Mutaxassislikka kirish
Kurs, malakaviy bitiruv ishlari va hisobotlarni yozish tartibi to'g'risida
Download 290.52 Kb.
|
Mutaxassislikka kirish fanidan ma\'ruza matni-fayllar.org
4. Kurs, malakaviy bitiruv ishlari va hisobotlarni yozish tartibi to'g'risida
tushuncha. Talabalarning o'quv ilmiy tadqiqot ishlaridan biri kurs ishidir.Talaba institutda tegishli yo'nalish bo'yicha olgan nazariy bilimlarini amaliy materiallar asosida umumlashtirib, xulosa va takliflarni asosli holda ishlab chiqishi, kusr ishini zamon talabiga mos ravishda bajarishi kerak. Kurs ishi talabaning nazariy bilimlarini mustahkamlash bilan bir qatorda, amaliy ma'lumotlarni o'rganish, tahlil etish hamda umumlashtirish asosida bajariluvchi mustaqil tadqiqot ishidir. Shuni unutmaslik kerakki, zamon talabiga muvofiq keladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda kurs ishi muhim ahamiyat kasb etadi. Kurs ishini bajarishdan asosiy maqsad: yo'nalashi bo'yicha olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash; talabada mustaqil va ijodiy faoliyat ko'nikmalarini rivojlantirish; talabalarga amaldagi qonunchilik hujjatlari, adabiyotlar, davriy nashrlar, ma'lumotnomalar va boshqa manbalardan foydalanishni o'rganish; talabalarda himoyaga tavsiya etiluvchi kurs ishini rasmiylashtirish va to'g'ri tuzish ko'nikmalarini hosil qilish. Shuni alohida ta'kidlash zarurki, kurs ishining muvaffaqiyatli bajarilishi, ko'p jihatdan, mavzuning to'g'ri tanlanishiga bog'liq. Talaba o'z ilmiy va amaliy qiziqishlariga tayangan holda ro'yxatda keltirilgan kurs ishi mavzusini mustaqil tanlaydi. Talabalar tanlagan mavzuga tegishli qonun hujjatlari, Oliy Majlis qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tanishib chiqadi. So'ngra ular kurs ishi mavzusi rejasining bir nechta ko'rinishlarini ishlab chiqadilar va ko'rib chiqish uchun uni ilmiy rahbarga taqdim etadilar. Kurs ishi tarkibiga ko'ra, uning mazmuni odatda kirish, 2-3 ta asosiy bo'limlar va xulosadan tarkib topadi. Kurs ishi mavzusi tanlangandan to u butunlay bajarilguncha talaba ilmiy rahbar bilan doimiy aloqada bo'lishi tavsiya etiladi. Kurs ishining umumiy hajmi 24-35 bet atrofida bo'lishi lozim. Muqovadan keyingi varaqda kurs ishi mavzusi va reja bo'ladi. Kurs ishi varaqning bir tomoniga yoziladi. Kurs ishi A-4 formatdagi qog'ozga ravon, tushunarli, mantiqiy ketma-ketlikda va fikrlarning izchilligiga e'tibor qilgan holda bajariladi. Talaba kurs ishini bajarish davomida matnni o'chirib yozmasligi hamda grammatik xatolarga yo'l qo'ymasligi lozim. Kurs ishining kirish qismi 2-3 varaq atrofida bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Unda tanlangan mavzuning iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning hozirgi bosqichida qanchalik dolzarb ekanligi va amaliy ahamiyati asoslanadi. Kurs ishi mazmunini bayon etish tartibi ilmiy til tartibi talablariga javob berishi, uzviyligi, mantiqiyligi hamda aniq tuzilishi bilan ajralib turishi lozim. Kurs ishida bevosita amaliyot mateiallari bo'lishi hamda batafsil bo'lishi kerak. Talaba kurs ishi mavzusini tanlashi bilanoq, rejani tuzishdan oldin, mavzuga oid manbalarni - ilmiy-iqtisodiy adabiyotlar, qonunchilik hujjatlari va boshqalarni izlab topishi lozim. Foydalanilgan adabiyotlarning ro'yxati kurs ishining mantiqiy tugashini ta'minlaydi. Bitirav-malakaviy ishi ham talabalarnng mustaqil ilmiy tadqiqot ishlaridan biridir. Bitirav-malakaviy ishini bajarish quyidagi maqsadlarga erishishga yo'naltirilgandir: •S talabalarda mustaqil ilmiy-tadqiqot ishini bajarish ko'nikmalarini hosil qilish; •S sohani amaliy ma'lumotlar asosida chuqur tahlil qilish va mavjud muammolarni aniqlab, uni yechish yo'llarini ko'rsatish; •S nazariy va amaliy bilimlarni umumlashtirish asosida tegishli xulosalar qilish hamda takliflar ishlab chiqish; •S ilmiy-iqtisodiy adabiyotlar bilan ishlash qobiliyatini rivojlantirish; S masalani iqtisodiy yondoshgan holda hal qilish ko'nikmasini shakllantirish; Bitirav-malakaviy ishini yuksak ilmiy-nazariy saviyada tayyorlanishi va himoya etilishi, institutda ta'lim berish jarayonlari halqaro standartlarga muvofiq tashkil etilganligini ko'rsatadi. Professor-o'qituvchilar har yil o'quv yili boshlanishi bilan eng dolzarb masalalarni o'z ichiga olgan bitirav-malakaviy ishi mavzularini ishlab chiqadilar. Bitirav-malakaviy ishining hajmi o'rtacha 80-90 bet atrofida bo'lishi lozim. Ishning kirish qismi 4-5 bet hajmda bo'lib, unda talaba tanlagan mavzusining iqtisodiy islohotlarni erkinlashtirish va yanada chuqurlashtirish sharoitida nechog'li dolzarb ekanligini asoslaydi. Shuningdek, bu qismda ilmiy-tadqiqot ishining maqsadi va vazifalari ham o'z aksini topadi. Agar amaliy material ilmiy adabiyot, jurnal yoki gazetadan olingan bo'lsa, u holda talaba, manbaning nomi va muallifi, manbaning qachon chiqqanligi va material olingan betni ko'rsatadi. Bitirav-malakaviy ishining matni sof adabiy tilda ravon bayon qilinishi lozim. Shuningdek, fikrlar va jumlalar mantiqan o'zaro bog'liq va aniq ifodalanishi kerak. Talaba bitirav-malakaviy ishida foydalanish uchun amaliy materiallarni, asosan, o'zi ishlab chiqarish amaliyotini o'tayotgan tashkilotdan oladi. Bitirav-malakaviy ishi A-4 formatda qo'lda yozilishi yoki kompyuterda terilishi mumkin. Talaba bitirav-malakaviy ishini yozishda adabiyotlardan, internet saytlaridan, banklar va Vazirliklar ma'lumotlaridan foydalanishi lozim. Adabiyotlarni o'rganishda asosiy e'tiborni bevosita malakaviy ish muammosi bilan bog'liq bo'lgan bo'lim, bob, bandlarga qaratish muhim ahamiyatga ega. Shunday qilib, talabalarning yetuk mutaxassis bo'lib yetishishlarida bunday ishlarning ahamiyati katta. Download 290.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling