Mutaxassislikka kirish


Download 290.52 Kb.
bet33/44
Sana21.11.2023
Hajmi290.52 Kb.
#1793353
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   44
Bog'liq
Mutaxassislikka kirish fanidan ma\'ruza matni-fayllar.org

joriy baholash (JB)


  • oraliq baholash (OB)


  • yakuniy baholash (YaB)

    Joriy baholashda fanning har bir mavzusi bo'yicha talabaning bilim darajasini (o'zlashtirishini) aniqlab borish nazarda tutiladi va u odatda, amaliy, kontrol ishlarni ballarini, kollokvium, suhbat va shu kabi boshqa shakllarida ham amalga oshiriladi.


    Dekanat va kafedralar belgilangan tartibda fan bo'yicha talabaning Oraliq baholash, Joriy baholash va Yakuniy baholash turlarida ko'rsatgan o'zlashtirish ko'rsatkichlarini tahlil etib borishlari va ularning natijalarini belgilangan shaklda qaydnomada qayd etishlari shart.
    Baholash natijalari o'quv bo'limida operativ ravishda ishlovdan o'tkaziladi.
    Reyting natijalari Oliy ta'lim muassasining Ilmiy Kengashida muntazam ravishda muhokama etib boriladi va tegishli qarorlar qabul qilinadi.
    Oliy ta'lim muassasasi fan bo'yicha baholash turlarining har biri bo'yicha
    reyting ballarini hisoblash kriteriyalarini ishlab chiqadi (nazorat ishlari, test sinovlari, savollar to'plash va h. k. ) va Uslubiy Kengashda tasdiqlaydi.
    Semestr davomida o'qitilgan fan bo'yicha maksimal balning kamida 55% foizini to'plagan talaba qoniqarli o'qiyotgan deb hisoblanadi. Semestr davomida o'qitilgan fan bo'yicha maksimal ballning 55% dan kam ball to'plagan talaba akademik qarzdor deb hisoblanadi. Semestr davomida fanlar bo'yicha to'plangan ballar quyidagi o'zlashtirish ko'rsatkichlari bilan baholanadi:


    1. 86-100% - «a'lo»;


    2. 71-85% - «yaxshi»;


    3. 56-70% - «o'rtacha»;


    4. 55% dan kam «qoniqarsiz».

    Talabaning barcha turdagi amaliyotlardan olgan bilim va ko'nikmalari, kurs ishi yoki kurs loyihasi, bitirav malakaviy ishi mashg'ulotlar (seminar va laboratoriya ishlari) darslarida amalga oshirilishi mumkin.


    Oraliq baholashda fanning bir necha mavzularni qamrab olgan bo'lim yoki qism bo'yicha nazariy mashg'ulotlar o'tib bo'lingandan keyin talabaning nazariy bilimlari baholanadi va unda talabaning muayyan savol yoki muammoni echish mahorati va qobiliyati aniqlanadi.
    Yakuniy baholashda fanning semestr davomida o'tilgan hajmi doirasida talabaning bilimi baholanadi. Yakuniy baholash turiga ajratilgan ballar mikdori o'quv rejasida fanga semestr uchun ajratilgan soatning 30 % miqdorida belgilanadi.
    Fan bo'yicha Joriy baholash va Oraliq baholash turlarida talaba to'plashi mumkin bo'lgan maksimal reyting balning miqdori, o'quv rejasida fanga semestr uchun ajratilgan soatning 70 % miqdorida belgilanadi. Oliy ta'lim muassasalariga o'z xususiyatlaridan kelib chiqib, Joriy baholash va Oraliq baholash turlarining foizlarini belgilash huquqi beriladi. Yakuniy baholash turi tayanch tushunchalarga asoslangan "yozma ish" usulida yoki boshqa usullarida ( og'zaki test va hokazo) ham o'tkazilishi mumkin.
    Tayanch tushunchalariga «yozma ish» usulini o'tkazish tartibi «Reyting tizimi»ning yakuniy baholash bosqichida «yozma ish» usulini tatbiq etish bo'yicha namunaviy Nizom bilan belgilanadi.

    Download 290.52 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   44




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling