Mutaxassislikka kirish
Download 290.52 Kb.
|
Mutaxassislikka kirish fanidan ma\'ruza matni-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat ishi
Konspekt qilish - mustaqil ishlashning aniq shaklidir. Konspektlashtirish
ijodiy jarayon bo'lib, u talabaning mantiqiy qobiliyatini o'stiradi, fikrini aniq va qisqa bayon etishga o'rgatadi. Referat - bu o'rganilayotgan fan bo'yicha eng dolzarb yoki talaba uchun katta qiziqish uyg'otgan mavzu bilan bog'liq bo'lgan bir yoki bir necha adabiyotlardan foydalangan holda, ularning mazmunini tanqidiy yondoshuv asosida mustaqil qayta bayon qilish. Nazorat ishi - talaba bajarishi lozim bo'lgan mustaqil ishlarning shakllaridan biri bo'lib, amaliy mashg'ulot darslaridan o'tib ulgurilmagan misol va masalalar, amaliy ish o'yinlari va boshqotirmalar test topshiriqlari ko'rinishida bajarish uchun uyga vazifa tariqasida beriladi. Talabalarning o'z ustida mustaqil ishlashining qolgan shakllarini, xususan, annotatsiya, tezis, lug'at, jadval, sxema, grafik va slaydlarni tayyorlash va yozish kabilar ham muhim bo'lib, ularning qay darajada bajarilishini talabaning umumiy reytingini aniqlash chog'ida e'tiborga olinish ahamiyatidir. Ma'lumki, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» keng qamrovli bo'lib, ta'lim berishning ketma-ket bosqichlari bilan birgalikda o'qitishning turli shakllarini yanada takomillashtirishni ham nazarda tutadi. Talabalarning kelajakda o'z sohasining yetuk mutaxassisi bo'lib yetishishida turli me'yoriy hujjatlar va adabiyotlar bilan ishlashida ularning oliy o'quv yurtlarida mustaqil ta'lim bo'yicha olgan malaka va ko'nikmalarining ahamiyati kattadir. Hozirgi zamon talablaridan kelib chiqib yaratilgan yangi namunaviy o'quv dasturlarida deyarli barcha fanlarga mustaqil ta'lim soatlari ajratilgandir. Ana shu ajratilgan soatlardan talabalarga bilim berishda va maqsadga muvofiq tarzda foydalanish o'qitishning muhim jihatlaridan bin hisoblanadi. Talabalarning mustaqil ta'lim olish samaradorligini oshirishda quyidagi omillarni yanada kuchaytirish zarurdir. Har bir talabaning o'qitilayotgan fan bo'yicha darslik, o'quv qo'llanmalari, ma'ruza matnlari va boshqa o'quv-uslubiy materiallar bilan to'liq ta'minlanishiga erishish; O'quv rejasida mustaqil ta'lim mavzularini o'zlashtirish uchun zarur bo'lgan asosiy va qo'shimcha adabiyotlarni aniq ko'rsatish; O'qituvchining mustaqil ta'lim ko'nikmalarini hosil qilishda har bir guruhga talabaga individual yondoshuviga erishish; Mustaqil ta'lim bo'yicha talabalarning olayotgan bilimi va o'zlashtirish darajasini doimiy nazorat qilishga erishish; Institut va kafedralar doirasida o'tkaziladigan an'anaviy tadbirlar konferentsiyalariga ko'plab talabalarni jalb etish. Xulosa qilib aytganda, har bir talabaning o'quv jarayoni va o'quv mashg'ulotlaridan tashqari vaqtlarda amalga oshiradigan ishlarning barcha shakl va xususiyatlarini o'zaro uyg'unlashtirish uslubiyatini joriy qilish- mamlakatimizda Vatanga, halqga barkamol avlodni - yetuk tarbiyalangan mutaxassisni voyaga yetkazish «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da ilgari surilgan vazifalarni to'liq amalga oshirishga xizmat qiladi. Download 290.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling