimizning olgan mutaxassisligi va tayyorgarligi ko'p jihatdan zamon talablariga, bozor iqtisodiyoti ehtiyojiga javob bermasligi ko'zga tashlanmoqda. Ta'lim sohasida halqaro me'yorlar va andozalar asosida davlat standartlarini mukammal ishlab chiqolmaganligi, shunga qarab, o'quv yurtlarini zamonaviy uskuna va jihozlar bilan ta'minlab, kerakli moddiy baza yaratilmaganligi awalambor, o'quv dasturlari eskicha qolib ketayotgani bugun tayyorlanayotgan mutaxassislar sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Shuning uchun ham oliy o'quv yurtlari islohotini amalga oshirayotganda mana shu holatdan chiqayotgan ba'zi nuqsonlarga alohida e'tibor berishimiz zarur. Birinchidan, oliy o'quv yurtini bitirayotganlar qanday talablarga javob berishini aniqlab olishimiz kerak. Ikkinchidan, bilimga chanqoq, bilim olishni o'zining oliy maqsadi qilib qo'ygan iste'dodli talabalarni topish, tanlash va qabul qilishda ob'ektiv, adolatli tizim va tartib o'rnatish, ularning yetarli ma'lumot olishi uchun barcha zamonaviy imkoniyatlarni yaratib berishimiz kerak. Uchinchidan, oliy o'quv yurtlarida qanday va necha xil mutaxassislik bo'yicha ta'lim berilishi lozimligini belgilab olishimiz kerak. Oliy o'quv yurtini isloh qilayotganda ularning boshqa davlatlardagi oliy o'quv yurtlari bilan aloqasini mustahkamlash zarur. O'z ustozlarimiz bilan cheklanib qolmay, chetdan ham ustozlar chaqirishni yo'lga qo'yishimiz kerak. Yurtimiz yigit-qizlari tahsilning oxirgi yillarini taraqqiy topgan davlatlarning o'quv markazlariga borib o'qishlarini tashkil qilishimiz maqsadga muvofiq ish bo'lardi. Bunga hech qanday mafkura aralashmasligi kerak. Eng muhim masalalardan bin shuki, domlalarning saviyasi va bilimini oshirishga shart-sharoit tug'dirib berishimiz kerak. Domlalar, professorlar, kafedra mudirlari o'z ustida ishlamasalar, o'z sohasi bo'yicha chet mamlakatlarga ilmiy safarlarga borib kelmasalar, tajriba almashmasalar, albatta, bunday ahvol o'quv jarayoniga va uning samarasiga salbiy ta'sir qiladi. Hammamizga ma'lumki, hayotimizning barcha sohalarida islohotlarni o'tkazish, o'zbek modeli deb nom olgan islohotlar siyosatining asoslari bo'lishi besh tamoyilning birida islohotlarni bosqichma-bosqich o'tkazish vazifasi qo'yilgan. Taraqqiyotning o'zbek modeli quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 1. Iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, iqtisodni siyosatdan ustunligi, o'ziga xos ichki qonunlariga muvofiq rivojlanishi. 2. Davlat bosh islohotchi, iqtisodiy o'zgarishlarning tashabbuskori. Qonun ustuvorligi, qonun oldida hammaning baravarligi va hammaning qonunga bo'ysunishi. Bozor iqtisodiyotiga o'tishning barcha bosqichlarida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, aholining muhtoj tabaqalarini ijtimoiy himoyalashning ustuvorligi. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich va izchil ravishda o'tish, ya'ni islohotlarni inkilobiy sakrashlarsiz amalga oshirish. Download 290.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling