Mutaxassislikka kirish
«Mutaxassislikka kirish» fanning oldiga qo'ygan maqsadi
Download 290.52 Kb.
|
Mutaxassislikka kirish fanidan ma\'ruza matni-fayllar.org
2. «Mutaxassislikka kirish» fanning oldiga qo'ygan maqsadi
O'zbekiston tarakkiyotida ta'lim ustuvor soha hisoblanadi. 1997 yil 27 avgustda qabul qilingan «Ta'lim to'g'risida»gi ta'lim barcha yo'nalishlarini isloh qilish va rivojlantirish uchun imkon yaratadi. Ta'lim islohoti va istiqbolini belgilashda quyidagi tamoyillar: Ta'lim-tarbiyaning insonpvarvarliligi va demokratiyaviyligi; Ta'lim tizimining uzluksizligi, izchilligi, ilmiyligi va dunyoviyligi Ta'limda umuminsoniy va milliy, madaniy va ma'naviy qadriyatlarning ustuvorligi Millati, e'tiqodi, dinidan qa'tiy nazar barcha fiiqarolar uchun ta'lim olish imkoniyati yaratilganligi Ta'lim muassasalarining siyosiy partiyalar va harakatlar ta'siridan xoliligi asos qilib olingan. Ta'lim islohotida asosiy e'tibor, ta'lim-tarbiyaning milliy zamirini mustahkamlashga, ta'limning ish boshqaruv tizimlarini takomillashtirishga uning moddiy-texnika bazasini zamon talablariga moslashtirishga, ta'lim-tarbiya jarayonini jahon andozalari darajasiga ko'tarishga qaratilgan. Yangi o'quv dasturlari, darsliklarni ishlab chiqarish ta'lim sifatini oshirishda yagona mezon bo'ldi. Mamlakatimizda chuqur o'rganiladigan maktab tarmog'i tez rivojlandi, masalan, 1991 yilda turli fanlar chuqurlashtirib o'rganiladigan maktablar 799 ta bo'lsa, 1998 yilda 9143 taga etdi. Yangi turdagi o'quv maskanlari vujudga keldi. Xalq ta'limi tasarrafidagi 185 ta, 292 ta litsey faoliyat ko'rsatgan bo'lsa, 1998-1999 yildan boshlab akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari tashkil etila boshlandi. Ta'lim muassasalarining o'quv rejalari, ta'lim shakllari va usullarini ishlab chiqishda erkinliklarga ega bo'lganliklari printsipial jihatdan yangi bo'ldi. Ularda «Iqtisod alifbosi», «Iqtisodiy bilim asoslari», «Inson huquqlari», «Menejment va marketing asoslari», «Ma'naviyat va ma'rifat asoslari» kabi fanlar o'qitiladigan bo'ldi. Bozor munosabatlariga o'tish sharoitida hunar ta'lim ham isloh qilinadi. Ulardan 260 dan ortiq ishchiga kasbi bo'yicha ta'lim berildi. 1995-1996 yillarda 140 ta hunar litseyi, 18 ta milliy hunar litseyi, 50 biznes maktablari tashkil etildi. O'zbekistonda 12 yillik majburiyati ta'lim joriy qilindi. 9-sinfhi bitirgan yoshlar 3 yillik akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlariga kiritishni taqozo etadigan islohotlar bosqichma-bosqich o'tkaziladi. Birinchi bosqich o'tish davri bo'lib, u 1997-2001 yillarda davom etdi, ta'limning rivojlanishi uchun huquqiy me'yorlari, ilmiy metodik, moddiy shart-shariotlar yaratadi. Ikkinchi bosqich 2001 yil va 2005 yillarni o'z ichiga oladi va milliy dastur to'liq amalga oshiriladi. Uchinchi bosqich 2005 va undan keyingi yillarga mo'ljallangan bo'lib, undan to'plangan tajribalarni tahlil etish asosida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtiradi va rivojlantiradi. O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o'ziga xos yo'lini tanlash, kadrlar tayyorlash tizilmasi va mazmunini qayta tashkil etishni zarar qilib qo'ydi. Maktabgacha ta'lim sohasida uylarda tashkil etilgan bolalar bog'chalari, hamda bog'cha maktablar tarmoqlari rivojlanib bormoqda. Bolalarga chet tillarini xoregrafiya, tasviriy va musiqiy sa'nati, kompyuter savodxonligi asoslari o'rganuvchi 800 dan ortiq gumh tashkil etildi. Yangi tipdagi maktablar va umumta'lim o'quv yurtlari tarmog'i rivojlanib bormoqda. Hozirgi kunda 238 ta litsey va 136 ta gimnaziyalar mavjud. Respublikada jami 197 ming kishi ta'lim olayotgan 258ta o'rta kasb-hunar ta'limi o'quv yurti ishlamoqda. Ularning 16 ming o'qituvchi va muxandis pedagog xodimlar mehnat qilmoqda. O'zbekiston Oliy maktab tizimi 58 oliy o'quv yurtini shu jumladan 16 ta universitet, 42 ta institutni o'z ichiga oladi. Ulardan 164 ming talaba ta'lim olmoqda, 16 ta universitetning 12tasi O'zbekiston mustaqillikka erishganidan keyingi ikki yil ichida tashkil etiladi. Oliy o'quv yurtlarida ishlayotgan 18,5 ming o'qituvchining 52%i fan doktori, fan nomzodlaridan iborat. Oliy ta'limda kadrlar tayyorlashning markazlashtirishdan huquqiy yo'nalishga o'tkazish olib borilmoqda, universitet ta'limi rivojlantirilmoqda. Bilimlarning yangi tarmoqlari bo'yicha kadrlar tayyorlash tizimi yo'liga qo'yila boshladi. Oliy maktabni ko'p bosqichli tizimiga o'tkazish amalga oshirilmoqda. Abuturentlar reyting asosida baholanmoqda. Oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagog kadrlarga talablar oshgani uchun aspirantura va doktaranturada kadrlar tayyorlash ishi kengaymoqda. Oliy attestatsiya tizimi tashkil etildi. Hozirgi kunda respublikada qariyib 4 mingdan ortiq aspirant bo'lib, ulardan 69%, oliy ta'lim tizimida va 31% ilmiy tadqiqot institutlarida ta'lim olishadi. Jami ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning 8%ini doktorlar va 37%ini fan nomzodlari tashkil tashkil etadi. Kadrlar malakasini oshirish va ularning qayta tayyorlash tizimida 23 ta institut, 16 ta fakul'tet, 4 ta markaz 14 ta malaka oshirish kurslari tashkil etildi. Iqtidorli bolalar va o'quvchi yoshlarni quvvatlash bo'yicha davlat siyosati olib borilmoqda. Iste'dodli yoshlarga ko'mak berish, ularni qo'llab-quvvatlash, ularning qobiliyat va iste'dodini o'stirish bo'yicha maxsus fondlar tashkil etildi, qobiliyatlilarni chet eldagi yetakchi o'quv yurtlarida va ilmiy markazlarda o'qitish va stajirovkadan o'tkazish yo'lga qo'yildi. Fan va ta'lim sohasida halqaro aloqalar kengayib bormoqda. Shunga qaramay, sodir etilgan o'zgarishlar kadrlar tayyorlash sifatini oshirish va shakllantirish iqtisodiy ijtimoiy rivojlantirish talabga muvofiq bo'lishini ta'minlay olmaydi. Kadrlar tayyorlash tizimining demokratik o'zgarishlar va bozor islohotlari talablariga muvofiq emasligi, o'quv jarayonining moddiy-texnika axborot bazasi yetarli emasligi, yuqori malakali kadrlarni yetishmasligi, darsda o'quv-uslubiy va ilmiy adabiyot haqida didaktik materiallarni kamligi, ta'lim tizimi va fan, ishlab chiqarish o'rtasida puxta o'zaro hamkorlik va foydali integratsiyani yo'qligi kadrlar tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklar sirasiga kiradi. Maktabgacha ta'lim va tarbiya ahvoli qoniqarsizligicha qolmoqda. Maktabda va boshqa o'quv yurtlarida ta'lim sharoitining o'zidagi va o'qitish uslubidagi har xil kamchiliklar oqibatida bilim berishda yuzaga kelgan nodemokratik hamda jamiyat uchun zaruriy muhit shunga olib keladiki, o'quvchilarda mustaqil fikrlash rivojlanmay qolmoqda. 9-11 sinfhi tamomlagan yoshlar mustaqil hayotda o'z o'rnini aniqlay olmaydi. O'rta maktab bitiruvchilarining 10% gina oliy o'quv yurtlariga o'qishga kirmoqda. O'qituvchilar, pedagog va tarbiyachilarning kattagina qismi yaxshi tayyorgarlik ko'rmaganligi, ularning bilim va malakasi yetarli darajada emasligi jiddiy muammoga sabab bo'lmoqda, maktabgacha ta'lim sohasidagi jami tarbiyachi va pedagoglarning 20%igina oliy ma'lumotli. Maktablarni o'qituvchilar bilan ta'minlanganligi o'rtacha 93 % ni tashkil etadi. Bu ko'rsatkich ayrim viloyatlarda 70-80 %dan muayyan fanlar bo'yicha esa 50% dan oshmaydi. Ilmiy va ilmiy pedagog kadrlarning yoshi ulg'ayib bormoqda. 40 yoshga to'lmagan fan doktorlarining jami 0,9%, 50 va undan katta yoshdagilarning esa 79% tashkil etadi. Fan doktorlarining ilmiy darajasiga tasdiqlangan o'rtacha 50, fan nomzodlari esa 36 yoshdadir. 3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda «Ta'lim to'g'risida»g\ qonunlardan kelib chiqadigan vazifalar Yuqorida ta'kidlanganidek 1997 yil Oliy Majlis tomonidan «Ta'lim to'g'rsidagi qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. O'z navbatida, davlatimiz tomonidan ta'limni va kadrlar tayyorlash milliy tizimi takomillashtirib borilmoqda. Uning ko'p variantli tizimi joriy etilib, ta'lim muassasalarining o'z-o'zini pul bilan ta'minlashni rivojlantirish, xususiy va chet investitsiyalarining ta'lim sohasiga jalb etilishi rivojlantirilmoqda. Respublika fuqarolari uchun keyinchalik ularni to'lashning moslashuvchan tizimga asoslangan ta'lim kreditlari berish mexanizmlari shakllantirilmoqda. Uzluksiz ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimini moddiy jihatdan qo'llab quwatlashda donorlar va xomiylarning mavqei kuchayib bormoqda. Pullik ta'lim xizmatlari ko'rsatish, tadbirkorlik, maslahatlar, eksport, noshirlik, ishlab chiqarish vazifalariga muvofiq boshqa tarzdagi faoliyati hisobida ta'lim muassasalarining daromadlari ko'payishi ta'minlanadi. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: Download 290.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling