Mutaxassislikka kirish


Talabalar bilimini baholashda ball tizimining avzalliklari


Download 290.52 Kb.
bet34/44
Sana21.11.2023
Hajmi290.52 Kb.
#1793353
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   44
Bog'liq
Mutaxassislikka kirish fanidan ma\'ruza matni-fayllar.org

3. Talabalar bilimini baholashda ball tizimining avzalliklari.
O'quv rejasiga muvofiq o'qitilishi bir necha semestrga rejalashtirilgan fan bo'yicha talabaning umumiy reyting bali, har bir semestr davomida shu fan bo'yicha talaba tomonidan to'plangan reyting ballar yig'indisi bilan aniqlanadi.
Baholash turlari har bir fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, dars jarayonida so'rov o'tkazish, test savollariga javob berish loyihasi, davlat attestatsiyasi natijalari o'zlashtirish ko'rsatkichlari bilan baholanadi va reyting daftariga alohida qayd etiladi.
Reyting ballarini hisoblashda talabaning o'quv mashg'ulotlaridagi faolligi, mustaqil ishlarini bajarishga ijodiy yondasha olish o'quv mehnat intizomiga amal qilish sifatlari ham hisobga olinishi (reyting ball doirasida 10%gacha) maqsadga muvofiq;.
Joriy baholash, Oraliq baholash va Yakuniy baholash turlarida fanni o'zlashtira olmagan yoki sababli baholash turlarida ishtirok, eta olmagan talabalarga bir hafta muddat ichida qayta baholashdan o'tishga raxsat berilishi mumkin.
Fan bo'yicha belgillangan maksimal reyting ballning 55%dan kam ball to'plagan talaba, belgilangan tartibda rektorning buyrug'i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi (birinchi kurs talabalariga nisbatan o'quv yili yakunlari bo'yicha amalga oshirish muvofiq). Talabani kursdan kursga o'tkazishda o'quv rejasida muayyan semestrga belgilangan fanlardan talaba to'plagan reyting ballari miqdori hisobga olinadi va rektorning buyrug'i bilan amalga oshiriladi. Har bir fan bo'yicha o'tkazilgan baholash turlarida talaba to'plagan reyting ballar miqdori belgilangan tartibda tasdiqlangan shakldagi qaydnomada qayd qilinadi. Semestr davomida fan bo'yicha o'tkazilgan baholash turlarida talaba to'plagan umumiy ball, talabaning «Reyting daftarchasi»ga yoziladi.
Talaba, fan bo'yicha o'tkazilgan baholash turlarida, fanga ajratilgan maksimal ballning 55%dan kam ball olgan holda, uning shu fan bo'yicha to'plagan reyting ballarni «Reyting daftarchasi»da qayd etilmaydi.
Har bir fan bo'yicha o'tkaziladigan baholash turlarining (JB, OB va YaB) natijalari dekanat va kafedralar tomonidan reyting nazorati ekranida muntazam ravishda yoritib boriladi. Reyting nazorat ekranini tashkil etish va uni belgilangan muddatlarda rasmiylashtirish vazifasi fakultet dekani zimmasiga yuklatiladi.
Talabalar bilimni reyting tizimi bo'yicha baholashning tayanch tushunchalariga asoslangan «yozma ish» usuli, talabalarda o'tilgan fanlarga nisbatan ijodiy yondoshish, mustaqil fikrlash o'z bilimini doimiy ravishda oshirish, adabiyotlardan foydalanish, o'tilgan fanlarni muayyan mavzular bo'yicha tuzilgan tayanch tushunchalarga asoslangan holda, o'z fikrlarini yozma ravishda aniq va lo'nda ifodalab berish hamda tahlil etish kabi xususiyatlarini o'zida mujassamlashtirishi kerak. Shuningdek, professor-o'qituvchilardan ham o'z fanlarini chuqur egallashi hamda ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarga puxta tayyorgarlik ko'rishda, «yozma ish» savollarni tayyorlashga ma'suliyat bilan yondashishni talab etadi.
Talabalar bilimining baholash tayanch tushunchalariga asoslangan «yozma ish» usuli, reyting tizimining yakuniy baholash bosqichida amalga oshiriladi.
Yakuning baholash bosqichini «yozma ish» usulida o'tkazish fanlarni tanlash huquqi oliy ta'lim muassasasiga beriladi (O'quv rejada belgilangan fanlarnig 50%dan kam bo'lmagan holda).
«yozma ish» o'tkaziladigan fanlar rektornig buyrag'i bilan rasmiylashtiriladi. Qolgan fanlardan yakuniy baholash turini o'tkazish tartibda (og'zaki himoya) oliy ta'lim muassasasi tomonidan belgilanadi. Yakuniy baholash bosqichida «yozma ish» usulida belgilangan fanlardan, Joriy baholash va Oraliq baholash bosqichlarida to'plangan ballar miqdoridan qat'iy nazar, talaba «yozma ish» topshirish shart. Semestr boshida «yozma ish» o'tkazilishi belgilangan fanlarning nomi kafedralar va talabalar e'tiborga yetkaziladi.
«yozma ish» o'tkazilishi belgilangan fanlar bo'yicha dars beruvchi kafedralar tomonidan savollar va ularni yoritishga yordam beravchi tayanch tushunchalar ishlab chiqiladi, hamda kafedra majlisida keng muhokama etilib tegishli qaror qabul qilinadi. «yozma ish» O'quv bo'limi tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq, fan bo'yicha dastur to'la o'tilgandan so'ng o'tkaziladi va ushbu haqida talabalarga bir oy oldin ma'lum qilinadi.
Kafedra talabalarga «yozma ish» o'tkazish tartibi va unga qo'yiladigan talablar bo'yicha konsultatsiyalar tashkil etadi.
«yozma ish»larni o'tkazish uchun, oliy ta'lim muassasasi rektorining buyrug'i bilan komissiya tashkil etiladi.
«yozma ish» savollari va ularni yoritishga yordam beravchi tayanch tushunchalar fakultet dekani tomonidan komissiya a'zolariga «yozma ish» o'tkazilishi belgilangan vaqtdan 1 soat oldin, maxsus konvertda taqdim etiladi.
«yozma ish» hajmi 1000 - 1200 so'zgacha deb belgilanadi va uni o'tkazish uchun 3 soat vaqt beriladi.
Komissiya «yozma ish»larni belgilangan tartibda tekshiruvchilarga tarqatadi va natijalarni 2 hafta ichida talabalarga ma'lum qiladi. «yozma ish» larni tekshirish va baholashga malakali professor-o'qituvchilar, shuningdek ilmiy tadqiqod institutlarining olimlari hamda ishlab chiqarishlarning yetakchi mutaxassislari jalb etilishi mumkin.
«yozma ish» larni o'tkazish va tekshirishga jalb etilgan shaxslarga mehnat haqi byudjetdan tashqari mablag' yoki soatbay jamg'arma hisobidan amalga oshirish nazarda tutiladi.
«yozma ish»larni baholash mezonlari ta'lim yo'nalishlari bo'yicha tayanch oliy ta'lim muassasalari tomonidan ishlab chiqiladi va barcha oliy ta'lim muassasalariga yetkaziladi.
«yozma ish» larni 10% tashqi taqriz uchun Vazirlik tomonidan boshqa oliy ta'lim muassasalariga jo'natilishi nazarda tutiladi. Talabalarni «yozma ish» lari natijalariga ko'ra bevosita dars bergan o'qituvchining reytingi belgilanadi va uni qo'shimcha ravishda moddiy va ma'naviy rag'batlantirish masalasini ko'rib chiqiladi.
Talabalarning «yozma ish»lari ikki yil mobaynida dekanatda saqlanadi.

Download 290.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling