Mutaxassislikka kirish


«Mutaxassislikka kirish» fanining predmeti va vazifalari


Download 290.52 Kb.
bet2/44
Sana21.11.2023
Hajmi290.52 Kb.
#1793353
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
Mutaxassislikka kirish fanidan ma\'ruza matni-fayllar.org

1. «Mutaxassislikka kirish» fanining predmeti va vazifalari
Uzluksiz ta'lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi va kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlaridan biri deb, ta'kidlanadi kadrlar tayyorlash milliy dasturida. Uzluksiz ta'lim tizimi o'quv tarbiya jarayonini har tomonlama yetuk barkamol avlodni yetishtirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Shu sababli, mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida uzluksiz ta'limni tashkil etish va rivojlantirishning asosiy tamoyillari belgilanadi. Bular ta'limning ustuvorligi, ta'limning demokratlashuvi, ta'limning ijtimoiylashuvi, ta'limning insonparvarlashuvi, ta'limning milliy yo'nalganligi, ta'lim va tarbiyaning uzviy bog'liqliligi, iqtidorli yoshlarni aniqlash, yuqori darajada bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish kabilar. Jamiyat talab qilayotgan uzluksiz ta'limga tegishli bu qonun-qoidalar o'qitish, bilim berishdan ya'ni ta'lim jarayoniga ham samarali ta'sir ko'rsatadi. Pedagogikada ta'limning ilmiy-nazariy, uslubiy asoslari alohida, ya'ni didaktika qismida o'rganiladi. Bu jarayonda ta'lim printsiplariga ham alohida to'xtaladi.
Ta'lim jarayoni murakkab hamda ko'p qirralidir. Unda o'qituvchi va o'quvchilar faol ishtirok etadilar. Bu jarayonning muvaffiqiyatli va samarali natijasi ta'lim jarayonining qonun-qoidalari, ya'ni ta'limga qo'yilgan didaktik talablarga qay darajada amal qilishlariga bog'liq.
O'qitish bilish faoliyatining ajralmas qismi, sifatida insonning tevarak atrofidagi dunyoni bilishning umumiy qonunlari asosida sodir bo'ladi. Shu sababli shaxsni o'qitish, tarbiyalash, barkamol avlod qilib yetishtirish jarayonida bir butunlikda oshirish zarur. O'qituvchi qachonki ta'lim tamoyillarini yaxshi o'zlashtirgan bo'lgandagina uni samarali boshqarish, o'qitishning samarali usullarini to'g'ri tanlash imkoniyatiga ega bo'ladi. Shuning uchun o'qitish tamoyillari ta'lim jarayonining eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to'g'ri hal qilishning asosiy negizi hisoblanadi.
Ta'lim tamoyillari o'quv yurtlari oldida turgan ulkan vazifalar asosida belgilanadi. Ular bir biri bilan o'zaro mustahkam bog'liq holda bir sistemani tashkil yetadi va har bir darsda didaktik tamoyillarning bir nechtasi ishtirok yetishi mumkin. Ular ta'lim oldida turgan asosiy maqsadlarni hal etishga o'z xissasini qo'shadi. Ta'lim tizimi isloh qilinayotgan hozirgi jarayonda o'quvchi talabalarning mustaqil bilim berish, ularni erkin, mustaqil fikrlay oladigan insonlar qilib tarbiyalashda, ta'lim tamoyillarini chuqur anglash va hayotga tatbiq etish muhim muammolardan biridir.
O'quv yurtlarida beriladigan bilim ilmiy xarakterga ega bo'lishi fan texnika yutuq va kashfiyotlarini o'zida ifoda etish lozim. Shunday ekan, o'qituvchi ilm fandagi yangiliklardan xabardor bo'lishi lozim, o'quv fanlari ham ilm fan asosida yaratiladi. O'qitishning ilmiylik tamoyillari ta'lim jarayonida o'quvchi talabalarni
xozirgi zamon fan texnika taraqqiyoti darajasidagi ilmiy bilimlar bilan qurollantirish, ayniqsa talaba yoshlarni ilmiy tadqiqot usullari bilan tanishtirib borishga qaratilgan.
Ilmiylik ta'limning mazmuniga ham, usullariga ham aloqadordir. Shunday ekan bilish, ilm fan bilan o'quv predmeti o'rtasida hamkorlik o'zaro bog'liqlik bo'lishiga erishish lozim. Ta'limning hamma bosqichlarida ilmiy izohlardan foydalanmoq lozim.
Nazariy bilimlarning amaliyot bilan, turmush tajribalari bilan bog'lab olib borish ta'limning yetakchi qoidalaridan biri hisoblanadi. Ta'lim-tarbiya sohasidagi yutuqlar, eng awalo nazariya bilan amaliyotning o'zaro bog'liqliligiga asoslanadi. Shundagina o'quvchi-talaba o'rganayotgan o'quv materialining tub mohiyatini tushunib etadi va amaliyotda ulardan foydalana oladi. Buning uchun o'qituvchi ta'lim jarayonida talabalarning faol ishtirok etishlariga erishmoq lozim. Talaba faol ishtirok etsa bilimlarini ongli tushunib o'zlashtirishga olib keladi.
Ta'limdagi onglilik va faollik, talabadan ko'tarinki kayfiyat, ko'proq bilimga intilish, mustaqil fikrlash va xulosalar chiqarishga undaydi. Bilimlarni ongli va faol o'zlashtirish o'qitish jarayoning psixologik tomonlarida o'z ifodasini topadi.
O'qitishda nazariy bilimlar qanchalik qat'iy ifoda etilsa, talabaning fikr yuritishi ham shunchalik aniq va ravshan bo'ladi va o'quv materiallarini ongli o'zlashtirish darajasi ham oshadi. Ta'lim tizimi isloh qilinayotgan hozirgi jarayonda yoshlarning mustaqil fikr yuritishi, mustaqil suratda bilim olishga intilishi talab qilinadi. Buning natijasida bilimlarni o'zlashtirishning jarayoni ijodiy tus oladi. Bunday sharoitda o'qituvchi-talabaning mashg'ulotlarga munosabati va bu jarayonda o'zini qanday tutishiga e'tibor bermog'i lozim. Yoshlardagi o'qish istagi ta'lim jarayonining zaruriy va mantiqiy qismidir. Shunday ekan, ta'limning samaradorligi o'qutuvchini talabalarni o'qishga izchil va muntazam qiziqtirib borishga bog'liqdir. Buning uchun, o'qutuvchi, ularni ijodiy munosabatda bo'lishga, mustaqillikka, ishchanlikka odatlantirish lozim.
Ta'lim jarayoni, uning mazmuni unda ko'tarilgan hayotiy masalalar yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Shu sababli ta'lim, shaxs shakllanishining asosiy manbaidir.
Talaba ilmiy bilimlarni o'zlashtirar ekan, uning dunyoqarashi ham, irodasi va ahloqiy sifatlari, imon-e'tiqodi va qobilyati ham o'sib rivojlanib boradi. Ta'limning tarbiyaviy imkoniyatlaridan foydalanishda o'qituvchi awalo ta'limni uslubiy jihatdan to'g'ri tashkil etishga, o'quv materialining mazmuni bilan bog'liq tarbiyaviy maqsadni aniq belgilashga va bilim olishga qiziqtira olishga bog'liqdir. Shu bilan birga, o'qituvchining talabalar oldidagi obro'-e'tibori ham muhim tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
O'qitish jarayonini ko'rgazmali tashkil etish zarur. Ham eshitish, ham ko'rsatish orqali o'quv materiallarini idrok qilish, ularni ongli va puxta o'zlashtirish, bilimlarni turmushdagi zaruriyatni anglab olishlariga asos soladi, diqqatni barqarorlashtiradi. Shuning uchun ham, ko'rgazmali materiallar o'rganilayotgan mavzu mazmuniga mos kelishi, talabaning yoshi va bilim darajasiga bog'liq bo'lishi hamda ulardan foydalanishning samarali yo'l va vositalarini qo'llab va ishlab chiqish lozim. Ko'rgazmali material o'quv predmetlarining xarakteri va mazmuniga qarab turli-tuman bo'lish mumkin.
Jumladan:
  1. buyum va narsalarni asl tabiiy holda ko'rsatish (o'simliklar, hayvonlar,


    ekskursiya chog'ida ko'rsatiladigan narsa-buyumlar)
  2. tasviriy ko'rgazmali materiallarni namoyish qilish (rasmlar, fotosuratlar,


    kinofilmlar va b.q)

v) narsa va buyumlarni shartli belgilar orqali ko'rsatish (sxema)


g) ovozli ko'rgazmali materiallar (gramplastinka, ovozli kinofilmlar)
Bilimlar turli yo'l vositalari orqali puxta o'zlashtirilgandagina u mustahkam esda qoladi, bu esa o'quv materiallarini ongli o'zlashtirishga, nazariya bilan amaliyotni bog'lashda ko'rgazmalilikka amal qilishga va bilimlarni takrorlash orqali mustahkamlashga bog'liqdir. Ta'limning bosh maqsadi esa bilimlarni sistemali va puxta o'zlashtirishdir.
Ta'lim jarayonidagi muvaffaqqiyatlarga faqat bilim berishda, talabaning o'ziga xos shaxsiy xususiyatlarini hisobga olganda erishish mumkin. Shuning uchun o'qutuvchiga bolalar psixologiyasidan bilimlar yetarli bo'lishi lozim. Dars jarayonida shu institut talabalariga tegishli umumiy xususiyatlarni va har qaysi talabaga tegishli xususiyatlar va ta'limning har bir bosqichida e'tiborga olinishi darkor. Bunga erishish uchun o'qituvchi talabalarni kuzatishi va ularni ruhiy olamini o'rganish lozim. Faqat shundagina talabadagi kamchiliklarni kelib chiqish sabablari aniqlanadi va ularni bartaraf qilish uchun izlanishlar olib boriladi.
Mustaqillikning birinchi yillaridanoq mamlakatimizning iqtisodiy jihatdan qiyin ahvolda bo'lishiga qaramasdan, kadrlar siyosatiga iqtisodiyotimiz samaradorligi oshirish mumkin bo'lgan yo'nalishi sifatida katta e'tibor qaratildi.
So'nggi yillarda kadrlar tayyorlash masalasiga e'tibor yanada kuchaydi va 1997 yili Oliy majlisning to'qqizinchi sessiyasida «Ta'lim to'g'risida» va «Kadrlar tayyorlash bo'yicha milliy dastur to'g'risida» qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlar uzluksiz ta'lim tizimining o'zbek modelini aniqlab berdi.
Bozor munosabatlari rivojlanishining hozirgi davrida iqtisodchi kadrlarga bo'lgan talab oshib borayotganligi bilan birga ularning sifat darajasiga ham e'tibor berilmoqda. Mamlakatimiz iqtisodiyotining turli sohalari uchun iqtisodchi kadrlar yetkazib berishda Toshkent Moliya Institutining xissasi ulkan bo'lib, institutda «Moliya», «Soliq va sug'urta», «Bank ishi «, «Buxgalteriya hisobi va audit» yo'nalishlari bo'yicha bakalavrlar va shu bakalavrlarning bazaviy oliy ma'lumoti asosida oliy kasbiy ta'limning magistiratura yo'nalishlarida kadrlar tayyorlanmoqda.
Prezidentimizning «Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar to'g'risida»gi 2000 yil 21 martdagi Farmoniga asosan 2000-2003 yillarda O'zbekiston Respublikasi bank tizimining isloh qilish bo'yicha qabul qilingan dasturga muvofiq bank boshqaruvi va kadrlar tayyorlash milliy tizimi hamda usullarini takomillashtirish vazifalari belgilab berilgan. O'z navbatida, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 apreldagi «Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar to'g'risida»gi qarorida ham kadrlar to'g'risidagi masalaga ham to'xtalib o'tilgan.
Shu bois, institutimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqib, iqtisodiyotning muhim sohalaridan biri bo'lgan bank tizimi uchun kadrlar tayyorlashga katta e'tibor berilmoqda. Institutda «Bank ishi» yo'nalishi bo'yicha har
yili 500 dan ortiq bakalavrlar tayyorlanadi. Shu bilan birga hozirgi «Kredit», «Xalqaro valyuta-kredit munosabatalari», «Bank auditi», «Tijorat banklari qimmatli qog'ozlar bilan o'tkaziladigan operatsiyalari» yo'nalishlari bo'yicha 80 dan ortiq magistrlar tayyorlanmoqda.
Bank tizimi uchun kadrlar tayyorlashda institutning «Bank ishi» alohida o'ringa ega. Mazkur kafedra katta milliy-uslubiy va pedagogik tarixga ega bo'lib, jahonga tanilgan olimlar Yuriy Yevgen'evich Shenger va Natal'iya Nikolaevna Shabanovalar uning asoschilaridir. Ular tomonidan tashkil qilingan bank maktabining shakl va tamoyillari, ya'ni fanni chuqur o'rgatish va bank faoliyatining xususiyatli tomoni bo'lgan o'ta talabchanlikka rioya qilish, iqtisodiyot sohasidagi o'zgarishlar va yangiliklarni darhol anglash va yangiliklarni talabalar ongiga yetkazish hozirgi kunda ham kafedra pedagoglarining asosiy burchidir.
Banklar faoliyati bozor munosabatlarining sub'ekti sifatida boshqa bozor sub'ektlar faoliyatidan farq qiladi. Korxona va tashkilotlar yoki bozor munosabatlarining aksariyat boshqa sub'ektlari asosan o'z mablag'lariga tayanib faoliyat ko'rsatadilar. Shu bois, bu sub'ektlarning o'z faoliyatida xato va kamchiliklarga yo'l qo'yish, mablag'ini samarasiz ishlatish, o'z daromadining kamayishiga, moliyaviy ahvolining yomonlashuviga olib keladi. Banklar faoliyati esa, boshqa xo'jalik sub'ektlari faoliyatidan farq qilib, ular asosan chetdan jalb qilingan mablag'larga tayanib faoliyat ko'rsatadilar. Banklarni o'z faoliyatida xato va kamchiliklarga yo'l qo'yishi esa uning daromadi va likvidliligiga putur yetkazibgina qolmay, balki ularni mijozlar oldida o'z majburiyatlarini bajara olmasligiga va bu oxir oqibatda banka bo'lgan ishonchning yo'qolishiga olib keladi. Shu sababli, bank tizimi uchun tayyorlanayotgan kadrlar chuqur bilimli boshqarish faoliyati natijasini oldindan taxmin qila olish qobilyatiga ega bo'lishi lozim.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda mutaxassislikka kirish fanining vazifasi talabalarga institutimizdagi ta'lim jarayoni bilan tanishtirib, ularni kelajakda yetuk mutaxassis bo'lib yetishishlariga zamin tayyorlaydi.

Download 290.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling