Mutaxassislikka kirish


O'quv jarayonida namunaviy o'quv reja va dasturlar, ularni ishlab chiqish, tasdiqlash hamda amalda qo'llash


Download 290.52 Kb.
bet15/44
Sana21.11.2023
Hajmi290.52 Kb.
#1793353
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   44
Bog'liq
Mutaxassislikka kirish fanidan ma\'ruza matni-fayllar.org

3. O'quv jarayonida namunaviy o'quv reja va dasturlar, ularni ishlab chiqish, tasdiqlash hamda amalda qo'llash.
O'quv jarayonida ta'lim mazmuni o'quv rejalari va dasturlarga asoslanib olib boriladi.
O'quv rejasi -O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2001 yil 343-sonli «Oliy ta'limning Davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risida»gi Qaroriga muvofiq institut kafedralari tomonidan ishlab chiqariladigan xujjatdir. Unga barcha ta'lim muassasalarida so'zsiz amal qilinadi. Bu hujjatda fanlar va shu fanlar uchun ajratilgan soatlari ko'rsatiladi. U Oliy ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. O'quv rejasida fan uchun ajratilgan soatlardan tashqari bu fanni qaysi kursda va qaysi semestrda o'qitilishi ham ko'rsatiladi. Shu bilan birga o'quv rejasida shu fan bo'yicha semestr yakunida topshirilishi lozim bo'lgan sinov yoki imtihon ham biriktiriladi. Agarda shu fanda kurs ishi, mustaqil ish, labaratoriya ishi, nazorat ishi topshirilishi lozim bo'lsa, bu ham o'quv rejasida o'z aksini topadi.
Har bir alohida fan uchun o'quv dasturi tuziladi. Dastur o'quv rejasiga asoslanadi. Fanning maqsadi, o'quv rejasi bo'yicha ajratiladigan soat va bilim hajmi uning tizim mavjud jamiyatning g'oyaviy siyosiy yo'nalishini o'zida aks ettiradigan davlat hujjatidir.
O'quv dasturida fan bo'yicha talabalarga beriladigan ilmiy bilim, ko'nikma va malakalarning belgilab boriladi. Dasturda fannning mazmuni, ketma-ketligi ikkinchi mavzu birinchisini to'ldirishi izchillik bilan yoritiladi va ma'lum mavzular orqali ko'rsatiladi. O'quv dasturida shu fan bo'yicha talabalarga berilishi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma-malakalar kichik mavzularda ifodalanib, mavzu maqsadi qisqacha izohlanadi. Fanning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda yo'nalishlarga ajratiladi. Ular boblarga ajratiladi. Boblar katta mavzularga ajratiladi, katta mavzular kichkina mavzularga bo'linib, shu mavzu yuzasidan talaba qanaqa bilim va malaka olishi lozim bo'lsa, shu qisqacha ifodalanib beriladi.
O'quv dasturining o'zini amal qilinishi lozim bo'lgan quyidagi qoidalari mavjud:

Download 290.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling