Mutaxassislikka kirish
Ma'ruza va amaliy darslarni tashkil etish asoslari
Download 290.52 Kb.
|
Mutaxassislikka kirish fanidan ma\'ruza matni-fayllar.org
2. Ma'ruza va amaliy darslarni tashkil etish asoslari.
O'zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo'lga kiritgan ilk kunlaridanoq Respublikada ta'limni tashkil etish sohasida tub islohotlarni amalga oshirish, uni yuksak darajada takomilashtirish va jahon ta'limi darajasiga ko'tarish kabi masalalarga alohida e'tibor qaratiladi. Mustaqil O'zbekistonning ilk «Ta'lim to'g'risida»gi qonuni 1992-yil iyul oyida va shu qonunning yangi tarixi 1997 yil 29 avgustda qabul qilinadi. Ushbu qonunlarda Respublikasida ta'lim tizimi, uning asosiy yo'nalishlari, maqsad va vazifalari, ta'lim bosqichlari va uning mohiyati kabi masalalar o'z ifodasini topgan. Izchil ta'limni tashkil etishdan ko'zlangan maqsad yosh avlodga chuqur bilim berish, ulardagi mavjud iste'dodlarini rivojiantirishdan iborat. Samarali ta'limni tashkil etish ijtimoiy jamiyat taraqqiyotining millatning, halqning porloq kelajagini ta'minlaydi. O'zbekiston Respublikasi ta'lim tizimi yagona va uzluksiz bo'lib, mazkur tizim doirasida faoliyat yurituvchi muassasalar ta'limni bosqichma-bosqich amalga oshirilishi uchun xizmat qiladilar. O'zbekiston Respublikasida ta'lim tizimi quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: Maktabgacha ta'lim - boshlang'ich ta'lim - o'rta ta'lim - o'rta maxsus ta'lim - oliy ta'lim bakalavr - magistratura-aspirantura-doktrantura. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi butun ta'lim tizimini tubdan isloh qilishga imkon yaratdi. Dars - maktab ta'limining asosiy tashkiliy shakli. Darslarni tashkil etish va uning samaradorligini ta'minlashda o'qituvchining o'rni beqiyos. Har qanday jamiyatda darslar jamiyat tomonidan ta'lim oldiga qo'yilgan vazifalarni bajarish uchun xizmat qiladi. Zamonaviy ta'lim tajribasida bir dars uchun belgilangan standart vaqt mavjud. Bu vaqt ta'lim muassasalarining tabiati, ta'lim bosqichlari va o'quvchilar imkoniyatidan kelib chiqib tashkil etiladi. Bugungi kunda darslarni tashkil etishga nisbatan quyidagi didaktik talablar quyilmoqda: darslarni demokratik tamoyillar asosida tashkil etish; darslarda o'quvchilar erkinligini ta'minlashga erishish va boshqalar; Ayni vaqtda ta'lim tizimida eng ko'p qo'llaniladigan dars tiplari quyidagilar: Yangi bilimlarni bay on qilish darsi: O'tilgan materialni mustahkamlash darsi; Takroriy -umumlashtiravchi va kirish darslari; Aralash darslar; Darslarning fakultativ mashg'ulotlari, seminar, o'quv konferentsiyalari kabi turlari mavjud. Mustaqil O'zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarida tashkil etiladigan ta'limning mazmuni awalo, komil inson va malakali mutaxassisni tayyorlash jarayoni mazmuni bilan belgilanadi. Ushbu maqsadni o'zida aks ettirilgan ma'lumot mazmuni o'quv rejasi va darsliklar mazmunida namoyon bo'ladi. O'quv rejasi - barcha ta'lim muassasalarida so'zsiz amal qilinishi lozim bo'lgan davlat hujjatidir. Unda o'rganilishi kerak bo'lgan o'quv predmetlari, mazkur predmetlar uchun yaratiladigan haftalik soatlar hajmi ko'rsatiladi. Ta'lim muassasalari uchun mo'ljallangan o'quv rejasi davlat ta'lim standartining tarkibiy qismi bo'lgan tayanch o'quv rejasi asosida va tegishli vazirlik tomonidan tasdiqlanadi. Darslik - muayyan o'quv predmeti mazmuni o'quv dasturida ko'rsatilgan hajmida didaktik talablarga muvofiq ravishda batafsil bayon qilib beradigan o'quv kitobi sanaladi. Darslikning xarakterlik xususiyatlari - bu uning mazmunining o'quv dasturi mazmuniga mos kelishidir. Darslikda material bo'limlar bo'yicha taqsimlanadi. Darsliklar o'quv materiallarini to'laroq va chuqurroq egallab olishga yordam beruvchi o'quv qo'llanmalari bilan to'ldirilishi kerak. Bunday shart sharoitlar asosida ta'lim olayotgan yoshlar o'z bilimlarini davom ettirishlari uchun chet ellarga borish imkoniyatlari yaratiladi. Ta'limni tashkil etish shakllari deganda, aniq muddatda o'qituvchining talabalar bilan olib boradigan mashg'ulot turlarini tushunamiz. Ta'limning tashkiliy samaradorligini oshirish bilan bog'liq ilmiy-nazariy, uslubiy va amaliy muammolarni hal qilish ishlari olib borilmoqda. Bu borada mustaqil O'zbekistonimizda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirishda ta'lim tizimiga yangi pedagogik ilmiy texnologiyalarni tatbiq qilish ishlari olib borilmoqda. Ta'limni asosiy vazifasi talabalarni ilmiy bilimlar, ko'nikmalar, malakaviy bilim bilan qurollantirishdan iborat. Ta'lim jarayoni o'qituvchi va talabalarning birgalikdagi faoliyati va ikki tomonlama xarakterga ega bo'lib, ya'ni unda ikki tomon - talaba va o'qituvchi faol ishtirok etadi. O'qituvchi o'quv jarayonida aniq maqsadni ko'zlab, reja va dasturlar asosida bilim, ko'nikma va malakalarni singdiradi, talaba uni faol o'zlashtirib oladi. Bildirish, bilish murakkab ziddiyatli jarayondir. Bu jarayonda inson psihalogiyasiga tegishli sezgi, idrok, tasawur, tafakkur kabi jarayonlar faol ishtirok etadi va muhim rol o'ynaydi. Dars ta'limning asosiy shakli ekan, u ilmiy, tizimli, tushunarli, ongli, faol bo'lishi, bilimlar mustahkam o'zlashtirilishi, talabalarning shaxsiy xususiyatlari e'tiborga olingan holda tashkil etilishi lozim. Har bir darsning muvaffaqiyati ko'p jihatdan mashg'ulotning to'g'ri tashkil etilishiga bog'liqdir. Bu davrda auditoriyaning tinglashga ruhiy jihatdan tayyor ekanligini o'rganish lozim. Ikkinchi bosqichli oliy ta'lim tizimida o'ziga xos ta'lim shakllari mavjud, bularga ma'raza, amaliy mashg'ulotlar, kafedra o'qituvchilarning ochiq ma'ruzalarda qatnashishi, ma'ruza matnini tayyorlash va muhokama qilish, fanlar bo'yicha dasturlar tayyorlash kabilar oliy ta'limning ko'p qirrali yo'nalishlari va shaklidir. Oliy ta'lim tizimida ma'ruza o'quv jarayonining ham usuli ham shakli hisoblanib, u talabalarga fan asoslarini og'zaki, uzviy va muntazam singdirishga xizmat qiladi. Ma'ruza tufayli talaba shu fannning mohiyatini tushunib boradi hamda ularni erkin fikrlashga, fan ustida o'ylashga majbur etadi. Shu tufayli ma'ruza ilmiy tafakkurni rivojlantirishning o'ziga xos maktabiga aylanadi. Ma'ruzani shunday o'qishlari kerakki, uning ta'sirida talabalarda shu fanga, uning vazifa va kelajagiga nisbatan turli qarashlar, ilmiy e'tiqod, g'oya va milliy mafkura asoslari shakllansin. Buning uchun o'qituvchi har bir ma'ruzaning mazmunini fandagi yangiliklar bilan boyitishi va tanlay bilishi lozim. Ma'ruza ijobiy hamkorlikda tashkil qilingandagina samarali natija beradi. Buning uchun ma'ruza jarayonida ham ta'limiy, ham tarbiyaviy vazifalarni samarali amalga oshirish yo'llaridan biri - o'qituvchi va talabalar o'rtasida do'stona, faol munosabatlarni tiklab olinishidan iborat. Bundan tashqari, ma'ruzaning samarali natijasi talabalarning o'quv jarayonidagi ruhiy holatlarni qay darajada hisobga olinishiga bog'liq. Nazariy bilimlarning amaliyot bilan, turmush tajribalari bilan bog'lab borish ta'limning yetakchi qoidalaridan hisoblanadi. Ta'lim sohasidagi yutuqlar, eng awalo, nazariy bilim bilan amaliyotning o'zaro bog'liqligiga asoslanadi. Shundagina talaba o'rganayotgan o'quv materiallarini tub mohiyatini tushunib etadi va amaliyotda ulardan foydalana oladi. Buning uchun o'qituvchi ta'lim jarayonida talabalarning faol ishtirok etishlariga erishmoq lozim. O'quv jarayoni yoshlarga bilim berish, ularda ko'nikma va malakalarni hosil qilish yangi haqiqatlami ocha olishga qodir bo'lgan ijodiy mantiqiy tafakkurni tarbiyalashdir. Talabalarning erkin fikrlash qobilyatini o'quv va amaliy mashg'ulotlar o'tkazish yo'li bilan o'stirish lozim. Shuningdek, o'quv jarayonida talabaga yanada chuqurroq bilim berish, uni yaxshi o'zlashtira olishlari uchun fanga tegishli yangi adabiyotlar, qonunlar, yo'riqnomalardan foydalanib, mavzularni keng yoritib berish lozim. Shu bilan birga kompyuter texnologiyalaridan foydalanish o'quv jarayonini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. O'qituvchi talabaning bilim faoliyatini tashkil etish maqsadida o'quv ishlarini olib borar ekan, awalo ta'lim berish orqali 3 vazifani, ya'ni bilim berish orqali 3 maqsadni hal qilishi lozimligini unutmasligi kerak. Bu maqsadlar o'qituvchi va talabalar o'rtasidagi faoliyatni birlashtiradi. Download 290.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling