Mutaxassislikka kirish
Download 290.52 Kb.
|
Mutaxassislikka kirish fanidan ma\'ruza matni-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Magnit informatsiya tashuvchilar
- Golografik informatsiya tashuvchilar
- Maxsus informatsiya yozish vositalari
- WINDOWS
T exnik yondoshuv Siz juda ko'p marta «informatsiya tashuvchilar» degan jumlani eshitgansiz va uning nimaligini bilasizmi? Quyida informatsiya tashuvchilar, ularning turlari to'g'risida va ularga ma'lumotlar qanday usullar orqali yozilishi haqida ma'lumot beramiz. Hozirgi paytda informatsiya tashuvchilaming quyidagi asosiy turlari mavjud va ular o'z imkoniyatlari hamda sig'imlariga muvofiq ravishda xilma-xil sohalarda ishlatilishlari mumkin: Magnit informatsiya tashuvchilar - magnit lentalar, qattiq va yumshoq magnit disklar, magnit tsilindrlar, magnit kartalar va hokazolar. Ularda ma'lumotlar asos materialning magnit xossalarini o'zgartirish hisobiga yoziladilar va o'qiladilar. Optik informatsiya tashuvchilar - ularga ma'lmnotlar muhitning optik xususiyatlarini o'zgartirish hisobiga yoziladilar va o'qiladilar. Magnitooptik informatsiya tashuvchilar - bunday turdagi ma'lumot tashuvchilarga ma'lmnotlar magnit va optik xususiyatlarning bir-biriga bog'liqligi tufayli yoziladilar va o'qiladilar. Elektron informatsiya tashuvchilar - bunday turdagi ma'lmnot yozish vositalari maxsus mikrochiplar asosida tashkil qilingan bo'lib, elektron sxemaning xususiyatlariga bog'liq ravishda xilma-xil hajmdagi ma'lumotlar yozish imkonini beradi. Golografik informatsiya tashuvchilar - ularda informatsiya yozishning golografik usullaridan foydalangan holda yoziladilar va qayta o'qiladilar. Bunday xildagi informatsiya tashuvchilar katta hajmlardagi ma'lumotlarni yoza olish xususiyatlari bilan boshqalaridan ajralib turadilar. Ezilish ko'rsatkichlarini o'zgartirgan holda bunday ma'lumot tashuvchilaming bittasiga boshqa yozuvlar saqlangan holda bir necha marta ma'lumot yozish va o'qish mumkin. Maxsus informatsiya yozish vositalari - bular kompyuterda qo'llanilayotgan programmaviy ta'minot bilan bog'liq bo'lib, katta miqdordagi ma'lumotlarni yozish, saqlash va o'qish imkonini beradi. Misol sifatida flesh-disk deb atalgan kichik xotira qurilmalarni keltirish mumkin. Ularning gabarit o'lchamlari juda kichik bo'lishiga qaramay, bir necha yuzlab megabaytdan gigabaytlargacha hajmdagi ma'lumotlarni yozish va saqlash imkonini beradi. Har bir turdagi informatsiya tashuvchiga ma'lumot yozish va o'qish o'ziga xos qurilmalar hamda moslamalar orqali amalga oshiriladi. «Multimedia vositalar» degan tushuncha sizga nimani bildiradi va uni kompyuterda ishlatish sizga qanday qo'shimcha imkoniyatlar beradi? Multimedia deb nomlangan tushuncha ma'lumotlarni bir qancha ifodalanish usullaridan foydalangan holda ifodalash bo'lib, u xar bir informatsiya ifodalash vositasida xilma xil turlarda tasvir etiladi yoki ko'rsatiladi. Masalan, kitob, gazeta va jurnallarda mam va grafik materiallar ko'rsatilsa, radioda ovoz va musiqa, televideniye va kinoda esa xarakatlanuvchan ob'ektlar, musiqa va ovoz ifodalanadi yoki tasvirlanadi. Demak, ularning har birida xilma -xil tmdagi ma'lumotlar alohida holda ifodalanadi. Hisoblash texnikasining rivojlanishi va uning tmli xil sohalarga kirib borishi matnni, ovozni, gapni, grafikani hamda video hujjatlarni birlashtirish va ularni bir vaqtda ifodalash imkonini yaratdi. Bu xildagi kompleks hujjatlarni multimedia hujjatlar deb atala boshlandi hamda ularni yaratishga va ular bilan ishlashga yordam beradigan programmaviy vositalarni multimedia programmalar deb ataldi, bunday ishlarni bajarishga imkon beradigan qurilmalarni esa multimedia vositalari deb nomlandi. Bulardan kelib chiqqan holda multimedia deb xilma-xil turlarga mansub ma'lumotlarni bir butun interaktiv muhitda birlashtiruvchi programmaviy, apparat va informatsion vositalarga aytiladi deyishimiz mumkin. Interaktiv muhit deganda, ma'lumotlarni ko'rib chiqish jarayonini bir-biriga bog'liq ravishda boshqarish mumkinligi ta'minlangan holatga aytiladi. Ya'ni, foydalanuvchining informatsion vositaga ta'sir ko'rsata olishi interaktivlik deb ataladi. Ushbu interaktivlikni amalga oshirilish mumkinligi imkoniyati hisoblash texnikasining multimedia vositalarini boshqa texnik vositalardan farqini tashkil qiladi. Ko'pchilik hollarda multimedia tushunchasi ovozni eshittira oladigan vositalar hamda lazer kompakt disklari bilan ham bog'liq holda tushuniladi. Har qanday multimedia kompyuterning ajralmas qismi bo'lib kompakt disklardan ma'lumot o'quvchi va yozuvchi qurilma xizmat qiladi. Demak, multimedia kompyuter tovush kartasi va CD-ROM bilan ta'minlangan bo'ladi, multimedia monitor esa tovush kolonkalari va tovushning balandligini boshqara oladigan qurilmalar bilan jihozlangan bo'ladi, multimedia protsessoming buyruqlar sistemasiga ovoz va grafik tasvirlar bilan ishlay oladigan maxsus instruktsiyalar qo'shiladi, multimedia programmaviy ta'minot esa CD-ROM larda yozilgan bo'lib, uning tarkibiga multimedia ma'lumotlar va ular bilan ishlash imkoniyatini beradigan programmalar kiradi. WINDOWS operatsion sistemasining asosiy menyusida Multimedia deb nomlangan menyu bo'lib, multimedianing barcha standart vositalari unda joylashgan. Download 290.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling