2. Joriy nazorat, oraliq nazorat va yakuniy nazorat o'tkazish tartibi.
Oliy ta'lim muassalarida talabalar bilimining nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to'g'risida namunaviy nizom O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim Vazarligini 1999 yil 8 iyun 194 sonli buyrag'i tasdiqlangan.
Ushbu Nizom O'zbekiton Respublikasining «Ta'lim to'g'risida» va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» Qonunlari hamda Respublika Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligini 1998 yil 30 oktYakuniy baholash 305 sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan «Oliy ta'lim to'g'risida»gi Nizom asosida ishlab va oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini baholashda me'yoriy hujjat sifatida qabul qilingan.
Talabalar bilimini reyting tizimi orqali baholashdan maqsad, talabalarda o'qitilayotgan fanlarni chuqur egallash, topshiriqlarga yondoshish, mustaqil fikrlash, o'z bilimining muntazam ravishda oshirishga intilish hamda adabiyotlardan keng foydalanish kabi xususiyatlarni rivojlantirish va ushbu tariqa raqobatbardosh mutaxassislarini tayyorlashga erishish. Reyting tizimi quyidagi vazifalarni bajarishga qaratilgan:
talabalar o'zlashtirishning muntazam ravishda nazorat etib borish, ularni semestr
davomida o'z ustularida uzluksiz faol ishlashni ta'minlash;
talabalir bilimini haqqoniy, aniq va adolatli baholash hamda natijalarni ularga
muntazam ravishda ma'lum qilish;
talabalarda mustaqil ishlash ko'nikmalarni keng rivojlantirish;
professor-o'qituvchilarda ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarga puxta tayyorgarlik
ko'rish, baholash savollari tizimida ma'suliyatni oshirish.
Fan bo'yicha maksimal reyting bali o'quv rejasida aynan shu fanga ajratilgan soatlar miqdori bilan.
Talaba bilimini baholashda, awal uning o'zlashtirish ko'rsatgichi aniqlanadi, so'ng dars soatlari miqdoriga muvofiq, uning fan bo'yicha reyting hisoblab topiladi. Talabaning fan bo'yicha o'zlashitirishning baholash semestr davomida muntazam olib boriladi va quyidagi turlar orqali amalga oshiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |