Mutaxassislikka kirish
Download 290.52 Kb.
|
Mutaxassislikka kirish fanidan ma\'ruza matni-fayllar.org
O'quv predmeti tegishli fandan asosiy qoidalarning ifodalanishi bilan farq qiladi. Unda natija-xulosalar unchalik keng berilmagan, tushunarlilikning didaktik printsip va shug'lanuvchilarning yosh hususiyatlarini hisobga olish zarurligi bilan belgilanadigan boshqa farqlari bor. Biroq bu fan ma'lumotlarini qisqartirilgan yoki soddalashtirilgan holda berish emas, balki ularni o'quv protsessiga muvofiq ravishda pedagogik jihatidan qayta ishlashdir. Har bir o'rta, umumiy ta'lim maktablari, oliy o'quv yurtlari o'zlarining o'quv rejasini tuzishda, o'quv fanlarini tanlashda o'rta ta'limning yoki oliy ta'limning vazifasiga amal qilinadi. Masalan, o'rta ta'lim fan asoslarini puxta bilishni, demokratik, mustaqil dunyoqarash asoslarini puxta bilishni, sog'lom yosh avlodning estetik, ahloqiy va ma'naviy jismoniy tarbiyasini ta'minlashi kerak. Maktabning o'quv rejasi demokratik ma'naviy tarbiyaning hamma tomonlarini - tabiat, jamiyat, ishlab chiqarish asoslari, san'at va jismoniy tarbiya haqidagi bilimlarni qamrab olishi kerak.
Akademik litsey, kollejlarda esa, o'quv rejasida majburiy fanlar bilan birga fakul'tativ mashg'ulotlar, o'zining sohasiga xos fanlar bo'lishi nazarda tutiladi. Oliy o'quv yurtlari uchun o'quv fanlari tanlashda butunlay boshqacha yondashiladi. Misol tariqasida Toshkent Moliya instituti 1-kurs barcha kunduzgi bakavlariat yo'nalishlari uchun tuzilgan ishchi o'quv rejasini ko'rib chiqsak. Bunda albatta, 1-kursda talabalar to'g'ri maktabdan kelgan bo'lishi mumkin, ularda esa institut talabalariga ko'nikish hosil qilishi uchun maktab programmasiga xos fanlar o'tiladi. Masalan. O'zbekiston tarixi, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ekologiya va shunga o'xshash fanlar. Lekin, shu bilan birgalikda mutaxassislikka tayyorlash uchun Iqtisodiyot nazariyasi, mutaxassislik tili, Mutaxassislikka kirish kabi fanlar ham o'tiladi. 2-3 kurslardan boshlab esa to'liq mutaxassislik fanlari o'tiladi. Institut auditoriyalarida olingan nazariy bilimlarni mustahkamlashning asosiy yo'llaridan bin banklarda mutaxassislik fanlari bo'yicha malakaviy amaliyotning tashkil qilinishidir. Hozirgi kunda harakatda bo'lgan Davlat ta'lim standarti asosida tuzilgan o'quv rejasiga asosan II kursdan boshlab talabalar nazariy o'qish jarayonini amaliyot bilan bog'lab olib borish imkoniyatiga ega. Talabalarning mutaxassislik fanlari bo'yicha olgan nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog'lash jarayoni «Bank ishi» kafedrasi tomonidan «oddiydan murrakkabga» tamoyili asosida tashkil qilingan. Talabalarinig amaliyotini tashkil qilishning bu tamoyili mohiyati shundaki, II kursda talaba banklar va ularning faoliyati, xizmat turlari bilan tanishishi uchun tanishuv amaliyotiga chiqadilar. Bu amaliyot dasturi nisbatan sodda bo'lib, talabalar bank bilan, uning bo'lim va boshqarmalari, bankning tarkibiy strukturasi va ularning vazifa hamda funktsiyalari bilan tanishadilar. Bu amaliyotda talaba ko'proq tijorat banklarning jismoniy shaxslarga ko'rsatadigan xizmatlari, aholidan omonatlar qabul qilish va ularni berish, mablag'larni bir hisob varaqdan boshqasiga o'tkazish, talabalarga aholiga kreditlar berish va ularni to'lash jarayonlari, tijorat bankining aholii bilan bog'liq boshqa vositachilik operatsiyalari bilan tanishadilar va hisobot tayyorlaydilar. IV semesterda III kurs talabalari «Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika» fanidan o'quv amaliyotiga chiqishadi. Bu amaliyot tanishuv amaliyotiga nisbatan mukammalroq dasturga ega bo'lib, bank buxgalteriya bo'limining faoliyatini to'liq o'rganadilar va hisobot tayyorlaydilar. IV kursda talabalar barcha o'qitiladigan mutaxassislik fanlarni o'zida umumlashtiravchi bitiruv malakaviy amaliyoti o'taydilar. Bu bitirav malakaviy amaliyot 7 haftaga mo'ljallangan bo'lib, bu amaliyot bank faoliyatini chuqurroq o'rganishga undovchi mukammal dasturga ega. Amaliyot davomida talaba bankning umumiy faoliyati va mijozlari bilan tanishadi hamda buxgalteriya bo'limi, kredit bo'limi, pul muomalasi bo'limi, valyuta bo'limi faoliyati, kichik biznesni kreditlash, loyihalarni moliyalashtirish bo'yicha dasturda belgilangan vazifalarni bajaradilar va hisobotlar tuzadilar. Malakaviy amaliyot talabalar bilimini mustahkamlashga, bank tizimida kechayotgan o'zgarishlarni bilishga, talabani bankning jamoat ishlarida qatnishishga, o'zini mutaxassis sifatida tutishga, kelajakdagi ish faoliyati to'g'risida tasawurlarga ega bo'lishga imkoniyat yaratadi. Download 290.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling