Mutaxassislikka kirish
Yakuniy Davlat Attestatsiyasini tashkil etish
Download 290.52 Kb.
|
Mutaxassislikka kirish fanidan ma\'ruza matni-fayllar.org
4. Yakuniy Davlat Attestatsiyasini tashkil etish.
Bitiravchi kurs barcha ta'lim yo'nalishlari talabalari yakuniy bosqich jarayonida bitirav malakaviy ishini tayyorlaydilar va himoya qiladilar. Bitirav malakaviy ishini bajarishda O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligining 1998 yil 31 dekabrdagi 362-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan «Oliy o'quv yurtlarida bakalavr bitirav malakaviy ishni bajarishiga qo'yiladigan talablar»ga rioya qilinishi kerak. Talaba o'zi tanlagan mavzuga mos keladigan reja savollarini tuzib oladi, hamda shu mavzuni o'rganish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlar bazasini shakllantiradi.Unda mavzuni ifodalaydigan nazariy qarashlar, amaliy ma'lumotlar, statistik ko'rsatkichlar, diagrammalar, sxemalar tahliliy jadvallar va ularga oid bo'lgan xulosa hamda takliflar umumlashtiriladi, respublikada va chet ellarda nashr etilgan maxsus adabiyotlardan foydalaniladi. Institut rahbariyati tomonidan tasdiqlangan Yakuniy Davlat Attestatsiyasi komissiyasi tomonidan bitirav malakaviy ish himoyasi belgilangan tartibda qabul qilinadi. Bitirav malakaviy ish 100 ballik tizimda baholanib, u quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi: 1. Tanlangan mavzuning dolzarbligi, tuzilgan rejaning mazmunan to'liqligi, bitirav malakaviy ishining maqsadi va vazifalarini aniq ko'rsatilganligi - 15 ball; Rejada berilgan savollarning matnda aks ettirilishi, bitirav malakaviy ishning talab darajasida rasmiylashtirilishi - 5 ball; Mavzuni yoritishda, uni o'rganilganlik darajasini tahlili qilishda, xorijda va respublikamizda nashr etilgan adabiyotlardan foydalanish darajasi -10 ball; Mavzu bo'yicha keltirilgan jadval ma'lumotlaridagi ko'rsatkichlarning oxirgi yillarini qamrab olinganligi, tahlil qilish bo'yicha iqtisodiy usullarni bilishi- 15 ball; Mavzu yuzasidan mamlakatimizdagi va xorijiy davlatlar tajribasini o'rganilganlik darajasi va uni tadbiq etish bo'yicha berilayotgan takliflar- 15ball; Mavzu bo'yicha qilingan xulosalar, berilgan takliflarning ilmiy va amaliy jihatdan asoslanganlik darajasi - 10 ball Matnda keltirilgan manbalarning adabiyotlar ro'yxatiga mosligi, ulardan o'z o'rnida foydalanganlik darajasi - 10 ball; Bitirav malakaviy ishi mavzusini yoritib berishda, uni himoya qilishda ko'rgazmli ma'lumotlardan, ilg'or axborot va pedagogik texnologiyadan foydalanish darajasi - 10 ball Bitirav malakaviy ishi chet tilida talab darajasida bajarilishi va himoya qilinishi- 10 ball; Talaba tomonidan bajarilgan bitirav malakaviy ishi Yakuniy Davlat Attestatsiyasi komissiyasi a'zolari tomonidan yuqorida keltirilgan mezonlar asosida baholanib, baho shakllari quyidagicha tabaqalashtiriladi: ballgacha - «qoniqarsiz» baho; balldan - 70 ballgacha «qoniqarli» baho; 71 balldan - 85 ballgacha «yaxshi» baho; 86 balldan - 100 ballgacha «a'lo» baho Bitiruv malakaviy ishini baholashda har bir bitiravchi kafedra o'zining xususiyatini hisobga olgan holda bitirav malakaviy ishini baholash mezonini ishlab chiqadi va maxsus bayonnoma bilan uni tasdiqlaydi. Bitiruvchi kurs talabalariga mutaxassislik kafedralari tomonidan bitirav malakaviy ish mavzulari berilib, institut rahbariyati tomonidan har bir talaba uchun ilmiy rahbar biriktiriladi va uni buyraq bilan tasdiqlanadi. Download 290.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling